Shaytonning koʻzgusi Chapter 2
Tunda Namjoon Hanani o'zining bosh qarorgohiga olib keladi. Bu joy- shahar markazidagi baland bino, sirli va jiddiy muhit. Ichkarisi oʻziga xos zamonaviy dizayn, ammo hamma narsa juda sovuq. Hananing oyoqlari bu joydagi vaziyatdan o'zini yo'qotganini bildirganday og'irlashadi.
Namjoon uning orqasidan jim yurib keladi va nihoyat ovoz chiqaradi: - Men senga do'stingni qutqarib beraman, lekin sen o'zingdan ortiqroq narsalarni yo'qotishing mumkinligini unutma.
Hana bir qarashda dovdiraydi, ammo o'zini qo'lga oladi:
- Men hech narsadan qo'rqmayman.
Namjoonning lablariga mayin, ammo keskin tabassum chiqadi. U unga yaqinlashib, Hananing qulog'i yonida pichirlab gapiradi: Shunday bo'lishi kerak. Lekin bu dunyoda kuchsizlik bu hukm. zaiflik emas,
Hanni hushyor torttirgan bu so'zlardan so'ng, Namjoon xonaga yo'naladi.
Bir necha soat o'tib. Hana Namjoonning kutubxonasida o'tiradi. Qo'llarida eski kitob, ammo o'qishga urinishdan foyda yo'q - uning miyasi shunchaki Namjoon haqida o'ylaydi. U haqida bilganlari juda kam, ammo hissiyotlari asta-sekin uni chalg'itmoqda.
Shu payt eshik ochilib, Namjoon kirib keladi. Ko'ylagining yenglari qayrilgan, bir qo'lida kristall shisha stakan, boshqa qo'lida ataylab ochilgan yoqa. U juda charchagan, ammo jozibador ko'rinadi.
Namjoon qizga yaqinlashib, stakanni stolga qo'yadi. Nigohi beparvo, lekin chuqur.
- O'zingni erkin his qilyapsanmi? - deydi u o'ziga xos kinoyali ovozda.
- Bu joyda qanday erkinlik bo'lishi mumkin? Sen... meni doim kuzatib turasan.
Namjoon barmog'ini labiga bosadi, bu ishorasi unga jim bo'lishni buyurgandek edi. Keyin u qiz tomon bir-ikki qadam tashlab, uning yoniga yaqin o'tiradi. O'rtada deyarli havo yo'q, ularning nafaslari bir-birini chulg'ab oladi.
Sen men haqimda juda ko'p o'ylayapsan.
Han ko'zlarini keng ochib, biroz sarosimaga tushadi:
Namjoonning lablarida yana o'sha mayin, ammo o'tkir tabassum. U asta qizning iyagini ushlab, yuzini o'ziga qaratadi. Ko'zlari uning ko'zlariga tikiladi, go'yo uni o'qiyotganday.
- Yolg'on gapirishga urinma. Sen mendan qo'rqayotganing kabi, menga tortilayotganingni ham bilaman.
Hananing yuragi qattiq ura boshlaydi. Namjoon ning ovozi yoqimli, ammo xavfli. Uning qo'llarining issiqligi esa g'alati tinchlik bag'ishlaydi.
Sen... deya qiz bir so'z aytmoqchi bo'ladi, ammo Namjoon uni bo'lmaydi.
U qizning yuzini muloyimlik bilan qo'yib yuboradi va joyidan turadi.
O'rnidan turib, orqaga bir qadam tashlab, ko'zlarini uzmay deydi: Men seni sindirish niyatida emasman. Faqat men kim ekanligimni tushunishingni xohlayman.
Hana uning ketayotganini ko'rib, chuqur nafas oladi, lekin o'zini tutolmay so'raydi. Nega bunday qilayapsan? Nega
Namjoon ortga o'girilib, qorong'ida nur taratib turgan shisha devor yonida to'xtaydi. Uning lablari qiyshayadi.
- Chunki men seni qiziqarli deb topdim. Ammo unutma, men shaytonman - shayton bilan o'ynashganlar hech qachon xavfsiz qolmaydi.
Hana o'z xonasida yolg'iz qoladi. Yuragi tinchlanmaydi, ko'z o'ngida Namjoonning so'nggi so'zlari, uning tepasidagi issiqlik va o'sha keskin nigoh.
U bu his-tuyg'ularga tushunolmaydi na qo'rquv, na hayrat, balki bir-biriga chirmashgan tuyg'ular uni ezib tashlaydi.
Men nima qilyapman? U kim aslida? Nega men unga bu qadar tortilyapman?