"Sozlamalar"bo'limida hodimlar ro'yhatini tuzish uchun qo'llanma.
1."Sozlamalar" bo'limida hodim qo'shish uchun shu sahifada "Bo'limlar", "Lavozimlar", "Rollar" va "Ob'ekt" qo'shishingiz kerak.
"Sozlamalar" qismidan "Bo'limlar" sahifasiga kiramiz va "Yaratish" tugmasini bosamiz.
Bo'lim nomini kiritamiz va "Kiritish" tugmasini bosamiz.
Yangi qo'shilgan bo'lim nomi "Bo'limlar" ro'yhatida hosil bo'ladi.
2.Navbatdagi etapda "Sozlamalar" qismidan "Lavozimlar" sahifasiga o'tamiz va "Yaratish" tugmasini bosamiz.
Lavozim qo'shamiz va "Kiritish" tugmasini bosamiz.
Qo'shilgan lavozim "Lavozimlar" sahifasidagi ro'yhatda hosil bo'ladi.
3."Sozlamalar" qismidan "Rollar" sahifasiga o'tamiz va "Yaratish" tugmasini bosamiz.
Rol va imtiyozlar qo'shamiz. Rollar Admin va Operator ko'rinishida bo'lishi mumkin. Admin rolidagi hodim - imtiyozi cheklanmagan va Operator rolida bo'lgan hodimlarni imtiyozini kontrol qila oladi. Admin roligagi hodimga barcha IMTIYOZLAR belgilanadi. Operator rolidagi hodimlar uchun IMTIYOZ chegaralangan bo'ladi.
4."Sozlamalar" qismidan "Ob'ekt" sahifasiga o'tiladi va "+" belgisi bosiladi.
Ob'ekt nomi yoziladi. Viloyat va tuman nomi kiritiladi. Ko'cha va bino raqami kiritiladi. Ob'ekt statusi Aktiv belgisi qo'yiladi va "Kiritish" tugmasi bosiladi.
5.Barcha kerakli qisimlar to'ldirildi.Endi Xodim qo'shish qismiga o'tamiz.
"Sozlamalar" qismidan "Xodimlar" sahifasiga o'tiladi va "Yaratish" tugmasi bosiladi.
1).Bo'lim tanlash qismida qo'shgan bo'limlarimiz ro'yhati chiqadi. Kerakli bo'limni tanlab olamiz.
2) Lavozim tanlash qismida qo'shgan lavozimlar ro'yhati chiqadi. Kerakli lavozimni tanlanlab olamiz.
3) Hodimni F.I.Osi , PINFL va telefon raqami kiritiladi.
4) Hujjat imzolashda "Soliq imtiyozlari"ni qo'shish uchun "Soliq imtiyozlari"yozuvidagi belgi belgilanadi(Галочка). "Soliq imtiyozlarini tanlang" yozuvi hosil bo'ladi va shu yozuv ustiga bosiladi. Kerakli qisimlar qo'shiladi.
Hujjatlar ustida amal bajarish imtiyozlari Admin tomonidan hodimlarga qo'shib beriladi yoki olib tashlanadi.
6) Xodimga bir yoki bir nechta Ob'ekt biriktirish mumkin.
7) Hodim uchun status tanlanadi.
8) Hodimga kerakli shtamp turi biriktiriladi.
9) Hodim qo'shish oynasida barcha kerakli qismi to'ldirilgach "Kiritish" qismi bosiladi.
10) Qo'shilgan hodim "Sozlamalar" qismidagi "Xodimlar" sahifasida ko'rinadi.
Hodimlar haqidagi ma'lumotni o'zgartirish uchun o'ng tomondagi 3 ta nuqta bosiladi va hosil bo'lgan qalam belgisiga bosiladi. Ochilgan oynadan ma'lumotlar o'zgartirilishi mumkin.
Xodimni o'chirish ucnun 3 ta nuqta belgisi bosiladi va "chelakcha" belgisi bosilib hodim o'chiriladi.