Qiyofa
" Yo‘llarimiz tasodifan tutashdi,
Ammo qalblarimiz taqdir bilan bog‘landi
Laura xonada u yoqdan-bu yoqqa borib kelar, yuragi nimagadir gʻash edi. Devordagi soatning har bir chiqillashi uning asabiga tegayotgandek tuyulardi. Aynan shu mahalda eshik sekin gʻiyqillab ochildi va ostonada charchoqdan koʻzlari holsiz boqayotgan onasi koʻrindi
— Oyi! — Laura yugurib borib, onasining qoʻllaridan tutdi
— Sizga ishlamang degandim-ku, axir kasalsiz! Davolanishingiz kerak, oʻzim ishlab pul topaman, degandim...
Onasi holsiz jilmayishga urindi, qizining yuzlaridan silab, uni tinchlantirishga harakat qildi
— Qizim, hammasi yaxshi, men yaxshiman. Sen atigi 18 yoshdasan, hali oʻqishing kerak. Institutga endi kirding, bor eʼtiboringni oʻqishga qarat. Men oʻzim eplayman...
Ayol gapini oxirigacha etkaza olmadi. Rangi birdan oʻchib, koʻzlari chalqaydi va u polga yiqildi.
— Oyi! Koʻzingizni oching, meni qoʻrqitmang — Laura dod solgancha onasining yoniga tiz choʻkdi
Uning qoʻllari qaltirar, nima qilishni bilmay boshi qotgandi. Telefonini qidirib topdi-da, barmoqlari zoʻrgʻa boʻysunib, tez yordam raqamini terdi.
"Iltimos, goʻshakni koʻtaring, iltimos..." — ichida tinmay pichirlardi u.
Yarim soatdan keyin Yn shifoxona yoʻlagida oʻtirardi. Atrof oq va sovuq, xuddi uning ichidagi qoʻrquv kabi. Shifokor palatadan chiqib, niqobini tushirdi. Uning qarashlaridan xushxabar yoʻqligini sezish qiyin emasdi
— Siz bemorning qizimisiz? — soʻradi shifokor jiddiy ohangda
— Onangizning ahvoli ogʻir
U saratoni ohirgi bosqichida ekan iloji boricha tezroq apiratsiya qilish kerak
Shifokor chuqur xoʻrsinib, qogʻozlaridan boshini koʻtardi. Uning charchoq toʻla koʻzlarida achinish hissi bor edi, biroq u achchiq haqiqatni yashira olmasdi
— Koʻp emas, qizim. Iloji
boricha tezroq operatsiya qilish kerak, dedim-ku sizga. Har bir oʻtgan daqiqa zararimizga ishlashi mumkin.
Laura labini tishladi. Tomogʻiga tiqilgan alam va chorasizlik yigʻisini ichiga yutib, oʻzini qoʻlga olishga urindi.
— Tushundim... Men pul topaman, — dedi u qatʼiy ohangda. Garchi miyasida bu katta mablagʻni qayerdan va qanday topish haqida bitta ham reja boʻlmasa-da, taslim boʻlishga haqqi yoʻq edi.
Shifokor unga jiddiy qarab, vaziyatning naqadar xavfli ekanini yana bir bor eslatib qoʻyishni lozim topdi
— Onangiz hozir komada, shuni unutmang. Vaqtimiz juda kam. Iloji boricha uch oy ichida operatsiyani oʻtkazishimiz shart. Aks holda... kech boʻladi.
Ertasi kuni tong otishi bilan Laura shahar koʻchalariga yoʻl oldi. Vaqt oʻtib borardi, u esa oʻtgan har bir soniyada onasining nafas olishi qiyinlashayotganini his qilayotgandek edi. U koʻplab doʻkonlar, kafelar va idoralarga kirdi, biroq tajribasiz 18 yoshli talaba qizga hech kim tez fursatda katta pul ishlab topish imkonini beradigan ish taklif qilmadi.
Kunning ikkinchi yarmida, umidsizlikka tushgan Laura telefonidan eʼlonlar saytini titkilay boshladi. Koʻzlaridaga yoshni zoʻrgʻa artib, sahifalarni pastga tushirayotganida, birdan bitta eʼlon uning eʼtiborini tortdi: "Katta xonadon uchun zudlik bilan uy xizmatchisi kerak. Maosh yuqori".
Lauraing yuragi tez urib ketdi. Bu uning soʻnggi umid chorasi boʻlishi mumkin edi. Taraddudlanib oʻtirmay, eʼlonda koʻrsatilgan raqamni terdi. Telefon uzoq chaqirmadi, goʻshak koʻtarildi.
— Alo... Janob, eʼlon bergan ekansiz, — dedi Laura hayajonini yashira olmay, ovozi biroz titrab
Telefonning narigi tomonidan juda xotirjam, qatʼiy va yoqimli erkak ovozi eshitildi
— Ha, shunday, — javob berdi Kim Sokjin.
Laura telefon goʻshagini mahkam qisgancha, narigi tomondan kelayotgan har bir soʻzga bor diqqatini qaratdi. Uning taqdiri, onasining hayoti mana shu suhbatga bogʻliqdek edi.
— Ish haqida eʼlon bergan ekansiz... — dedi Laura hayajonini yutib, ovozini imkon qadar jiddiyroq chiqarishga urinib
Telefon ortidagi erkak ovozi sovuqqon va professional ohangda davom etdi
— Ha, shunday. Ismingiz, yoshingiz?
Laura qisqa muddatga ikkilanib qoldi. Oʻzini juda yosh koʻrsatishni istamasdi, lekin baribir haqiqatni aytishga qaror qildi
Goʻshakdan qisqa sukunat eshitildi. Kim Sokjin goʻyo uning nomzodi toʻgʻri keladimi-yoʻqmi, deb oʻylayotgandek edi. Bir necha soniyadan soʻng u yana gapira boshladi
— Yosh ekansiz. Bizga shunday xizmatchi kerakki, u boshqa joyda turib qatnamaydi, balki bizning uyda yashashi va doim uyni sarishta, ozoda tutishi lozim. Shartlarimiz qatʼiy, masʼuliyat esa juda katta. Uyda akam bilan ikki kishi yashaymiz. Bunga tayyormisiz
Laura "bizning uyda yashaydi" degan gapni eshitib, biroz taajjublandi. Demak, u kasalxonadagi onasidan uzoqda, mutlaqo notanish erkaklarning uyida yashashiga toʻgʻri keladi. Biroq hozir uning tanlash imkoniyati yoʻq edi. Onasining operatsiyasi uchun kerak boʻlgan pullarni boshqa hech qayerdan topolmasligini yaxshi bilardi
— Ok, tushundim. Men rozi-man, — deb javob berdi Laura qatʼiy va dars ketgan ovozda.
Kim Sokjin telefon orqali xonadon manzilini — shaharning eng nufuzli va qimmatbaho chekkasida joylashgan hududni batafsil tushuntirdi. Suhbat yakunlanar ekan, uning qatʼiy ovozi Lauraga ertaga kechikmasdan kelishi kerakligini yana bir bor eslatib qoʻydi. Laura barcha shartlarga rozi boʻldi, chunki uning koʻz oldida faqat shifokorning "Uch oy vaqtingiz bor" degan sovuq gaplari va komadagi onasi turardi.
Ertasi kuni ertalab Laura aytilgan manzilga yetib keldi. Baland va muhtasham temir darvoza oldida turib, u oʻz koʻzlariga ishongisi kelmasdi. Ichkariga qadam qoʻyar xolos, qiz butkul hayratda qotib qoldi.
Bu shunchaki oddiy xonadon emas, balki naq saroyning oʻzi edi! Ulkan hududni egallagan archazor bogʻlar, oʻrtadagi billurdek toza favvoralar va salobat bilan qad koʻtargan bir necha qavatli imorat xuddi ertaklardagi qirollik qasrlarini eslatardi. Laura hayotida bunday dabdaba va boylikni hatto televizorda ham koʻrmagan edi.
Biroq uni eng koʻp lol qoldirgan narsa boshqa edi. Uy atrofida va ichkarisida 50 ga yaqin qoʻriqchilar xizmat vazifasini oʻtab yurishardi. Ularning barchasi bir xil qora kostyum-shimda, quloqlarida maxsus quloqchinlar bilan har bir harakatni jiddiy kuzatib turishardi. Bu yerda xavfsizlik va tartib-intizom eng yuqori darajada ekani yaqqol koʻrinib turardi. Laura oʻzining oddiy kiyimlari bilan bu hashamatli dunyoda oʻzini juda gʻarib va noqulay his qila boshladi. U yuragi qipirlab, sekin ichkariga qarab yurdi...
Laura dabdabali va muhtasham darvozadan ichkariga qadam bosgan sayin, yuragi qipirlab, hayajoni ortib borardi. Atrofdagi 50 ga yaqin qora kostyumli qoʻriqchilarning sovuq va sinchkov nigohlari ostida u oʻzini juda gʻarib his qildi. Nihoyat, u bir necha qavatli ulkan binoning bosh eshigi oldiga yetib keldi. Shu mahall koʻz oʻngidagi muhtasham temir eshik shiddat bilan ochilib, ichkaridan shoshib-pishib bir xizmatchi qiz chiqib keldi.
Xizmatchi qiz Laurani koʻrishi bilan rangi oʻchib, koʻzlari qorachigʻi katta-katta boʻlib ketdi. U goʻyo oʻz qarshisida arvohni koʻrib qolgandek dahshatga tushgan edi. Qiz darrov egilib, qaltiragan ovozda gapira ketdi
— Nam Yiner : Xayrli kun! Voy, Yunsi xonim, siz uyda edingiz-ku? Ming bor uzr soʻrayman, darvozani juda kech ochdim, meni kechiring! — dedi u boshini eggancha, qoʻrquvdan titrab
Laura nima boʻlayotganini mutlaqo tushunmay, hayron boʻlib qoldi. Qarshisidagi qiz uni umuman boshqa ism bilan chaqirayotgan edi. Atrofga alanglab, oʻzini qoʻlga olishga urindi va sekin javob berdi
— Nima dedingiz? Siz adashyapsiz... Mening ismim Laura.
Nam Yiner bu gapni eshitib, boshini koʻtardi. U Lauraga yanada yaqinroq kelib, uning yuz-koʻzlariga, qosh-qovoqlariga hayrat bilan tikila boshladi. Uning ogʻzi ochilib qolgan, hayratini yashirolmayotgandi
— Nam Yiner: Odam ham shu qadar oʻxshashi mumkinmi?! Xuddi bir olmaning ikki pallasi-ya...
— Laura: Aa?.. — Laura nima deyishni bilmay, tiling tishlab qoldi
U oʻzining kimga va nima uchun bunchalik oʻxshashligini, bu hashamatli saroyda qanday sir yashiringanini hali bilmas edi...
Nam Yiner hali ham yuzidagi cheksiz hayrat asoratlarini yashirolmagan holda, yoʻlni boʻshatib, Laurani ulkan va hashamatli koshona ichkarisiga boshlab kirdi. Binoning dahlizi shunchalik keng ediki, tepada yaltirab turgan ulkan billur qandillar va polga yotqizilgan qimmatbaho mramor toshlar odamning koʻzini qamashtirardi. Laura atrofni hayajon bilan tomosha qilib odimlar ekan, Nam Yiner keng yoʻlakning oʻng tomonida joylashgan muhtasham xonaning qarshisida toʻxtadi va uning eshigini sekin ochdi.
Laura eshik ostonasidan ichkariga koʻz tashlar ekan, xonadagi manzara uni bir soniya nafasini yutishga majbur qildi.
Xonaning toʻrida, qora yogʻochdan yasalgan katta ish stoli qarshisida Kim Sokjin jiddiy qiyofada kompyuterga tikilib oʻtirar, barmoqlari klaviaturada tez-tez harakatlanardi. U oʻz ishiga shunchalik berilib ketgandiki, eshik ochilganiga eʼtibor ham bermadi. Ammo xonaning oʻrtasidagi keng charm divanda oʻtirganlar Laurani butunlay dovdiratib qoʻydi.
U yerda Sokjinning akasi Park Jimin oʻtirardi. U nihoyatda kelishgan, ammo nigohlarida qandaydir sovuq va magʻrur ifoda bor yigit edi. Eng hayratlanarlisi, uning tizzasida bir qiz xuddi erkatoy boladek oʻtirib olgandi. Bu qiz — boya Nam Yiner aytgan oʻsha sirli Yunsi edi! Laura Yunsining yuziga qaradi-yu, vujudini sovuq ter qopladi. Nam Yiner adashmagan edi: Yunsining yuz-koʻzi, qosh-qovoqlari, oʻzini tutishi — hammasi xuddi oynadagi aksidek Lauraga suv tomchisidek oʻxshardi.
Shu mahal Yunsi xonaga kimdir kirganini ham payqamay, bor eʼtiborini Jiminni quchoqlashga qaratib, nozli ovozda gapirdi
— Dady, sizni qancha kutdim... — dedi u Jiminning boʻynidan mahkam quchoqlab, unga erkalangancha.
Laura esa bu manzarani koʻrib, oʻz qiyofadoshining notanish bir yigit bilan bunchalik yaqinligidan va oʻzi tushib qolgan bu gʻalati muhitdan tamoman karxt boʻlib qolgandi. U xonaga qadam bosishni ham, ortga qaytishni ham bilmasdi...
Laura eshik ostonasida toʻxtaganicha, butun vujudi muzlab qolgandek qotib turardi. U oʻzining oynadagi aksidek oʻxshash boʻlgan qiz — Yunsining Park Jiminning boʻynidan quchoqlab, erkalayotganini koʻrib, biror soʻz deyishga ham botinolmadi. Xonadagi hashamatli va qimmatbaho muhit hozir uning nafasini qaytarayotgandek edi.
Shu payt eshikning gʻiyqillagan ovozi va xonaga tushgan begona soya divandagilarning eʼtiborini tortdi. Park Jimin sekin boshini koʻtardi, uning oʻtkir va sovuq koʻzlari toʻgʻridan-toʻgʻri ostonada turgan Lauraga qadaldi. Jiminning yuzidagi xotirjamlik bir soniyada yoʻqoldi. Uning qoshlari chimirilib, nigohida cheksiz hayrat va shu bilan birga qandaydir shubha uygʻondi. U tizzasida oʻtirgan Yunsiga, keyin esa eshik oldidagi Lauraga birma-bir qarab chiqdi.
Yunsi ham Jiminning nigohi oʻzgarganini sezib, nozli kulgidan toʻxtadi va eshik tomonga burildi. Laurani koʻrishi bilan uning ham ogʻzi ochilib qoldi. U Jiminning quchogʻidan shoshib tushdi-da, bir necha qadam oldinga yurdi. Yunsining yuzida qoʻrquv aralash daxshat aks etgandi, xuddi qarshisida oʻz arvohini koʻrgandek barmoqlari qaltiray boshladi
— Bu... bu kim?! — dedi Yunsi ovozi titrab, ortiga — Jaminga qarab. — Jimin, bu qiz kim?! Nega u menga bunchalik oʻxshaydi?!
Shu mahalgacha kompyuterdan bosh koʻtarmay, klaviaturani shiddat bilan chertayotgan Kim Sokjin ham nihoyat ishni toʻxtatdi. U monitor ortidan boshini chiqarib, eshik oldida dovdirab turgan Lauraga qaradi. Sokjin kecha telefonda gaplashgan qiz aynan shu ekanini bildi, biroq u ham Laurani hayotda birinchi bor koʻrib turgani uchun, uning Yunsiga boʻlgan hayratlanarli darajadagi oʻxshashligidan bir muddat kalovlanib qoldi. Ammo u oʻzini tezda qoʻlga oldi.
Sokjin oʻrnidan turib, stol atrofidan aylandi va Lauraga yaqinlashdi. Uning har bir qadami xonadagi ogʻir sukunatni buzib eshitilardi
— Tinchlaninglar, — dedi Sokjin oʻzining oʻsha vazmin va buyruqomuz ovozida Jimin va Yunsiga qarab. Keyin esa Lauraga yuzlandi. — Demak, yetib kelding, Laura. Kechikmaganing yaxshi boʻldi
Park Jimin oʻrnidan asta turdi. Uning baland boʻyi va magʻrur qiyofasi Lauraga qoʻshimcha bir vahima bagʻishlar edi. U sekin qadamlar bilan kelib, Lauraning juda yaqinida toʻxtadi. Uning oʻtkir nigohi qizning har bir yuz chizgisini gʻayriixtiyoriy ravishda oʻrganib chiqdi
— Sokjin... — dedi Jimin koʻzlarini Lauradan uzmay, past va xavfli ohangda. — Bu qizni qayerdan topding? Va u nega mening uyimda turibdi?
Kim Sokjin oʻzini vazmin koʻrsatishga urinayotgan boʻlsa-da, aslida uning ham ich-ichidan dahshatli hayrat oʻtayotgan edi. U stol ortidan chiqib kelarkan, koʻzlari Lauraga qadalgancha qoldi. Kecha tunda faqat telefon orqali gaplashgani uchun qizning tashqi koʻrinishi qanday ekanligini mutlaqo bilmasdi. U shunchaki oddiy, muhtoj bir xizmatchi qizni ishga oldim deb oʻylagan edi. Sokjin akasining savoliga darrov javob bera olmay, oʻzining kompyuter qarshisida qotib qolganini sezdi. U hayotida birinchi marta bunday kutilmagan vaziyatga duch kelib, tamoman karxt ahvolga tushgandi.
Xonadagi ogʻir va siquvchi sukunatni yana Park Jiminning xavfli ovozi buzdi. U akasining jimligidan yanada gʻazablanib, Lauraga bir qadam yaqinlashdi. Uning sovuq nafasi qizning yuziga urilayotgandek tuyuldi
— Men sendan soʻrayapman, Sokjin! — Jimin ovozini bir parda koʻtarib, ukasiga qaradi, lekin nigohi barbir Lauradan uzilmadi. — Bu qanday oʻyin? Odam ham boshqa bir odamga shunchalik oʻxshashi mumkinmi?! U qayerdan keldi
Laura qoʻrquvdan qaltirab, ikki qadam ortga tahlika bilan tahlillandi. U oʻzini xuddi oʻgʻrilik ustida qoʻlga tushgan jinoyatchidek his qilayotgan edi, vaholanki u hech qanday ayb ish qilmagandi. Choʻntagida onasining kasalxona qogʻozlari va oʻsha shafqatsiz shifokorning aytgan soʻzlari unga kuch berdi. U bor jasoratini yigʻib, Park Jiminning qahrli koʻzlariga tik qarashga urindi
— Men... men hech qanday oʻyin oʻynayotganim yoʻq! — dedi Laura, ovozi hayajondan titrab chiqsa-da, gapida qatʼiylik bor edi. — Men shunchaki eʼlon boʻyicha keldim. Menga ish kerak... pul kerak! Onam shifoxonada, komada yotibdi! Agar uch oy ichida operatsiya uchun katta mablagʻ topmasam, u oʻladi! Janob Sokjin bilan faqat ish yuzasidan telefonda gaplashgan edik, men bu uydagilarning birortasini tanimayman!
Yunsi esa hamon Jiminning ortida turgancha, oʻzining xuddi tirik nusxasini koʻrgandek lablarini tishlab, tirnoqlarini kaftiga botirardi. Uning boyagi noz-karashmasidan asar ham qolmagan, faqatgina ichki bir xavotir va gʻalati dushmanlik hissi uygʻongan edi.
Sokjin nihoyat chuqur nafas olib, oʻzini butkul qoʻlga oldi. U Jimin va Lauraning oʻrtasiga turib, akasiga qaradi
— Jimin, tinchlan. Bu qiz haqiqatni aytyapti. Men uni kecha tunda shunchaki eʼlon orqali topdim. Uni hayotimda birinchi bor koʻrib turibman... Bu qandaydir tasodif yoki taqdir hazili, — dedi u vaziyatni yumshatishga harakat qilib.
1 epizod. Tugadi .
.
.
.
.
.
Kanal : • 𝐅𝐑𝐄𝐍𝐙𝐘 𝐅𝐀𝐍𝐅𝐈𝐂𝐒 •
Author ....... #Laura_