It's not my dream, it's my destiny.
" Yo‘llarimiz tasodifan tutashdi,
Ammo qalblarimiz taqdir bilan bog‘landi.
Bar ichidagi havo qotib qolgandi. Stol ustida chala qolgan viski stakani va uning yonida yotgan qora metall qoplamali to'pponcha Kim Seokjinning niyati qanchalik jiddiyligidan dalolat berardi. U o'rnidan sekin turdi. Qora palto etaklarini to'g'rilab, ortiga o'girildi va zaldagi yigitlariga qaradi. Hammasi tayyor edi. Qora kurtkalar kiygan, qo'llarida qurollar ushlagan sodiq odamlari uning birgina ishorasini kutib turgandi.
— Vaqt keldi, – dedi Seokjin past, ammo sovuq va qat'iy ovozda.
Ular birin-ketin tashqariga chiqishdi. Ko'chada qorong'ulik hukmron edi. Tungi shahar chiroqlari ostida qora rangli beshta mashinadan iborat karvon shiddat bilan harakatga keldi. Seokjin mashinaning old o'rindig'ida o'tirib, oynadan tashqariga qarardi. Uning xayolida faqat bitta narsa charx urardi: Jimin bilan bo'ladigan bu to'qnashuv barcha savollarga javob berishi va ortiqcha qarama-qarshiliklarga nuqta qo'yishi kerak edi. Bu shunchaki oddiy qasos yoki xohish emas, bu uning taqdiri edi.
Mashinalar karvoni shahar chetidagi qo'riqlanadigan Jiminning qarorgohi darvozasi oldiga kelib to'xtadi. Qo'riqchilar hushyor tortib, qurollarini o'qtalishga ulgurmasdan, Seokjinning odamlari tezkor harakat bilan vaziyatni o'z nazoratiga olishdi. Seokjin og'ir qadamlar bilan mashinadan tushdi. Uning nigohlari qarorgoh binosiga qaratilgandi.
Shu payt bosh qarorgoh eshiklari ochilib, Park Jiminning o'zi o'z odamlari qurshovida tashqariga qadam qo'ydi. Ikki raqibning ko'zlari qorong'uda bir-biriga qadaldi. Jimin Seokjinning qurollangan odamlariga qarab sovuq va istehzoli jilmaydi. U qo'llarini palto cho'ntaklariga suqqancha, Seokjinning olovli nigohlariga xotirjamlik bilan tikildi.
— Nima boʻldi? Bu nima qiliq, Seokjin — dedi Jimin ovozini balandlatmay.
— Mening qarorgohimga yarim tunda qurol ko'tarib kelish senga to'g'ri kelmas deb o'ylardim. Nima, senga tinchlik yoqmay qoldimi?
Seokjin bir qadam oldinga bosdi, uning qo'lidagi quroli tungi chiroqlar nurida sovuq yaltirab ketdi. Ovozida zarracha ham hazil yoki ikkilanish yo'q edi.
— Meni qushcham sendaligini bilaman. Buni qanday oqlaysan? — dedi u tishlari orasidan, har bir so'zni zaharli o'qdek otib.
Jiminning yuzidagi kulgi bir lahzaga yo'qoldi, ammo u o'zini tezda qo'lga oldi. U Seokjinga biroz yaqinlashdi va pichirlagandek past ovozda javob qaytardi:
— Oqlash? Men qilgan ishlarim uchun hech qachon o'zimni oqlamayman. Agar u sening "qushchang" bo'lsa, nega unda qafasing eshigini ochiq qoldirding? U sendan qochdi, Seokjin. Men esa shunchaki unga boshpana berdim... yoki balki u o'z xohishi bilan mening yonimda qolishni tanlagandir
Seokjinning odamlari qurollarini to'g'rilab, Jiminning yigitlari bilan yuzma-yuz kelishdi. Havodagi kuchlanish eng yuqori nuqtaga yetdi. Istalgan soniyada otishma boshlanib ketishi mumkin edi. Shu payt bino ichkarisidan Mina yugurib chiqdi va ikki qurolli guruh o'rtasidagi sovuq urushni parchalab tashladi. Uning ko'zlarida qo'rquv va yosh qalqirdi. U to'g'ri Seokjin va Jiminning o'rtasiga kelib to'xtadi.
— Seokjin, iltimos qilaman! — uning ovozi titrar, Jiminni himoya qilishga va katta qon to'kilishining oldini olishga harakat qilardi.
— Men siz bilan ketaman, bu janjalni to'xtating!
Seokjin Minaga qarab sovuq tirjaydi. Uning nigohlarida na achinish, na sevgi qolgan edi — faqat nafrat va toshbag'irlik aks etardi. U qurolini sekin pastga tushirdi, lekin aytgan so'zlari Minaning yuragiga o'qdan ham qattiqroq botdi.
— Jajji fohishaginam... mijozlaring kutib qoldi, — dedi u kesatib, Minaning barcha umidlarini yer bilan bitta qilib.
Jimin Seokjinning bu so'zlaridan keyin g'azabdan mushtlarini tugdi. U Minani o'z ortiga o'tkazmoqchi bo'lib bir qadam bosdi
— Tilginga ehtiyot bo'l, Seokjin! Mening hududimda turib uni bu yorlig' bilan haqorat qila olmaysan! — varilladi Jimin.
Mina esa Seokjinning so'zlaridan butkul muzlab qolgandi. U Seokjinning o'zgarganini bilardi, ammo bunchalik vahshiylashib ketganini tasavvur ham qilmagandi...
Mashina ichidagi havo qorong‘u va og‘ir edi. Tashqarida tungi shahar chiroqlari shiddat bilan o‘tib borar, salon ichida esa faqat dvigatelning past ovozi eshitilardi. Seokjin orqa o‘rindiqda o‘tirgancha, yonidagi Minaga nafrat va ehtiros aralash tikildi. U to‘satdan qizni o‘ziga tortib, kuch bilan tizzasiga o‘tqizdi.
— Kim Seokjin: Meni jajji fohishaginam... quyosh qondan chiqib ketyapsan, — dedi u ovozini pastlatib, qizning qulog‘iga pichirlarkan. Uning so‘zlarida ham zahar, ham egalik qilish hissi bor edi.
Mina hech qanday qarshilik ko‘rsata olmasdi. U o‘sha yerdagi odamlardan biri, hamma narsadan mahrum bo‘lgan bir fohisha edi. Ustiga-ustak, dadasining hayoti Seokjinning qo‘lida ekanligi uning irodasini butkul sindirgandi. Qiz ko‘zlarini chirt yumgancha, taqdiriga tan berib, jimgina qotib qoldi.
Seokjin qizning bu ojizligidan yanada kuch oldi. U Minaning lablaridan shafqatsizlarcha va ehtiros bilan bo‘sa oldi. So‘ng lablarini uning bo‘yniga surib, nozik terisidan o‘pa boshladi. Qizning vujudi titrardi. Seokjin to‘xtamadi, qo‘llarini sekin yuqoriga surib, uning kiyimlariga qo‘l cho‘zdi...
Mina indamadi. U ko‘zlaridan oqayotgan yoshlarni berkitishga ham urinmay, jimgina Seokjinning harakatlariga chidab turardi. Seokjin qizning ojizligidan foydalanib, uning ko‘ylak tugmalarini sekin-asta, birin-ketin yecha boshladi. Salondagi ehtirosli va og‘ir muhitni to‘satdan haydovchining vahimali baqirig‘i buzib yubordi:
— Janob! Tormoz... tormoz ishlamayapti! Pedallar bo‘ysunmayapti!
Shu lahzada mashina tezligi boshqaruvdan chiqib, dahshatli darajada tezlashdi. Seokjin nima bo‘layotganini anglashga ulgurmay, haydovchi rulni burishga urindi, biroq ulkan qora sedan yo‘l chetidagi chegaradan chiqib ketdi. Mashina dahshatli tezlikda to‘g‘ri kelayotgan beton ustunga borib urildi.
Zarba shunchalik kuchli ediki, mashina eshigi chok-chokidan so‘kilib ketdi va Seokjin shiddat bilan mashina salonidan tashqariga otilib, qattiq yerga quladi. U asfaltdan bir necha metr nariga, butalar orasiga borib tushgandi.
Atrof tuman va qorong‘ulik. Seokjin tanasidagi chidab bo‘lmas og‘riqdan qonga belangan holda ko‘zlarini arang ochdi. Uning nigohi uzoqroqda pachoqlanib yotgan mashinaga tushdi. Shu on... quloqlarni qomatga keltiruvchi portlash ovozi yangradi. Mashina bir soniyada ulkan olov ichida qoldi.
Mina hali ham o‘sha mashina ichida edi. Seokjin ko‘z oldida yonayotgan ana shu dahshatli manzarani ko‘rdi va ortiq og‘riqqa dosh berolmay, hushidan ketdi.
Kasalxona palatasidagi apparatlarning bir maromdagi zerikarli ovozi Kim Seokjinning qulog‘iga uzoq-uzoqdan eshitilayotgandek edi. U ko‘zlarini arang ochdi. Oppoq shift va burniga urilgan dori hidi uning tirik qolganidan dalolat berardi. Butun tanasi, ayniqsa boshidagi chidab bo‘lmas og‘riq mashina portlashini yodiga soldi. O‘sha olov, o‘sha dahshatli manzara ko‘z oldida qaytadan jonlandi.
Palataga shifokor va uning omon qolgan bir nechta yigitlari kirib kelishdi. Seokjin bor kuchini yig‘ib, ovozini chiqardi:
— Mina... U qani? — uning ovozi xirillab chiqdi.
Yigitlari bir-biriga qarab, boshlarini egishdi. Hech kim gap boshlashga botinolmasdi. Nihoyat, shifokor og‘ir xo‘rsinib, unga yaqinlashdi:
— Janob Kim, o‘zingizni qo‘lga oling. Mashina butkul yonib ketgan. Portlash joyidan faqat sizni omon olib qolishga ulgurdik. O‘sha mashinada bo‘lganlardan faqat bitta o‘zingiz tirik qoldingiz.
Seokjinning yuragi urishdan to‘xtab qolgandek bo‘ldi. Mina o‘ldi... Mening jajji qushcham o‘sha olov ichida kulga aylandi... Uning ichida allaqachon so‘nib bo‘lgan tuyg‘ular o‘rnini cheksiz g‘azab va qasos hissi egalladi. Biroq u bir narsani aniq bilardi: bu oddiy texnik nosozlik emas edi. Tormoz tizimini kimdir ataylab buzgan. Va bu ish Park Jiminning uslubiga mutlaqo o‘xshamasdi. Bu Seokjinning mutlaqo boshqa ashaddiy dushmanining ishi edi. U o‘z dushmanlarini birma-bir yer tishlatishga qasam ichdi.
------------------------------
Ayni shu vaqtda — shahar chetidagi maxfiy klinikalardan birida:
Mina ko‘zlarini ochdi. Uning badanida yengil jarohatlar bor edi, ammo u o‘lmagandi. Tepadagi chiroq nurida uning tepasida xavotir bilan qarab turgan Park Jimin namoyon bo‘ldi.
Aslida, Seokjinning mashinasi harakatlanishidan oldin, Jimin vaziyat xavfli ekanini va Seokjinning boshqa dushmanlari pistirma qo‘yganini sezib qolgandi. Ular mashinani ta’qib qilishgan va ustunga urilish lahzasida, Seokjin mashinadan otilib ketgach, Jimin va uning odamlari soniyalar ichida mashina eshigini buzib, Minani portlashdan oldin qutqarib olishga ulgurishgandi.
Jimin Minaning titrayotgan qo‘llaridan tutdi:
— Qo‘rqma, Mina. Hammasi ortda qoldi. Endi sen xavfsiz joydasan. U seni boshqa qiynay olmaydi. Seokjin seni o‘ldi deb o‘ylayapti.
Mina jimgina yig‘lab yubordi. U qutulganidan xursand edi, biroq dadasining taqdiri hali ham noma’lumligicha qolayotgandi...
Kasalxona palatasidagi apparatlarning bir maromdagi zerikarli ovozi Kim Seokjinning qulog‘iga uzoq-uzoqdan eshitilayotgandek edi. U ko‘zlarini arang ochdi. Oppoq shift va burniga urilgan dori hidi uning tirik qolganidan dalolat berardi. Butun tanasi, ayniqsa boshidagi chidab bo‘lmas og‘riq mashina portlashini yodiga soldi. O‘sha olov, o‘sha dahshatli manzara ko‘z oldida qaytadan jonlandi.
Palataga shifokor va uning omon qolgan bir nechta yigitlari kirib kelishdi. Seokjin bor kuchini yig‘ib, ovozini chiqardi
— Mina... U qani? — uning ovozi xirillab chiqdi.
Yigitlari bir-biriga qarab, boshlarini egishdi. Hech kim gap boshlashga botinolmasdi. Nihoyat, shifokor og‘ir xo‘rsinib, unga yaqinlashdi:
— Janob Kim, o‘zingizni qo‘lga oling. Mashina butkul yonib ketgan. Portlash joyidan faqat sizni omon olib qolishga ulgurdik. O‘sha mashinada bo‘lganlardan faqat bitta o‘zingiz tirik qoldingiz.
Seokjinning yuragi urishdan to‘xtab qolgandek bo‘ldi. Mina o‘ldi... Mening jajji qushcham o‘sha olov ichida kulga aylandi... Uning ichida allaqachon so‘nib bo‘lgan tuyg‘ular o‘rnini cheksiz g‘azab va qasos hissi egalladi. Biroq u bir narsani aniq bilardi: bu oddiy texnik nosozlik emas edi. Tormoz tizimini kimdir ataylab buzgan. Va bu ish Park Jiminning uslubiga mutlaqo o‘xshamasdi. Bu Seokjinning mutlaqo boshqa ashaddiy dushmanining ishi edi. U o‘z dushmanlarini birma-bir yer tishlatishga qasam ichdi.
Ayni shu vaqtda — shahar chetidagi maxfiy klinikalardan birida Mina ko‘zlarini ochdi. Uning badanida yengil jarohatlar bor edi, ammo u o‘lmagandi. Tepadagi chiroq nurida uning tepasida xavotir bilan qarab turgan Park Jimin namoyon bo‘ldi. Aslida, Seokjinning mashinasi harakatlanishidan oldin, Jimin vaziyat xavfli ekanini va Seokjinning boshqa dushmanlari pistirma qo‘yganini sezib qolgandi. Ular mashinani ta’qib qilishgan va ustunga urilish lahzasida, Seokjin mashinadan otilib ketgach, Jimin va uning odamlari soniyalar ichida mashina eshigini buzib, Minani portlashdan oldin qutqarib olishga ulgurishgandi.
Jimin Minaning titrayotgan qo‘llaridan tutdi:
— Qo‘rqma, Mina. Hammasi ortda qoldi. Endi sen xavfsiz joydasan. U seni boshqa qiynay olmaydi. Seokjin seni o‘ldi deb o‘ylayapti.
Mina jimgina yig‘lab yubordi. U qutulganidan xursand edi, biroq dadasini taqdiri hali ham noma’lumligicha qolayotgandi...
Oradan ikki soat o‘tgach, Jimin charchagan va chigallashgan xayollar bilan uyiga yetib keldi. Qarorgoh ichi jim-jit, ammo iliq edi. U to‘g‘ri oshxona tomon yurdi va eshik oldida to‘xtadi. U yerda Yn gaz plitasi qarshisida kuymalanib, kechki taom pishirayotgan edi. Uning borlig‘i va uyning sokin muhiti Jiminning ichidagi qorong‘ulikni biroz yoritgandek bo‘ldi. Jimin sekin qadamlar bilan uning ortidan yaqinlashdi va bugungi dahshatli voqealardan keyin qizni yo‘qotib qo‘yishdan qo‘rqqandek, to‘satdan Ynni ortidan mahkam quchib oldi.
Kutilmagan teginishdan Yn cho‘chib ketdi, vujudi titrab, qo‘lidagi kapgir deyarli tushib ketayozdi. U shoshib Jiminning qo‘llaridan chiqishga urindi va ortiga o‘girilib, unga shubhali hamda sovuq nigoh qadadi.
— Janob Park Jimin, bu nimasi? Bizning nikohimiz shunchaki sohta! Menga yaqinlashib, tegmang! — dedi u g‘azab va hayronlik aralash ovozda.
Jimin qizning so‘zlaridan keyin qo‘llarini sekin tushirdi. Uning ko‘zlarida charchoq va aytolmagan alamli tuyg‘ular aks etdi. U bir qadam ortga chekinib, chuqur xo‘rsindi.
— Bilaman... Shunchaki o‘zimni boshqara olmadim, — dedi u ovozi pastlab, ko‘zlarini olib qo‘char ekan. Biroq uning ichidagi jilovlab bo‘lmas istak va bugungi o‘lim bilan yuzma-yuz kelish hissi barcha taqiqlarni parchalab tashlagandi. U yana bir qadam oldinga bosdi.
— Yn, ortiq chidolmayman! Nega men o‘zimning narsamni boshqaga berishim kerak?!
Yn yigitning kutilmagan gapi va uning ko‘zlaridagi vahshiyona nigohdan qo‘rqib, shoshib ortga surildi.
— Nima?.. — uning ovozi arang chiqdi.
Jimin qiz va o‘zi o‘rtasidagi masofani bir qadamda yo‘q qildi. U Ynni oshxona peshtaxtasiga qisib, qochishga yo‘l qoldirmadi.
— Shartnoma bilan ishim yo‘q! Seni xohlayman, mittivoy... — dedi u har bir so‘zini qat’iy va ehtiros bilan ta’kidlab, qizning gapini og‘zida qoldirib, lablaridan shafqatsizlarcha o‘pdi.
Jimin qizni to‘satdan dast ko‘tarib, ikkinchi qavatdagi yotoqxonaga olib chiqdi va to‘shakka yotqizdi. Yn ko‘zlaridan oqqan yoshlarni to‘xtata olmay, bor kuchi bilan qarshilik ko‘rsatishga urindi.
— Yolvoraman, qo‘yib yuboring... Sizga faqat pul kerak-ku! — uning ovozi yig‘i aralash eshitildi.
— Sen undanda muhimsan, — dedi Jimin pichirlab.
Jimin qizning ikkala qo‘lini tepaga ko‘tarib, bir qo‘li bilan mahkam ushladi va uning kiyimlarini birin-ketin yechishda davom etdi. Xonadagi og‘ir va issiq havo qizning ojiz yig‘isiga qorishib ketdi. Ammo shu lahzada Yn ichidagi so‘nggi kuch-quvvatini yig‘ib, bor ovozi bilan baqirdi:
— Jimin, bas! — deya yigitni butun kuchi bilan ko‘kragidan itarib yubordi.
Bu kutilmagan zarbadan Jimin to‘xtab qoldi, qo‘llari bo‘shashdi. Fursatdan foydalangan Yn to‘shakdan sapchib turdi, kiyimlarini to‘g‘rilab, unga alam aralash tikildi:
— Meni tinch qo‘ying! Yolg‘iz qolmoqchiman! — dedi-yu, xonadan yugurib chiqib, boshqa xonaga kirib eshikni ichkaridan qulflab oldi
Xona birdan sovuq va bo‘m-bo‘sh bo‘lib qoldi. Men to‘shak chetiga o‘tirib, qo‘llarim bilan boshimni changalladim. Mening aybim nima? Uni sevganimmi?! Nega u menga bunchalik befarq? Men faqat uni himoya qilmoqchi edim. Ammo mening bu aqldan ozdiruvchi sevgim uni faqat mendan uzoqlashtiryapti.
Parallel Vaqt:
Ayni shu soniyalarda tungi shahar dahshatli xabarlar bilan larzaga keldi. Qora bozorning eng qudratli qiroli — Kim Seokjinning avtohalokatga uchragani shov-shuvga aylandi. Ammo eng katta sir — o‘sha kecha Seokjinning yonida bo‘lgan o‘sha qiz (Mina) portlash joyidan butkul g‘oyib bo‘lgan edi. Qora bozor ahli uni o‘lgan deb hisoblar, ammo uning qayerdaligi ortidagi sirni qidirishga tushgandi. Ular hali o‘yin endi boshlanayotganini bilmasdilar...
4 epizod. Tugadi .
.
.
.
.
.
Kanal : • 𝐅𝐑𝐄𝐍𝐙𝐘 𝐅𝐀𝐍𝐅𝐈𝐂𝐒 •
Author ....... #Laura_