June 23

Iblis Laʼnati

* Tong otdi Minsu uyg‘ondi ular hali ham sohildagi uyda edilar Vni chaqiraman deb nafas rostlagandi hamki o‘zi xonaga kirib keldi

V: Salom azizam

Minsu: Xayrli tong sevgilim

V: Yur nonushta qilamiz

* V Minsuni ko‘tarib oshxonaga olib bordi, nonushta qila boshlashdi

Minsu: V uyga qachon ketamiz?

V: Kechqurun boramiz

Minsu: Nimaga kechqurun

V: Shunday qilish kerak. Bu surpriz

Minsu: Unda mayli. V qolganlar meni yomon ko‘rib qolishmadimikin deb o‘ylayapman ularga rosa yomon muomala qildim o‘zimni hali ham aybdordek his qilyapman

V: Hech qisi yo‘q Minsu ular nega bunday qilganingni tushunishadi shuning un xavotir olma ular sendan umuman xafa emaslar

Minsu: Unda mayli xavotir olmayman

* Soat 16:00.

V: Hayotim zerikib ketmadingmi?

Minsu: yo‘q lekin qiziqib ketyapman uyga qachon boramiz?

V: Birozdan keyin hammasi tayyor bo‘ladi faqat yana biroz kut

Minsu: Mayli, V aytgancha oyim yaxshimi unga hech narsa bo‘lmadimi?

V: Xavotir olma hammasi joyida men uni hech kim bilmaydigan uyimga ko‘chirib qo‘ydim undan Jisoo o‘zi xabar olib turibdi

Minsu: Xayriyat unga hech narsa bo‘lmabdi

* Birozdan keyin tayyorlanib uyga teleport qilishdi

Minsu: Jisoo qizlar hammangiz meni kechiring men sizlarni dilingizni og‘ritmoqchimasdim

Jisoo: Minsu sen bizni judayam qo‘rqitib yubording lekin uzr so‘rashingga hojat yo‘q sen buni oyim un qilgansan axir. Shuning un bu haqida boshqa o‘ylama

Lisa: Albatta axir biz dugonalarmiz Minsu

Rose: To‘ppa to‘g‘ri

Jennie: Va qayta yarashib olganingizdan ham xursandmiz

Minsu: Hammangizga rahmat qizlar

Jin: Bo‘pti Minsu tayyormisan

Yoongi: Chunki biz tayyormiz

Jimin: V biz boshladik

Rose: 1 2 3

Happy birthday too you Happy birthday too you Happy birthday Happy birthday Happy birthday too you.........

Minsu: Ey hudoyim rahmat hammangizga tug‘ilgan kunim ekanligi umuman esimda yo‘q edi

V: Tug‘ilganing uchun rahmat go‘zalim

Lisa: Endi ziyofatni boshlaymiz

Jennie: Lisa biroz to‘xtab tur avval tortni kesamiz

Jin: Men birga kessam bo‘ladimi?

V: Yo‘q!

* Qizlar tortni olib kelishdi

/Minsu:Har doim shunday baxtli bo‘lishni xohlayman /

Lisa: Endi boshladik

*Minsu tortni kesdi avval zivofatga o‘tirishdi keyin esa qizlar bilan musiqa qo‘yib o‘ynay boshlashdi

Jin: Rose men bn raqsga tushasanmi?

Rose: albatta ketdik

* Jin va Rose raqsga tusha boshlashdi. Jimin esa ularni xuddi yebqo‘ygudek kuzatardi. Bir hafta o‘tgach hamma nonushta qilib o‘tirgandi Jimin va Rose oshxonaga pechene olishga ketishgandi

Taehyung Minsu

Minsu: ular qolib ketishdimi?

Jin: Minsu men boraman
JIMIN

* Jin oshxonaga kirib qotib qoldi

Jin: Bu yerda nimalar bo‘lyapti? Tushunmadim

Yoongi: Nega unday deyapsan hyon

* Yoongi va J hope Jinni orqasidan kirib ko‘rishdi

Yoongi: Bu vahima qiladigan narsa emasku yoki sen Jiminni oxirgi paytlar o‘zgarib qolganini sezmaganmiding

J hope: To‘g‘ri Minsu tug‘ilgan kuni sen Rose bn raqs tushganingda Jimin seni deyarli yeb qo‘yay dedi

Jin: Rostdanmi? Men umuman payqamadim

Yoongi: Jin bo‘ldi ularga halaqit berma

J hope: To‘g‘ri aytyapti yur ketdik

Jimin: Rostdan lekin yaxshi bo‘lardi

Rose:.......

Minsu: Nega endi hammangiz qolib ketdingiz Rose?

Rose: Labbay Minsu

* Jin yugurib borib qolganlarga nima bo‘lganini aytib berdi

Lisa: Bu tabiiy hol edi

Jisoo: To‘g‘ri Rose ham Jimindan ko‘z uzolmayotgandi

Jennie: Rostdanmi? Men umuman payqamabman

Rm: Bo‘ldi endi hammangiz keling nonushta qilayotgandik axir

V: Azizam sen ham kel tezroq qorningni to‘ydir yo‘qsa och qolasan

Minsu: Hozir ketyapman

* Rose va Jimin hali ham oshxonada edilar Minsu oshxona eshigidan endi chiqib aksirib yubordi. Kuchli aksirish hatto yer qimirlagandek bo‘ldi

V: Bu yana nimasi bo‘ldi

Minsu: Nima??? Nima bo‘ldi?

Lisa: Minsu sen iblis kuchini ishlatding

* V tezda uni yoniga borib qorniga qo‘lini qo‘ydi

Minsu: Axir men hali iblis bo‘lmadimku to‘g‘rimi unda qanday qilib bunday bo‘ldi?

V: Bo‘ldi bo‘ldi Minsu azizam bu sen emas o‘g‘limiz

Minsu: Nima rostdanmi?

Jimin: Minsu sen bizni deyarli uchirib yubording

Minsu: Kechirasizlar lekin o‘zim ham qo‘rqib ketdim

V: Lekin shunda ham hali menimcha biroz erta edi to‘g‘rimi?

Jisoo: To‘g‘ri menimcha bu uning kuchiga bog‘liq bo‘lsa kerak qanchalik kuchi ko‘p bo‘lsa shunchalik tez uni ishlata oladi

V: Ha menimcha esa u birdan aksirganingdan qo‘rqib ketib shunday qildi

Minsu: Xayriyat jonim chiqib ketay dediya

V: Mayli bo‘ldi tinchlan yur tezroq nonushtangni qil

Minsu: Xo‘p

V: Sen mittivoy hali anchagina hayron qoldirasan shekilli lekin ehtiyot bo‘l oyijoningga zarar yetkazib qo‘yma

Jennie: Qaranglar uning mehribonligini

Jk: Bu bn nima demoqchisan

Lisa: Oliyjanoblikni o‘rganing demoqchimiz

Yoongi: Hoo yanachi?

* Nonushta qilib bo‘lgach mehmonxonada V bn Minsu o‘tirgandi Jisoo oyisi oldiga ketgan edi qaytib keldi

Jisoo: Minsu sen bn gaplashib olsak maylimi bir gapim bor edi

V: Jisoo nimadir bo‘ldimi oyim yaxshimi?

Jisoo: Ha aka xavotir olmang hammasi yaxshi

Minsu: Yur unda bizni xonamizga chiqib gaplashamiz

* Minsu Jisoo bn tepaga chiqdi lekin Jisoo ularning xonasiga kirmay o‘zini xonasiga yetaklab ketdi

Minsu: Jisoo senga rostdan ham nimadir bo‘ldimi nimadandir judayam xafaga o‘xshaysan

* Jisoo uni xonasiga olib kirib stolga o‘tirg‘izdi

Jisoo: Minsu iltimos meni diqqat bilan eshit. Men oyimni yoniga borganimda tinmay qon qusayotgan ekan undan nega bunday bo‘layotganini so‘radim aytishicha u yer ostidunyosida bo‘lganida qandaydir tuzatib bo‘lmas kasallik orttirib olgan ekan keyin esa ketamanga tushdi. Uni bir amallab qolishga ko‘ndirdim lekin buning evaziga uning kasali haqida akamga aytmaslikka va'da berdim. Minsu men nima qilishni bilmayapman oyimni qutqarolmayman va bu haqida hatto akamga ham aytolmayman men o‘zimni shunchalar ojiz his qilyapmanki

Minsu: Jisoo bo‘ldi yig‘lama kasallikni umuman davolab bo‘lmaydimi? Balki biron iloji bordir

Jisoo: Yo‘q Minsu kechirasan men bu gaplarni sendan boshqa hech kimga ayta olmayman faqat iltimos akamga aytma kasallikni rostdan ham tuzatib bo‘lmaydi

Minsu: Xo‘p Jisoo tushundim unga aytmayman senga va'da beraman

Jisoo: Rahmat Minsu

* Minsu Jisooni ovutib pastga tushdi. To‘g‘risida V J hope bn gaplashib o‘tirishgandi. Minsu Vga qarab Maya xonim haqida o‘ylanib qoldi

V: Azizam nimadir bo‘ldimi?

Minsu: Yo‘q sevgilim hammasi joyida

* Minsu unga qarab ketayotgandi yana o‘sha kuchli aksirish hammayoq larzaga keldi. V yoniga shamol tezligida kelib qornini siladi

V: Bo‘ldi bo‘ldi o‘g‘lim tinchlan hammasi joyida men seni yoningdaman

Minsu: V shunaqangi yoqimtoy ko‘rinyapsanki

* Yetti oydan so‘ng

Minsu: Jisoo borgan sari hayajonlanib ketyapman

Jisoo: Xavotir olma biz hammamiz sening yoningdamiz

* Minsu va Jisoo oshxonada edi, V esa qolganlar bn mehmonxonada o‘tirgandi. Minsuni to‘lg‘oq tuta boshladi

Minsu: JISOO JISOO
Boshlanyapti V V V

Jisoo: Aka yugur to‘lg‘oq boshlandi

V: Nima??

* V Minsuni ko‘tarib mashinaga olib chiqdi keyin esa katta tezlikda shifoxonaga yetib borishdi

Hamshira: Janob Kim uyog‘iga mumkinmas kutib turing iltimos

* V anchagina kutib turdi qolganlar ham kelishdi

Yoongi: Xo‘sh hali chiqishmadimi?

V: Yo‘q

Jennie: Jungkook biz buket olishni unutmadikmi?

Jk: yo‘q oldim shu yerda tayyor

Jm: Menimcha hech narsani unutmadik

Rose: Jin sen nima kasalxonaga alkogol olib keldingmi?

Jin: Ha nima qilibdi jiyanimni tug‘ilgan kunini nima bn nishonlayman axir

* Hamshira chiqdi

V: Hamshira nima bo‘ldi xotinim yaxshimi? Ularni ko‘rsam bo‘ladimi?

H: Janob Kim tabriklayman o‘g‘il farzandli bo‘ldingiz xotiningiz yaxshi lekin hozircha faqat bir kishi uning oldiga kirishi mumkin

* Hamma: Tabriklaymiz tabriklaymiz. V asta Minsuni palatasiga kirib ketdi

H: Janoblar bu yerga spirtli ichimlik bn kirish qatiyan man qilingan bunga rioya qilasizlar degan umiddaman

Jin: Lekin axir men nishonlashim kerak...

* Lisa Jinni gapini cho‘rt kesdi

Lisa: Xavotir olmang hamshira bunday qilishmaydi

Yoongi: Jin sen esa qo‘lingdagini yo‘qot yo‘qsa hozir hammamizni haydab chiqarishadi

.
.
.
.
.
Muallif : Soeyon