Tovar Transport Yukxatini yaratish
TTY elektron hujjati yuk tashishda: yuk tashuvchi ,yukni qabul qiluvchi, expeditor yoki yuk tashish shartnomasi asosida xizmat ko'rsatuvchi yukni yetkazib beruvchi shaxslar tomonidan ijaraga olingan yoki shaxsiy transport vositasida amalga oshirish jarayoni uchun yaratiladi.
TTY hujjatini rasmiylashtirishda 3 ta tomon ishtirok etadi.
TTY hujjatini yuk jo'natuvchi tomon shakillantiradi. Hujjatda yuk oluvchi tomon, expeditor, transport vositalari va tovarlar haqidagi ma'lumotlarni kiritadi va ERI kaliti orqali imzolaydi.
1."Yaratish" tugmasi bosiladi va TTN (DSQ) tanlanadi.
2.TTY ma'lumotlari to'ldiriladi:
a) Shartnoma sanasi Tashish turi tanlanadi.
b) ТТY № kiritiladi.
c) Hujjat sanasi belgilanadi.
d) Shartnoma № kiritiladi.
e) Shartnoma sanasi belgilanadi.
3. Ishtirok etuvchi tomonlar haqida ma'lumot.Barcha kerakli kataklarga tomonlarning INN ma'lumotlari kiritiladi.
Yukni jo'natuvchi - hujjatni yaratadi. Bir vaqtni o'zida yukni tashuvchi(expeditor) va yukni yetkazib beruvchi bo'lishi mumkin.
Yukni oluvchi - yukni oluvchi xaridor , bir vaqtni o'zida yukni yetkazib beruvchi bo'lishi mumkin.
Yukni tashuvchi(expeditor) - yuk tashish bilan shug'ullanuvchi shaxs(o'z o'zini band qilish) yoki tashkilot. Bir vaqtni o'zida yukni yetkazib beruvchi bo'lishi mumkin.
Yukni yetkazib beruvchi - shartnoma asosida yuklarni yetkazib beruvchi shaxs (o'z o'zini band qilish) yoki tashkilot.
Mijoz - yukni yetkazib berish uchun haq to‘lovchi, yuk jo‘natuvchi yoki yuk oluvchi shaxs.
Buyurtmachi – tashuvchi bilan shartnoma tuzgan shaxs.Yukni jo‘natuvchi , yukni oluvchi yoki ekspeditorlik tashkiloti.
4.Yukni tashuvchi (expeditor) ma'lumoti kiritilganda ,yuk tashuvchiga oid bo'lgan avtomobil raqami va rusumi avtomatik tarzda tushadi.Agar boshqa avtomobil, tirkama va yarim tirkama vositalari ishtirok etgan bo'lsa ma'lumot kiritiladi.
5.Haydovchi INNsi kiritiladi. Haydovchi bir vaqtni o'zida yukni yetkazib beruvchi ma'sul shaxs bo'lishi mumkin.
Yuklash manzili va Yetkazish manzili: viloyat,tuman, ko'cha to'ldirilishi shart.
Yukni jo'natuvchi va yukni oluvchi ma'sul shaxslarning INNsi kiritiladi.
Oraliq masofa (km) kiritiladi.
6. Yuk to'g'risidagi ma'lumotlar jadvali to'ldiriladi.Bir nechta yukdan iborat bo'lgan holda "+" belgisi bosilib , yangi qatorlar qo'shish mumkin. O'chirish uchun esa "Savatcha" belgisi bosiladi.
Yuk tashish narxi (jami so'mda) kiritilgach,1 km uchun yuk tashish narxi avtomatik shakillanadi.
7. Agar yuklar va yuk tashish manzillari bir nechta bo'lsa , "Yuk qo'shish" tugmasi bosiladi. Kerakli maydonlar avval to'ldirilgani kabi to'ldiriladi.
"O'chirish" tugmasi orqali maydonlar o'chiriladi.
8. Barcha kerakli maydonlar to'ldirilgach,"Jo'natish" tugmasi bosiladi.To'ldirilgan hujjat oynasi ochiladi.Kiritilgan ma'lumotlar tekshiriladi va ERI kaltiti yordamida imzolanib "Yukni tashuvchi"(expeditor) ma'sul shaxsga yuboriladi.