Havola orqali hujjat yuborish va imzolash
Istalgan turdagi hujjatni kontragentga havola orqali yuborishingiz mumkin.Bu hujjat imzolash vaqtini qisqartiradi. Sizni va qarshi tomonni vaqtini tejaydi.
1.Saytga kirib kerakli hujjat yaratiladi va imzolanadi.
2.Hujjat imzolangach "Kontragentga bildirishnoma yuborish" habarnoma oynasi ochiladi. Habarnomadagi "Hujjat havolasini nushalash" yozuvini bosib nusxa olishungiz va kontragentga istalgan ijtimoiy tarmoq orqali yuborishingiz mumkin.
3.Chiquvchi va kiruvchi hujjatlar sahifasidagi hujjatlardagi "Globus" belgisi bosiladi."Havola orqali yuborish" yozuvi ko'rinadi.
4. "Globus" belgisi bosilgach,"Jo'natish" habarnoma oynasi ochiladi."Hujjat ilovasini nusxalash" yozuvi bosilib,nusxa olinadi.Olingan nusxa istalgan ijtimoiy tarmoq orqali kontragentga imzolash uchun yuboriladi.
5.Kiruvchi va chiquvchi hujjatlar sahifasidagi kerakli hujjat topiladi va "i" belgisi ustiga bosiladi."Ma'lumot" yozuvi ko'rinadi.
6. "i" belgisi bosilgach hujjat xaqida ma'lumotlar oynasi ochiladi."Hujjat uchun havola" yozuvi ustiga bir marotaba bosib hujjat havolasidan nusxa ko'chirib olinadi va kontragentga yuboriladi.
7. Nusxa ko'chirib olingan hujjat havolasini kontragentga istalgan ijtimoiy tarmoq orqali yuborishingiz mumkin. Masalan:Telegram,Instagram, Fasebook,SMS,wechat
8. Kontragent hujjat havolasini qabul qilib olgach, 24m.uz saytiga kirmasdan havola orqali hujjatni imzolay oladi.