❀༉‧₊˚ 𝓩𝓪𝓻𝓲𝓷𝓪 𝓩𝓲𝔂𝓸𝓭𝓾𝓵𝓵𝓪𝔂𝓮𝓿𝓪 ˚₊‧༉❀
Kayla esa o‘sha joyda uzoq vaqt qimirlamay turdi.
Bugungi kun uning uchun juda og‘ir o‘tgandi.U chuqur xo‘rsinib, sekin zinadan yuqoriga ko‘tarildi.
Xonasining eshigini ochib ichkariga kirgach, eshikni ohista yopdi.Xona odatdagidek jimjit edi.
Bir burchakda eski divan, uning yonida kichkina shkaf. Qarama-qarshi tomonda esa tor deraza. Kechasi bu xonaga oy nuri tushmasa, ichkarisi yanada tor va huvillab ketgandek tuyulardi. Ba'zida Kaylaga bu xona emas, kichkina qafasdek ko‘rinardi.U divanga asta o‘tirdi.
Ko‘zlari beixtiyor xona bo‘ylab aylanar ekan, xotiralari uni yillar ortiga qaytarib yubordi...
O‘sha kuni u onasining ortidan indamay bu uyga kirgan edi. Yuragi qo‘rquvga to‘la, qo‘llari esa sovuqdan emas, hayajondan muzlab ketgandi. Min Taesung ularni kutib oldi.
— Kelinglar.
So‘ng yonida turgan yigitga qaradi.
— Kayla, bu katta o‘g‘lim Min Yoongi.
Kayla odob bilan egildi.
— Salom... aka.
Yoongi unga qisqagina qaradi.
— Salom.
Na tabassum, na ortiqcha savol.
Go‘yo uyga yangi odam emas, oddiy mehmon kirgandek.
Taesung yana yonidagi qizchani chaqirdi.
— Bu esa Yuna.
Kayla unga ham kulimsiradi.
— Salom.
Yuna esa javob ham bermadi.
Faqat Kaylaga boshdan oyoq qarab chiqdi-da, yana kiyimining etagini o‘ynashda davom etdi.
Oradan ko‘p o‘tmay Taesung Yejin bilan ichkariga kirib ketdi.
— Yur, xonangni ko‘rsataman, — dedi Yuna.
Kayla indamay ortidan yurdi. Yoongi esa koridorda turib, ularni jim kuzatardi.
Yuna koridor oxiridagi zinadan kutarilib eshikni ochdi.
— Mana. Shu xona sizniki.
Kayla ichkariga qaradi.
Xona emas...
Keraksiz narsalar turadigan kladofka edi.
Har tomonda eski qutilar, chang bosgan buyumlar, keraksiz stullar va qoplar uyulib yotardi. Yuna beparvo kulib qo‘ydi.
— Kelishingizni bilmaganmiz-da. Bilganimizda hech bo‘lmasa bu axlatlarni chiqarib tashlagan bo‘lardik. Kayla hech narsa demadi. Shunchaki boshini egdi. O‘sha paytda javob berishga ham holi qolmagandi.
Otasi vafot etganidan beri u deyarli gapirmay qo‘ygandi. Hatto onasi bilan ham avvalgidek suhbatlasholmasdi. Otasi ketgach, bolalikdagi quvonchi ham u bilan birga yo‘qolgandek edi. Oradan bir yil ham o‘tmay buvisi ham olamdan o‘tdi. Buvisi uning hayotida qolgan oxirgi suyanchig‘i edi. Shundan keyin Min Taesung Yejinga:
— Endi Seuldagi uyimga ko‘chamiz, — dedi.
Yejin esa faqat bitta shart qo‘ydi.
— Men qizimni tashlab ketmayman. Qayerga borsam, Kayla ham men bilan boradi. Bu gap Taesungga yoqmadi. Ammo rozi bo‘lishdan boshqa chorasi ham yo‘q edi. Shu tariqa Kayla bu uyga kelgan edi. Lekin oradan shuncha yil o‘tsa ham, u hech qachon bu uyni o‘z uyi deb his qilmadi.
Kayla chuqur nafas olib, xayollaridan chiqdi. Ko‘zlarini ochib yana xonasiga qaradi. Hammasi o‘sha-o‘sha.
Faqat eski buyumlar o‘rnini endi uning ozgina kiyimlari va kitoblari egallagandi. Lekin o‘zgarmagan yana bir narsa bor edi. Bu uyda u hali ham o‘zini begona his qilardi. Yillar davomida u bitta narsaga o‘rganib qolgan edi. Og‘risa ham indamaslikka... Yig‘lasa ham hech kimga ko‘rsatmaslikka... Va hech kimdan yordam kutmaslikka...
Ammo bugun...
Hammasi boshqacha bo‘ldi. Ko‘z oldiga Jungkook keldi.
Hech narsa demay bag‘riga bosgani...
Keyin esa qorong‘i ko‘chada yana paydo bo‘lgani...
Kayla ko‘zlarini yumdi.
— Nega?.. — deb pichirladi.
Nega aynan u?
Axir bu shunchaki tasodif...
Bugun u yetib kelmaganida nima bo‘lishini o‘ylashning o‘zi yuragini muzlatib yubordi. U asta tizzalarini bag‘riga tortdi. Yuragida ilgari hech qachon his qilmagan g‘alati tuyg‘u uyg‘onayotgandi.
Bu qo‘rquv ham emasdi...
Xotirjamlik ham emasdi...
Shunchaki tushuntirib bo‘lmaydigan bir hissiyot edi. Kayla bu hissiyotga nom berolmasdi. Shu payt eshik tashqarisidan qadam tovushi eshitildi. U darhol boshini ko‘tardi. Bir necha soniyadan so‘ng eshik sekin taqilladi...
Kiring... — dedi Kayla past ovozda.
Eshik sekin ochildi. Ichkariga Yoongi kirib keldi.
U odatdagidek jiddiy edi. Yuzida hech qanday hissiyot bilinmasdi.Kayla esa beixtiyor o‘rnidan turdi.
Bir necha soniya ikkalasi ham jim qoldi.
Xonani yana o‘sha noqulay sukunat egalladi. Yoongining nigohi bir zum Kaylaning yuzida to‘xtadi. Qizning ko‘zlari hali ham qizarib turardi. Qo‘rquv izlari hamon yuzidan ketmagandi. U buni sezdi.
Lekin odatdagidek indamadi.
— Ahvoling yaxshimi? — dedi nihoyat.
Kayla hayron bo‘ldi.
Bu savolni undan kutmagandi.
— Ha... yaxshiman.
Yoongi javobiga ishonmagandek yana bir necha soniya unga qarab turdi.
Yana sukut...
Kayla nima deyishni bilmay qoldi. Yoongi esa deraza tomonga qarab, qo‘llarini cho‘ntagiga soldi.
— Bugungi voqeani dadam bilan onang bilmaydi.
Kayla sekin bosh irg‘adi.
— Bilishlarini xohlamayman.
— Men ham aytmayman.
Yoongi boshini qimirlatdi.
— Yaxshi.
U chiqib ketmoqchi bo‘ldi. Lekin eshik oldiga borganda qadamlari to‘xtadi. Bir muddat ortiga qaramay turdi.
— Yana kechasi ishlashni davom ettirasanmi?
Kayla uning bu savolni nega berganini tushunmadi.
— Ha...
— Borma.
Kayla asta boshini ko‘tardi.
— Nima?
— O‘sha do‘kondagi ishingga endi bormaysan.
— haligi men...
— Eʼtiroz qabul qilinmaydi.
Kayla bir necha soniya jim qoldi va chuqur nafas oldi.
— hmm...
Yoongi indamadi. U qizning ovozidagi charchoqni ilk bor bunchalik aniq eshitdi.
Shu paytgacha u Kayla haqida deyarli o‘ylamagan edi.
Bir uyda yashashardi.
Lekin har kim o‘z hayoti bilan band edi.
Bugun esa...
Ichida g‘ashlik paydo bo‘ldi.
Agar Jungkook o‘sha paytda yetib kelmaganida...
Bu fikrning o‘zi uni asabiylashtirdi. Lekin bularning birortasini yuzida sezdirmadi.
Yoongi eshikni ochdi.
Ammo chiqishidan oldin bir lahza to‘xtadi.
— Eshikni ichkaridan qulflab yot.
Shu gapni aytib, ortiga ham qaramay chiqib ketdi.
Eshik yopilishi bilan uy yana sukunatga cho‘mdi.
Kayla indamay borib eshikni ichkaridan qulfladi. So‘ng sekin ortiga qaytib, divanga o‘tirdi. Boshidagi og‘riq tobora kuchayib borayotgandi.
U tortmani ochib, og‘riq qoldiruvchi dorini oldi. Grafindan stakanga suv quyib, dorini ichdi. Bir necha soniya ko‘zlarini yumgancha jim o‘tirdi.
Shu payt stol ustidagi telefoni ketma-ket ovoz chiqardi.
Kayla telefonni qo‘liga olib, mehmonxona ishchi guruhidan kelgan xabarni ochdi.
Xabar:
«Ertaga mehmonxonaga amaliyotchi talabalar keladi. Ular bilan tanishtirish va ish jarayonini tushuntirish ishlari olib boriladi. Barcha xodimlar odatdagidan ertaroq ishga kelishlari so‘raladi.»
Kayla xabarni oxirigacha o‘qib, chuqur xo‘rsindi.
— Yana yangi kun... — deb pichirladi o‘ziga.
Telefonni sekin stol ustiga qo‘ydi.
Tanasi juda charchagandi. Divanga suyangancha asta yonboshladi. Tizzalarini bag‘riga tortib, g‘ujanak bo‘lib oldi. Shu holatda shiftga bir muddat tikilib yotdi.
Ko‘zlari asta-sekin yumila boshladi.
Ko‘p o‘tmay charchoq uni yengdi va Kayla divanning o‘zida chuqur uyquga ketdi.
The End
Kayla esa o‘sha joyda uzoq vaqt qimirlamay turdi.
Bugungi kun uning uchun juda og‘ir o‘tgandi.U chuqur xo‘rsinib, sekin zinadan yuqoriga ko‘tarildi.
Xonasining eshigini ochib ichkariga kirgach, eshikni ohista yopdi.Xona odatdagidek jimjit edi.
Bir burchakda eski divan, uning yonida kichkina shkaf. Qarama-qarshi tomonda esa tor deraza. Kechasi bu xonaga oy nuri tushmasa, ichkarisi yanada tor va huvillab ketgandek tuyulardi.
Ba'zida Kaylaga bu xona emas, kichkina qafasdek ko‘rinardi.U divanga asta o‘tirdi.
Ko‘zlari beixtiyor xona bo‘ylab aylanar ekan, xotiralari uni yillar ortiga qaytarib yubordi...
O‘sha kuni u onasining ortidan indamay bu uyga kirgan edi. Yuragi qo‘rquvga to‘la, qo‘llari esa sovuqdan emas, hayajondan muzlab ketgandi. Min Taesung ularni kutib oldi.
— Kelinglar.
So‘ng yonida turgan yigitga qaradi.
— Kayla, bu katta o‘g‘lim Min Yoongi.
Kayla odob bilan egildi.
— Salom... aka.
Yoongi unga qisqagina qaradi.
— Salom.
Na tabassum, na ortiqcha savol.
Go‘yo uyga yangi odam emas, oddiy mehmon kirgandek.
Taesung yana yonidagi qizchani chaqirdi.
— Kayla, bu katta o‘g‘lim Min Yoongi.
Kayla odob bilan egildi.
— Salom... aka.
Yoongi unga qisqagina qaradi.
— Salom.
Na tabassum, na ortiqcha savol.
Go‘yo uyga yangi odam emas, oddiy mehmon kirgandek.
Taesung yana yonidagi qizchani chaqirdi.
— Bu esa Yuna.
Kayla unga ham kulimsiradi.
— Salom.
Yuna esa javob ham bermadi.
Faqat Kaylaga boshdan oyoq qarab chiqdi-da, yana kiyimining etagini o‘ynashda davom etdi.
Oradan ko‘p o‘tmay Taesung Yejin bilan ichkariga kirib ketdi.
— Yur, xonangni ko‘rsataman, — dedi Yuna.
Kayla indamay ortidan yurdi. Yoongi esa koridorda turib, ularni jim kuzatardi.
Yuna koridor oxiridagi zinadan kutarilib eshikni ochdi.
— Mana. Shu xona sizniki.
Kayla ichkariga qaradi.
Xona emas...
Keraksiz narsalar turadigan kladofka edi.
Har tomonda eski qutilar, chang bosgan buyumlar, keraksiz stullar va qoplar uyulib yotardi. Yuna beparvo kulib qo‘ydi.
— Kelishingizni bilmaganmiz-da. Bilganimizda hech bo‘lmasa bu axlatlarni chiqarib tashlagan bo‘lardik. Kayla hech narsa demadi. Shunchaki boshini egdi. O‘sha paytda javob berishga ham holi qolmagandi.
Otasi vafot etganidan beri u deyarli gapirmay qo‘ygandi. Hatto onasi bilan ham avvalgidek suhbatlasholmasdi. Otasi ketgach, bolalikdagi quvonchi ham u bilan birga yo‘qolgandek edi. Oradan bir yil ham o‘tmay buvisi ham olamdan o‘tdi. Buvisi uning hayotida qolgan oxirgi suyanchig‘i edi. Shundan keyin Min Taesung Yejinga:
— Endi Seuldagi uyimga ko‘chamiz, — dedi.
Yejin esa faqat bitta shart qo‘ydi.
— Men qizimni tashlab ketmayman. Qayerga borsam, Kayla ham men bilan boradi. Bu gap Taesungga yoqmadi. Ammo rozi bo‘lishdan boshqa chorasi ham yo‘q edi. Shu tariqa Kayla bu uyga kelgan edi. Lekin oradan shuncha yil o‘tsa ham, u hech qachon bu uyni o‘z uyi deb his qilmadi.
Kayla chuqur nafas olib, xayollaridan chiqdi. Ko‘zlarini ochib yana xonasiga qaradi. Hammasi o‘sha-o‘sha.
Faqat eski buyumlar o‘rnini endi uning ozgina kiyimlari va kitoblari egallagandi. Lekin o‘zgarmagan yana bir narsa bor edi. Bu uyda u hali ham o‘zini begona his qilardi. Yillar davomida u bitta narsaga o‘rganib qolgan edi. Og‘risa ham indamaslikka... Yig‘lasa ham hech kimga ko‘rsatmaslikka... Va hech kimdan yordam kutmaslikka...
Ammo bugun...
Hammasi boshqacha bo‘ldi. Ko‘z oldiga Jungkook keldi.
Hech narsa demay bag‘riga bosgani...
Keyin esa qorong‘i ko‘chada yana paydo bo‘lgani...
Kayla ko‘zlarini yumdi.
— Nega?.. — deb pichirladi.
Nega aynan u?
Axir bu shunchaki tasodif...
Bugun u yetib kelmaganida nima bo‘lishini o‘ylashning o‘zi yuragini muzlatib yubordi. U asta tizzalarini bag‘riga tortdi. Yuragida ilgari hech qachon his qilmagan g‘alati tuyg‘u uyg‘onayotgandi.
Bu qo‘rquv ham emasdi...
Xotirjamlik ham emasdi...
Shunchaki tushuntirib bo‘lmaydigan bir hissiyot edi. Kayla bu hissiyotga nom berolmasdi. Shu payt eshik tashqarisidan qadam tovushi eshitildi. U darhol boshini ko‘tardi. Bir necha soniyadan so‘ng eshik sekin taqilladi...
Kiring... — dedi Kayla past ovozda.
Eshik sekin ochildi. Ichkariga Yoongi kirib keldi.
U odatdagidek jiddiy edi. Yuzida hech qanday hissiyot bilinmasdi.Kayla esa beixtiyor o‘rnidan turdi.
Bir necha soniya ikkalasi ham jim qoldi.
Xonani yana o‘sha noqulay sukunat egalladi. Yoongining nigohi bir zum Kaylaning yuzida to‘xtadi. Qizning ko‘zlari hali ham qizarib turardi. Qo‘rquv izlari hamon yuzidan ketmagandi. U buni sezdi.
Lekin odatdagidek indamadi.
— Ahvoling yaxshimi? — dedi nihoyat.
Kayla hayron bo‘ldi.
Bu savolni undan kutmagandi.
— Ha... yaxshiman.
Yoongi javobiga ishonmagandek yana bir necha soniya unga qarab turdi.
Yana sukut...
Kayla nima deyishni bilmay qoldi. Yoongi esa deraza tomonga qarab, qo‘llarini cho‘ntagiga soldi.
— Bugungi voqeani dadam bilan onam bilmaydi.
Kayla sekin bosh irg‘adi.
— Bilishlarini xohlamayman.
— Men ham aytmayman.
Yoongi boshini qimirlatdi.
— Yaxshi.
U chiqib ketmoqchi bo‘ldi. Lekin eshik oldiga borganda qadamlari to‘xtadi. Bir muddat ortiga qaramay turdi.
— Yana kechasi ishlashni davom ettirasanmi?
Kayla uning bu savolni nega berganini tushunmadi.
— Ha...
— Borma.
Kayla asta boshini ko‘tardi.
— Nima?
— O‘sha do‘kondagi ishingga endi bormaysan.
— haligi men...
— Eʼtiroz qabul qilinmaydi. Bormaysan endi dukondagi ishga.
Kayla bir necha soniya jim qoldi vachuqur nafas oldi.
— hmm...
Yoongi indamadi. U qizning ovozidagi charchoqni ilk bor bunchalik aniq eshitdi.
Shu paytgacha u Kayla haqida deyarli o‘ylamagan edi.
Bir uyda yashashardi.
Lekin har kim o‘z hayoti bilan band edi.
Bugun esa...
Ichida g‘ashlik paydo bo‘ldi.
Agar Jungkook o‘sha paytda yetib kelmaganida...
Bu fikrning o‘zi uni asabiylashtirdi. Lekin bularning birortasini yuzida sezdirmadi.
Yoongi eshikni ochdi.
Ammo chiqishidan oldin bir lahza to‘xtadi.
— Eshikni ichkaridan qulflab yot.
Shu gapni aytib, ortiga ham qaramay chiqib ketdi.
Eshik yopilishi bilan uy yana sukunatga cho‘mdi.
Kayla indamay borib eshikni ichkaridan qulfladi. So‘ng sekin ortiga qaytib, divanga o‘tirdi. Boshidagi og‘riq tobora kuchayib borayotgandi.
U tortmani ochib, og‘riq qoldiruvchi dorini oldi. Grafindan stakanga suv quyib, dorini ichdi. Bir necha soniya ko‘zlarini yumgancha jim o‘tirdi.
Shu payt stol ustidagi telefoni ketma-ket ovoz chiqardi.
Kayla telefonni qo‘liga olib, mehmonxona ishchi guruhidan kelgan xabarni ochdi.
Xabar:
«Ertaga mehmonxonaga amaliyotchi talabalar keladi. Ular bilan tanishtirish va ish jarayonini tushuntirish ishlari olib boriladi. Barcha xodimlar odatdagidan ertaroq ishga kelishlari so‘raladi.»
Kayla xabarni oxirigacha o‘qib, chuqur xo‘rsindi.
— Yana yangi kun... — deb pichirladi o‘ziga.
Telefonni sekin stol ustiga qo‘ydi.
Tanasi juda charchagandi. Divanga suyangancha asta yonboshladi. Tizzalarini bag‘riga tortib, g‘ujanak bo‘lib oldi. Shu holatda shiftga bir muddat tikilib yotdi.
Ko‘zlari asta-sekin yumila boshladi. Ko‘p o‘tmay charchoq uni yengdi va Kayla divanning o‘zida chuqur uyquga ketdi.
Jungkook Taehyung bilan gaplashib bo‘lgach, xonasiga qaytdi. Stol ustidagi hujjatlar hamon uni kutib turardi. U bir nechtasini ochdi, lekin ko‘zlari satrlarni ko‘rsa ham, xayoli butunlay boshqa joyda edi.
Kayla...
Qizning yig‘lagan yuzi ko‘z oldidan ketmayotgandi.
Uning titragan yelkasi...
Qo‘rqqan ko‘zlari...
Va eng g‘alatisi — uni bag‘riga bosgan paytdagi holati. Jungkook boshini orqaga tashlab chuqur xo‘rsindi.
— Nega aynan sen?..
O‘zi ham tushunmasdi.
Uning atrofida doim chiroyli, boy oiladan chiqqan qizlar bo‘lgan. Ular bilan suhbatlashish, tadbirlarga borish, kulib gaplashish odatiy hol edi.
Ammo hech biri uning xayoliga bir necha kunlab kirib olmagan edi.
Kayla esa boshqacha u doim yolg‘iz edi, jim edi.
Go‘yo butun dunyo unga qarshi bo‘lsa ham, indamay yashashga o‘rgangandek. Shu narsa Jungkookning yuragini bezovta qilardi. Ish vaqti tugagach, u deraza yoniga bordi.
Pastda xodimlar ketayotgan edi.Shu payt Kayla ko‘rinib qoldi. Qiz sumkasini bag‘riga bosgancha sekin yurardi. Boshi egilgan.
Bugun yig‘lagan odam aynan shu qiz ekanini uzoqdan ham bilish mumkin edi. Jungkookning ichida yana aybdorlik paydo bo‘ldi. Agar u qizni xonasiga chaqirmaganida...
Balki bugun u yig‘lamasdi.
U shoshilmay pastga tushdi. Mashinasini haydab chiqarkan, avtobus bekatida yolg‘iz o‘tirgan Kaylani ko‘rib qoldi. Qiz juda charchagandek ko‘rinardi.
Jungkook mashinani to‘xtatib, bir necha soniya unga qarab qoldi.
Negadir shu holatda uni tashlab ketgisi kelmadi. Ko‘p o‘tmay avtobus keldi. Kayla ichkariga chiqdi. Jungkook esa o‘zi ham bilmagan holda avtobus ortidan yurdi. Bu qiz bilan nima bo‘layotganini tushunmasdi.
Kayla qo‘shimcha ishlaydigan do‘konga kirdi. Jungkook uzoq vaqt mashinada o‘tirdi. Qizni oyna ortidan kuzatar ekan, ichida nimadir og‘ridi. Kunduzi mehmonxonada ishlaydi. Kechasi esa yana bu yerda.
Qachon dam oladi?
Qachon ovqatlanadi?
Nega doim yolg‘iz?
Tun ancha kechgach, Kayla do‘kondan chiqdi.
U juda charchagan koʻrinardi. Qulidagi suvni bir hoʻplab uyiga yoʻl oldi. Ko‘chalar bo‘sh edi. Kayla esa asta uy tomon yurardi. Ammo yuragi negadir bezovta edi.Bugungi kun juda og‘ir o‘tgan edi.
Jimin...
Jungkook...
Hamkasblarning qarashlari. Bularning hammasi uni charchatib yuborgandi. Shu payt ortida qadam tovushi eshitildi. U ortiga qaradi.
Hech kim.
Kayla boshini qimirlatdi.
— Xayolim bo‘lsa kerak...
Ammo yuragi allaqachon tez urishni boshlagandi. Bir necha daqiqadan keyin yana o‘sha qadamlar. Bu safar aniq. Kimdir bor edi. Qizning qo‘llari sovib ketdi. Qadamlarini tezlashtirdi. Ortidagi odam ham tezlashdi.
Ko‘zlariga yosh keldi.
"Nega yana men?.."
"Nega doim men?.."
Atrof jimjit edi. Hech kim yo‘q.Hech kim yordam bermaydi.U yugura boshladi.Nafasi bo‘g‘ziga tiqildi.Oxiri esa berk ko‘chaga kirib qoldi.Kayla to‘xtadi.Orqasidagi odam yaqinlashardi. Qizning oyoqlari qaltiray boshladi.Shu payt yuqoridan tanish ovoz eshitildi.
— Kayla!
Qiz boshini ko‘tardi.
Jungkook.
U qo‘lini uzatib turardi.
— Tezroq! Qo‘lingizni bering!
Kaylaning ko‘zlariga yosh to‘ldi. U shu paytgacha o‘zini yolg‘iz deb o‘ylagandi. Lekin aynan shu lahzada kimdir uni qidirganini bildi.Kimdir uning ortidan kelgan edi.U titrayotgan qo‘lini Jungkookga uzatdi.
Jungkook uning qo‘lidan ushlagan zahoti yuragi siqilib ketdi.
Qo‘llari muzdek edi. Qiz qanchalik qo‘rqganini endi tushundi. Uni yuqoriga tortib oldi. Kayla esa bir necha soniya qo‘lini qo‘yib yubora olmadi. Qo‘rquv hali ham ketmagandi. Jungkook uning ko‘zlariga qaradi. U yerda faqat qo‘rquv bor edi.
Va negadir bu holat uning yuragini qattiq og‘ritdi.
— Men shu yerdaman, — dedi u past ovozda. Kayla shu gapni eshitib ko‘zlarini yumdi. Negadir yig‘lagisi keldi.
Chunki juda uzoq vaqt davomida hech kim unga:
"Men shu yerdaman" demagandi.
Kayla hali ham qo‘rquvdan titrayotgandi. Jungkook esa uning qo‘lini sekin qo‘yib yubordi.
— Shu yerda turing, — dedi past ovozda. — Hech qayerga ketmang. Kayla bir narsa demoqchi bo‘ldi, lekin ovozi chiqmadi. Jungkook esa ortiga burildi. Pastda qora kiyimdagi odam hali ham turardi. Bir necha soniya ular bir-biriga qarab qoldi.Keyin Jungkook hech ikkilanmay pastga sakradi.
Kayla qo‘rqib ketdi.
— Yo‘q!..
Ammo Jungkook allaqachon uning oldiga yetib borgandi.
— Kimsan sen?! — dedi u jahl bilan.
Erkak qochishga urindi. Ammo Jungkook uni yoqasidan tortib to‘xtatdi. Oradan bir necha soniya o‘tib ular orasida mushtlashuv boshlandi. Kayla yuqoridan qarab turardi. Qo‘llari titrardi. Yuragi esa juda qattiq urardi. U hech qachon kimdir uning uchun bunday janjallashganini ko‘rmagan edi.
Hech kim.
Bir necha daqiqadan so‘ng Jungkook erkakni yerga yiqitdi.
— Kim yubordi seni? — dedi u g‘azab bilan.
Erkak bir muddat jim qoldi. Jungkook yoqasidan ushlab yana tortdi.
— Gapir!
Uni ushlab turib uridiganday tassavur qilasizlarda😁🙈
Erkak og‘riqdan yuzini burishtirdi.
— Men oʻtib ketayotgan edim...
U bir necha soniya ikkilanib turdi.
So‘ng past ovozda miyigʻida kulib:
— mendan boshqa bulganda ham bunday chiroyli qizni hech kim kuchada yolgʻiz qoldirmasdi.
Kayla yuqorida turgan joyida qotib qoldi.
Jungkook jaxli battar chiqib uni mushtlay ketdi
Kayla bu gaplardan karaxt boʻlib qolgandi.
Ko‘zlariga yosh keldi.
Jungkookning ko‘zlari esa sovib ketdi. Qizga mehmonxonada qilgan ishlari yetmagandek, endi bunday ishgacha borgandi.
Shu payt uzoqdan politsiya mashinasining ovozi eshitildi. Kayla qo‘ng‘iroq qilgandi. Politsiya kelib erkakni olib ketdi. Atrof yana jimib qoldi.
Kayla asta pastga tushdi. Jungkook esa yo‘l chetida turardi. Labi yorilgandi. Qo‘llari qon edi. Yuzida ham bir nechta tirnalgan joylar bor edi. Kayla unga yaqinlashdi. Qo‘rquv sekin bosilgan bo‘lsa ham, yuragi hali ham titrardi. U Jungkookning qo‘lidagi qonni ko‘rib ko‘zlari kattalashdi.
— Sizning qo‘lingiz...
Jungkook beparvo qaradi.
— Hech narsa emas.
— Qonayapti.
— Mayda jarohat.
Kayla bir necha soniya jim turdi. So‘ng sekin dedi:
— Biznikiga yurasizmi?
Jungkook hayron bo‘lib unga qaradi.
— Nima?
— Yaralaringizni davolash kerak.
— Kerak emas.
Kayla bu safar birinchi marta qat'iy gapirdi.
— Siz menga yordam berdingiz.
Jungkook qizning ko‘zlariga qaradi. Ularda hali ham qo‘rquv bor edi.
Lekin o‘sha qo‘rquv orasida minnatdorlik ham ko‘rinardi. Bir necha daqiqadan keyin ular Kaylaning uyiga yetib kelishdi.
Uy jim edi.
Uyda hech kim yoʻq edi. Oʻgay otasi va onasi kanfrensiyaga ketganida beri hali qaytishmagan, oʻgay singlisi esa dugonasinikida, Yoongi esa hali kelmagan edi. U ishdan koʻpincha juda kech qaytardi. Kayla birinchi yordam qutisini olib keldi. Jungkook esa divanda o‘tirardi. Qiz sekin uning qarshisiga cho‘kdi. Paxtani dori bilan ho‘llab, labidagi jarohatga tekkizdi. Jungkook biroz qoshlarini chimirdi.
— Og‘riyaptimi?
— Yo‘q.
Kayla jaroxatiga tozalab dori quyar ekan quli achitmaslik uchun unga yengil puflab quyardi. Uning qo‘llari hali ham biroz titrardi. Bir payt Jungkook sekin so‘radi:
— Hali ham qo‘rqyapsizmi?
Kayla qo‘lini to‘xtatdi. Bir necha soniya jim qoldi.
— Ha...
Bu javob juda past ovozda chiqdi.
— Agar siz kelmaganingizda......
Jungkook indamadi.
Negadir uning yuragi ham gʻalati bulib ketdi.
Qiz yana past ovozda dedi:
— Rahmat.
— Siz menga yordam berishingiz shart emas edi.
Jungkook unga qaradi.
— Siz ham meni davolashingiz shart emas edi.
Kayla boshini egdi.
— Lekin xafa bo‘lardim.
Bu gapni aytgach, o‘zi ham hayron qoldi. Jungkook esa bir necha soniya unga tikilib qoldi. Nega ekanini o‘zi ham tushunmasdi. Ammo hozir uning oldida o‘tirgan qiz avvalgidek begona tuyulmayotgandi.
Kayla esa jarohatini bog‘lar ekan unga qarab qoʻyardi.
Jungkook qizning charchagan yuziga qaradi. Ko‘zlari hali ham qizarib turardi. Qo‘rquv izlari esa yuzidan hali ham ketmagandi. U bir necha daqiqa oldin o‘sha tor ko‘chada qanday ahvolda qolganini esladi. Negadir yuragi g‘alati bezovta bo‘lib ketdi.
Bu qiz unga kim edi?
Nega uning qo‘rqib ketgani Jungkookning ham jahli chiqishiga sabab bo‘ldi?
Nega bir necha kun oldin umuman tanimagan insoni uchun hozir qo‘llari qon bo‘lib o‘tiribdi?
Jungkook javob topolmadi. U faqat indamay Kaylaga qarab turdi. Kayla esa uning jarohatlangan qo‘llariga dori surtayotganda nimanidir his qilardi. Lekin bu hisni nomlashga hali jur'at qilolmasdi. Axir bu odam bir necha kun oldin uning uchun shunchaki begona edi. Ammo negadir aynan u kelgan paytda yuragidagi qo‘rquv bir oz kamaygandek bo‘lgandi. Jungkook ham, Kayla ham bir-biriga hech narsa demadi. Lekin ikkisining ham xayolidan o‘xshash savollar o‘tayotgandi.
"Nega aynan u?"
Javob esa hali ikkalasiga ham noma'lum edi. Tashqarida tun tobora chuqurlashib borardi.
Ichkarida esa ikkalasi ham hali nomini bilmaydigan bir hissiyot asta-sekin uyg‘onayotganini sezmay qolishgandi.
Yoki balki sezishgandir...
Faqat buni tan olishga hali erta edi.
Shu payt eshik ochildi. Ikkalasi ham bir vaqtda boshini ko‘tardi.
Yoongi.
U eshik oldida qotib qolgandek turardi.
Ko‘zlari avval Kaylaga, keyin uning yonida o‘tirgan Jungkookka tushdi.
Stol ustidagi dorilar.
Jungkookning qon tekkan qo‘llari.
Va uning yonida o‘tirgan Kayla. Bir necha soniya hech kim gapirmadi.
Kaylaning yuragi birdan tez urib ketdi.
— Aka...
U dovdirab o‘rnidan turdi.
Yoongi esa faqat Jungkookka qarab turardi. Uning yuzi odatdagidek sovuqqon edi. Ammo ko‘zlaridagi o‘zgarishni sezmaslikning iloji yo‘q edi. Jungkook sekin o‘rnidan turdi.
— Qo‘lim sal jarohatlangandi. Kayla shuni bog‘layotgandi. Yoongi hech narsa demadi. Xona ichidagi sukunat yanada og‘irlashdi. Kayla nima deyishni bilmay qoldi.
— Haligi... bugun ko‘chada...
— Politsiya ham kelgandi, — dedi Jungkook xotirjam ohangda. — Hammasi hal bo‘ldi.
Yoongi nigohini bir lahza Kaylaga qaratdi.
Qizning ko‘zlari hali ham qizarib turardi. Lekin u hech narsa so‘ramadi. Jungkook kurtkasini qo‘liga oldi.
— Endi ketganim ma'qul.
U eshik tomon yurdi. Chiqishidan oldin bir lahza Kaylaga qaradi.
— O‘zingizni ehtiyot qiling.
Kayla sekin bosh irg‘adi. Eshik yopilgach, uy yana sukutga cho‘mdi. Yoongi hamon bir joyda turardi. U hech narsa so‘ramadi. Ammo aynan shu sukut Kaylani yanada hijolatga soldi.
— Aka... aslida unday emas...
Yoongi unga qaramadi.
Kayla esa shoshilib gapira boshladi.
— Bir odam ortimdan kelayotgandi. Janob Jungkook tasodifan ko‘rib qolibdi. Keyin...
U gapini tugata olmadi. Negadir o‘zini tushuntirishi kerakdek tuyulayotgandi.
Holbuki, Yoongi undan hali birorta ham savol so‘ramagandi. Yoongi faqat sekin ko‘zlarini yumib, chuqur nafas oldi.
— Yaxshimisan?
Kayla bir lahza qotib qoldi. Shuncha vaqtdan beri u aynan shu savolni kutmagandi.
— Ha...
Yoongi boshini qimirlatdi.
— Unda dam ol.
U shunday deb xonasiga qarab yurib ketdi.
Kayla esa o‘sha joyda qimirlamay qoldi.
The End
Jungkook Taehyung bilan gaplashib bo‘lgach, xonasiga qaytdi. Stol ustidagi hujjatlar hamon uni kutib turardi. U bir nechtasini ochdi, lekin ko‘zlari satrlarni ko‘rsa ham, xayoli butunlay boshqa joyda edi.
Kayla...
Qizning yig‘lagan yuzi ko‘z oldidan ketmayotgandi.
Uning titragan yelkasi...
Qo‘rqqan ko‘zlari...
Va eng g‘alatisi — uni bag‘riga bosgan paytdagi holati. Jungkook boshini orqaga tashlab chuqur xo‘rsindi.
— Nega aynan sen?..
O‘zi ham tushunmasdi.
Uning atrofida doim chiroyli, boy oiladan chiqqan qizlar bo‘lgan. Ular bilan suhbatlashish, tadbirlarga borish, kulib gaplashish odatiy hol edi.
Ammo hech biri uning xayoliga bir necha kunlab kirib olmagan edi.
Kayla esa boshqacha u doim yolg‘iz edi, jim edi.
Go‘yo butun dunyo unga qarshi bo‘lsa ham, indamay yashashga o‘rgangandek. Shu narsa Jungkookning yuragini bezovta qilardi. Ish vaqti tugagach, u deraza yoniga bordi.
Pastda xodimlar ketayotgan edi.Shu payt Kayla ko‘rinib qoldi. Qiz sumkasini bag‘riga bosgancha sekin yurardi. Boshi egilgan.
Bugun yig‘lagan odam aynan shu qiz ekanini uzoqdan ham bilish mumkin edi. Jungkookning ichida yana aybdorlik paydo bo‘ldi. Agar u qizni xonasiga chaqirmaganida...
Balki bugun u yig‘lamasdi.
U shoshilmay pastga tushdi. Mashinasini haydab chiqarkan, avtobus bekatida yolg‘iz o‘tirgan Kaylani ko‘rib qoldi. Qiz juda charchagandek ko‘rinardi.
Jungkook mashinani to‘xtatib, bir necha soniya unga qarab qoldi.
Negadir shu holatda uni tashlab ketgisi kelmadi. Ko‘p o‘tmay avtobus keldi. Kayla ichkariga chiqdi. Jungkook esa o‘zi ham bilmagan holda avtobus ortidan yurdi. Bu qiz bilan nima bo‘layotganini tushunmasdi.
Kayla qo‘shimcha ishlaydigan do‘konga kirdi. Jungkook uzoq vaqt mashinada o‘tirdi. Qizni oyna ortidan kuzatar ekan, ichida nimadir og‘ridi. Kunduzi mehmonxonada ishlaydi. Kechasi esa yana bu yerda.
Qachon dam oladi?
Qachon ovqatlanadi?
Nega doim yolg‘iz?
Tun ancha kechgach, Kayla do‘kondan chiqdi.
U juda charchagan koʻrinardi. Qulidagi suvni bir hoʻplab uyiga yoʻl oldi. Ko‘chalar bo‘sh edi. Kayla esa asta uy tomon yurardi. Ammo yuragi negadir bezovta edi.Bugungi kun juda og‘ir o‘tgan edi.
Jimin...
Jungkook...
Hamkasblarning qarashlari. Bularning hammasi uni charchatib yuborgandi. Shu payt ortida qadam tovushi eshitildi. U ortiga qaradi.
Hech kim.
Kayla boshini qimirlatdi.
— Xayolim bo‘lsa kerak...
Ammo yuragi allaqachon tez urishni boshlagandi. Bir necha daqiqadan keyin yana o‘sha qadamlar. Bu safar aniq. Kimdir bor edi. Qizning qo‘llari sovib ketdi. Qadamlarini tezlashtirdi. Ortidagi odam ham tezlashdi.
Ko‘zlariga yosh keldi.
"Nega yana men?.."
"Nega doim men?.."
Atrof jimjit edi. Hech kim yo‘q.Hech kim yordam bermaydi.U yugura boshladi.Nafasi bo‘g‘ziga tiqildi.Oxiri esa berk ko‘chaga kirib qoldi.Kayla to‘xtadi.Orqasidagi odam yaqinlashardi. Qizning oyoqlari qaltiray boshladi.Shu payt yuqoridan tanish ovoz eshitildi.
— Kayla!
Qiz boshini ko‘tardi.
Jungkook.
U qo‘lini uzatib turardi.
— Tezroq! Qo‘lingizni bering!
Kaylaning ko‘zlariga yosh to‘ldi. U shu paytgacha o‘zini yolg‘iz deb o‘ylagandi. Lekin aynan shu lahzada kimdir uni qidirganini bildi.Kimdir uning ortidan kelgan edi.U titrayotgan qo‘lini Jungkookga uzatdi.
Jungkook uning qo‘lidan ushlagan zahoti yuragi siqilib ketdi.
Qo‘llari muzdek edi. Qiz qanchalik qo‘rqganini endi tushundi. Uni yuqoriga tortib oldi. Kayla esa bir necha soniya qo‘lini qo‘yib yubora olmadi. Qo‘rquv hali ham ketmagandi. Jungkook uning ko‘zlariga qaradi. U yerda faqat qo‘rquv bor edi.
Va negadir bu holat uning yuragini qattiq og‘ritdi.
— Men shu yerdaman, — dedi u past ovozda. Kayla shu gapni eshitib ko‘zlarini yumdi. Negadir yig‘lagisi keldi.
Chunki juda uzoq vaqt davomida hech kim unga:
"Men shu yerdaman" demagandi.
Kayla hali ham qo‘rquvdan titrayotgandi. Jungkook esa uning qo‘lini sekin qo‘yib yubordi.
— Shu yerda turing, — dedi past ovozda. — Hech qayerga ketmang. Kayla bir narsa demoqchi bo‘ldi, lekin ovozi chiqmadi. Jungkook esa ortiga burildi. Pastda qora kiyimdagi odam hali ham turardi. Bir necha soniya ular bir-biriga qarab qoldi.Keyin Jungkook hech ikkilanmay pastga sakradi.
Kayla qo‘rqib ketdi.
— Yo‘q!..
Ammo Jungkook allaqachon uning oldiga yetib borgandi.
— Kimsan sen?! — dedi u jahl bilan.
Erkak qochishga urindi. Ammo Jungkook uni yoqasidan tortib to‘xtatdi. Oradan bir necha soniya o‘tib ular orasida mushtlashuv boshlandi. Kayla yuqoridan qarab turardi. Qo‘llari titrardi. Yuragi esa juda qattiq urardi. U hech qachon kimdir uning uchun bunday janjallashganini ko‘rmagan edi.
Hech kim.
Bir necha daqiqadan so‘ng Jungkook erkakni yerga yiqitdi.
— Kim yubordi seni? — dedi u g‘azab bilan.
Erkak bir muddat jim qoldi. Jungkook yoqasidan ushlab yana tortdi.
— Gapir!
Uni ushlab turib uridiganday tassavur qilasizlarda😁🙈
Erkak og‘riqdan yuzini burishtirdi.
— Men faqat pul oldim...
— Kimdan?
U bir necha soniya ikkilanib turdi.
So‘ng past ovozda:
— Suzy...
Kayla yuqorida turgan joyida qotib qoldi.
Suzy?
Nahotki...
Nahotki u shunchalik nafratlansa?
Ko‘zlariga yosh keldi.
Jungkookning ko‘zlari esa sovib ketdi. Negadir ichida yana g‘azab uyg‘ondi. Qizga mehmonxonada qilgan ishlari yetmagandek, endi bunday ishgacha borgandi.
Shu payt uzoqdan politsiya mashinasining ovozi eshitildi. Kayla qo‘ng‘iroq qilgandi. Politsiya kelib erkakni olib ketdi. Atrof yana jimib qoldi.
Kayla asta pastga tushdi. Jungkook esa yo‘l chetida turardi. Labi yorilgandi. Qo‘llari qon edi. Yuzida ham bir nechta tirnalgan joylar bor edi. Kayla unga yaqinlashdi. Qo‘rquv sekin bosilgan bo‘lsa ham, yuragi hali ham titrardi. U Jungkookning qo‘lidagi qonni ko‘rib ko‘zlari kattalashdi.
— Sizning qo‘lingiz...
Jungkook beparvo qaradi.
— Hech narsa emas.
— Qonayapti.
— Mayda jarohat.
Kayla bir necha soniya jim turdi. So‘ng sekin dedi:
— Biznikiga yurasizmi?
Jungkook hayron bo‘lib unga qaradi.
— Nima?
— Yaralaringizni davolash kerak.
— Kerak emas.
Kayla bu safar birinchi marta qat'iy gapirdi.
— Siz menga yordam berdingiz.
Jungkook qizning ko‘zlariga qaradi. Ularda hali ham qo‘rquv bor edi.
Lekin o‘sha qo‘rquv orasida minnatdorlik ham ko‘rinardi. Bir necha daqiqadan keyin ular Kaylaning uyiga yetib kelishdi.
Uy jim edi.
Uyda hech kim yoʻq edi. Oʻgay otasi va onasi kanfrensiyaga ketganida beri hali qaytishmagan, oʻgay singlisi esa dugonasinikida, Yoongi esa hali kelmagan edi. U ishdan koʻpincha juda kech qaytardi. Kayla birinchi yordam qutisini olib keldi. Jungkook esa divanda o‘tirardi. Qiz sekin uning qarshisiga cho‘kdi. Paxtani dori bilan ho‘llab, labidagi jarohatga tekkizdi. Jungkook biroz qoshlarini chimirdi.
— Og‘riyaptimi?
— Yo‘q.
Kayla unga ishonmadi. Uning qo‘llari hali ham biroz titrardi. Bir payt Jungkook sekin so‘radi:
— Hali ham qo‘rqyapsizmi?
Kayla qo‘lini to‘xtatdi. Bir necha soniya jim qoldi.
— Ha...
Bu javob juda past ovozda chiqdi.
— Agar siz kelmaganingizda......
Jungkook indamadi.
Negadir uning yuragi ham gʻalati bulib ketdi.
Qiz yana past ovozda dedi:
— Rahmat.
— Siz menga yordam berishingiz shart emas edi.
Jungkook unga qaradi.
— Siz ham meni davolashingiz shart emas edi.
Kayla boshini egdi.
— Lekin xafa bo‘lardim.
Bu gapni aytgach, o‘zi ham hayron qoldi. Jungkook esa bir necha soniya unga tikilib qoldi. Nega ekanini o‘zi ham tushunmasdi. Ammo hozir uning oldida o‘tirgan qiz avvalgidek begona tuyulmayotgandi.
Kayla esa jarohatini bog‘lar ekan unga qarab qoʻyardi.
Jungkook qizning charchagan yuziga qaradi. Ko‘zlari hali ham qizarib turardi. Qo‘rquv izlari esa yuzidan hali ham ketmagandi. U bir necha daqiqa oldin o‘sha tor ko‘chada qanday ahvolda qolganini esladi. Negadir yuragi g‘alati bezovta bo‘lib ketdi.
Bu qiz unga kim edi?
Nega uning qo‘rqib ketgani Jungkookning ham jahli chiqishiga sabab bo‘ldi?
Nega bir necha kun oldin umuman tanimagan insoni uchun hozir qo‘llari qon bo‘lib o‘tiribdi?
Jungkook javob topolmadi. U faqat indamay Kaylaga qarab turdi. Kayla esa uning jarohatlangan qo‘llariga dori surtayotganda nimanidir his qilardi. Lekin bu hisni nomlashga hali jur'at qilolmasdi. Axir bu odam bir necha kun oldin uning uchun shunchaki begona edi. Ammo negadir aynan u kelgan paytda yuragidagi qo‘rquv bir oz kamaygandek bo‘lgandi. Jungkook ham, Kayla ham bir-biriga hech narsa demadi. Lekin ikkisining ham xayolidan o‘xshash savollar o‘tayotgandi.
"Nega aynan u?"
Javob esa hali ikkalasiga ham noma'lum edi. Tashqarida tun tobora chuqurlashib borardi.
Ichkarida esa ikkalasi ham hali nomini bilmaydigan bir hissiyot asta-sekin uyg‘onayotganini sezmay qolishgandi.
Yoki balki sezishgandir...
Faqat buni tan olishga hali erta edi.
Shu payt eshik ochildi. Ikkalasi ham bir vaqtda boshini ko‘tardi.
Yoongi.
U eshik oldida qotib qolgandek turardi.
Ko‘zlari avval Kaylaga, keyin uning yonida o‘tirgan Jungkookka tushdi.
Stol ustidagi dorilar.
Jungkookning qon tekkan qo‘llari.
Va uning yonida o‘tirgan Kayla. Bir necha soniya hech kim gapirmadi.
Kaylaning yuragi birdan tez urib ketdi.
— Aka...
U dovdirab o‘rnidan turdi.
Yoongi esa faqat Jungkookka qarab turardi. Uning yuzi odatdagidek sovuqqon edi. Ammo ko‘zlaridagi o‘zgarishni sezmaslikning iloji yo‘q edi. Jungkook sekin o‘rnidan turdi.
— Qo‘lim sal jarohatlangandi. Kayla shuni bog‘layotgandi. Yoongi hech narsa demadi. Xona ichidagi sukunat yanada og‘irlashdi. Kayla nima deyishni bilmay qoldi.
— Haligi... bugun ko‘chada...
— Politsiya ham kelgandi, — dedi Jungkook xotirjam ohangda. — Hammasi hal bo‘ldi.
Yoongi nigohini bir lahza Kaylaga qaratdi.
Qizning ko‘zlari hali ham qizarib turardi. Lekin u hech narsa so‘ramadi. Jungkook kurtkasini qo‘liga oldi.
— Endi ketganim ma'qul.
U eshik tomon yurdi. Chiqishidan oldin bir lahza Kaylaga qaradi.
— O‘zingizni ehtiyot qiling.
Kayla sekin bosh irg‘adi. Eshik yopilgach, uy yana sukutga cho‘mdi. Yoongi hamon bir joyda turardi. U hech narsa so‘ramadi. Ammo aynan shu sukut Kaylani yanada hijolatga soldi.
— Aka... aslida unday emas...
Yoongi unga qaramadi.
Kayla esa shoshilib gapira boshladi.
— Bir odam ortimdan kelayotgandi. Janob Jungkook tasodifan ko‘rib qolibdi. Keyin...
U gapini tugata olmadi. Negadir o‘zini tushuntirishi kerakdek tuyulayotgandi.
Holbuki, Yoongi undan hali birorta ham savol so‘ramagandi. Yoongi faqat sekin ko‘zlarini yumib, chuqur nafas oldi.
— Yaxshimisan?
Kayla bir lahza qotib qoldi. Shuncha vaqtdan beri u aynan shu savolni kutmagandi.
— Ha...
Yoongi boshini qimirlatdi.
— Unda dam ol.
U shunday deb xonasiga qarab yurib ketdi.
Kayla esa o‘sha joyda qimirlamay qoldi.
The End
Xuddi shu paytda eshik ochilib......
— Qo‘lingni tushir.
Xonada sovuq ovoz yangradi.Bu Taehyung edi.Jimin bir lahza unga qaradi-da, kulib qo‘ydi.
— Nima bo‘ldi?
Taehyung xonaga kirib, Jiminni yoniga to‘xtadi.
— Men seni yaxshi taniyman, Jimin.
— Men hech nima qilmadim.
— Hali ulgurmagan bo‘lsang bundan hursandman. Jimin kuldi.
— Shuncha yildan beri do‘stmiz. Menga ishonmaysanmi?
— Aynan shuning uchun ishonmayapman.
Jiminning kulgusi yanada balandlashdi.
— Men faqat gaplashyapman.
— Yo‘q. Sen odamlarni noqulay ahvolga qo‘yayapsan.
— Taehyung, oshirib yuboryapsan.
— Menimcha, aksincha, juda yumshoq gapiryapman.Xonadagi muhit tobora taranglashib borardi. Taehyung Kaylaga qaradi.
— Sizga ruxsat ketishiz mumkin - dedi Taehyung.
Kayla bosh irg‘adi va tezda xonadan chiqib ketdi.
Eshik yopilishi bilan Taehyungning sabri tugadi.
— Senga necha marta aytish kerak?
— Nimani?
— Odamlarning chegarasini hurmat qilishni.
Jimin divanga o‘tirib kulib qo‘ydi.
— Men shunchaki qiziqyapman.
— Bir kun shu qiziqishing boshingga balo bo‘ladi.
— Balki bo‘lmas.
— Men seni ogohlantirdim.
Jimin esa yana kulishda davom etdi.
Kayla esa koridor bo‘ylab tez yurardi. Ko‘zlariga yosh qalqib chiqayotganini his qilardi. U bu holatda hech kimga ko‘rinishni istamasdi.Oyoqlari uni o‘zi bilmagan holda arxiv tomon boshlab ketdi.Arxiv mehmonxonaning eng sokin joylaridan biri edi. Bu yerga deyarli hech kim kelmasdi.Kayla ichkariga kirib eshikni yopdi va qulfladi. Bir necha soniya jim turdi.
So‘ng nihoyat ko‘z yoshlariga erk berdi.
U javon yonidagi stulga cho‘kdi.Qanchadan beri yig‘lamoqchi bo‘lib yurganini o‘zi ham bilmasdi.Ishdagi bosim, odamlarning gaplari, mijozlarning xiraligi, uydagi yolg‘izlik...
Hammasi yuragiga yig‘ilib qolgan edi.
— Nega doim men?..
deya pichirladi u.
Shu payt javonlar orasidan qadam tovushi eshitildi.Kayla cho‘chib boshini ko‘tardi.
Ne ko‘z bilan ko‘rsinki, qarshisida yangi direktor — Jeon Jungkook turardi.
Kayla shosha-pisha ko‘z yoshlarini artdi. Ko‘zlari qizarib ketgan, yuzi esa rangsiz edi. U bu ahvolda hech kimga ko‘rinishni istamagandi.
Jungkook bir necha soniya unga qarab turdi-da, sekin so‘radi:
— Yaxshimisan? Nima bo‘ldi?
Kayla allaqachon nafasini zo‘rg‘a ushlab turgandi. Bir og‘iz hol so‘ralishi bilan ichida yig‘ilib qolgan hamma his-tuyg‘ular yuzaga chiqdi. U yana o‘zini tutolmay yig‘lab yubordi. Jungkook bir qadam oldinga yurdi.
Ular orasida juda oz masofa qolgandi.
Jungkook bir lahza ikkilanib turdi-da, qizni shunchaki taskin berish uchun bag‘riga tortdi.
— Bo‘ldi... yig‘lama, — dedi past ovozda.
Kayla qarshilik qilmadi. Go‘yo juda uzoq vaqtdan beri birinchi marta o‘zini xavfsiz his qilayotgandek edi.
U bir necha daqiqa davomida yig‘lab, ichidagi og‘irlikni— Bo‘ldi... yig‘lama, — dedi past ovozda.
Kayla qarshilik qilmadi.
Go‘yo juda uzoq vaqtdan beri birinchi marta o‘zini xavfsiz his qilayotgandek edi. U bir necha daqiqa davomida yig‘lab, ichidagi og‘irlikni chiqarib yubordi.
Ancha yengillashgach, asta o‘ziga keldi va darhol oraga masofa qo‘ydi. Jungkook ham uni majburlamadi. Shunchaki cho‘ntagidan ro‘molcha chiqarib unga uzatdi.
Kayla ro‘molchani olib, bir soʻz demay yengil bosh egib tez arxivdan chiqib ketdi.
Jungkook esa joyida qolib, uning ortidan uzoq qarab qoldi.
Kayla arxiv xonasidan chiqishi bilan tezda ish joyiga qaytdi va oldidagi hujjatlar bilan band bo‘lishga urindi. Ammo xayoli umuman ishda emasdi. Bir necha daqiqa avval sodir bo‘lgan voqealar hanuz ongini tark etmayotgandi. U navbatdagi hujjatni varaqlarkan, ichida o‘zini ayblashda davom etdi.
Nega uning yonida yig‘lading, Kayla?
Nega o‘zingni tutolmading?
Nega u seni bag‘riga tortganida uni itarib yubormading?
Yana u oddiy inson emas... yangi direktor Jeon Jungkook bo‘lsa...
Tamom bo‘ldi, Kayla tamom. Endi aniq oʻlasan.
Qiz chuqur xo‘rsinib, e'tiborini hujjatlarga qaratishga harakat qildi. Biroq har safar ko‘zlari satrlar bo‘ylab yugurganida, xayoli yana o‘sha voqeaga qaytaverardi. Yig‘idan qizarib ketgan ko‘zlari hali ham biroz shishgan edi. Yaxshiyamki, bu paytda bo‘limda odamlar ko‘p emasdi. Hamkasblarning aksariyati o‘z ishlari bilan band bo‘lib, Kaylaning holatiga deyarli e'tibor berishmasdi.
Jungkook esa joyida qotib qolgandek, uning ortidan uzoq tikilib qoldi. Qo‘lidagi fayl ochiq turgan bo‘lsa-da, xayoli allaqachon boshqa tomonga ketgandi.
Ko‘z oldiga Kaylaning yig‘lagan yuzi keldi.
Mehmonxonaga kelganidan beri u qizni ko‘p kuzatgandi. Kayla doim jim yurardi. Hech kimdan yordam so‘ramas, muammolarini ham hech kimga aytmasdi.
Ammo bugun Jungkook birinchi marta uning qanchalik charchaganini sezdi.
Shu payt telefonining jiringlashi xayollarini bo‘ldi.
Jungkook qo‘ng‘iroqqa javob berdi.
— Eshitaman.
— Qayerdasan? Tez kel, gap bor, — dedi Taehyung.
— Nima bo‘ldi?
— Sen mehmonxonadagi ishlaringni hammasini menga berib quyaver - dedi hazil ohangda.O‘zing ham ishlarni kuzatib tursang bo‘lmaydimi?
Jungkook yengil xo‘rsindi.
— nima buldi oʻzi
— Jimin yana muammo chiqardi. Yaxshiyam men bor ekanman. Bo‘lmasa yana gap-so‘z bo‘lardi.
— Nima qildi?
— Bilasan-ku, uning qizlarga suyagi yuq. Yana bir xodimni bezovta qilibdi.
Jungkookning xayoliga darrov Kayla keldi.
Bir necha daqiqa oldin uning yig‘lagani va hech narsa demay ketib qolgani endi tushuna boshlagandi.
— Jimin qayerda? — so‘radi u jiddiy ohangda.
— xonasida.
— Yaxshi, hozir boraman.
Jungkook telefonni o‘chirib cho‘ntagiga soldi.
So‘ng arxiv xonasidan chiqib, Taehyungning xonasi tomon yurdi.
Kayla mehmonxonadagi ishini tugatgach, avtobus bekati tomon yo‘l oldi. Bugun bo‘lgan voqealar xayolidan ketmayotgandi. Jungkookning oldida o‘zini tutolmagani, Jimin bilan bo‘lgan noxush holat va hammaning qarashlari yuragini siqib yuborgandi. Shu narsalarni o‘ylagan sari ko‘zlariga yana yosh qalqirdi.
U biroz bekatda kutib turgach, avtobus ham keldi. Avtobusga chiqayotganida negadir uni kimdir kuzatib turgandek tuyuldi. Kayla beixtiyor ortiga qaradi.
Uzoqroqda qorong‘ulik orasida qandaydir sharpa ko‘ringandek bo‘ldi. Ammo keyingi soniyada hech narsani ajrata olmadi.
— Balki adashgandirman... — deb o‘yladi u va avtobusga chiqib, deraza yonidagi bo‘sh joyga o‘tirdi.
Ko‘p o‘tmay u do‘kondagi ish joyi yonida tushdi. Negadir ichidagi g‘alati hissiyot hanuz yo‘qolmagandi. Go‘yo kimdir uni kuzatayotgandek edi. Ammo bu safar ham bunga e'tibor bermaslikka harakat qildi. Do‘kondagi ishini tungi o‘n ikkidan keyin tugatdi. Tashqariga chiqqanida ko‘chalar deyarli bo‘sh edi. Odamlar allaqachon uyquga ketgandi. Atrofni faqat tungi chiroqlar yoritib turardi.
Kayla sumkasini yelkasiga ilib, uyiga qarab yo‘l oldi. Bir muddat xayol surib yurganidan keyin birdan yuragi bezovta ura boshladi. Bu safar u aniq his qildi. Kimdir uning ortidan kelayotgandi.
Kayla qadamlarini tezlashtirdi. Ortidagi qadam tovushlari ham tezlashdi. Qo‘rquv asta-sekin butun vujudini qamrab ola boshladi. U yana tezroq yurdi. Ortidagi noma'lum odam ham. Kayla endi ortiga qarashga jur'at topolmadi.
Bir necha soniyadan keyin esa yugura boshladi. Ortidagi odam ham yugurardi. Yuragi vahimadan qattiq urardi.
Uyiga hali ancha bor edi. Ko‘chalarda esa yordam so‘raydigan birorta ham odam ko‘rinmasdi. Shoshilganidan u uyiga olib boradigan yo‘ldan emas, boshqa ko‘chaga burilib ketdi.
Ammo bu qaror vaziyatni yanada yomonlashtirdi. Bir necha burilishdan keyin Kayla birdan to‘xtab qoldi. Oldinda yo‘l yo‘q edi.
Berk ko‘cha.
Uning qarshisida endi hech qanday chiqish qolmagandi.Kayla asta ortiga o‘girildi. Ko‘cha boshida qora kepka va niqob taqqan odam turardi.
Yuragi bir lahzaga to‘xtab qolgandek bo‘ldi. Noma'lum odam esa sekin-sekin unga yaqinlashardi.
Shu paytda...
The End
Ortida sariq sochli yigit istehzoli tabassum bilan turardi.Kayla uning nigohiga duch kelishi bilan butun vujudini noxush qaltirash qoplab oldi.
Yigitning qarashlari unga yoqmadi. Unda nimadir haddan tashqari erkin va chegarani bilmaydigan bir narsa bor edi.
Shu payt ichkaridan Jungkookning ovozi eshitildi:
— Kiring.
Yonidagi yigit eshikni bemalol ochib ichkariga kirib ketdi. Kayla esa eshik oldida bir lahza turib qoldi. Ichkaridan salomlashishlar va kulgu ovozlari eshitilardi.
Jungkook yangi xonasida stol ustidagi hujjatlarni ko‘zdan kechirayotgan edi.Rahbariyat vakillari uni xonasi bilan tanishtirib bo‘lib, kerakli qog‘ozlarni qoldirib chiqib ketishgandi.Eshik ochilib, Taehyung kirib keldi.
— Tabriklayman, direktor janoblari, — dedi u kulib.
— Mazax qilma, — dedi Jungkook bosh chayqab.
Ular biroz suhbatlashib, universitet davridagi voqealarni eslab kulishdi.
— Jimin qani? — dedi Jungkook. — Har doimgidek kechikyaptimi?
— Unga vaqt degan narsa ta'sir qilmaydi shekilli, — dedi Taehyung kulib.
Shu payt eshik taqilladi.
— Kiring, — dedi Jungkook.
Eshik ochilib, Jimin kulgancha ichkariga kirib keldi.
— Men haqimda gaplashayotgan ekansizlar-a?
U ikkalasi bilan salomlashdi-da, birdan ortiga qaradi.
Taehyung hayron bo‘lib eshik tomonga qaradi.
— Yana kimdir kelishi kerakmidi?
Jimin esa kulib qo‘ydi.
— Mehmonxonada bunaqa chiroyli xodimlar borligini aytganingda, ertaroq kelardim.Shunday deb eshik oldida turgan Kaylaga yo‘l berdi.
— Kiring, xonim.
Kayla noqulay qadamlar bilan ichkariga kirdi.
- chaqirgandi...z..
Jungkook uni ko‘rishi bilan qoshlarini chimirdi.
— Nega kelding? — dedi u beixtiyor ovozini balandlatib.
Jimin esa kulib yubordi.
— Ey, bunchalik qo‘pol bo‘lma.So‘ng Kayla tomon yurdi.
— Bunaqa chiroyli xodimlar bilan sal yumshoqroq gaplashish kerak.
U qizning yoniga kelib, yelkasiga qo‘l tashlamoqchi bo‘ldi.
— Keling, biz bilan o‘tiring. Bir oz suhbatlashamiz. Jiminning qo‘li yelkasiga tegishi bilan uni keskin itarib yubordi.Kayla bir lahzada rangi oqarib ketdi.
Ko‘zlarida qo‘rquv yaqqol ko‘rinib turardi.Xona ichidagi kayfiyat bir zumda o‘zgardi.Taehyung darhol vaziyatni sezdi.
— Jimin, bo‘ldi endi, — dedi u uning yoniga kelib. — Kel, o‘tir.
U Jiminni yelkasidan tutib, chetroqqa olib ketdi.Jungkook esa jahli chiqayotganini yashira olmay Kayla tomon yurdi.
Qizning ko‘zlarida yosh qalqib chiqqanini ko‘rib, bir zum unga qarab qoldi.
— Chiqing — dedi sovuq ohangda.
So‘ng eshik tomon ishora qildi.Kayla bir soniya qotib qoldi. Ko‘zlariga to‘lgan yoshlarni zo‘rg‘a ushlab turardi.Hech narsa demadi.Faqat boshini egib, tezda eshik tomon yurdi.
Bir necha soniyadan keyin eshik yopildi.
Taehyung Jungkookka qaradi.
— Sen uni nega haydading?
Jungkook javob bermadi.
Negadir hozirgina noto‘g‘ri odamga g‘azab qilganini ich-ichidan his qilib turgandi.
Xonadagi voqeadan keyin Kayla ancha vaqt o‘ziga kela olmadi.U Jungkookning oldidan ko‘zlari yoshga to‘lgan holda chiqib ketdi.Yuragi siqilib ketgandi. Go‘yo yana bir bor hammaning oldida kamsitilgandek his qilgandi.
Ichkarida esa vaziyat ham unchalik yaxshi emas edi.Jungkook Jimin tomonga sovuq qaradi.
— Sen chegaradan chiqib ketayapsan biz bu yerda hali yangimiz oʻzingni koʻrsatishing shart emas.
Jimin kulib qo‘ydi.
— Shuncha jiddiy bo‘lish shartmi? Men shunchaki hazillashdim.
— Hamma ham sening hazilingni ko‘tara olmaydi.Taehyung ham unga norozi qaradi.
— Jimin, chegarani bil.
Jimin qo‘llarini ko‘tarib taslim bo‘lgandek kuldi.
— Yaxshi, yaxshi. Lekin Jungkook bu qizing juda qiziq ekan.
— U mening qizim emas - dedi qattiy ohangda.
Jimin uning ovozidagi o‘zgarishni sezdi va
— Ha unda juda yaxshi dedi kulimsirab qo‘yib.
Oradan bir necha kun o‘tdi.
Xonadagi voqeadan keyin Kayla imkon qadar Jungkookning ko‘ziga ko‘rinmaslikka harakat qila boshladi.Ammo buning iloji yo‘q edi.
Jungkook direktor bo‘lganidan beri mehmonxonaning har bir bo‘limini shaxsan o‘zi tekshirardi. U qog‘ozdagi hisobotlarga emas, odamlarning qanday ishlashiga qarab baho berishni afzal ko‘rardi.Bir necha kun davomida u qabulxona, restoran, xizmat ko‘rsatish bo‘limlari va hatto arxivgacha kirib chiqdi.Shu vaqt ichida bir narsani sezdi. Kayla hamma qiladigan ishni qilar, lekin ko‘pincha boshqalarning ishini ham bajarardi.
Ba'zi xodimlar esa bundan juda qulay foydalanishardi.
Ayniqsa Suzy.
Suzy tashqaridan qaraganda mehribon va namunali xodimdek ko‘rinardi. Jungkook kelganida ham u eng faol, eng iltifotli xodimlardan biri bo‘lib qolgan edi. Har safar Jungkook ko‘rinishi bilan tabassum qiladi, kerak bo‘lmasa ham yoniga borib gaplashadi, hatto boshqa xodimlar qilishi kerak bo‘lgan ishlarni ham ko‘rsatishga urinardi.
Ammo Jungkook bir necha marta uning boshqacha tomonini ham ko‘rib qoldi. Bir kuni Suzy bir nechta hujjatlarni Kaylaning stoliga tashlab ketdi.
— Men ulgurmayapman. Buni ham qilib qo‘y.
— Lekin bu sizning vazifangiz-ku, — dedi Kayla
— Sen tezroq qilasan.
Kayla odatdagidek indamay hujjatlarni oldi va hammasini yana ichiga yutishga harakat qildi. U bilardiki ortiqcha gapirsa ishidan ketishini chunki hamma Suzy taraf edi hech kim uni tarafini olmasdi. Ishdan ketishini oʻzi ham bir muammo edi uyda oʻgay otasi bir ishni ham quldan eplab qilolmaysan keraksizsan deya gapirardi. Onasi bunga inday olmasdi. U shuncha narsa bulishidan koʻra jim boʻlishni tanlardi.
Suzy esa ortiga o‘girilib ketdi.
Buni uzoqdan kuzatayotgan Jungkook qoshlarini chimirdi.Bu birinchi marta emas edi. Qizning zimmasiga boshqalarning ishi yuklanayotganini u bir necha bor ko‘rgandi.Lekin Kayla hech qachon shikoyat qilmasdi.
Oradan bir necha kun o‘tib Jimin yana mehmonxonaga keldi. Bu safar u oddiy mehmon sifatida eng qimmat xonalardan birini band qilgan edi.
Dastlab hammasi odatdagidek boshlandi.
— Xonamdagi konditsioner ishlamayapti, — deb qabulxonaga qo‘ng‘iroq qildi u.Kayla tekshirish uchun chiqdi.Ammo konditsioner mutlaqo soz edi.
— Menimcha, ishlayapti.
— Balki menga shunday tuyulgandir, — dedi Jimin kulib.
Kayla indamay chiqib ketdi.Oradan yigirma daqiqa o‘tib yana qo‘ng‘iroq bo‘ldi.
— Televizor ishlamayapti.
Kayla yana chiqdi.Bu safar ham hech qanday muammo yo‘q edi.
Jimin esa divanda o‘tirib, undan ko‘z uzmay qarab turardi.
— Endi ishlayaptimi? — so‘radi Kayla.
— Siz kelganingizdan keyin ishlay boshladi shekilli.
Kayla javob bermay chiqib ketdi. Uchinchi marta qo‘ng‘iroq kelganida esa Kayla uning ataylab qilayotganini aniq tushundi.
— Endi nima bo‘ldi? — dedi u xonaga kirib.
— Bilmayman, — dedi Jimin yelka qisib. — Balki siz tekshirib ko‘rarsiz.
— Janob, agar aniq muammo bo‘lmasa, boshqa ishlarim ham bor.
— Shoshilmang.
Jimin o‘rnidan turdi.
— Menimcha, siz menga nisbatan juda sovuqsiz.
Kayla bir qadam ortga chekindi.
— Ruxsat bersangiz, ketay.
Ammo Jimin uning yo‘lini to‘sdi.
— Men sizni qo‘rqitadigan odamga o‘xshaymanmi?
U gapirayotgan paytda qo‘lini Kaylaning yuziga tushib qolgan soch tolasi tomon uzatdi.
Kayla qurqib orqaga bir qadam tashlamoqchi edi lekin devor uni toʻxtatdi. Kaylaning yuzi oqarib ketdi.
Xuddi shu paytda eshik ochilib.......
The End
Jungkook divan yonida o‘tirib, uxlab yotgan qizga bir muddat termulib qoldi.Nega bu qiz haqida bunchalik o‘ylayotganini o‘zi ham tushunmasdi.Shu payt shifokor qoldirib ketgan qog‘ozlar ko‘ziga tashlandi.Unda olib kelinishi kerak bo‘lgan dori-darmonlar yozilgan edi.Kayla hali uzoq vaqt uyg‘onmasligini o‘ylab, Jungkook dorilarni o‘zi olib kelishga qaror qildi.Tashqarida yomg‘ir yana kuchaygan edi.Yo‘ldagi tirbandliklar va dorixonadagi navbat sabab u o‘ylaganidan ancha kech qaytdi. Mashinada kelgan bo‘lsa ham, dorixonaga kirib chiqishi va mehmonxonaga qaytguncha kiyimlari nam tortib ulgurgandi.Qabulxonadan o‘tayotganda ayrim xodimlar yana pichirlashayotganini sezdi.Ammo bunga e'tibor bermadi.Xonaga qaytganida Kayla hali ham uxlayotgan edi.Isitmasi tushgandek, yuzi ham avvalgidan ancha yaxshi ko‘rinardi. Faqat yuzidagi charchoq izlari hali ham yo‘qolmagan edi.Jungkook telefoni va dorilarni stol ustiga qo‘ydi-da, nam kiyimlarini almashtirish uchun yuvinish xonasiga kirdi.Oradan ko‘p o‘tmay dushdan chiqdi.
Aynan shu paytda stol ustida qolgan telefoni jiringlab qoldi.
— Ota? — dedi u qo‘ng‘iroqqa javob berib.
— Sheriklarimizdan biri bugun hujjatlarni olib keladi. Men yuborgan shartnomalarni ko‘rib chiq. Imzolashdan oldin hammasini tekshir, — dedi Jeon Hyunseok.
— Tushundim.
Jungkook suhbatni tugatib, hujjatlarni ko‘zdan kechira boshladi.U hali sochlari nam, egniga kiyim kiyishga hali ulgurmagan edi.Shu payt xonaning eshigi kutilmaganda ochildi.Jungkook boshini ko‘tardi.Eshik oldida Min Yoongi turardi.
Yoongining nigohi avval Jungkookka, keyin divanda uxlab yotgan Kaylaga tushdi.Bir lahzada uning yuzi o‘zgarib ketdi.
Xona ichidagi manzara tashqaridan qaraganda mutlaqo boshqacha ko‘rinardi.
Begona yigit.
Jungkook turgan holat🙈💋
Kun bo‘yi xavotir bilan oʻylab yurgan qizi shu yerda edi. Begona yigitning xonasida.Ustiga ustak, yigitning kiyimlari ham yuq edi.Yoongining tomirlarida qon qaynab ketdi.
Va hech narsa demasdan borib unga bir musht 👊🏻 tushurdi
— Men tushuntirib bera olaman. - Dedi Jungkook vazmin holatda.
— Tushuntirasanmi?
Yoongi divanda yotgan Kaylaga qaradi va Jungkookni kiyimsiz holatiga ishora qilib.Qiz hushsiz uxlab yotardi.Bu manzara uning g‘azabini yanada kuchaytirdi.
— Kayla bu yerda nima qilyapti?!
— Avval tinchlaning. Siz o‘ylayotgan narsa emas.
Jungkook gapini tugatishga ham ulgurmay qoldi.
Yoongi bir necha qadam tashlab uning oldiga kelib, yana musht tushirdi.
Zarbadan Jungkook yon tomonga tisarilib ketdi.
Xona ichida og‘ir sukunat cho‘kdi.
Yoongining ko‘kragi tez-tez ko‘tarilib tushardi.
— Bir qizni shu ahvolda xonangga olib chiqishga qanday jur'at topding?! — dedi u g‘azab bilan.
Jungkook esa labining chetiga tekkan qonni qo‘li bilan artdi.
Har qanday odam bo‘lsa ham, bunga shunday javob qaytarishiga aniq edi. Shunga Jungkook bunga javob qaytarmadi, oʻzini bosib turishga harakat qildi.
Lekin u Yoongining ko‘zlaridagi xavotirni ko‘rdi.Bu shunchaki g‘azab emas edi.U qiz uchun xavotir olayotgan edi.
— Mushtingiz tugagan bo‘lsa, endi meni eshiting, — dedi Jungkook sovuqqonlik bilan.
— Menga yolg‘on gapirmaman deb oʻylama ham!
— Men gapirmay turib, yolg‘onligini qayerdan bildingiz?
Yoongi yana oldinga qadam tashladi.Jungkook esa divanda yotgan qizga bir qarab qo‘ydi.
— Agar baqirishni davom ettirsangiz, uni uyg‘otib yuborasiz.Bu gap Yoongini biroz jim qildi.
Jungkook sekin tushuntira boshladi.
— U arxivda hushidan ketdi. Isitmasi baland edi.Tez yordam chaqirdim. Dorilarni ham olib keldim.
Jungkook stol ustidagi dorilar tomon ishora qildi.
— Agar ishonmasangiz, shifokorga qo‘ng‘iroq qilib berishim mumkin? Savol tariqasida Yoongiga qaradi.
Yoongini so‘ng nigohi stol ustidagi dorilarga, ukol qadoqlariga va shifokor qoldirib ketgan qog‘ozlarga tushdi.Xonadagi manzara biroz yengillashganday koʻrina boshladi.Ammo u hali ham Jungkookka toʻliq ishonaa olmas edi.
U divanda yotgan Kaylaning yoniga keldi va bir muddat jim turib qoldi. Qizning yuzi odatdagidan ham oqarib ketgan, uyquda bo‘lsa ham juda holdan toygan ko‘rinardi.Yoongi undan bir muddat ko‘z uzolmay qoldi.Odatda u Kaylaga uncha e'tibor bermasdi.Uyda ham ular kam gaplashardi. Hatto Yoongi o‘zini Kaylaning hayoti bilan qiziqmayman deb o‘ylardi.Lekin hozir negadir yuragi bezovta edi.Bu kun bo‘yi uni qidirib yurganidanmi, ertalabki ahvolini ko‘rganidanmi yoki qizni begona erkakning xonasida topganidanmi, o‘zi ham tushunmasdi.Qizga biroz tikilib turgach, uni ehtiyotkorlik bilan qo‘liga oldi.Kayla ukollar ta'sirida chuqur uxlayotgan edi.Yoongi hech narsa demay, qizni ko‘tarib xonadan chiqib ketdi.
Pastga tushayotganida qabulxona yonida Suzy u yoqdan bu yoqqa borib keladiganini ko‘rdi. Go‘yo nimanidir kutayotgandek edi.Suzyning ko‘zlari darhol Yoongiga tushdi.Ammo uning qo‘lida hushsiz yotgan Kaylani ko‘rishi bilan yuzidagi tabassum so‘ndi.
U butunlay boshqa natija kutgandi.
Yoongi unga etibor bermasdan, mehmonxona eshiklaridan chiqib ketdi. Kaylani mashinasining orqa o‘rindig‘iga ehtiyotkorlik bilan joylashtirdi va mashinani yurgizdi.
Ko‘p o‘tmay mashina yomg‘irli ko‘chalar bo‘ylab ko‘zdan g‘oyib bo‘ldi.
Jungkook esa xonada yolg‘iz qolgandi.Bir necha daqiqa oldin Kayla yotgan divanga qarab uzoq vaqt jim qoldi.Xonadagi sukunat birdan juda g‘alati tuyuldi. Labining chetidagi og‘riq endi sezila boshlagandi.Jungkook chuqur xo‘rsindi.
Nega o‘zi?
Nega umuman tanimaydigan bir qiz uchun bunday ahvolga tushib qoldi?
Nega uni kasal holda tashlab ketolmadi?
Nega bir necha kundan beri xayolidan chiqmayapti?
Bu savollarning birortasiga javob topa olmadi.Faqat bir narsa aniq edi. Bugun sababini ham bilmay, begona qiz tufayli musht yedi. Shu fikr xayolidan o‘tishi bilan labida istehzoli kulgi paydo bo‘ldi.
— Yaxshi... endi Kaylaning ishga qaytishini kutamiz.
Va bu voqeaning hisobini bir kun albatta so‘raymiz.. — dedi u past ovozda.
Yoongi uyga yetib kelganida uy bo‘m-bo‘sh edi.
Ertalab nonushta paytida Min Taesung muhim yig‘ilish sabab xizmat safariga ketishini aytgan, Min Yejinni ham o‘zi bilan olib ketgandi. Yuna esa Yoongiga xabar yozib qoldirgan edi: "Darsdan keyin dugonamnikida qolaman." Aslida Yuna dadasi yo‘qligida uyda qolishni istamagan edi. Ayniqsa Kayla bilan bir uyda yolg‘iz qolishni.
Yoongi esa bunga e'tibor bermasligini bilardi, shunga Yuna uyda qolishni hohlamadi. Kaylani ehtiyotkorlik bilan qo‘liga oldi va uyga olib kirdi.Qiz hali ham uxlayotgan edi.Yotoqxonasiga kirib, uni sekin karavotga yotqizdi.Yoongi bir muddat uning yonida yana qarab turib qoldi.Qizning yuzi avvalgidan ancha yaxshi ko‘rinsa-da, undagi charchoq izlari hali ham sezilib turardi.
Yoongi asta ko‘rpani olib, uning ustini yopdi.
— O‘zingni bunchalik qiynashing shart emas edi... — dedi juda past ovozda.
Albatta, Kayla bu gapni eshitmadi. Yoongi keyin chiroqni pasaytirib, xonadan sekingina chiqib ketdi.
Uy yana sukunatga cho‘mdi.
The End
Mana yozning ilk kunlari ham boshlandi. Derazadan xonaga mayin quyosh nurlari tushib turardi. Burnimga esa yoqimli taom hidi urildi. Anchadan beri bunchalik to‘yib uxlamagandim! Tanamdagi charchoq ancha tarqagandi, faqat boshimda yengil og‘riq bor. Balki bu uzoq uxlaganim uchunmikin?
Kayla asta o‘rnidan turib o‘tirdi va kechagi kunni eslashga urindi. Eng oxirgi eslay olgan narsasi — arxivga kirgani va u yerda bir mijoz bilan biroz tortishib qolgani edi. Undan keyin esa xotirasi go‘yo uzilib qolgandek, hech narsani eslay olmasdi.
Eng hayratlisi esa uyga qanday kelgani haqida endi oʻylayotgani edi.?
U yuvinib chiqdi.Odatda bu paytga kelib onasining nonushtaga chaqirayotgan boʻlishi kerak edi, lekin jim-jit. Kayla ko‘pincha aynan shu ovozdan uyg‘onardi va bu soat yetti bo‘lganidan darak berardi.Lekin bugun u onasining ovozini eshitmadi. Faqat oshxonadan taralayotgan yoqimli hid kelardi.
Quymoq hidi...
Kayla xonasidan chiqib, zinadan pastga tushdi.Dasturxon atrofida hech kim yo‘q edi. Biroq oshxonada pastroq idishlar ovozi eshitilardi.U oshxonaga qarab yurdi va ko‘rgan manzarasidan hayratda qoldi.
Yoongi nonushta tayyorlayotgan edi.
Kayla hatto salom berishni ham unutib, unga tikilib qoldi.
Yoongi esa qizning kelganini sezib, boshini ko‘tardi. Hech narsa demasdan stul tomon ishora qildi.
Kayla indamay borib o‘tirdi.
Bir necha daqiqadan so‘ng Yoongi uning oldiga likopcha qo‘ydi. Unda qovurilgan tuxum, sosiska va yonida bir necha dona quymoq bor edi.
O‘zi ham qarshisiga o‘tirib, ortiqcha gapirmay ovqatlana boshladi.Kayla esa hamon hayratini yashira olmayotgandi.Bir muddat sukutda nonushta qilishdi.So‘ng Kayla xayolidagi savolni berdi.
— Oyim qayerda?
Yoongi shoshilmasdan bir luqmasini yutib oldi.
— Kecha dadam muhim konferensiyaga ketdi.Onangni ham o‘zi bilan olib ketgan.
— Hm.m...
Kayla yana jimib qoldi.Oradan biroz vaqt o‘tgach, yana so‘radi:
— Yunachi?
— Dugonasinikida qolishini aytgandi.
Kayla bosh irg‘adi.Aslida esa uning xayolida boshqa savol aylanib yurardi.
Eng muhim savol.
Ammo uni qanday berishni bilmayotgandi.Bir necha soniya ikkilanib turdi-da, nihoyat past ovozda so‘radi:
— Haligi... men kecha uyga qanday keldim?
Yoongi qo‘lidagi vilkasini bir lahza to‘xtatdi.Boshini ko‘tarib, Kaylaga qaradi.U bu savolni kutgandi.Hatto kechadan beri unga nima deb javob berishini ham o‘ylayotgandi.Ammo baribir javob topmagandi.
Bir necha soniya sukut cho‘kdi.
So‘ng u yana ovqatlanishda davom etib, beparvoroq ohangda dedi:
— Bilmayman.
Kayla uning javobiga uncha ishonmadi, lekin boshqa hech narsa demadi.Nonushtani tugatgach, sumkasini olib ishga otlandi.
Yo‘l bo‘yi esa xayolidan bir savol ketmasdi.Arxivda nima bo‘lgan edi?
Va eng muhimi...
Uni uyga kim olib keldi?
Ishxonaga kirib kelishi bilan Kayla nimadir o‘zgacha ekanini sezdi.Odatda ertalabki shovqin-suron bo‘lsa-da, bugungi muhit butunlay boshqacha edi.Xodimlar bir joyda to‘xtab turmas, kimdir hujjat ko‘tarib yugurardi, yana kimdir telefon orqali shoshilinch gaplashardi.Go‘yo butun mehmonxona bir narsaga tayyorlanar edi.
Kayla hayron bo‘lib qabulxonadagi hamkasbi yoniga bordi.
— Nimadir bo‘lyaptimi? Hamma nega bunchalik shoshilyapti? — deb so‘radi.
Hamkasbi atrofga alanglab oldi-da, hayajon bilan javob berdi:
— Eshitmadim dema. Mehmonxonaga yangi boshliq tayinlanibdi. Aytishlaricha, u Janob Jeonning o‘g‘li ekan.
— Ha-a... — dedi Kayla bosh irg‘ab.
Aslida uning xayoli butunlay boshqa yerda edi.Ertalabdan beri miyasini bir savol tinch qo‘ymayotgandi.U biroz ikkilanib turdi-da, sekin so‘radi:
— Haligi... men kecha uyga qanday ketganimni ko‘rmadingmi?
Hamkasbi birdan jim bo‘lib qoldi.
So‘ng Kaylaga xuddi g‘alati savol eshitgandek qaradi.
— Nega? Esingda yo‘qmi?
— Yo‘q...
— Seni Yoongi aka olib ketgandi.
Kayla bir zum qotib qoldi.
Yoongi?
Nahotki Yoongi uni olib ketgan bo‘lsa?
Bu fikrning o‘zi unga g‘alati tuyuldi. Hatto kecha tushida ham bunday narsani tasavvur qilolmagan bo‘lardi.Hamkasbi esa shu payt kimdir chaqirganini eshitib, shoshilib ketib qoldi.
Kayla esa o‘sha joyda bir necha soniya qimirlamay turdi.Xayolida esa faqat bitta gap aylanardi.
"Yoongi meni olib ketgan..."
Bu qanchalik g‘alati bo‘lmasin, yuragining bir chekkasida tushunarsiz iliqlik uyg‘onganini ham inkor qila olmadi.Ammo u bu haqda ortiq o‘ylamaslikka harakat qildi.Indamay kiyim almashtirish xonasiga kirib, ish formasini kiydi va yana ishiga qaytdi.
Bugun mehmonxonada ish odatdagidan ham ko‘p edi.Yangi direktorning kelishi munosabati bilan hamma joy tartibga keltirilayotgan, xodimlar esa tinimsiz tayyorgarlik ko‘rayotgandi.
Kayla ham bir ishni tugatmasidan boshqasi boshlanardi.Ammo ishlar orasida yana bir narsani payqadi.Hamkasblari unga deyarli gapirmay qo‘yishgandi.Aslida ular avval ham Kayla bilan yaqin bo‘lishmagan. Lekin o‘z ishlari qolib ketsa yoki biror yumushni unga topshirish kerak bo‘lsa, birdaniga mehribon bo‘lib qolishardi.
Bugun esa buning aksi edi.Hech kim undan yordam so‘ramas, hech kim unga ortiqcha gap qotmasdi.Go‘yo u o‘sha yerda yo‘qdek edi.
Kayla bunga e'tibor bermayotgandek ko‘rinsa ham, bu sovuq munosabatni sezmay qolmadi.
Ba'zan insonni haqorat qiladigan gaplar emas, balki butunlay yo‘qdek muomala qilishlari ko‘proq og‘ritardi.
Shunday bo‘lsa ham, u indamadi.Odatdagidek boshini egib, ishiga sho‘ng‘idi.Chunki bu hayotda u o‘rganib qolgan eng og‘ir narsa yolg‘izlik va hammasini ichiga yutish edi.
Kayla xayolga cho‘mgancha ishlarini bajarishda davom etardi.Shu payt yoniga hamkasblaridan biri kelib qoldi.
— Kayla, boshliq hammani yuqoriga chaqiryapti.
— Hozir chiqaman, — dedi u boshini qimirlatib.
Kayla hujjatlarni stol ustiga qo‘yib, lift tomon yurdi.Aynan shu paytda lift eshiklari yopilayotganini ko‘rib qoldi.
— To‘xtating! Iltimos, to‘xtatib turing! — deb baqirdi u.
Lift eshiklari deyarli yopilib bo‘lgandi. Ammo ichkaridan kimdir qo‘lini chiqarib, eshikni to‘xtatib qoldi.
Kayla yengil nafas olib, yugurgancha ichkariga kirib oldi.
— Rahmat - dedi qisqagina egilib quydi.
U shoshganidan atrofga ham qaramadi.Lift ichida bir nechta odam bor edi. Kayla esa odatdagidek e'tiborni o‘ziga qaratmaslik uchun burchakroqqa o‘tib turdi.Lift yuqoriga ko‘tarila boshladi.Bir necha soniyadan keyin esa u nimanidir sezdi.Kimdir unga qarab turardi.Bu oddiy qarash emasdi.Nigoh go‘yo undan uzilmayotgandek edi.Ichini tushunarsiz noqulaylik qopladi.
U boshini ko‘tarib qarashga jur'at qilolmadi.Yuragi negadir boshqacha ura boshlagandi.
"Qaramayotgandir...?
Balki menga shunday tuyulayotgandir..."
Lift qavatlarni birma-bir ortda qoldirardi.Kayla esa faqat 20-qavatga tezroq yetishni istardi.
Shu payt yonidan ovoz eshitildi.
— Yaxshi bo‘lib qoldingizmi?
Kayla seskanib tushdi.U asta boshini burdi.Va ko‘zlari katta ochilib ketdi.
Qarshisida kecha arxivda uchratgan o‘sha yigit turardi.O‘sha sirli mijoz.Kayla beixtiyor bir qadam ortga chekindi.
— Siz?..
Jungkookning lablarida yengil tabassum paydo bo‘ldi.
— Demak, bu safar hech bo‘lmasa meni eslayapsiz.
Kayla nima deyishni bilmay qoldi.Negadir uning qarshisida turgan bu yigitni ko‘rishi bilan kechagi voqealar xiralashgan xotirasi ravonlasha boshlagandi.
Eng g‘alatisi esa...
Bu safar Jungkookning nigohi undan umuman uzilmayotgandi.
Jungkook biroz qarab turib:
— Yaxshi bo‘lib qoldingizmi? — yana so‘radi u.
Kayla asta unga qarab:
— Hmm. - Deb quydi.
— Shifokor boshqa fikrda edi.
Kayla oxiri unga qarab qoshlarini chimirdi.
— Menimcha, bu sizni qiziqtirmaydi.
Jungkook kulimsiradi.
— Siz har doim shunday gapirasizmi?
— Siz esa har doim begona odamlarning ishiga aralashasizmi?
Lift ichidagi bir necha odam ularning suhbatiga qiziqib qarab qo‘ydi.Jungkook esa xotirjam turardi.
— Kecha sizni kim uyga olib ketganini bilasizmi?
Bu savolni Kayla kutmagandi. Lekin qisqa qilib.
— Akam.
— Undan oldinchi?
Kayla endi bu savoldan hayratda edi.Chunki o‘zi ham buni bilmasdi.
— Siz arxivda hushdan ketganizda, — dedi Jungkook.
— Keyingi safar kasal bo‘lsangiz, hushdan ketguningizcha ishlamang.
Uning xiralashgan xotiralari ancha aniq boʻla boshlagandi.
— Men...
Ammo shu payt lift eshiklari ochildi.
20-qavat.
Jungkook unga bir qarab qo‘ydi-da, indamay tashqariga chiqib ketdi.Kayla esa ortidan qarab qoldi.Negadir yuragi odatdagidan gʻalatiroq ura boshlagandi.
Katta majlislar zalida deyarli barcha xodimlar yig‘ilgan edi.Hamma hayajonda yangi direktor haqida gapirardi.Kimdir uni qattiqqo‘l deyardi.Kimdir yosh ekanini aytardi.Kimdir esa Janob Jeonning yagona vorisi deb pichirlardi.
Kayla esa oxirgi qatordagi o‘rindiqlardan biriga o‘tirib oldi.Oradan bir necha daqiqa o‘tdi.So‘ng zal eshiklari ochildi.Bir zumda hamma jim bo‘lib qoldi.Barcha o‘rinlaridan turdi.Kayla ham ularga ergashib o‘rnidan turdi.Eshikdan bir nechta boshqaruv xodimlari kirib keldi.
Ularning ortidan esa...
Kaylaning nafasi ichiga tushib ketdi.Ko‘zlari katta ochildi.Yuragi go‘yo urishni unutgandek bo‘ldi.
Ahir....
Bu...
Arxivdagi yigit.
Liftdagi yigit.
U esa xuddi hech narsa bo‘lmagandek zalning old tomoniga yurib bordi.Bir necha soniya ichida butun zal qarsaklarga to‘ldi.
— Sizlarga yangi direktorimizni tanishtiraman. Janob Jeon Jungkook.
Kayla eshitgan gapiga ishonolmadi.Direktor?
Nahotki u direktor bo‘lsa?
Nahotki u kechadan beri oddiy mijoz deb yurgan odam shu mehmonxonaning yangi rahbari bo‘lsa?Jungkook minbarga chiqdi.So‘ng minglab odamlar orasidan aynan uni topgandek nigohini Kaylaga qaratdi. Bir soniya..
Ularning ko‘zlari to‘qnashdi.Kayla darhol nigohini olib qochdi.
Jungkook esa labining bir chetida sezilar-sezilmas tabassum bilan nutqini boshladi.
— Bugundan boshlab bu mehmonxonada ko‘p narsalar o‘zgaradi.
Kayla yuragidagi g‘alati bezovtalikni bosolmay qoldi.Negadir u bu gapni faqat mehmonxona haqida aytmayotgandek tuyuldi.
Oʻzi hodimlar qarab turgani edi bu rasm uncha mos kelmay qoldi shekilli.😁🙈
Tadbir davom etayotgan bo‘lsa-da, Jungkookning aytayotgan gaplaridan birortasi qulog‘iga kirmayotgandi. Xayolida faqat bitta savol aylanardi.
Nega u o‘zini oddiy mijoz qilib ko‘rsatgan?
Tadbir tugashini u bazo‘r kutdi.Nihoyat yig‘ilish yakunlangach, xodimlar birin-ketin zalni tark eta boshlashdi. Ammo bu safar odatdagi suhbatlar emas, pichirlashlar ko‘proq edi.
— Nahotki yangi direktor o‘sha yigit bo‘lsa?
— Men uni bir necha kundan beri mehmon deb yuribman.
— Demak, hammasini yashirin kuzatgan ekan-da...
— Kecha arxivdagi voqeani eshitdingmi?
Turli gaplar koridor bo‘ylab tarqalib ketayotgandi.Ayniqsa, Jungkookning Kayla bilan birga ko‘rilganini bilgan xodimlar yanada hayratda edi.Ba'zilari qizga qiziqib qarashar, ba'zilari esa allaqachon o‘zlaricha xulosa chiqarib bo‘lishgandi.Kayla esa ularning qarashlaridan qochishga urinardi.
Go‘yo butun mehmonxona birdan unga tikilib qolgandek edi.U tezroq ish joyiga qaytishni istadi.Lekin koridorga chiqqan zahoti qadamlari sekinlashdi.
Uzoqroqdagi oynalar yonida Jungkook bir nechta rahbarlar bilan gaplashib turardi.
Endi u kechagi oddiy mijozga umuman o‘xshamasdi.
Qimmatbaho kostyum, qat'iy nigoh va atrofidagilar unga ko‘rsatayotgan hurmat uning kimligini yaqqol ko‘rsatib turardi.
Kayla beixtiyor liftdagi gaplarini esladi.
"Siz mehmonsiz. Menimcha, sog‘lig‘im sizni qiziqtirmasa kerak."
Agar yer yorilib ketsa, ichiga kirib ketishga ham rozi bo‘lardi.Xuddi shu payt Jungkook boshini burdi.
Ularning ko‘zlari yana to‘qnashdi.
Bu safar Kayla birinchi bo‘lib nigohini olib qochdi.Yuragi esa yana tushunarsiz ravishda gʻalati urishni boshladi.U o‘ziga-o‘zi tanbeh berdi.Axir bu shunchaki yangi direktor edi.
Lekin negadir Jungkook unga qaragan har safar, yuragidagi osoyishtalik biroz buzilib ketayotgandek tuyulardi.Kayla bundan qanchalik qochishga urinsa ham, taqdir uni yana va yana o‘sha yigitning yo‘liga chiqarayotgandek edi.
Kayla pastki qavatga tusharkan, xayollari butunlay parishon edi.
Atrofidagi shovqinlar, odamlarning gap-so‘zlari unga uzoqdan eshitilayotgandek tuyulardi.Uning fikri faqat kechagi voqealarda edi.
Arxiv...
Jungkook...
Hushidan ketishi...
Va shifokor.Jungkookning "Shifokor boshqa fikrda edi" degan gapi xayolidan ketmayotgandi.
Asta-sekin kechagi parchalar yodiga tusha boshlagandi uzi. O‘sha payt yiqilayotganida kimdir uni ushlab qolgani...
Bu Jungkook edi.Demak, u hushidan ketganidan keyin ham yonida bo‘lganmi?Unda shifokorni ham u chaqirganmi?Unda Yoongi qayerdan paydo bo‘lgan?
Kayla yurishini ham unutdi goʻyo."Nahotki..."
Xayoliga kelgan fikrdan o‘zi cho‘chib ketdi."Nahotki meni xonasiga olib chiqqan bo‘lsa?"Darhol boshini qimirlatdi.
— Yo‘q... bo‘lishi mumkin emas...
Ammo yuragi negadir buning aksini aytayotgandek edi.
Shu payt xodimlar orasida shovqin ko‘tarildi.
— Yangi direktor kelyapti!
— Hamma joyiga tursin!
— Ishlarni tekshirarkan!
Bir zumda hamma tartibga tushib qoldi.
Oradan ko‘p o‘tmay Janob Jeon Jungkook qabulxona tomon kirib keldi.
Yonida bir necha rahbarlar ham bor edi.U har bir xodim bilan alohida tanishar, qilayotgan ishlarini so‘rar va diqqat bilan kuzatardi.Suzy esa imkoniyatni qo‘ldan chiqarmadi.
U bir necha marta Jungkook yoniga borib, ortiqcha muloyimlik bilan gaplashdi. Hatto kerak bo‘lmagan joyda ham kulib, e'tiborini tortishga urinardi.
Atrofdagi xodimlar esa pichirlashardi.
— Voy, juda kelishgan ekan...
— Televizordagi aktyorlarga o‘xshaydi.
— Shunaqa yosh direktor bo‘ladimi?
Kayla esa boshini ko‘tarmadi.
Navbat unga kelganda ham nigohini yerdan uzmagan holda o‘zini tanishtirdi va vazifalarini qisqacha aytib o‘tdi.Lekin u Jungkookning nigohi o‘zida ekanini his qilib turardi.Jungkook barcha bilan tanishib bo‘lgach, bosh irg‘adi.
— Tanishganimdan xursandman.
So‘ng ortiga burildi.Bir necha qadam yurgach esa to‘xtadi.Atrofdagilar ham beixtiyor unga qarashdi.Jungkook boshini burib, to‘g‘ri Kaylaga qaradi.
— Kayla xonim.
Qiz beixtiyor boshini ko‘tardi.
— Ishingizni tugatgach, xonamga kiring.
Bir lahza butun qabulxona jimib qolgandek bo‘ldi.Kayla qotib qoldi.Jungkook esa uning javobini ham kutmadi.Orqasiga o‘girilib, xotirjam qadamlar bilan uzoqlashib ketdi.
Ketishidan oldin esa ularning nigohlari yana bir bor to‘qnashdi.
Bu safar birinchi bo‘lib Jungkook nigohini uzdi.
Ortidan esa pichirlashlar boshlanib ketdi.
— Nega aynan Kayla?
— Nima gap ekan?
— Kecha ham nimadir bo‘lganga o‘xshaydi...
Kayla esa o‘zini eshitmagandek ko‘rsatib, ishiga qaytdi.
Ammo yuragi allaqachon bezovta bo‘lib ulgurgandi.
Bir necha daqiqadan keyin u direktor xonasi oldida turardi.
Qo‘li eshik tutqichiga borib yana qaytar, kirish yoki kirmaslik haqida o‘ylardi.
Jungkook uni nima uchun chaqirgan?
Kechagi voqeani aytmoqchimi?
Yoki...
Yana nimadir bormi?
Shu payt ortidan bir qo‘l uzalib, eshikni yengil taqillatdi.
Kayla cho‘chib ortiga o‘girildi. Ortida.....
The End
Yozning ilk kunlari boshlandi. Derazadan xonaga mayin quyosh nurlari tushib turardi. Burnimga esa yoqimli taom hidi urildi.
Anchadan beri bunchalik to‘yib uxlamagandim. Tanamdagi charchoq ancha tarqagandi, faqat boshimda yengil og‘riq qolgan edi. Balki bu uzoq uxlaganimdandir.
Kayla asta o‘rnidan turib o‘tirdi va kechagi kunni eslashga urindi. Eng oxirgi eslay olgan narsasi — arxivga kirgani va u yerda bir mijoz bilan biroz tortishib qolgani edi. Undan keyin esa xotirasi go‘yo uzilib qolgandek, hech narsani eslay olmasdi.
Eng ajablanarlisi esa uyga qanday kelgani edi.
U yuvinib chiqdi. Odatda bu paytga kelib onasining nonushtaga chaqirayotgan ovozi butun uy bo‘ylab yangrab turardi. Kayla ko‘pincha aynan shu ovozdan uyg‘onardi va bu soat yetti bo‘lganidan darak berardi.
Lekin bugun u onasining ovozini eshitmadi.
Faqat oshxonadan taralayotgan yoqimli hid kelardi. Quymoq hidi...
Kayla xonasidan chiqib, zinadan pastga tushdi.
Dasturxon atrofida hech kim yo‘q edi. Biroq oshxonadan idish-tovoqlar ovozi eshitilardi.
U oshxonaga qarab yurdi va ko‘rgan manzarasidan hayratda qoldi.
Shunaqaroq deb tassavur qivolasizlarda😁
Yoongi nonushta tayyorlayotgan edi.
Kayla hatto salom berishni ham unutib, unga tikilib qoldi.
Yoongi esa qizning kelganini sezib, boshini ko‘tardi. Hech narsa demasdan stul tomon ishora qildi.
Kayla indamay borib o‘tirdi.
Bir necha daqiqadan so‘ng Yoongi uning oldiga likopcha qo‘ydi. Unda qovurilgan tuxum, sosiska va yonida bir necha dona quymoq bor edi.
Biram yoqimli🫠🤗
O‘zi ham qarshisiga o‘tirib, ortiqcha gapirmay ovqatlana boshladi.
Kayla esa hamon hayratini yashira olmayotgandi.
Bir muddat sukutda nonushta qilishdi.
So‘ng Kayla xayolidagi savolni berdi.
— Oyim qayerda?
Yoongi shoshilmasdan bir luqmasini yutib oldi.
— Kecha dadam muhim konferensiyaga ketdi. Onangni ham o‘zi bilan olib ketgan.
— Tushunarli...
Kayla yana jimib qoldi.
Oradan biroz vaqt o‘tgach, yana so‘radi:
— Yunachi?
— Dugonasinikida qolishini aytgandi.
Kayla bosh irg‘adi.
Aslida esa uning xayolida boshqa savol aylanib yurardi.
Eng muhim savol.
Ammo uni qanday berishni bilmayotgandi.
Bir necha soniya ikkilanib turdi-da, nihoyat past ovozda so‘radi:
— Haligi... men kecha uyga qanday keldim?
Yoongi qo‘lidagi vilkasini bir lahza to‘xtatdi.
Boshini ko‘tarib, Kaylaga qaradi.
U bu savolni kutgandi.
Hatto kechadan beri unga nima deb javob berishini ham o‘ylab yurgandi.
Ammo baribir aniq javob topolmagandi.
Bir necha soniya sukut cho‘kdi.
So‘ng u yana ovqatlanishda davom etib, beparvoroq ohangda dedi:
— Bilmayman.
Kayla uning javobiga uncha ishonmadi, lekin boshqa hech narsa demadi.
Nonushtani tugatgach, sumkasini olib ishga otlandi.
Yo‘l bo‘yi esa xayolidan bir savol ketmasdi.
Arxivda nima bo‘lgan edi?
Va eng muhimi...
Uni uyga kim olib kelgandi?
Ishxonaga kirib kelishi bilan Kayla nimadir o‘zgacha ekanini sezdi.
Odatda ertalabki shovqin-suron bo‘lsa-da, bugungi muhit butunlay boshqacha edi. Xodimlar bir joyda to‘xtab turmas, kimdir hujjat ko‘tarib yugurardi, yana kimdir telefon orqali shoshilinch gaplashardi. Go‘yo butun mehmonxona bir narsaga tayyorlanayotgandek edi.
Kayla hayron bo‘lib qabulxonadagi hamkasbi yoniga bordi.
— Nimadir bo‘lyaptimi? Hamma nega bunchalik shoshilyapti? — deb so‘radi.
Hamkasbi atrofga alanglab oldi-da, hayajon bilan javob berdi:
— Eshitmadim dema. Mehmonxonaga yangi boshliq tayinlanibdi. Aytishlaricha, u Janob Jeonning o‘g‘li ekan.
— Ha-a... — dedi Kayla bosh irg‘ab.
Aslida uning xayoli butunlay boshqa yerda edi.
Ertalabdan beri miyasini bir savol tinch qo‘ymayotgandi.
U biroz ikkilanib turdi-da, sekin so‘radi:
— Haligi... men kecha uyga qanday ketganimni ko‘rmadingmi?
Hamkasbi birdan jim bo‘lib qoldi.
So‘ng Kaylaga xuddi g‘alati savol eshitgandek qaradi.
— Nega? Esingda yo‘qmi?
— Yo‘q...
— Seni Yoongi aka olib ketgandi.
Kayla bir zum qotib qoldi.
Yoongi?
Nahotki Yoongi uni olib ketgan bo‘lsa?
Bu fikrning o‘zi unga g‘alati tuyuldi. Hatto kecha tushida ham bunday narsani tasavvur qilolmagan bo‘lardi.
Hamkasbi esa shu payt kimdir chaqirganini eshitib, shoshilib ketib qoldi.
Kayla esa o‘sha joyda bir necha soniya qimirlamay turdi.
Xayolida esa faqat bitta gap aylanardi.
"Yoongi meni olib ketgan..."
Bu qanchalik g‘alati bo‘lmasin, yuragining bir chekkasida tushunarsiz iliqlik uyg‘onganini ham inkor qila olmadi.
Ammo u bu haqda ortiq o‘ylamaslikka harakat qildi.
Indamay kiyim almashtirish xonasiga kirib, ish formasini kiydi va yana ishiga qaytdi.
Bugun mehmonxonada ish odatdagidan ham ko‘p edi.
Yangi direktorning kelishi munosabati bilan hamma joy tartibga keltirilayotgan, xodimlar esa tinimsiz tayyorgarlik ko‘rayotgandi.
Kayla ham bir ishni tugatmasidan boshqasi boshlanardi.
Ammo ishlar orasida yana bir narsani payqadi.
Hamkasblari unga deyarli gapirmay qo‘yishgandi.
Aslida ular avval ham Kayla bilan yaqin bo‘lishmagan. Lekin o‘z ishlari qolib ketsa yoki biror yumushni unga topshirish kerak bo‘lsa, birdaniga mehribon bo‘lib qolishardi.
Bugun esa buning aksi edi.
Hech kim undan yordam so‘ramas, hech kim unga ortiqcha gap qotmasdi.
Go‘yo u o‘sha yerda yo‘qdek edi.
Kayla bunga e'tibor bermayotgandek ko‘rinsa ham, bu sovuq munosabatni sezmay qolmadi.
Ba'zan insonni haqorat qiladigan gaplar emas, balki butunlay yo‘qdek muomala qilishlari ko‘proq og‘ritardi.
Shunday bo‘lsa ham, u indamadi.
Odatdagidek boshini egib, ishiga sho‘ng‘idi.
Chunki bu hayotda u o‘rganib qolgan eng og‘ir narsa yolg‘izlik emas, hammasini ichiga yutib yashash edi.
Kayla xayolga cho‘mgancha ishlarini bajarishda davom etardi. Xayolidan esa ertalab eshitgan gaplar ham, kechagi voqealar ham chiqmayotgandi.
Shu payt yoniga hamkasblaridan biri kelib qoldi.
— Kayla, boshliq seni yuqoriga chaqiryapti.
— Hozir chiqaman, — dedi u boshini qimirlatib.
Kayla hujjatlarni stol ustiga qo‘yib, lift tomon yurdi.
Aynan shu paytda lift eshiklari yopilayotganini ko‘rib qoldi.
— To‘xtating! Iltimos, to‘xtatib turing! — deb baqirdi u.
Lift eshiklari deyarli yopilib bo‘lgandi. Ammo ichkaridan kimdir qo‘lini chiqarib, eshikni to‘xtatib qoldi.
Kayla yengil nafas olib, yugurgancha ichkariga kirib oldi.
— Rahmat...
Liftga chiqish
U shoshganidan atrofga ham qaramadi.
Lift ichida bir nechta odam bor edi. Kayla esa odatdagidek e'tiborni o‘ziga qaratmaslik uchun burchakroqqa o‘tib turdi.
Lift yuqoriga ko‘tarila boshladi.
Bir necha soniyadan keyin esa u nimanidir sezdi.
Kimdir unga qarab turardi.
Bu oddiy qarash emasdi.
Nigoh go‘yo undan uzilmayotgandek edi.
Kaylaning yelkalari taranglashdi.
Ichini tushunarsiz noqulaylik qopladi.
U boshini ko‘tarib qarashga ham jur'at qilolmadi.
Yuragi negadir tez ura boshlagandi.
"Qaramagan... Balki menga tuyulayotgandir..."
Lift qavatlarni birma-bir ortda qoldirardi.
Kayla esa faqat 18-qavatga tezroq yetishni istardi.
Shu payt yonidan tanish ovoz eshitildi.
— Yaxshi bo‘lib qoldingizmi?
Kayla seskanib tushdi.
Yuragi bir urishga to‘xtagandek bo‘ldi.
U asta boshini burdi.
Va ko‘zlari katta ochilib ketdi.
Qarshisida kecha arxivda uchratgan o‘sha yigit turardi.
O‘sha sirli mijoz.
O‘sha uning hushidan ketayotganida ushlab qolgan yigit.
Kayla beixtiyor bir qadam ortga chekindi.
— Siz?..
Jungkookning lablarida yengil tabassum paydo bo‘ldi.
— Demak, bu safar hech bo‘lmasa meni eslayapsiz.
Kayla nima deyishni bilmay qoldi.
Negadir uning qarshisida turgan bu yigitni ko‘rishi bilan kechagi voqealar xiralashgan xotirasi yana bezovta bo‘la boshlagandi.
Eng g‘alatisi esa...
Bu safar Jungkookning nigohi undan umuman uzilmayotgandi.
Lift ichida hukm surgan sukunat Kaylaga g‘alati bosim berardi.
Jungkookning nigohi esa undan bir lahza ham uzilmayotgandek tuyulardi.
— Yaxshi bo‘lib qoldingizmi? — yana so‘radi u.
Kayla asta unga qaradi.
— Ha.
— Shifokor boshqa fikrda edi.
Kayla qoshlarini chimirdi.
— Menimcha, bu sizni qiziqtirmaydi.
Jungkook kulimsiradi.
— Siz har doim shunday gapirasizmi?
— Siz esa har doim begona odamlarning ishiga aralashasizmi?
Lift ichidagi bir necha odam ularning suhbatiga qiziqib qarab qo‘ydi.
Jungkook esa xotirjam turardi.
— Kecha sizni kim uyga olib ketganini bilasizmi?
Bu savol Kaylani hushyor torttirdi.
— Akam.
— Undan oldinchi?
Kayla javob bera olmadi.
Chunki o‘zi ham buni bilmasdi.
— Siz arxivda hushdan ketgansiz, — dedi Jungkook. — Keyingi safar kasal bo‘lsangiz, hushdan ketguningizcha ishlamang.
Kayla yuragida nimadir qimirlagandek bo‘ldi.
Demak...
Uning xiralashib qolgan xotiralari orasidagi bo‘shliq aynan shu yigit bilan bog‘liq edi.
— Men...
Ammo shu payt lift eshiklari ochildi.
18-qavat.
Jungkook unga bir qarab qo‘ydi-da, indamay tashqariga chiqib ketdi.
Kayla esa ortidan qarab qoldi.
Negadir yuragi odatdagidan tezroq ura boshlagandi.
Katta majlislar zalida deyarli barcha xodimlar yig‘ilgan edi.
Hamma hayajonda.
Hamma yangi direktor haqida gapirardi.
Kimdir uni qattiqqo‘l deyardi.
Kimdir yosh ekanini aytardi.
Kimdir esa Janob Jeonning yagona vorisi deb pichirlardi.
Kayla esa oxirgi qatordagi o‘rindiqlardan biriga o‘tirib oldi.
Negadir liftdagi uchrashuv xayolidan chiqmayotgandi.
Oradan bir necha daqiqa o‘tdi.
So‘ng zal eshiklari ochildi.
Bir zumda hamma jim bo‘lib qoldi.
Barcha o‘rinlaridan turdi.
Kayla ham ularga ergashib o‘rnidan turdi.
Eshikdan bir nechta boshqaruv xodimlari kirib keldi.
Ularning ortidan esa...
Kaylaning nafasi ichiga tushib ketdi.
Ko‘zlari katta ochildi.
Yuragi go‘yo urishni unutgandek bo‘ldi.
Bu...
Bu o‘sha yigit edi.
Arxivdagi yigit.
Liftdagi yigit.
Kecha uni ushlab qolgan yigit.
Jungkook.
U esa xuddi hech narsa bo‘lmagandek zalning old tomoniga yurib bordi.
Bir necha soniya ichida butun zal qarsaklarga to‘ldi.
— Sizlarga yangi direktorimizni tanishtiraman. Janob Jeon Jungkook.
Kayla eshitgan gapiga ishonolmadi.
Quloqlari shang‘illab ketdi.
Direktor?
Nahotki u direktor bo‘lsa?
Yangi drektor Jeon Jungkook 💋
Nahotki u kechadan beri oddiy mijoz deb yurgan odam shu mehmonxonaning yangi rahbari bo‘lsa?
Jungkook minbarga chiqdi.
So‘ng minglab odamlar orasidan aynan uni topgandek nigohini Kaylaga qaratdi.
Bir soniya.
Ikki soniya.
Ularning ko‘zlari to‘qnashdi.
Kayla darhol nigohini olib qochdi.
Yuziga issiq qon yugurib ketgandi.
Jungkook esa labining bir chetida sezilar-sezilmas tabassum bilan nutqini boshladi.
— Bugundan boshlab bu mehmonxonada ko‘p narsalar o‘zgaradi.
Kayla yuragidagi g‘alati bezovtalikni bosolmay qoldi.
Negadir u Jungkook bu gapni faqat mehmonxona haqida aytmayotgandek tuyuldi.
Go‘yo uning hayotida ham nimadir o‘zgarish arafasida edi.
Va bu o‘zgarish allaqachon boshlangan edi.
Oʻzi hodimlar qarab turgani edi bu rasm uncha mos kelmay qoldi shekilli.😁🙈
Kayla hali ham o‘ziga kelolmayotgandi.
Tadbir davom etayotgan bo‘lsa-da, Jungkookning aytayotgan gaplaridan birortasi qulog‘iga kirmayotgandi. Xayolida faqat bitta savol aylanardi.
Nega u o‘zini oddiy mijoz qilib ko‘rsatgan?
Tadbir tugashini u bazo‘r kutdi.
Nihoyat yig‘ilish yakunlangach, xodimlar birin-ketin zalni tark eta boshlashdi. Ammo bu safar odatdagi suhbatlar emas, pichirlashlar ko‘proq edi.
— Nahotki yangi direktor o‘sha yigit bo‘lsa?
— Men uni bir necha kundan beri mehmon deb yuribman.
— Demak, hammasini yashirin kuzatgan ekan-da...
— Kecha arxivdagi voqeani eshitdingmi?
Turli gaplar koridor bo‘ylab tarqalib ketayotgandi.
Ayniqsa, Jungkookning Kayla bilan birga ko‘rilganini bilgan xodimlar yanada hayratda edi.
Ba'zilari qizga qiziqib qarashar, ba'zilari esa allaqachon o‘zlaricha xulosa chiqarib bo‘lishgandi.
Kayla esa ularning qarashlaridan qochishga urinardi.
Go‘yo butun mehmonxona birdan unga tikilib qolgandek edi.
U tezroq ish joyiga qaytishni istadi.
Lekin koridorga chiqqan zahoti qadamlari sekinlashdi.
Uzoqroqdagi oynalar yonida Jungkook bir nechta rahbarlar bilan gaplashib turardi.
Endi u kechagi oddiy mijozga umuman o‘xshamasdi.
Qimmatbaho kostyum, qat'iy nigoh va atrofidagilar unga ko‘rsatayotgan hurmat uning kimligini yaqqol ko‘rsatib turardi.
Kayla beixtiyor liftdagi gaplarini esladi.
"Siz mehmonsiz. Menimcha, sog‘lig‘im sizni qiziqtirmasa kerak."
Shu zahoti yuzlari qizib ketdi.
Agar yer yorilib ketsa, ichiga kirib ketishga ham rozi bo‘lardi.
Xuddi shu payt Jungkook boshini burdi.
Ularning ko‘zlari yana to‘qnashdi.
Bu safar Kayla birinchi bo‘lib nigohini olib qochdi.
Yuragi esa yana tushunarsiz ravishda tez urishni boshladi.
U o‘ziga-o‘zi tanbeh berdi.
Axir bu shunchaki yangi direktor edi.
Lekin negadir Jungkook unga qaragan har safar, yuragidagi osoyishtalik biroz buzilib ketayotgandek tuyulardi.
Kayla bundan qanchalik qochishga urinsa ham, taqdir uni yana va yana o‘sha yigitning yo‘liga chiqarayotgandek edi.
Kayla pastki qavatga tusharkan, xayollari butunlay parishon edi.
Atrofidagi shovqinlar, odamlarning gap-so‘zlari unga uzoqdan eshitilayotgandek tuyulardi.
Uning fikri faqat kechagi voqealarda edi.
Arxiv...
Jungkook...
Hushidan ketishi...
Va shifokor.
Jungkookning "Shifokor boshqa fikrda edi" degan gapi xayolidan ketmayotgandi.
Asta-sekin ayrim parchalar yodiga tusha boshladi. O‘sha payt yiqilayotganida kimdir uni ushlab qolgani...
Bu Jungkook edi.
Demak, u hushidan ketganidan keyin ham yonida bo‘lganmi?
Unda shifokorni ham u chaqirganmi?
Unda Yoongi qayerdan paydo bo‘lgan?
Kayla yurishini ham sekinlashtirib yubordi.
"Nahotki..."
Xayoliga kelgan fikrdan o‘zi cho‘chib ketdi.
"Nahotki meni xonasiga olib chiqqan bo‘lsa?"
Darhol boshini qimirlatdi.
— Yo‘q... bo‘lishi mumkin emas...
Ammo yuragi negadir buning aksini aytayotgandek edi.
Shu payt xodimlar orasida shovqin ko‘tarildi.
— Yangi direktor kelyapti!
— Hamma joyiga tursin!
— Ishlarni tekshirarkan!
Bir zumda hamma tartibga tushib qoldi.
Oradan ko‘p o‘tmay Janob Jeon Jungkook qabulxona tomon kirib keldi.
Yonida bir necha rahbarlar ham bor edi.
U har bir xodim bilan alohida tanishar, qilayotgan ishlarini so‘rar va diqqat bilan kuzatardi.
Suzy esa imkoniyatni qo‘ldan chiqarmadi.
U bir necha marta Jungkook yoniga borib, ortiqcha muloyimlik bilan gaplashdi. Hatto kerak bo‘lmagan joyda ham kulib, e'tiborini tortishga urinardi.
Atrofdagi xodimlar esa pichirlashardi.
— Voy, juda kelishgan ekan...
— Televizordagi aktyorlarga o‘xshaydi.
— Shunaqa yosh direktor bo‘ladimi?
Kayla esa boshini ko‘tarmadi.
Navbat unga kelganda ham nigohini yerdan uzmagan holda o‘zini tanishtirdi va vazifalarini qisqacha aytib o‘tdi.
Lekin u Jungkookning nigohi o‘zida ekanini his qilib turardi.
Jungkook barcha bilan tanishib bo‘lgach, bosh irg‘adi.
— Tanishganimdan xursandman.
So‘ng ortiga burildi.
Bir necha qadam yurgach esa to‘xtadi.
Atrofdagilar ham beixtiyor unga qarashdi.
Jungkook boshini burib, to‘g‘ri Kaylaga qaradi.
— Kayla xonim.
Qiz beixtiyor boshini ko‘tardi.
— Ishingizni tugatgach, xonamga kiring.
Bir lahza butun qabulxona jimib qolgandek bo‘ldi.
Kayla qotib qoldi.
Jungkook esa uning javobini ham kutmadi.
Orqasiga o‘girilib, xotirjam qadamlar bilan uzoqlashib ketdi.
Ketishidan oldin esa ularning nigohlari yana bir bor to‘qnashdi.
Bu safar birinchi bo‘lib Jungkook nigohini uzdi.
Ortidan esa pichirlashlar boshlanib ketdi.
— Nega aynan Kayla?
— Nima gap ekan?
— Kecha ham nimadir bo‘lganga o‘xshaydi...
Kayla esa o‘zini eshitmagandek ko‘rsatib, ishiga qaytdi.
Ammo yuragi allaqachon bezovta bo‘lib ulgurgandi.
Bir necha daqiqadan keyin u direktor xonasi oldida turardi.
Qo‘li eshik tutqichiga borib yana qaytar, kirish yoki kirmaslik haqida o‘ylardi.
Jungkook uni nima uchun chaqirgan?
Kechagi voqeani aytmoqchimi?
Yoki...
Yana nimadir bormi?
Shu payt ortidan bir qo‘l uzalib, eshikni yengil taqillatdi.
Kayla cho‘chib ortiga o‘girildi. Ortida.....
The End
Jungkook divan yonida o‘tirib, uxlab yotgan qizga bir muddat termulib qoldi. Nega bu qiz haqida bunchalik o‘ylayotganini o‘zi ham tushunmasdi.
Shu payt shifokor qoldirib ketgan qog‘ozlar ko‘ziga tashlandi. Unda olib kelinishi kerak bo‘lgan dori-darmonlar yozilgan edi.
Kayla hali uzoq vaqt uyg‘onmasligini o‘ylab, Jungkook dorilarni o‘zi olib kelishga qaror qildi.
Tashqarida yomg‘ir yana kuchaygan edi.
Yo‘ldagi tirbandliklar va dorixonadagi navbat sabab u o‘ylaganidan ancha kech qaytdi. Mashinada kelgan bo‘lsa ham, dorixonaga kirib chiqishi va mehmonxonaga qaytguncha kiyimlari nam tortib ulgurgandi.
Qabulxonadan o‘tayotganda ayrim xodimlar yana pichirlashayotganini sezdi. Ammo bunga e'tibor bermadi.
Xonaga qaytganida Kayla hali ham uxlayotgan edi.
Isitmasi tushgandek, yuzi ham avvalgidan ancha yaxshi ko‘rinardi. Faqat yuzidagi charchoq izlari hali ham yo‘qolmagan edi.
Jungkook dorilarni stol ustiga qo‘ydi-da, nam kiyimlarini almashtirish uchun yuvinish xonasiga kirdi.
Oradan ko‘p o‘tmay dushdan chiqdi.
Aynan shu paytda stol ustida qolgan telefoni jiringlab qoldi.
— Ota? — dedi u qo‘ng‘iroqqa javob berib.
— Sheriklarimizdan biri bugun hujjatlarni olib keladi. Men yuborgan shartnomalarni ko‘rib chiq. Imzolashdan oldin hammasini tekshir, — dedi Jeon Hyunseok.
— Tushundim.
Jungkook suhbatni tugatib, stol ustidagi hujjatlarni ko‘zdan kechira boshladi.
U hali sochlari nam, ko‘ylagining tugmalarini ham to‘liq qadab ulgurmagan edi.
Shu payt xonaning eshigi kutilmaganda ochildi.
Jungkook boshini ko‘tardi.
Eshik oldida Min Yoongi turardi.
Yoongining nigohi avval Jungkookka, keyin divanda uxlab yotgan Kaylaga tushdi.
Bir lahzada uning yuzi o‘zgarib ketdi.
Kayla
Bir lahzada uning yuzi o‘zgarib ketdi.
Xona ichidagi manzara tashqaridan qaraganda mutlaqo boshqacha ko‘rinardi.
Begona yigit.
Aslida 2 rasmdagidek tasvirlamoqchi edim oʻta ochiq bulib ketadimi dedimda biroz qogʻozga oʻradim😁🙈
Kun bo‘yi xavotir bilan qidirgan qizi shu yerda edi. Begona yigitning xonasida.
Ustiga ustak, yigitning kiyimlari ham tartibda emas edi.
Yoongining tomirlarida qon qaynab ketdi.
— Sen kimsan? — dedi u tishini tishiga bosib.
— Men tushuntirib bera olaman.
— Tushuntirasanmi?
Yoongi divanda yotgan Kaylaga qaradi.
Qiz hushsiz uxlab yotardi.
Bu manzara uning g‘azabini yanada kuchaytirdi.
— Kayla bu yerda nima qilyapti?!
— Avval tinchlaning. Siz o‘ylayotgan narsa emas.
Jungkook gapini tugatishga ham ulgurmay qoldi.
Yoongi bir necha qadamda uning oldiga kelib, jahldan musht tushirdi.
Zarbadan Jungkook yon tomonga tisarilib ketdi.
Stol ustidagi hujjatlar yerga sochilib tushdi.
Xona ichida og‘ir sukunat cho‘kdi.
Yoongining ko‘kragi tez-tez ko‘tarilib tushardi.
— Bir qizni shu ahvolda xonangga olib chiqishga qanday jur'at topding?! — dedi u g‘azab bilan.
Jungkook esa labining chetiga tekkan qonni qo‘li bilan artdi.
Har qanday odam bo‘lsa, bu mushtdan keyin darrov javob qaytargan bo‘lardi.
Lekin u Yoongining ko‘zlaridagi xavotirni ko‘rdi.
Bu shunchaki g‘azab emas edi.
U Kayla uchun xavotir olayotgan edi.
— Mushtingiz tugagan bo‘lsa, endi meni eshiting, — dedi Jungkook sovuqqonlik bilan.
— Menga yolg‘on gapirma!
— Men gapirmay turib, yolg‘onligini qayerdan bildingiz?
Yoongi yana oldinga qadam tashladi.
Jungkook esa divanda yotgan Kaylaga bir qarab qo‘ydi.
— Agar baqirishni davom ettirsangiz, uni uyg‘otib yuborasiz.
Bu gap Yoongini bir lahza to‘xtatdi.
— U arxivda hushidan ketdi. Isitmasi baland edi. Tez yordam chaqirdim. Dorilarni ham olib keldim.
Jungkook stol ustidagi dorilar tomon ishora qildi.
— Agar ishonmasangiz, shifokorga qo‘ng‘iroq qiling.
Yoongi bir necha soniya unga tikilib qoldi.
So‘ng nigohi stol ustidagi dorilarga, ukol qadoqlariga va shifokor qoldirib ketgan qog‘ozlarga tushdi.
Xonadagi manzara birdan boshqacha ko‘rina boshladi.
Ammo u hali ham Jungkookka ishonishga tayyor emas edi.
Divanda esa Kayla yuzidagi charchoq bilan bexabar uyquda yotardi.
Yoongi baribir Jungkookka to‘liq ishona olmagandi.
U divanda yotgan Kaylaning yoniga keldi va bir muddat jim turib qoldi. Qizning yuzi odatdagidan ham oqarib ketgan, uyquda bo‘lsa ham juda holdan toygan ko‘rinardi.
Yoongi undan ko‘z uzolmay qoldi.
Odatda u Kaylaga uncha e'tibor bermasdi. Uyda ham ular kam gaplashardi. Hatto Yoongi o‘zini Kaylaning hayoti bilan qiziqmayman deb o‘ylardi.
Lekin hozir negadir yuragi g‘alati bezovta edi.
Bu kun bo‘yi uni qidirib yurganidanmi, ertalabki ahvolini ko‘rganidanmi yoki qizni begona erkakning xonasida topganidanmi, o‘zi ham tushunmasdi.
Bir muddat qizga tikilib turgach, uni ehtiyotkorlik bilan qo‘liga oldi.
Kayla ukollar ta'sirida chuqur uxlayotgan edi.
Yoongi hech narsa demay, qizni ko‘tarib xonadan chiqdi.
Pastga tushayotganida qabulxona yonida Suzy u yoqdan bu yoqqa yurib turganini ko‘rdi. Go‘yo nimanidir kutayotgandek edi.
Suzyning ko‘zlari darhol Yoongiga tushdi.
Ammo uning qo‘lida hushsiz yotgan Kaylani ko‘rishi bilan yuzidagi tabassum so‘ndi.
U butunlay boshqa natija kutgandi.
Yoongi esa unga hatto bir marta ham qaramadi.
U mehmonxona eshiklaridan chiqib, Kaylani mashinasining orqa o‘rindig‘iga ehtiyotkorlik bilan joylashtirdi va mashinani yurgizdi.
Ko‘p o‘tmay mashina yomg‘irli ko‘chalar bo‘ylab ko‘zdan g‘oyib bo‘ldi.
Jungkook esa xonada yolg‘iz qolgandi.
Bir necha daqiqa oldin Kayla yotgan divanga qarab uzoq vaqt jim o‘tirdi.
Xonadagi sukunat birdan juda g‘alati tuyuldi.
Labining chetidagi og‘riq hali ham Yoongining mushtini eslatib turardi.
Jungkook chuqur xo‘rsindi.
Nega o‘zi?
Nega umuman tanimaydigan bir qiz uchun bunday ahvolga tushib qoldi?
Nega uni kasal holda tashlab ketolmadi?
Nega bir necha kundan beri xayolidan chiqmayapti?
Bu savollarning birortasiga javob topa olmadi.
Faqat bir narsa aniq edi.
Bugun sababini ham bilmay, begona qiz tufayli musht yedi.
Shu fikr xayolidan o‘tishi bilan labida istehzoli kulgi paydo bo‘ldi.
— Yaxshi... — dedi u past ovozda.
Endi Kaylaning ishga qaytishini kutadi.
Va bu voqeaning hisobini bir kun albatta so‘raydi.
Yoongi uyga yetib kelganida uy bo‘m-bo‘sh edi.
Ertalab nonushta paytida Min Taesung muhim yig‘ilish sabab xizmat safariga ketishini aytgan, Min Yejinni ham o‘zi bilan olib ketgandi.
Yuna esa kun davomida Yoongiga xabar yozib qoldirgan edi.
"Darsdan keyin dugonamnikida qolaman."
Aslida Yuna dadasi yo‘qligida uyda qolishni istamagan edi. Ayniqsa Kayla bilan bir uyda yolg‘iz qolishni.
Yoongi esa bunga e'tibor bermasligini bilib, bemalol ketib qolgan edi.
U mashinadan tushib, Kaylani yana ehtiyotkorlik bilan qo‘liga oldi va uyga olib kirdi.
Qiz hali ham uxlayotgan edi.
Yotoqxonasiga kirib, uni sekin karavotga yotqizdi.
Ukollar ta'siridan Kayla chuqur uyquda edi.
Yoongi bir muddat uning yonida turib qoldi.
Qizning yuzi avvalgidan ancha yaxshi ko‘rinsa-da, undagi charchoq izlari hali ham sezilib turardi.
Yoongi beixtiyor unga tikilib qoldi.
So‘ng asta ko‘rpani olib, uning ustini yopdi.
— O‘zingni bunchalik qiynashing shart emas edi... — dedi juda past ovozda.
Albatta, Kayla bu gapni eshitmadi.
Yoongi esa yana bir necha soniya qizga qarab turdi-da, chiroqni pasaytirib, xonadan sekingina chiqib ketdi.
Uy yana sukunatga cho‘mdi.