Tizimga xodim qo'shish.
1. Kompanya akkauntidan kriladi va Sozlamalar bo'limidan Xodimlar sahifasiga o'tiladi.
Tizimda xodim qo'shish uchun avval lavozim, bo'lim va ro'l qo'shib olinishi kerak.
2. Bo'limlar so'zini ustiga bosiladi va Bo'limlar sahifasiga o'tiladi. O'ng yuqori qisimdagi Yaratish tugmasi bosiladi. Bo'lim qo'shish oynasi ochiladi. Shu yerga bo'lim nomi yoziladi va Kiriritish tugmasini bosib saqlanadi.
3. Lavozimlar so'zini ustiga bosiladi va Lavozimlar sahifasiga o'tiladi. O'ng yuqori qisimdagi Yaratish tugmasi bosiladi. Lavozim qo'shish oynasi ochiladi.
Shu yerda uchta qatorga lavozim nomi kiritib chiqiladi va kiritish tugmasi bosilib saqlanadi.
4. Rolar so'zini ustiga bosiladi va Rollar sahifasiga o'tiladi. O'ng yuqori qisimdagi Yaratish tugmasi bosiladi. Rol qo'shish oynasi ochiladi.Oynadagi uchta qatorga rol nomi kiritladi. Imtiyozlar qatoriga bosiladi va kerakli barcha imtoyozlar qo'shiladi va Kiritish tugmasi bosib saqlanadi.
Imtiyoz kiritish uchun misol: Adminstrator va rahbariyat rollari qo'shilganda barcha imtiyozlar qo'shiladi.
Hodimlar uchun imtiyozlar chegaralangan bo'ladi.Faqat hodimga berilishi kerak bo'lgan imtiyozlar qo'shib beriladi.
5. Xodimlar so'zini ustiga bosiladi va Xodimlar sahifasiga o'tiladi. O'ng yuqori qisimdagi Yaratish tugmasi bosiladi. Xodimlar qo'shish oynasi ochiladi.
Xodim qo'shish oynasida kiritilgan bo'limlardan keraklisi tanlanadi ; Lavozimtanlanadi; Xodim Ismi Sharifi yoziladi; JSHSHIR raqami kiritiladi va rol belgilanadi. Barcha imtiyoz beriladigan bo'lsa Admin roli beriladi yoki boshqa yaratilgan rol tanlanadi. Kiritish tugmasi bosib saqlanadi.