September 26

Qafas

CHAPTER _9

" bazan eng hafli orzudir "

9_epizod

Jimin shifokorning soʻzlarini eshitgan lahzada xonadagi havo muzlab qolgandek boʻldi

“Janob Park... Qizning tanasi oʻta ogʻir shikast langan va ruhiy zarbalarga dosh berolmayapti. Uning atigi bir yil umri qoldi”

Seul. Markaziy shifoxona. Kechasi.
Palata eshigi jimgina ochildi. Laura rangpar yuzi, koʻzlaridagi cheksiz qoʻrquv bilan toʻshakda zoʻrgʻa nafas olib yotardi. U tanasidagi ogʻriqlardan, Jimin unga oʻsha kechada qilgan shafqatsizliklardan hali ham oʻziga kelolmagandi. U oʻtmishdagi 3 yillik doʻzaxni eslamasdi, u faqat besh yil davomida unga jannatni koʻrsatgan eri Suhoni sogʻinib yigʻlardi.
Xonaga Jimin qadamma-qadam kirib keldi. Uning sovuq va magʻrur nigohi Lauraga qaratilgandi

— Ketish vaqti boʻldi Laura, — dedi Jimin quruq ovozda

Laura uni koʻrib, tanasi beixtiyor titrab ketdi. U Jiminni kimligini bilmasdi, lekin uning koʻzlaridagi vahshiylikdan oʻlimdan ham battar qoʻrqardi

— Meni... qayerga olib ketyapsiz — shivirladi Laura koʻzlaridan yosh oqib
— Suho qayerda Erim qayerda Meni uning yoniga yuboring, iltimos... Siz kimsiz oʻzi

Jimin qizning yuziga yaqinlashdi. U qizning yangi, chiroyli yuziga boqarkan, oʻsha oʻzidan oʻgʻirlangan 5 yillik baxtni koʻrgandek boʻldi. U qizning iyagidan qattiq qisdi

— Suho endi yoʻq, Laura. U seni qaytarib ololmaydi. Sen esa hozir uzoqqa, juda uzoqqa ketasan. Angliyada seni yangi hayot kutmoqda.
Jiminning buyrugʻi bilan shifoxona xodimlari niqobida kirgan oʻz odamlari Laurani aravachaga oʻtqazishdi va orqa eshik orqali maxsus mashinaga chiqarishdi. Laura nimadir deyishga urindi, ammo dori taʼsirida koʻzlari yumilib borardi. U oʻzining xavfsiz joyga emas, Jimin tomonidan Londonda tayyorlangan, yollangan qoʻriqchi Daniel nazoratidagi "tiriklayin qabr"ga ketayotganini tushunib yetgandi.
------------------------------
Jiminning maxfiy yertoʻlasi.
Laura aeroport sari ketayotgan bir paytda, Jimin oʻzining yer osti zindoniga tushdi. U yerda zanjirlangan, qonga belangan Suho burchakda yotardi. Suho Jimin uni aldab, sevimli ayolini shifoxonadan olib chiqib ketayotganini sezgandek, zanjirlarini yulib baqirardi.
Jimin Suho qarshisiga kelib, yerga oʻsha shifokor xulosasini tashladi

— Koʻrib qoʻy, Suho. Sen unga 5 yil baxt berding, yuzini oʻzgartirding, uni mendan yashirding... Lekin u baribir meniki boʻlib oʻladi

Jimin telbalarcha kuldi

— Uning bir yil umri qoldi! U seni eslab oʻladi, lekin seni qayta hech qachon koʻrmaydi! Sen esa shu yerda chirib ketasan

Suho koʻzlaridagi qonli yosh bilan baqirdi
— Jimin Sen maxluqsan! Uni shifoxonadan qayerga olib ketding Lauraaa Uni qoʻyib yubor, u kasal! Jimin!!

Jimin zindondan chiqib, temir eshikni qarsillatib yopdi. Laura esa allaqachon hushsiz holatda London reysiga chiqarilgan, uning atigi 365 kunlik umri oʻzi mutlaqo eslay olmaydigan oʻtmishi bor edi

Koreyadagi oʻsha mudhish voqealardan va Lauraning majburlab Londonga joʻnatilganidan buyon oradan ropa-rosa ikki oy oʻtdi.
Bu ikki oy Laura uchun shunchaki vaqt oʻtishi emas, balki oʻlimga qarab tashlangan shafqatsiz qadamlar boʻldi. Shifokor aytgan oʻsha bir yillik muddat oʻz hukmini oʻtkaza boshlagandi. Lauraning sogʻligʻi kundan-kun yomonlashib borar, u kuniga 3-4 marta qon qusadigan boʻlib qolgandi. Har safar dastroʻmolidagi qizil qon dogʻlariga boqarkan, qiz oʻzining oxirati yaqinligini ich-ichidan his qilar, ammo hamon oʻz sevgilisi Suhoni koʻrish umidi uni yashashga majbur qilardi. U oʻzini bu yerga asir qilgan Jiminni hali ham eslay olmas, uni shunchaki hayotidagi eng qora soya deb bilar edi.
Ertalabki maʼyus London quyoshi xonani yoritdi. Laura charchoq va darmonsizlikdan zoʻrgʻa oʻrnidan turib, deraza yonidagi kresloga oʻtirdi. Shu payt eshik jimgina ochilib, Daniel kirdi

— Xayrli kun, Laura xonim. Nonushta tayyor

dedi Daniel muloyimlik bilan.
Uning ovozida qizga nisbatan chuqur achinish hissi bor edi. Ikki oy ichida qizning koʻz oʻngida soʻnib borayotganini koʻrish unga ham oson boʻlmayotgandi.
Laura unga qarab holsizgina bosh irgʻadi

— Xoʻp.

U sekin siljib nonushta stoliga oʻtirdi, ammo qoʻllari titrayotgan edi. Tomogʻiga kelgan achchiq taʼm va ogʻriq sababli u koʻksini changalladi. Yana oʻsha holat takrorlanishini bilib, dastroʻmolini ogʻziga bosdi. Bir necha soniyalik ogʻriqli yoʻtaldan soʻng, roʻmolcha yana qonga boyandi. Bu bugungi birinchisi edi...
Daniel buni koʻrib, yuragi ezilib ketdi. U qizga darhol bir stakan suv uzatdi. Laura suvdan bir qultum yutib, chuqur nafas oldi va Danielga qaradi

— Daniel... — dedi Laura pichirlab

— Ha, xonim

— "Xonim" deyishing shart emas, Laura holsiz jilmayishga urindi.

— Men shunchaki oʻlimini kutayotgan mahbusman xolos. Menga ismim bilan murojaat qilaver. Baribir bu dunyoda kunlarim sanogʻli ekanini sezyapman...

Daniel koʻzlarini yerga qaratdi, qizning bu soʻzlariga nima deb javob berishni bilmadi. Vaziyatni yumshatish uchun chetdagi kitoblarni koʻrsatdi

— Aytgancha, siz aytgan kitoblarni olib keldim

— Rahmat, — Laura kitoblarni stol chetiga surib qoʻydi. Uning kitob oʻqishga ham majoli qolmagandi

------------------------------
Tushdan soʻng, Daniel xonasiga kirib, eshikni qulfladi va yashirincha Seulga, Jiminning shaxsiy raqamiga qoʻngʻiroq qildi. Telefon uzoq kutishdan keyin koʻtarildi. Jiminning sovuq va xotirjam ovozi eshitildi

— Gapir, Daniel. Vaziyat qanday

— Janob Park... — Danielning ovozi hayajondan titrardi.

— Laura xonimning ahvoli juda ogʻir.

Daniel Jiminga bu haqida yetkazdi. U kuniga 3-4 marta qon qusyapti. Dorilar yordam bermayapti, tanasi ovqatni rad etmoqda. Uni zudlik bilan kasalxonaga yotqizishimiz kerak, aks holda u tezda...
Telefonning narigi tarafida Jimin chuqur va sovuqqonlik bilan tin oldi. Uning ovozida zarracha ham vahima yoki xavotir yoʻq edi. Lekin Jimin bu u uchun odatiy hol, uning oʻlimiga yaqinlashishi ekanini taʼkidladi

— Bunga aralashma, Daniel, — dedi Jimin muzdek ovozda.

— Bu shunchaki odatiy hol. Shifokorlar uning tanasi baribir tugashini aytishgandi. Bu uning oʻlimiga yaqinlashayotganidan darak. U shifoxonaga qaytmaydi. U oʻsha uyda, mening nazoratim ostida jon taslim qilishi kerak. Seni vazifang uni davolash emas, uni oʻsha uyda saqlash va Suho haqidagi xotiralardan uzoq tutish. Tushunarlimi

Daniel Jiminning bu qabih va sovuqqon munosabatidan daxshatga tushdi

— Ammo janob Park, u azob chekyapti...

— Men senga buyruq berdim, Daniel! Uni shunchaki tomosha qil va oʻsha yerda oʻlishiga qoʻyib ber!

— Jimin telefonni oʻchirib qoʻydi.
Daniel telefonni qoʻlidan tushirib yubordi. U oʻzini oʻlim farishtasining yordamchisidek his qila boshlagandi. U devor ortidagi xonada oʻlim bilan kurashayotgan begunoh qizni va uni bu ahvolga solgan Seuldagi maxluqni oʻylab, daxshatli bir qaror yoqasiga kelib qolgandi.
-

—————

Seuldagi yer osti zindonida vaqt tamoman toʻxtab qolgandek edi. Suho ikki oy davomida ochlik, ogʻir jismoniy qiynoqlar va temir kishanlar ichida yashadi. Uning tanasi butunlay koʻkarib, tinkasi qurigan boʻlsa-da, ruhini faqat bitta narsa Laurani qutqarish istagi ushlab turardi.
Shu kuni tushdan soʻng, Jiminning eng ishonchli soqchilaridan biri Suhoga ovqat olib kirdi. Soqchi asirning oʻta holsizlanib qolganidan foydalanib, beparvolik qildi va unga yaqinlashdi. Aynan shu soniyada Suho oʻzining soʻnggi kuchini, gʻazabini va Lauraga boʻlgan sevgisini bir nuqtaga jamlab, kutilmaganda soqchining ustiga tashlandi!
Zindonda qisqa, ammo shafqatsiz olishuv boʻldi. Suho zanjirlarini qasirlatib soqchining boʻgʻzidan boʻgʻdi va uni yerga qulatib, hushidan ketkazdi. Qaltirayotgan qoʻllari bilan soqchining choʻntagidan kishan kalitlarini hamda shaxsiy telefonini qoʻlga kiritdi.
Kishanlar yerga shaqillab tushgan lahzada Suho erkin edi, ammo u oʻz hayotini emas, minglab kilometr uzoqlikda soʻnib borayotgan rafiqasini oʻylardi. U zindondan sekin emaklab chiqdi va xavfsiz joyga yetgach, Londondagi ishonchli aloqachisining raqamini terdi

— Men Suhomisiz... — pichirladi u nafas ololmay. — Laura qayerda?! Menga zudlik bilan aniq manzilni ayt

— Janob Suho?! Siz tirikmisiz?! — telefondagi ovoz daxshatga tushdi

— U... u Londonda. Janob Park uni shahar chetidagi xavfsiz villada saqlayapti. Atrof soqchilar bilan toʻla, yonida esa Daniel bor

— Men kelyapman... Laura, chida, men yetib boraman,

Suho telefonni oʻchirdi va tunga singib ketdi. U oʻz soxta pasportlari va yashirin pullari yordamida har qanday yoʻl bilan London reysiga chiqishi kerak edi

------------------------------
London. Laura yashayotgan uy. Kechasi.
Laura xonasida holsiz yotarkan, toʻsatdan yuragida daxshatli ogʻriq va simillash his qildi. U oʻzining bir yil umri qolganini, tanasi ich-ichidan chiriyotganini bilmasdi, lekin yuragi Suhoning faryodini eshitgandek juda tez urib ketdi. U koʻzlaridan yosh oqib, derazaga qaradi va pichirladi

— Suho... qayerdasan? Erim... meni bu begona insonlardan qutqar... Meni uyingga olib ket...
U yana qon qusa boshladi. Daniel xonaga yugurib kirib, qizning bu ahvolini koʻrib daxshatga tushdi. U Jiminning "U shunchaki odatiy hol, oʻlishiga qoʻyib ber" degan soʻzlarini eslab, ichidagi vijdon azobiga dosh berolmadi. Daniel dastroʻmolni almashtirarkan, qizning qoʻllarini qattiq qisdi.U oʻz hayotini xavfga qoʻyib boʻlsa ham, bu begorunoh qizga yordam berishga qaror qildi.

London osmonidan oppoq qor parchalari sokinlik bilan yerga tushar, atrof xuddi oppoq kafanga burkangandek muzlab qolgandi. Qishning bu sovuq kechasi Lauraning soʻnggi boshpanasiga aylanishini hech kim bilmasdi.
Lauraning tanasi ortiq azobga dosh berolmadi. Uning ich-ichini kemirayotgan xastalik, Jiminning shafqatsiz zarbalari va kuniga bir necha bor toʻkilgan qonlar uning soʻnggi quvvatini ham soʻrib boʻlgandi. Laura boʻgʻilib borayotgan xonasidan najot izlab, soʻnggi kuchini toʻpladi. U hovliga, oppoq qor yogʻayotgan tashqariga chiqdi. Sovuq havo uning oʻpkasini kuydirgandek boʻldi. U qor ustiga tizzaladi. Uning koʻz oʻngidan oʻzining kimligini bilmagan oʻsha qorongʻu 3 yillik oʻtmishi emas, balki besh yil davomida unga jannatni koʻrsatgan sevgilisi Suhoning tabassumi oʻtdi.
— Suho... men seni... judayam sogʻindim, — pichirladi Laura.
U oppoq qor ustiga sekin yonboshladi. Uning koʻzlaridan oqqan soʻnggi qaynoq koʻz yoshi muzdek qor parchasini eritib yubordi. Laura soʻnggi nafasini olib, koʻzlari yumildi va bu dunyodan oʻtdi. U oʻzining jallodi Jimin qurgan koʻrinmas qafasdan butunlay ozod boʻlgandi.
------------------------------
Oradan hech qancha vaqt oʻtmay, Daniel hovliga yugurib chiqdi. Qor ustida harakatsiz yotgan qizni koʻrib, uning yuragi urishdan toʻxtab qolgandek boʻldi. U yugurib kelib, Lauraning muzlay boshlagan tanasini koʻtardi, tomirini ushlab koʻrdi... Ammo kech edi.
Danielning koʻzlaridan tinmay yosh oqardi. U Jiminning buyruqlariga soʻzsiz boʻysungani uchun, bu begunoh qizning azoblanib oʻlishini shunchaki tomosha qilib oʻtirgani uchun oʻzidan nafratlanib ketdi. Daniel koʻz yoshlari bilan qizni qor ustida quchoqlab, oʻzini kechirolmay faryod chekayotgan edi.
------------------------------
Va roppa-rosa 15 minutdan soʻng...
Darvoza shiddat bilan ochilib, hovliga ust-boshi yirtilgan, charchoq va qiynoqlardan arang qadam tashlayotgan, ammo koʻzlarida umid uchqunlari yongan Suho yetib keldi. U barcha toʻsiqlarni yengib, chegaralardan oʻtib, sevgilisini qutqarish uchun kelgandi.
Biroq, uning qarshisida ochilgan manzara Suho uchun tiriklayin qiyomat edi.
Suho qadam tashlashdan toʻxtadi. U bir necha metr uzoqlikda, oq qor bagʻrida maʼyus yotgan rafiqasini va uni quchoqlab yigʻlayotgan Danielni koʻrdi. Atrofdagi hamma narsa soniyalar ichida muzlab qolgandek boʻldi. U kech qolgandi... Atigi oʻn besh daqiqaga kechikkan edi.
— Yoʻq... Yoʻq! Laura! — Suho bor ovozi bilan baqirib, qor ustiga yiqildi va sudralib ularning yoniga keldi.
U Danielning qoʻlidan Lauraning jonsiz tanasini yulib oldi. Uning sovuq yuzlarini, yumilgan koʻzlarini oʻparkan, koʻzlaridan oqayotgan yosh qizning rangpar yonoqlarini yuva boshladi:
— Laura, koʻzlaringni och! Men keldim! Ering keldi, Laura! Men seni olib ketgani keldim! Iltimos, meni tashlab ketma... Men sensiz qanday yashayman?!
Daniel boshini egib, Suho qarshisida tiz choʻkkancha yigʻlardi:
— Kechiring, janob Suho... Uni asrab qolamadim. Janob Park uni shifoxonaga yotqizishga ruxsat bermadi... U baribir oʻlishini bilardi...
Suho Laura xonimning jonsiz tanasini bagʻriga qattiq bosarkan, uning koʻzlaridagi cheksiz daryodek oqayotgan alam oniy soniyalarda daxshatli va qonli qasos oloviga aylana boshladi. U osmonga qarab bor ovozi bilan hayqirdi. Bu yigʻi shunchaki ayriliq emas, balki bu fojianing bosh sababchisi boʻlgan Park Jiminni yoʻq qilish haqidagi qasam edi.
-

9 epizod. Tugadi .
Final .
1 fasl tugadi
.
.
.
.
.
Kanal : • 𝐅𝐑𝐄𝐍𝐙𝐘 𝐅𝐀𝐍𝐅𝐈𝐂𝐒 •
Author ....... #Laura_