December 19, 2024

Last Refuge Chapter 2

By Yasmin

Soyun Jungkookning xonasida o'tirar, ko'zlari oynadan tashqariga, tunga tikilgan edi. Yengil shamol uning sochlarini silkitardi, ammo yuzidagi sovuqqon ifoda hech o'zgarmasdi. Xona jimjit, faqat Jungkookning oyoq tovushlari eshitilib turardi. U sekin qadam bosib, Soyunning ortida to'xtadi.

"Sen bu yerga kelganingni anglaysanmi?" dedi Jungkook, tovushi past, lekin xavotir bilan boyitilgan edi.

Soyun orqasiga qarab, unga o'zining qat'iy nigohi bilan tikildi. "Anglayman. Men bu yerda sening dunyoyingni o'rganishga kelganman.

Balki seni..." U biroz pauza qilib, lablarini qimirlatdi. "...yengishga."

Jungkook kulib yubordi. Uning kulgusi sovuq edi, ammo ichida qandaydir ehtiros yo'qolib borayotganini his etdi. U Soyunning yoniga kelib, stol ustiga qo'llarini qo'ydi, yuzini unga yaqinlashtirib pichirladi:

"Sen mening dunyoyimda bir qadam ham olg'a yurish uchun jasur bo'lishing kerak. Lekin, Soyun, bu jasorat o'zingni yo'qotishga olib kelishi mumkin."

Soyunning yuragi tez ura boshladi, ammo u o'zini boshqarardi. "Meni qo'rqitishing kerak emas, Jungkook. Chunki men bu o'yinni o'zim boshlabman."

Jungkookning ko'zlari qisilib, Soyunning yuziga bir necha soniya tikilib qoldi. U Soyun o'zidan qo'rqmasligini anglab yetgan edi. Ammo aynan shu qo'rquvsizlik uni o'ziga tortayotganini tushundi. Uning yuragida bunday tuyg'ular hech qachon bo'lmagan. U Soyunning yoniga o'tirdi va ohista uning qo'liga tegdi.

"Demak, bu o'yin senga yoqadi. Lekin unutma, Soyun, men to'liq nazoratni yo'qotmayman. Hech qachon."

Soyun lablarini biroz tishlab, unga kulimsiradi. "Bu sening zaif joying bo'ladi, Jungkook. Meni nazorat qilaman, deb o'ylasang, adashasan. Men hech kimga bo'ysunmayman."

Jungkook bu gaplardan keyin biroz qotib qoldi. Uning hayotida hech kim, ayniqsa ayol, unga bu kabi so'zlarni aytishga jur'at etmagan edi. Lekin Soyun... U butunlay boshqa dunyodan edi. U Soyunning yelkasidan mahkam ushladi va sekin pichirladi:

"Sen kim bilan gaplashayotganingni bilasanmi?"

Soyun uning qo'llarini yelkasidan olib tashlab, past ovozda javob berdi: "Sen Jungkooksan. Menga kuchingni ko'rsatishga harakat qilma, chunki men undan qo'rqmayman."

Jungkookning ko'zlarida bir olov yondi. U Soyunni devor tomonga tiqib, uning ko'zlariga tik qaradi. Nafaslari bir-biriga tegay derdi. Xonada qandaydir taranglik paydo bo'ldi na nafrat, na qo'rquv. Bu taranglik boshqacha edi.

"Sen bilan o'ynashish oson emas ekan, dedi Jungkook past ovozda.

Soyun, unga qarab, ko'zlarini qisdi. "Bu faqat boshlanishi.

Menga yaqinlashsang, Jungkook, ehtiyot bo'l."

Jungkook kulimsiradi, lekin ichida qandaydir o'zgarish bo'layotganini his qildi. Soyunning ko'zlari uni butunlay o'ziga tortgan edi. U qo'llarini sekin pastga tushirdi va bir qadam orqaga chekindi.

"Lekin sen ham ehtiyot bo'l, Soyun. Chunki men yoqtirgan narsamni hech kim mendan tortib ololmaydi."

Soyun hech narsa demadi. U faqat unga qaradi va xonadan chiqib ketdi. Ammo Jungkookning yuragi shiddat bilan urayotgan edi. U bu qizga ko'proq bog'lanavotganini anglagan edi.

Soyun Jungkookning sovuq nigohidan uzoqlashib, xonadan chiqib ketarkan, yuragi hali ham shiddat bilan urardi. U o'zini qo'lga olganini ko'rsatishga harakat qilgan bo'lsa ham, ich-ichida uning so'zlari va yaqinligi uni qandaydir chigallikka tushirgan edi. Lekin Soyun bolaligidan kuchli bo'lishni o'rgangan his-tuyg'ularni tashqarida bildirish zaiflik belgisi edi.

Soyun o'zining oilaviy qarorgohiga qaytdi. Bu joy butunlay boshqacha edi: baland devorlar, qora tusdagi mashinalar va o'nlab qo'riqchilar

Uy ichkarisida ham qattiq tartib hukm surardi. Uning otasi - mafiya rahbari Kim Taesan har bir qarorida shafqatsiz va hisob-kitobli edi. Soyun kichikligidan uning soyasida o'sgan, lekin u otasining imperiyasiga bo'ysunuvchi emas, balki uning vorisi sifatida tarbiyalangan edi.

Otasi o'sha kuni Soyunni kutib turgan edi. U katta zalning markazida o'tirib, o'g'ir bir ovozda so'z boshladi:

"Sen qayerda eding, Soyun? Yana o'zing bilgancha yuribsanmi?"

Soyun xotirjam, lekin qat'iy javob berdi:

- "Kerakli joyda edim, ota. Bizning dushmanlarimiz qayerda ekanligini bilib turish kerak."

Kim Taesan uni uzoq kuzatdi. U qizining noaniq harakatlaridan shubhalanardi, ammo uning aqliga va ayyorligiga ishonardi.

- "Jungkook bilan uchrashibsan. Uni hozircha chetlab o't. U xavfli."

Soyun otasining gaplariga qarab jilmayib qo'ydi:

- "Ehtimol, u xavfli. Ammo men undan ham xavfliroq bo'lishim mumkin."

Taesan unga tikilib qoldi. Uning qizida o'zining yoshligi aks etayotgandek edi.

Lekin, Soyunning yuragi qandaydir ehtiros va o'zga bir olov bilan yonayotganini sezardi.

"Soyun, esingdan chiqmasin: bu dunyoda ishonch o'limdir. Hech kimga yaqinlashma, hatto o'z dushmaningga ham."

- "Albatta, ota," dedi Soyun, lekin uning miyasi Jungkook bilan bo'lgan so'nggi uchrashuvni o'ylardi.

O'sha paytda Jungkook o'z qarorgohidagi xonasida turgan edi.

U katta derazadan shahar tomon qarab, qo'lida viski to'ldirilgan stakanni aylantirib turardi. Xayollari Soyundan uzoqlasha olmas edi. O'zining shiddatli va nazorat ostidagi hayotida hech qachon bir ayol unga bunday ta'sir qilmagan.

Uning eng yaqin yordamchisi Taehyun xonaga kirdi va ovozini pastlatib gapirdi: "Soyunning otasi qizini bizga qarshi ishlatmoqchi, Jungkook. Ehtimol, u josusdir."

Jungkook tabassum bilan viskidan bir qultum ichdi va shisha stol ustiga qo'yildi. "Soyun josus emas, Taehyun.

U dushman, lekin boshqacha. Uning ichida otasidan ham kattaroq olov bor."

- "Shuni unutma, xo'jayin, u xavfli," dedi Taehyun. "Xotinlarning go'zalligi har doim o'tkir pichoqdir."

Jungkookning ko'zlari o'zgardi. U Soyun haqida ko'proq bilishni xohlardi. Kim edi u? Oddiy dushman qizi yoki bu o'yin ichida undan ham kuchli bo'lishni istagan raqibmi? Ammo ich-ichida Jungkook uning yaqinlashishi unga zavq berayotganini tan olardi.

"Uni kuzatishda davom et.

Lekin men uni o'zim nazorat qilaman," dedi Jungkook sovuqqina ovozda.

Soyun va Jungkook uchrashadigan joy yashirin mehmonxona edi. Bu joy shaharning chekka qismida, hech kim topa olmaydigan nuqtada edi. Soyun qora ko'ylakda, sochlarini bir tekis orqaga taragan holda keldi. Jungkook uni allaqachon kutib turgan edi.

- "Yana uchrashdik, Soyun," dedi Jungkook.

Soyun unga yaqinlashib, ko'zlarini uning ko'zlariga qaratdi. Ularning orasida atigi bir qadam masofa qoldi.

- "Ehtimol, bu o'yin ikkalamiz uchun ham xavfli bo'lib ketar."

Jungkook uning iyagini sekin ko'tarib, qoshlarini chimirdi: - "Xavf... Men xavfni yaxshi ko'raman, Soyun. Sen bilan birga bo'lish esa, ehtimol, eng katta xavfdir."

Soyun bir necha soniya jim turdi. Yuragi tez urardi, ammo o'zini yo'qotmaslikka harakat qilardi. - "Men seni sinab ko'raman, Jungkook. Kim kuchli ekanligini ko'ramiz."

Jungkook unga yaqinlashib, lablari uning qulog'iga tegdi. Nafasi issiq va og'ir edi:

- "Ehtimol, men seni sindiraman, Soyun. Sen bunga tayyormisan?"

Soyun bir qadam orqaga chekindi, lekin ko'zlarida cho'g' yonardi.

- "Qani, unda urinib ko'r. Lekin esingda bo'lsin, men hech kimga yengilmayman."

Jungkook kulib yubordi. Bu qiz uni aqldan ozdirardi, lekin ayni paytda qanchalik yaqin bo'lsa, shunchalik xavfli bo'lib borayotganini his qildi. Lekin endi bu o'yindan chiqishning imkoni yo'q edi.

Davomi bor....