"Market Yandex Go tanlovi" aksiyasi qoidalari
(keyingi o‘rinlarda tegishli ravishda - "Qoidalar" va "Aksiya" deb yuritiladi) 2025-yil 4-aprel
Nashr etilgan sana: 07.04.2025 y.
Kuchga kirish sanasi: 07.04.2025 y.
Tashkilotchi (Reklama beruvchi) - "YandexGo UB" MCHJ
(Registratsiya raqami: 1123972, STIR: 309457999;
Manzili (pochta manzili): Toshkent shahri, Yunusobod tumani, Shahrisabz ko‘chasi, 2-uy, Elektron pochta: marketuzbekistanandeks@gmail.com (keyingi o‘rinlarda - "Yandeks");
Promokod — bu ma’lum bir belgilar ketma-ketligi bo‘lib, uni faollashtirish va https://yandex.com/legal/marketplace_promocode_uz/uz/ havolasi orqali e’lon qilingan Market Yandex Go axborot xizmatining Promokodlaridan foydalanishning umumiy qoidalariga, shuningdek, Tashkilotchi tomonidan Ishtirokchiga yetkazilgan boshqa shartlarga rioya qilish sharti bilan Market Yandex Go xizmatlaridan Chegirma narxida foydalanish imkoniyatini taqdim etadi.
Chegirma — "Market Yandex Go" xizmatidan foydalanish qoidalari (bundan keyingi o’rinlarda - Buyurtma)ga muvofiq, Foydalanuvchi tomonidan Buyurtma berish paytida ko‘rsatilgan miqdordagi Tovarlar, Sotuvchilar uchun Foydalanuvchiga beriladigan imtiyozli narx hisoblanadi.
Market Yandex Go platformasi (Xizmat ko’rsatish) - Ijrochining yoki uning affillangan shaxslarining Xizmatdan foydalanish imkonini beruvchi barcha veb-saytlari (shu jumladan, lekin bular bilan cheklanmagan holda, Internet tarmog‘ida quyidagi manzilda joylashgan: https://market.yandex.uz/), amaliy dasturlari (shu jumladan, mobil qurilmalar uchun dasturlar).
Qoidalarda "Market Yandex Go" xizmatidan foydalanish shartlari berilgan https://yandex.com/legal/market_termsofuse_uz/uz/ hujjatida, shuningdek, https://yandex.com/legal/marketplace_promocode_uz havolasi orqali e’lon qilingan Market Yandex Go axborot xizmatining Promokodlaridan foydalanishning umumiy qoidalarida belgilangan atamalardan foydalanish mumkin.
1.1. Aksiya lotereya hisoblanmaydi.
1.2. 1.2. Aksiya 07.04.2025-yil soat 20:30 dan 28.04.2025-yil soat 18:00 gacha davom etadi. Vaqt hisobi bu yerda va undan keyin Toshkent vaqti bo‘yicha amalga oshiriladi.
2.1. Ushbu Aksiya qoidalari va sovrinlarni olish shartlari quyidagi manzilda joylashgan: https://graph.org/Pravila-Akcii-Konkurs-s-Market-Yandex-Go-04-. Aksiyaning Maxsus sovrinlar fondi Tashkilotchi hisobidan shakllantiriladi va quyidagi sovrinlardan iborat bo‘ladi. (hammasi birgalikda keying o’rinlarda "Sovrinlar" deb ataladi):
2.1.1. Aksiya qoidalarining 4.1-bandda ko‘rsatilgan mukofotlar.:
2.1.1.1. Xizmat ko’rsatish platformasida ko‘rsatilgan 1 (bitta) "Beko WRE6512BWW kir yuvish mashinasi" (https://ya.cc/t/oAJ-9iuG6a4Rpa) mahsulotiga buyurtma berishda tovar qiymatining 99 foizigacha chegirma promokodi. Promokodning amal qilish muddati 28.04.2025-yil soat 18.00 dan 05.05.2025-yil soat 23.59 gacha.
2.1.1.2. Xizmat ko’rsatish platformasida ko‘rsatilgan 1 (bitta) "Apple Airpods 4 simsiz quloqchinlari" (2024) mahsuloti qiymatining 99% gacha chegirma promokodi. Xizmatda ko‘rsatilgan tovarni buyurtma qilishda "shovqin yo’qotuvchi xususiyati yo’q, oq rangda" bo’lgan (https://ya.cc/t/CWAS07FV6Y3rMX) buyurtmaga amal qiladi. Promokodning amal qilish muddati 28.04.2025-yil soat 18.00 dan 05.05.2025-yil soat 23.59 gacha.
2.1.1.3 Xizmat ko’rsatish platformasida ko‘rsatilgan 1 (bitta) "Sony PlayStation 5 Slim Digital Edition o‘yin konsoli (Diskovodsiz)" (https://ya.cc/t/2WqWf-qI6Y3tmR) mahsuloti qiymatining 99% gacha chegirma promokodi. Promokodning amal qilish muddati 28.04.2025-yil soat 18.00 dan 05.05.2025-yil soat 23.59 gacha.
2.1.1.4. Xizmat ko’rsatish platformasida ko‘rsatilgan 1 (bitta) "Xiaomi Deerma DX 888 uy va ofis uchun, simli, vertikal changyutgich" (https://ya.cc/t/DQkeeB7B6Y3xE5) mahsuloti qiymatining 99% gacha chegirma promokodi. Promokodning amal qilish muddati 28.04.2025-yil soat 18.00 dan 05.05.2025-yil soat 23.59 gacha.
2.1.1.5. Xizmat ko’rsatish platformasida ko‘rsatilgan 1 (bitta) "Apple iPhone 16 Pro mobil telefoni 128 GB Black Titanium" (https://ya.cc/t/hjotPzIY6Y3yuT) mahsuloti qiymatining 99% gacha bo‘lgan chegirma promokodi. Promokodning amal qilish muddati 28.04.2025-yil soat 18.00 dan 05.05.2025-yil soat 23.59 gacha.
2.1.1.6. Xizmat ko’rsatish platformasida ko‘rsatilgan 1 (bitta) "Yandex Midi YNDX-00054 Black" (https://ya.cc/t/RzMXLCvQ6Y3zMG) mahsuloti qiymatining 99% gacha chegirma promokodi. Promokodning amal qilish muddati 28.04.2025-yil soat 18.00 dan 05.05.2025-yil soat 23.59 gacha.
2.1.2. Aksiya qoidalarining 4.2.-bandda ko‘rsatilgan mukofotlar:
2.1.2.1. Xizmat ko’rsatish platformasida ko‘rsatilgan 1 (bitta) "Beko WRE6512BWW kir yuvish mashinasi" (https://ya.cc/t/oAJ-9iuG6a4Rpa) mahsulotiga buyurtma berishda tovar qiymatining 99 foizigacha chegirma promokodi. Promokodning amal qilish muddati 28.04.2025-yil soat 18.00 dan 05.05.2025-yil soat 23.59 gacha.
2.1.2.2. Xizmat ko’rsatish platformasida ko‘rsatilgan 1 (bitta) "Apple Airpods 4 simsiz quloqchinlari" (2024) mahsuloti qiymatining 99% gacha chegirma promokodi. Xizmatda ko‘rsatilgan tovarni buyurtma qilishda "shovqin yo’qotuvchi xususiyati yo’q, oq rangda" bo’lgan (https://ya.cc/t/CWAS07FV6Y3rMX) buyurtmaga amal qiladi. Promokodning amal qilish muddati 28.04.2025-yil soat 18.00 dan 05.05.2025-yil soat 23.59 gacha.
2.1.2.3 Xizmat ko’rsatish platformasida ko‘rsatilgan 1 (bitta) "Sony PlayStation 5 Slim Digital Edition o‘yin konsoli (Diskovodsiz)" (https://ya.cc/t/2WqWf-qI6Y3tmR) mahsuloti qiymatining 99% gacha chegirma promokodi. Promokodning amal qilish muddati 28.04.2025-yil soat 18.00 dan 05.05.2025-yil soat 23.59 gacha.
2.1.2.4. Xizmat ko’rsatish platformasida ko‘rsatilgan 1 (bitta) "Xiaomi Deerma DX 888 uy va ofis uchun, simli, vertikal changyutgich" (https://ya.cc/t/DQkeeB7B6Y3xE5) mahsuloti qiymatining 99% gacha chegirma promokodi. Promokodning amal qilish muddati 28.04.2025-yil soat 18.00 dan 05.05.2025-yil soat 23.59 gacha.
2.1.2.5. Xizmat ko’rsatish platformasida ko‘rsatilgan 1 (bitta) "Apple iPhone 16 Pro mobil telefoni 128 GB Black Titanium" (https://ya.cc/t/hjotPzIY6Y3yuT) mahsuloti qiymatining 99% gacha bo‘lgan chegirma promokodi. Promokodning amal qilish muddati 28.04.2025-yil soat 18.00 dan 05.05.2025-yil soat 23.59 gacha.
2.1.2.6. Xizmat ko’rsatish platformasida ko‘rsatilgan 1 (bitta) "Yandex Midi YNDX-00054 Black" (https://ya.cc/t/RzMXLCvQ6Y3zMG) mahsuloti qiymatining 99% gacha chegirma promokodi. Promokodning amal qilish muddati 28.04.2025-yil soat 18.00 dan 05.05.2025-yil soat 23.59 gacha.
Keyingi o’rinlarda birgalikda "Promokodlar" va alohida "Promokod" atamalaridan foydalaniladi.
2.2. Promokod O‘zbekiston Respublikasi hududida amal qiladi.
2.3. Ushbu Aksiya shartlarida Promokod bo‘yicha chegirma olish uchun Ishtirokchi Promokod amal qilish davrida Xizmatda avtorizatsiya qilishi, Tovarga buyurtma berishi va "Market Yandex Go" xizmatidan foydalanish shartlari https://yandex.com/legal/market_termsofuse_uz/uz/ va https://yandex.com/legal/marketplace_promocode_uz havolasi orqali e’lon qilingan Market Yandex Go axborot xizmatining Promokodlaridan foydalanishning umumiy qoidalariga muvofiq Buyurtma shaklini to‘ldirishda Promokodni faollashtirishi kerak.
3. AKSIYA ISHTIROKCHISI (KEYINGI O‘RINLARDA - ISHTIROKCHI) BO‘LISH UCHUN QUYIDAGILAR AMALGA OSHIRILISHI ZARUR:
3.1. 18 yoshga to‘lgan va Toshkent shahri hududida doimiy yashovchi O‘zbekiston Respublikasining to‘liq muomalaga layoqatli fuqarosi bo‘lishi;
3.2. Aksiyani o‘tkazish davrida Qoidalarning 4-bo‘limiga muvofiq Aksiyada ishtirok etish shartlarini bajarishi;
3.3. Telegram messenjeri yoki Instagram mobil ilovasining foydalanuvchisi bo‘lishi.
4. AKSIYADA ISHTIROK ETISH SHARTLARI
Aksiyani o‘tkazish doirasida ikkita alohida shartlar qo‘llaniladi (Aksiyada ishtirok etish shartlarini bajarish uchun zarur bo‘lgan Ishtirokchining harakatlari ketma-ketligi va (yoki) majmui):
4.1. Ishtirokchi – Aksiya qoidalarining 1.2-bandida ko’rsatilgan Aksiya qoidalariga ko‘ra, Telegram messenjerining https://t.me/market_yandex_go_uz kanaliga obuna bo‘lishi, telegram foydalanuvchisi sifatida ishtirok etishi va ushbu Aksiyani e’lon qiluvchi yozuv ostidagi Telegram messenjerining https://t.me/market_yandex_go_uz kanalida "Ishtirok etaman" yoki shunga o‘xshash boshqa tugmani bosish kerak.
4.2. 1.2-bandda ko‘rsatilgan Aksiya davomida Instagram mobil ilovasi foydalanuvchisi bo‘lgan ishtirokchi quyidagilarni amalga oshirishi zarur:
- Instagram mobil ilovasidagi https://www.instagram.com/market.yandex.go.uz/ sahifasiga obuna bo‘lish.
- Instagram mobil ilovasi funksiyasi orqali o‘z akkauntingiz storiesiga ushbu Aksiyani e’lon qiluvchi https://www.instagram.com/market.yandex.go.uz/ Instagram mobil ilovasidagi akkaunt sahifasida e’lon (post) qo‘shish (storisga repost qilish).
- ko‘rsatilgan hikoyani (storis) Instagram mobil ilovasi funksiyasi orqali Instagram mobil ilovasidagi o‘z akkauntining "dolzarb" bo‘limiga, shu jumladan "Dobavit v aktualnoye" tugmasini bosish orqali qo‘shish.
- ushbu Aksiyani e’lon qiluvchi Instagram mobil ilovasidagi https://www.instagram.com/market.yandex.go.uz/ akkaunt sahifasida "ishtirok etaman" so‘zi bilan izoh qoldirish.
4.3. Ishtirokchi Aksiya shartlaridan faqat bittasini bajarishga haqli (Aksiya qoidalarining 4.1-bandi yoki 4.2-bandi).
5.1. Ishtirokchi bajargan shartlarga qarab, tasodifiy tanlov asosida Tashkilotchi tomonidan tanlangan 1 (bitta) Sovrinni yutib olish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Tasodifiy tanlov Tashkilotchining ixtiyoriga ko‘ra amalga oshiriladi.
5.2. Sovrinlar egalari 28.04.2025-yil soat 18:30 dan oldin Tashkilotchi tomonidan ishtirokchilar guvohligida Aksiyada ishtirok etish shartlari bajarilganda tasodifiy randomayzer yordamida aniqlanadi. Tasodifiy tanlov Tashkilotchining ixtiyoriga ko‘ra amalga oshiriladi.
5.3. 28.04.2025-yilgacha Aksiya tashkilotchisi Aksiya bajarilish shartlariga qarab Telegram messenjeridagi shaxsiy chat yoki Instagram mobil ilovasida (bundan keyin - chat) va/yoki Telegram messenjeridagi https://t.me/market_yandex_go_uz kanalida yoki Instagram mobil ilovasidagi https://www.instagram.com/market.yandex.go.uz/ akkaunt sahifasida Aksiya natijalari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni jamoatchilikka yetkazish orqali Sovrinni olish shartlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni Ishtirokchiga yetkazadi.
Ishtirokchi Aksiya tashkilotchisining Ishtirokchi bilan suhbatga kirish imkoniyati uchun mustaqil ravishda javobgar bo‘ladi.
5.4. Aksiyada ushbu Qoidalarda belgilangan tartibda ishtirok etish orqali Ishtirokchi Tashkilotchiga Aksiyada ishtirok etish, Sovrinni olish, Aksiya natijalari haqida ma’lumot berish va e’lon qilish maqsadida taqdim etilgan Ishtirokchining shaxsiy ma’lumotlarini Tashkilotchi tomonidan qayta ishlashiga va Aksiyani o‘tkazish bilan bog‘liq ushbu Qoidalarga muvofiq Ishtirokchiga axborot xabarlarini yuborishiga rozilik beradi. Shaxsiy ma’lumotlar deganda Ishtirokchi o‘zi haqida mustaqil ravishda taqdim etadigan ma’lumotlar, jumladan: Telegram messenjeri yoki Instagram mobil ilovasidagi taxallus tushuniladi.
5.5. Tashkilotchi shaxsiy ma’lumotlarni qayta ishlashni Maxfiylik siyosatiga muvofiq amalga oshiradi https://yandex.com/legal/yandexgo_privacy_notice/en/.
5.6. Sovrin boshqa sovrin bilan almashtirilmaydi va pul bilan berilmaydi. Yo‘qotilgan sovrin tiklanmaydi.
5.6.1. Mukofot noyob hisoblanadi. Agar Sovrin Xizmatda qo‘llanilgan bo‘lsa, Ishtirokchi Sovrindan to‘liq foydalangan hisoblanadi.
5.7. Sovrinlar soni cheklangan. Ushbu Aksiya doirasidagi Sovrinlarning umumiy soni 12 ta.
5.8. Sovrin Aksiya ishtirokchilarining kutgan sovrinlariga mos kelmasligi mumkin va Tashkilotchining ixtiyoriga ko‘ra qiymati bo‘yicha unga teng Sovringa almashtirilishi mumkin.
5.9. Tashkilotchi quyidagi hollarda Aksiya ishtirokchisiga Sovrinni berishni rad etishga haqli:
- Tashkilotchiga bog‘liq bo‘lmagan sabablarga ko‘ra, Tashkilotchi Aksiya g‘olibi bilan bog‘lana olmasa;
- Aksiya g‘olibi Tashkilotchining xabariga javob bermadi va/yoki Tashkilotchi so‘ragan ma’lumotlarni taqdim etmasa;
- Aksiya g‘olibi Qoidalarning boshqa shartlarini buzsa.
5.10. Tashkilotchi Sovrinni Aksiya g‘olibiga chatdagi shaxsiy xabarlarga yuborgan paytda Sovrinni berish bo‘yicha majburiyatlarni bajargan hisoblanadi.
5.11. Promokod bo‘yicha Chegirmani hisobga olgan holda bitta tovarning qiymati, ushbu Qoidalarda ko‘rsatilgan Promokod bo‘yicha Chegirma miqdoridan qat’i nazar, 1 (bir) so‘mdan kam bo‘lishi mumkin emas.
6.1. Tashkilotchi Aksiya boshlanganidan keyin uni muddatidan oldin to‘xtatish va/yoki Aksiya ishtirokchilarini bunday to‘xtatish haqida oldindan xabardor qilmasdan, tegishli ma’lumotlarni https://graph.org/Pravila-Akcii-Konkurs-s-Market-Yandex-Go-04-07 havolasiga joylashtirgan holda Aksiyani o‘tkazish qoidalarini o‘zgartirish huquqiga ega.
6.2. Aksiya tashkilotchisi Aksiya ishtirokchilari bilan yozma muzokaralar olib bormaslik yoki boshqa aloqalar o‘rnatmaslik huquqiga ega, Aksiya Qoidalari va O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.
6.3. Aksiyada ishtirok etish Aksiya ishtirokchilarining ushbu Qoidalar, "Market Yandex Go" xizmatidan foydalanish shartlari https://yandex.com/legal/market_termsofuse_uz/uz/, shuningdek, https://yandex.com/legal/marketplace_promocode_uz havolasi orqali e’lon qilingan Market Yandex Go axborot xizmatining Promokodlaridan foydalanishning umumiy qoidalari bilan tanishishi va ularga to‘liq roziligini anglatadi.
6.4. Aksiya tashkilotchisi Aksiyada ishtirok etish munosabati bilan Aksiya ishtirokchisiga yetkazilishi mumkin bo‘lgan zarar, uchinchi shaxslarning aybi bilan Aksiya ishtirokchisiga yoki uning mol-mulkiga yetkazilgan zarar, Aksiya ishtirokchisining O‘zbekiston Respublikasi qonunlarini buzishi va bunda yuzaga kelgan oqibatlar, Aksiyada ishtirok etish munosabati bilan Aksiya ishtirokchisi tomonidan uchinchi shaxslarga yetkazilgan har qanday zarar uchun javobgar bo‘lmaydi.
6.4.1 G‘olib Aksiya tashkilotchisi tomonidan taqdim etilgan barcha hujjatlarni (masalan, Sovrinlarni olish haqidagi tilxat, shaxsiy ma’lumotlarni qayta ishlashga rozilik va h.k.) Sovrinlarni topshirish paytida imzolash majburiyatini oladi. Tashkilotchi Aksiya Mukofotini oluvchi Tashkilotchi tomonidan taqdim etilgan hujjatlarni imzolaguniga qadar Sovrinni bermaslik yoki G‘olib hujjatlarni imzolashni rad etgan taqdirda, ilgari topshirilgan Aksiya Sovrinini qaytarishni talab qilish huquqini o‘zida saqlab qoladi.
6.5. Sovrinni qaytarish, ayirboshlash va uchinchi shaxslarga berish mumkin emas.
6.6. Tashkilotchi Aksiya ishtirokchisining Sovrinni olish va undan foydalanish bo‘yicha qo‘shimcha xarajatlarini qoplamaydi.
6.7. Tashkilotchi, agar Aksiya g‘olibi Sovrinni yo‘qotishi, uchinchi shaxslar tomonidan berilishi yoki u Aksiya g‘olibiga yuborilgandan keyin uchinchi shaxslarning Sovringa noqonuniy kirishi natijasida undan foydalana olmasa, javobgar bo‘lmaydi, qo‘shimcha Sovrinlarni taqdim etmaydi va zararlarni qoplamaydi.
6.8. Aksiyani o‘tkazish bilan bog‘liq yuzaga keladigan barcha nizoli masalalar O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligi qoidalari asosida tartibga solinadi.