September 12

Qafas

CHAPTER _8

" bazan eng hafli orzudir "

8_epizod

Xonadagi og‘ir va vahshiyona sukunatni palata eshigining shiddat bilan ochilishi buzib yubordi. Kim Sokjinning changalida tipirchilayotgan Aylin va karavotda qo‘rquvdan qotib qolgan Laura beixtiyor eshik tomonga qarash
Palataga Miren kirib keldi. Shifoxonaning sovuq chiroqlari ostida uning qiyofasi har qachongidan ham sovuqroq va jiddiyroq ko‘rinardi. Atigi ikki kun avvalgi ko‘z yoshlari, dard va azoblar o‘rnini bamisoli toshdan yo‘nilganidek hissiyotsiz, mag‘rur va sovuq bir holat egallagandi. U go‘yo bu dunyodagi bor tuyg‘ularini o‘ldirib bo‘lgandek edi.
Miren xonadagi manzaraga Sokjinning qo‘lidagi Aylinga va karavotda dabdala bo‘lib yotgan Lauraga qarab ham qo‘ymadi. Uning nafrat to‘la o‘tkir nigohlari to‘g‘ri Park Jiminning ko‘zlariga qadandi.

— Sen bu yerda nima qilyapsan? — dedi Miren ovozida zarracha titroqsiz, muzdek ohangda.

— Lauraga qilgan vaxshiyliging kammidi?

Park Jimin kutilmagan bu dadillikdan qoshlarini chimirdi. U o‘ziga bunday ohangda gapirishlariga aslo o‘rganmagandi, ayniqsa hamma narsaga ko‘nib kelgan rafiqasi tomonidan. Jimin labini burib, zaharxanda bilan unga yaqinlashdi:

— Park xonim, eringizga baqiryapsiz, sezmayapsizmi? — dedi u uning mag‘rurligini sindirmoqchi bo‘lib.

Miren bu gapni eshitib, achchiq va istehsoli ohangda "Erim?.." deya kulimsiradi. Uning bu kulgisi ortida ulkan bir nafrat va pushaymonlik yashiringan edi. U ortiqcha bir og‘iz ham so‘z sarflamoqchi emasdek, qo‘lidagi qora papkaga solingan rasmiy hujjatni shartta Jiminning ko‘kragiga otdi. Hujjat varaqlari havoda shitirlab, Jiminning qo‘llariga kelib tushdi.

— Ko‘zim endi ochildi, — dedi Miren Jiminning ko‘zlariga tik qarab

. — G‘alati... Seni besh yil davomida sevganim mening eng ulkan gunohim ekan. Bilasanmi, sen zarracha ham sevgiga arzimaysan. Sen tuyg‘ulari o‘lgan maxluqsan.

Park Jiminning g‘azabdan jag‘ tishlari bir-biriga urildi. Xonada turgan Kim Sokjin ham amakivachchasining bu qadar past urilishini ko‘rib tanaffus qilib qolgandi. Jimin hujjatni siqib ushlagancha, Mirenning ustiga tahdidli qadam tashladi:

— Miren, haddingdan oshma! Qarshingda kim turganini unutma! — deb baqirdi u vajohat bilan.

Miren esa zarracha ham ortga chekinmadi. Uning ko‘zlarida o‘limdan ham qo‘rqmaydigan bir qat’iyat bor edi:

— Maxluqmi yoki qotil? Qaysi taxallus mos seningcha, Park Jimin? — dedi u erkakning yuziga tik boqib.

Jimin g‘azabdan titrab, Miren otgan o‘sha hujjatni shiddat bilan ochdi. Ko‘zlari qog‘ozning eng yuqori qismidagi qora harflarga tushganda, u bir soniyaga nafas olishdan to‘xtab qolgandek bo‘ldi.

— Bu nima?! — dedi Jimin tishlari orasidan ovozi bo‘g‘ilib.

Miren lablarida g‘olibona va sovuq tabassum bilan uning ko‘zlariga qaradi:

— Ajrashish shartnomasi. Biz qonunan ham, ruhan ham shu soniyadan boshlab begonamiz. Sening o‘yinlaring endi men bilan o‘tmaydi.

Palatadagi havo shu qadar og‘irlashdiki, go‘yo birgina uchqun hamma narsani portlatib yuboradigandek edi. Jimin qo‘lidagi shartnomani g‘ijimlar ekan, Mirenni butunlay yo‘q qilib yuborgisi kelardi, ammo rafiqasining bu qadar hissiyotsiz va kuchli bo‘lib qaytishi uni ham dovdiratib qo‘ygan edi.

Miren

Park Jimin qo‘lidagi ajrashish qog‘ozlarini shunday g‘ijimladingki, qog‘oz uning temirdek siqilgan kaftida deyarli burda-burda bo‘lib ketdi. Uning ko‘zlaridagi vahshiyona g‘azab endi nafaqat Lauraga, balki uning o‘ziga tik qarab turgan Miren tomonga yo‘nalgan edi.

— Bu shartnomaga men hali rozi bo‘lmadim! — deb baqirdi Jimin,

uning bo‘g‘iq ovozi palatadagi tibbiy jihozlar signalini ham bosib ketgandek bo‘ldi.

— Bu gap qayerdan chiqdi, Miren?! Men qo‘l qo‘ymagunimcha, hech qanday ajrashish bo‘lmaydi!

Miren uning bu vajohatidan zarracha bo‘lsa ham cho‘chimadi. Aksincha, uning toshdek qotgan nigohlarida Jiminning bu ojiz g‘azabiga nisbatan nafratli bir achinish paydo bo‘ldi. U daxshatli mafiya qirolining ko‘zlariga o‘limdan qo‘rqmaydigan ayolday tik boqdi:

— Mening otam va sening otang... Ular hali ham do‘stlar, — dedi Miren sovuq, dona-dona ohangda.

— Va men bu yakuniy qarorimni ularga allaqachon aytdim. Ular mening ahvolimni ko‘rib, bu nikohni davom ettirib bo‘lmasligini tushunishdi va rozilik berishdi. Shunday ekan, qaytib mening yo‘limdan chiqma, Park Jimin... Oramiz ochiq

Miren so‘zini tugatgach, Jiminning javobini eshitib ham o‘tirmadi. U ortiga shaxdam o‘girildi-da, baland poshnalarining sovuq va qat’iy ovozi ostida palata eshigi sari yo‘naldi. Eshikni shiddat bilan ochib, shifoxonaning nimqorong‘u yo‘lagiga chiqdi va ortiga qaramay ketdi. U o‘zining besh yillik baxtsiz sevgisiga mana shu palatada, hamma narsani ko‘rib turgan guvohlar qarshisida so‘nggi nuqtani qo‘ygan edi.

Jimin xonaning o‘rtasida g‘ijimlangan qog‘oz bilan qotib qoldi. Mirenning otasini va o‘z otasini bu ishga aralashtirgani, eng asosiysi, ulardan rozilik olgani Jiminning qo‘l-oyog‘ini qisman bo‘g‘ib qo‘ygandi. Chunki mafiya olamida kattalarning so‘zi va oilaviy ittifoq hamma narsadan ustun turardi.

Buni fursat bilgan Kim Sokjin esa hanuz burchakda, belidan mahkam tutib turgan Aylinni o‘ziga yanada qattiqroq tortdi. Jiminning chalg‘iganidan foydalanib, u qizning qulog‘iga g‘olibona pichirladi:
— Ko‘rdingmi, bu yerda hozir senga yordam beradigan hech kim qolmadi. Endi uyga qaytamiz, atirgulim...

— Ketadigan vaqt bo‘ldi, qizalog‘im, — dedi u shafqatsiz ohangda, uni shifoxonadan olib chiqib ketishga chog‘lanib.

Aylin uning temir changalida chorasiz qolgan bo‘lsa-da, bor kuchi bilan tipirchilab, oyoqlari bilan yerga tirandi, butun vujudi bilan qarshilik ko‘rsatishga urindi:

— Qo‘yib yuboring meni! Tegmang menga, maxluq! — deb baqirdi u ko‘z yoshlari ichida, yordam so‘rab shifoxona yo‘lagi tomonga talpinarkan.

Biroq Sokjin qizning yig‘i va yolvorishlariga zarracha e’tibor bermadi. U Aylinni majburlab, shifoxonaning nimqorong‘u yo‘lagi bo‘ylab sudrab ketdi. Ortida esa Park Jimin karavotda yotgan Laurani butunlay o‘z mulkiga aylantirish uchun o‘z tansoqchilariga sovuq imo qilayotgan edi.
Sokjin Aylinni hashamatli, qora rangli mashinasining orqa o‘rindig‘iga shafqatsizlarcha bosib, eshiklarni qulfladi. U qizni o‘z nafsining asirasi sifatida doimiy nazoratda ushlab turish uchun uni shaharning chekkasidagi, baland devorlar bilan o‘ralgan shaxsiy qasriga olib keldi. Bu yerda hech kim yo‘q edi, uyda faqat Sokjinning o‘zi va uning buyruqlarini so‘zsiz bajaradigan tansoqchilari yashardi. U Aylinni bu yerga kamsitilgan, hech qanday huquqqa ega bo‘lmagan oddiy xizmatkor sifatida joylashtirdi.

Aylin.
Aylin.
Aylin.

────────────•◈•────────────

Erta tongda Aylin o‘z yotog‘ida ko‘zlarini ochdi. Uning hashamatli, ammo panjarali qamoqxonani eslatuvchi bu uydagi asirlik hayoti kundan-kunga og‘irlashib borayotgandi. U chuqur xo‘rsinib, to‘shakdan turdi va Kim Sokjin uyg‘onishidan oldin nonushta tayyorlash uchun oshxona tomonga yo‘naldi.
Sokjin unga oddiy xizmatkor kiyimini emas, balki ataylab o‘ta kalta va tor tikilgan libosni bergan edi. Libosning yubkasi shu qadar kalta ediki, Aylin har safar plita yonida pishir-kuydir qilganda, yuqoridagi javonlardan idish-tovoqlarni olishga uringanida yubka battar ko‘tarilib ketardi. Bu narsa qizni o‘ta noqulay ahvolga solib, har soniyada kiyimini pastga tortishga majbur qilar, uning asabiylashishiga sabab bo‘lardi. U o‘zining bunday xo‘rlangan holatidan ich-ichidan ezilardi.
Aylin liqopchalarga taomni suzayotganida, oshxona eshigi sekin ochildi. Ustiga ipak xalatini tashlagan, nigohlarida hamisha bo‘lganidek sovuq va mag‘rur munosabat aks etgan Kim Sokjin ichkariga kirdi. U stol yonidagi stulga cho‘karkan, oshxonada chorasiz mehnat qilayotgan, harakat qilganida yubkasi ko‘tarilib ketayotgan Aylinga qarab sovuq iljaydi.

— Nonushta tayyor bo‘ldimi, atirgulim? — dedi u ovozini pasaytirib, qizning kiyimini pastga tortishga urinayotganini kuzatarkan.

— Ko‘rib turibman, yangi libosing senga juda yarashibdi. Juda ehtirosli va go‘zalsan.

Aylin unga javob bermay, pishgan taom solingan liqopchani stol ustiga, uning ro‘parasiga qo‘ydi. U biron soniya ham bu yerda qolishni istamay, ortiga o‘girilib, oshxonadan chiqib ketmoqchi edi.

— To‘xta, — dedi Sokjin kofe finjonini qo‘liga olib. Uning buyruqomuz ovozi xonada aks sado berdi.

— Qayerga shoshilyapsan? Men ruxsat bermagunimcha, ko‘z oldimdan ketmaysan.

Aylin majburlikdan to‘xtadi, ammo yuzini unga birmadi. Uning nafrat to‘la ko‘zlari qarshisidagi devorga qadalgan edi.

— Men nonushtani tayyorladim. Yana nima xohlaysiz mendan? — dedi qiz ovozini imkon qadar qat’iy ushlashga harakat qilib.

Sokjin joyidan turdi va unga yaqinlashdi. Aylin beixtiyor o‘zini orqaga tortdi, biroq oshxona stoli uning yo‘lini to‘sib turardi. Sokjin qizning qarshisida to‘xtab, uning noqulay ahvolda qolganiga va qaysar nigohlariga tikildi:

— Sening vazifang nafaqat taom tayyorlash, balki mening har bir buyrug‘imni so‘zsiz bajarish. Kecha tunda sening uydan qochishga bo‘lgan urinishing senga qimmatga tushishi mumkin edi. Shuni yaxshilab eslab qol: bu uydan faqat men ruxsat bersamgina chiqasan. Aks holda, tashqaridagi dunyoni butunlay unutasan.

Aylin tishlarini qisib, indamay turishga majbur bo‘ldi. Erkak uning har bir ojizligidan zavqlanayotgan edi. Sokjin nonushtasini tugatib, ish yuzasidan xonasiga chiqib ketgach, Aylin oshxonada yolg‘iz qoldi.

Aylin oshxonada butunlay yolg‘iz qolishi bilan ichida to‘planib qolgan bor dardi, alam va xo‘rligi ko‘z yoshlari bo‘lib yuzaga chiqdi. U plita yoniga ohista cho‘kkalab o‘tirdi. Tor va kalta xizmatchi libosi uning harakatlarini qiyinlashtirayotgan bo‘lsa-da, u hozir buni o‘ylaydigan ahvolda emas edi. Qiz yuzini kaftlari bilan yopib, o‘zini to‘xtata olmay unsiz hiqillab yig‘lay boshladi.

Uning onasiga bo‘lgan sog‘inchi, o‘tmishdagi xatolar ortidan kelgan mana shu asirlik hayoti yuragini pora-pora qilayotgan edi.

— Ona... Qani edi tirik bo‘lganingizda... — deb pichirladi Aylin, ovozi yig‘idan bo‘g‘ilib, ko‘z yoshlari to‘xtovsiz oqardi.

— Qani edi unga turmushga chiqmasdan, pul ortidan quvmaganingizda... Men bugun uning shaxsiy fohishasi bo‘lib, bu do‘zaxda yashamasdim! Kambag‘al bo‘lganimiz ming marta yaxshi edi... Hech bo‘lmasa, o‘z orzuim tomon borolardim...

U o‘zining chil-chil bo‘lgan orzularini, erkin hayotini eslab, devorga boshini qo‘ygancha o‘zidan nafratlanib yig‘lardi. Kim Sokjinning har bir sovuq nigohi, har bir buyrug‘i va ustidagi mana shu haqoratomuz kiyim unga har soniya qanchalik tubanlikka tushib qolganini eslatib turardi. Qiz bu hashamatli qamoqxonadan erkinlikka chiqishni, hamma narsani ortda qoldirib, o‘z hayotini noldan boshlashni hamma narsadan ko‘ra ko‘proq xohlardi.

Ayni shu paytda, uzoqdan, zinalar tomondan Kim Sokjinning og‘ir poyafzal tovushlari eshitila boshladi. U kiyinib, pastga tushayotgan edi. Aylin uning o‘z yig‘isini ko‘rishini va bundan zavqlanishini aslo istamasdi. U tezda ko‘z yoshlarini artib, o‘rnidan turdi va kiyimini pastga tortib, o‘zini hech narsa bo‘lmagandek ko‘rsatishga urindi.

Sokjin oshxonaga kirib kelganida, uning nigohi darhol Aylinning qizargan ko‘zlariga va titrayotgan lablariga tushdi. U qizning og‘riq va azobidan zavqlangandek, yuziga o‘sha o‘ta sovuq va haqoratomuz tabassumini yugurtirdi. U ohasta qadamlar bilan Aylinga yaqinlashib, uning iyaklaridan mahkam qisdi va yuzini o‘ziga qarashga majbur qildi:

— Ha, nima bo‘ldi, mening jajji fohisha qizalog‘im? — dedi u ovozini pastlatib, har bir so‘zini qizning yuragiga xanjar kabi sanchib.

— Yana o‘sha o‘tmishni o‘ylab, ko‘z yosh to‘kyapsanmi?

Aylin uning iflos qo‘llaridan qutulishga urinib, boshini siltadi. Uning ichidagi bor nafrat va g‘azab ko‘zlarida alandalanib turardi:

— Bas qiling, iltimos... Meni bunday atamang! — deb baqirdi Aylin, ovozi alamdan qaltirab.

— Men siz aytayotgan o‘sha tuban odam emasman!

Sokjin uning bu isyonidan battar zavqlandi. U qizning iyaklarini yanada qattiqroq siqdi va uning o‘sha kalta xizmatkor libosidagi chorasiz vujudiga past nazar bilan qaradi:

— Nima deyin unda? — dedi u pichirlab, yovuzlarcha iljaygancha.
— Sen allaqachon men bilan bitta to‘shakda yotgansan. Mening mulkimsan. Buni o‘zgartira olmaysan.

Aylinning ko‘zlaridan nafrat yoshlari quyilib keldi. U Sokjinning ko‘kragidan bor kuchi bilan itarib, undan bir necha qadam uzoqlashdi va uydagi hamma narsani larzaga keltiradigan darajada qat’iy va achchiq ovozda baqirdi:

— Siz meni zo‘rlagansiz! Buni menga tinmay eslatishni bas qiling! Men buni hech qachon o‘z xohishim bilan qilmaganman! Siz mening hayotimni do‘zaxga aylantirgan vahshiy hayvonsiz!

Xonadagi havo zaharli bir keskinlikka burkandi. Aylinning bu gaplari Sokjinning g‘ururiga tegdi,

Sokjinning g‘azabdan bo‘g‘ilib, Aylinning ustiga bostirib kelayotgan ayni shu xavfli soniyalarda, ulkan qasrning kirish darvozasi va ortidan oshxona eshigi shiddat bilan taqilladi Sukunatni buzgan bu ovoz Sokjinni to‘xtashga majbur qildi. U tishlarini qisgancha, Aylinga sovuq va tahdidli nigoh tashlab, eshikni ochish uchun yo‘naldi.

Eshik ochilishi bilan, ostonada o‘ta zamonaviy va qimmatbaho kiyingan, go‘zal bir qiz paydo bo‘ldi. U Sokjinni ko‘rishi bilan quvonchdan ko‘zlari chaqnab, hech qanday ogohlantirishsiz uning bo‘ynidan mahkam quchoqlab oldi.

Bu qiz — Min Sera edi. U Sokjinning qora biznes olamidagi nufuzli hamkorlaridan birining qizi bo‘lib, uzoq vaqtdan beri Sokjinning ortidan soyadek ergashib yurgan, unga ko‘ngil qo‘ygan aslzoda qiz edi.

— Seni shunchalik sog‘indim, sevgilim! Nega oldimga kelmading? — dedi Min Sera erkalangan ovozda, Sokjinning yuzlaridan o‘pib.

— Qo‘ng‘iroqlarimga ham javob bermaysan, seni qidirib o‘zim kelishga majbur bo‘ldim.

Sokjin Seraning bu kutilmagan tashrifidan va "sevgilim" degan so‘zidan birdan o‘zini o‘nglab olishga urindi. U o‘zining vahshiyona qiyofasini darhol yashirib, yuziga muloyim va jozibali tabassum kiydi. Seraning nufuzli oilasi uning biznesi uchun juda muhim edi, shuning uchun u qizni xafa qilgisi kelmadi.

— Sera? Bu yerda nima qilyapsan, azizam? — dedi Sokjin uni belidan quchib, ohangini butunlay o‘zgartirarkan.

— Ishlarim juda ko‘p edi, shunga yoningga borolmadim.

Shu payt Min Seraning nigohi Sokjinning ortida, oshxona burchagida turgan Aylinga tushdi. Aylinning ustidagi o‘sha o‘ta kalta va ehtirosli xizmatchi libosi, ko‘zlaridagi yosh izlari va to‘zg‘igan sochlari Seraning e’tiborini tortdi. Uning qoshlari chimirilib, shubha bilan Sokjinga, keyin esa Aylinga qaradi.

Aylin esa burchakda turgancha, boyagina uni "fohisha" deb haqorat qilgan maxluqning boshqa bir qiz qarshisida qanchalik soxta va muloyim bo‘lib olganini jirkanish bilan kuzatib turardi.

Min sera 23 yosh
Aqili qiz

Kim Sokjin uni sevmaydi faqat manfaati yo'lida aldab foydalanadi
Lekin Min sere uni sevadi

Sokjin xonadagi keskinlikni darhol sezdi va Seraning shubhali nigohlarini ko‘rib, vaziyatni o‘z nazoratiga olishga urindi. U Aylinga nafrat va past nazar bilan qarab, Seraning oldida uni kamsitishni maqsad qildi.

— Sera, azizam, bu qizga e’tibor berma, — dedi Sokjin qo‘lini siltab, ovozini ataylab balandlatgancha

. — Bu shunchaki yangi, tarbiyasiz xizmatkor. Ismi Aylin. Tozalashni ham, ovqat pishirishni ham eplay olmaydi.

Hozir ham ishini noto‘g‘ri qilgani uchun unga tanbeh berayotgandim. Shunga darrov yig‘lab o‘tiribdi, o‘ta noshukur va o‘jar qiz.
Min Sera erining so‘zlarini eshitib, labini burdi. U aslzoda oiladan bo‘lgani uchun xizmatchilarga past nazar bilan qarashga odatlangandi. Aylinning ustidagi ochiq, kalta libosiga va to‘zg‘igan sochlariga qarab, jirkanib pichirladi:
— Shunaqa degin? Kiyinishini qara, xizmatchiga emas, ko‘chadagi fohishalarga o‘xshaydi. Sokjin, sening uyingga bunaqa tartibsiz odamlar mos kelmaydi. Agar senga gap qaytarayotgan bo‘lsa, darhol haydab yuborish kerak!

Sokjin Seraning bu gapidan ich-ichidan yovuzlarcha zavqlandi. U Aylinning ko‘zlariga tik qarab, uning g‘ururini yanada topgamoqchi bo‘ldi:
— To‘g‘ri aytasan, azizam. Lekin uni shunchaki haydab yuborsam, ko‘chada ochidan o‘ladi. Shuning uchun hozircha mening uyimda eng og‘ir, eng iflos ishlarni qilib, o‘z aybini yuvadi.

Sokjin Aylinga qarab shafqatsiz ohangda buyruq berdi:
— Aylin! Tezda ko‘z oldimdan yo‘qol! Bor, hovlidagi it kataklarini tozalab, keyin butun uyni polini yuvib chiq! Agar biror joyda chang ko‘rsam, bugun ovqatsiz qolasan!

Aylin burchakda turgancha, labini qonaguncha tishladi. Uning ko‘zlaridan oqqan yoshlar endi chuqur nafrat va qasos o‘tiga aylangan edi. Boyagina unga zo‘ravonlik qilgan maxluq endi boshqa bir ayolning oldida uni yer bilan bitta qilib haqoratlayotgandi. U ustidagi kalta yubkasini zo‘rg‘a pastga tortib, Seraning kibrli va Sokjinning vahshiy kulgisi ostida oshxonadan tezda chiqib ketdi.

U koridor bo‘ylab yurarkan, ichida bir ont ichdi: u baribir bu do‘zaxdan qutuladi va Kim Sokjinni o‘z qo‘llari bilan vayron qiladi.

────────────•◈•────────────

Ayni shu soniyalarda, shaharning butunlay boshqa bir chekkasida — baland, temir to‘siqlar bilan o‘ralgan hamda qat’iy qo‘riqlanadigan Park Jiminning ulkan qasrida vaziyat xuddi shunday og‘ir va vahshiyona edi.
Jimin shifoxonadan majburlab, hushsiz va yarador holda olib kelingan Laurani shaxsan o‘zi ko‘tarib, qasrning eng yuqori qavatidagi avvalgi dabdabali xonasiga olib kirdi. U qizni karavotga shafqatsizlarcha otdi-da, eshikni ichkaridan qulflab, unga sovuq nigoh bilan tikildi.

Laura dori vositalarining kuchi pasaygach, og‘riq va daxshat ichida ko‘zlarini ochdi. Tanasidagi, ayniqsa, ostidagi o‘sha keskin jismoniy jarohatlar har bir qimirlaganida uni qiynab, inillashga majbur qilardi. U atrofga alanglab qaradi: qora rangdagi qimmatbaho mebellar, ulkan devorlar va uning ro‘parasida vahshiyona ehtiros bilan qarab turgan Park Jimin...

Biroq, eng daxshatlisi — Lauraning xotirasi umuman qaytmagan edi. U o‘zining o‘tmishi, bu qasrdagi hayoti va hatto ro‘parasida turgan daxshatli mafiya qiroli haqida hech narsani eslay olmasdi. U o‘zini oddiy, oilali baxtli ayol deb bilar, Jiminning bu qilmishlarini, uning nima sababdan bunchalik shafqatsizlik qilayotganini va nima uchun uni "mening eski qizimsan" deb atayotganini mutlaqo tushuna olmas edi.

Jimin karavot chetiga o‘tirib, Lauraning oppoq yuziga yaqinlashdi va uning qulog‘iga sovuq ohangda shivirladi:

— Xo‘sh, qushcham... O‘z uyuingga qaytganingdan xursandmisan? Ko‘rib turibman, bu xona senga hali ham hamma narsani eslatmayapti. Lekin mendan qochib qutula olmasligingni endi yaxshilab tushunib yetgandirsan?

Laura daxshat ichida o‘zini orqaga tortishga urindi, ko‘zlaridan shashqator yoshlar oqib chiqdi:

— Iltimos... men hech narsani tushunmayapman! — deb yig‘lab yubordi u ovozi qaltirab

. — Siz kimsiz o‘zi? Nega meni bu yerda ushlab turibsiz? Mening oilam, erim bor... Meni qo‘yib yuboring, men siz izlayotgan o‘sha qiz emasman! Siz meni kim bilandir adashtiryapsiz!

Jimin uning bu gaplaridan labini burib, sovuq kulib yubordi. U Lauraning sochlaridan mahkam tutib, yuzini o‘ziga qarashga majbur qildi. Uning nigohida nafrat va qonxo‘r ehtiros birga chaqnardi:

— Adashtiryapman? Sening mana shu titrayotgan vujudingni mingta qizning ichidan ham taniy olaman, Laura. Xotirang yo‘qolgani menga qiziq emas. Sen baribir har kecha mening nafsimni qondirishga majbursan!

Laura uning qattiq ushlashidan va tanasidagi bitmagan jarohatlar ezilganidan og‘riqqa chiday olmay chinqirib yubordi. U o‘zining chorasizligini va bu erkakning daxshatli ekanini ko‘rib, hayotidan butunlay umidini uza boshladi.

Jimin Lauraning sochlaridan changallab, uning ko‘zlariga vahshiyona tikilib turgan ayni shu soniyalarda, kutilmaganda daxshatli holat yuz berdi. Laura birdaniga boshini ikkala qo‘li bilan changalladi, uning ko‘zlari daxshatli og‘riqdan kattalashib ketdi. Qiz bamisoli miyasi ichkaridan portlab ketayotgandek shunday qattiq baqirdiki, uning nolasi qasrning sovuq devorlariga urilib aks sado berdi.

Jimin nima bo‘layotganini tushunmay, qo‘lini beixtiyor qo‘yib yubordi. Xuddi shu soniyada Lauraning oppoq yuziga o‘lim tusi kirdi va uning burun teshiklaridan quyuq, to‘q qizil rangdagi qon shashqator bo‘lib oqa boshladi. Qiz nafas ololmay bo‘g‘ildi, uning vujudi qattiq silkindi va u karavot chetiga engashib, shifoxona kiyimlari hamda qimmatbaho gilam ustiga lola-qizil qon qusdi. Uning ko‘zlari tepaga qarab ketdi, nimjon tanasi esa butunlay holsizlanib, karavotga quladi.

Jimin bu daxshatli manzarani ko‘rib, hayotida birinchi marta ich-ichidan qattiq qo‘rqib ketdi. U qonxo‘r mafiya bo‘lsa-da, Lauraning uning ko‘z oldida bu ahvolda o‘lishini aslo xohlamasdi.

— Laura! Laura, ko‘zingni och! Senga nima bo‘lyapti?! — deb baqirdi Jimin, uning yuzidagi qonlarni artishga urinib, ammo qon to‘xtamayotgan edi.

Aslida, bu tasodif emas edi. Laura o‘sha shifoxonada yotganida, u dori ta’sirida uxlab yotgan qisqa vaqt ichida uning tanasiga hayot uchun o‘ta xavfli va tibbiyotda mutlaqo taqiqlangan yashirin preparatlar yuborilgan edi. Bu daxshatli ish ortida hech kim bilmaydigan mudhish bir sir yashiringan edi: buni Jiminning shafqatsiz otasi buyurgandi. Jiminning otasi Laurani o‘z o‘g‘lining eng zaif nuqtasi deb bilar va uni butunlay yo‘q qilib yuborishni yashirincha rejalashtirgan edi, ammo bu sirni na Jimin, na boshqa birov bilardi. Bu zaharli dorilar qizning miya hujayralarini va ichki a’zolarini sekin-asta yemira boshlagan edi.

Jimin daxshat ichida xonadan otilib chiqdi va qasr bo‘ylab bor ovozi bilan baqirdi:

— Shaxsiy shifokorni tezda bu yerga olib kelinglar! Agar u o‘ladigan bo‘lsa, hammangni tiriklayin ko‘maman!

Qasrda ulkan vahima boshlandi. Laura esa to‘shakda qon ichida, hayot va mamot yoqasida jonsizdek yotardi.

Shaxsiy shifokor palataga shoshib kirib, qon ichida jonsizdek yotgan Lauraning tomir urishini, ko‘z qorachiqlarini tekshira boshladi. Jimin esa xonaning burchagida g‘azab va vahima aralash tishlarini qisib, shifokorning har bir harakatini kuzatardi. Oradan bir soat o‘tib, qizga birinchi yordam ko‘rsatilib, qon to‘xtatilgach, shifokor og‘ir qadamlar bilan Jiminning yoniga keldi. Uning yuzidagi qo‘rquv va jiddiyлик vaziyat naqadar daxshatli ekanidan darak berardi.

— Janob Park... Ahvol juda og‘ir, — dedi shifokor ovozini pasaytirib, Jiminning sovuq nigohlaridan hayiqib

. — Lauraning tanasida shunchaki qon ketish sodir bo‘lmadi. Uning qon tahlillarida inson hayoti uchun o‘ta xavfli va taqiqlangan yashirin preparat asoratlari topildi. Bu kimyoviy modda qizning miya hujayralariga shu qadar kuchli zarba berganki, uning boshida juda tez rivojlanadigan yomon sifatli o‘simta (rak) paydo bo‘libdi...

Jimin bu gapni eshitib, go‘yo tilingan kabi bo‘ldi. U shifokorning yoqasidan mahkam g‘ijimlab, uni devorga qisdi:

— Nimalar deyapsan?! To‘g‘ri gapir! Uni qutqarish sening vazifang!

— Meni eshiting, janob Jimin! — shifokor bo‘g‘ilib, zo‘rg‘a gapirdi.

— Bu preparat organizmni ichkaridan tez fursatda yemiradi. Hozirgi ahvolda qizning atigi 1 yil umri qolgan, xolos. Eng daxshatlisi, bu oddiy dori emas. U faqatgina dunyodagi eng nufuzli, o‘ta qimmat va maxfiy operatsiyalar bajariladigan, xavfli shifoxonada saqlanadi. Laura u yerda yotganida, bu preparat kimdir tomonidan maqsadli ravishda uning tanasiga yuborilgan! Buni juda qudratli va daxshatli odam rejalashtirgan, janob.

Jimin shifokorni qo‘yib yubordi va bir necha qadam ortga chekindi. Uning ongida chaqmoq chaqqandek bo‘ldi. Laura yotgan o‘sha nufuzli va qimmat shifoxona... u yerga faqatgina juda yuqori doiradagi odamlar buyruq bera olardi. Shaharda bunday ishni qilishga faqat bitta odamning — o‘zining shafqatsiz otasining kuchi va qudrati yetardi. Jimin otasining qanchalik qonxo‘rligini, u doimo Laurani o‘g‘lining eng zaif nuqtasi deb bilib, undan qutulishni xohlaganini esladi.

Jiminning ko‘zlarida ham nafrat, ham cheksiz alam o‘ti yondi. U o‘z otasining bu mudhish kirdikorini, o‘z sevgisini butunlay yo‘q qilish uchun qilgan bu yashirin jinoyatini tushunib yetayotgan edi. Laura esa karavotda oqarib, so‘nib borayotgan qushchadek yotardi. Uning bor-yo‘g‘i bir yil umri qolgan edi...

8 epizod. Tugadi .
.
.
.
.
.
Kanal : • 𝐅𝐑𝐄𝐍𝐙𝐘 𝐅𝐀𝐍𝐅𝐈𝐂𝐒 •
Author ....... #Laura_