Love in Air
Tong hali yorisha boshlagandi. Zara asta ko‘zlarini ochdi. Atrof jim-jit, xona ichiga xira yorug‘lik tushayotgan edi, yelkasi tomon qaradi. Song Kang... u Zara bilan bir yotoqda, yelkasiga engashib Zarani quchoqlab uxlayotgan edi. Bu manzara Zarani titratib yubordi.
O‘zini yomon his qilardi. Asta yuzini boshqa tomonga burdi, va yigʻlab yubordi.
Song Kang uning yig‘isini eshitib uyg‘ondi. Ko‘zlarini ohista ochdi va yonida yelkasi titrab yotgan Zaraga tikildi.
— Zaram? — deb ohangida xavotir sezildi. U darrov uni quchog‘iga oldi. — Nima bo‘ldi, yig‘layapsan?
Zara boshini ko‘tarmadi. Ko‘z yoshlarini artishga urinar, ammo ularni to‘xtata olmasdi. Ovozi titrab gapirdi:
— Kecha… sizni majburlab olib qoldim, to‘g‘rimi?.. Siz o‘zingiz istamadingiz… Men bilan tun o‘tkazishni xohlamagandingiz, shundaymi?..
Uning so‘zlari yuragini ezayotgandi. U o‘zini aybdorlikni his qilardi. Ko‘zlarida iztirob, yuzida uyat aralash alam bor edi.
Song Kang hech nima demadi. Faqat bir lahza unga jiddiy tikilib turdi. So‘ng ohista yuzini tutib, lablariga engashdi. Uni mehr bilan, yurakdan o‘pdi. Bu boʻsada hech qanday majburlash yo‘q edi.
Bu — muhabbat edi.
Tinch, sokin, lekin yurakni larzaga soladigan tuyg‘ular edi.
Song Kang bo‘sani uzdi. Ko‘zlarini uning yuziga qadab, peshonasiga lablarini bosdi:
— Zara, endi o‘zing ayt-chi, mana shu bo‘sadan keyin ham menga nisbatan shunday o‘ylaysanmi?.. — dedi u past ovozda. — Men seni istab yoningda bo‘ldim. Bu men uchun majburlik emasdi. Men seni... chin dildan sevaman, Zaram.
Zara ko‘zlarini katta ochib unga tikildi. Yuragi tez urar, gapira olmayotgandi.
Song Kang kulimsirab uni mahkam quchdi. Uning sochlaridan, bo‘ynidan chuqur hidladi.
— Albatta, sevgilim, — dedi
— Men sendan boshqa hech kimni xohlamayman.
Zara yuragidagi og‘irlik asta yengillashdi. Yuzida shirin tabassum paydo bo‘ldi. Bu ilk bor edi — kimdandir shu darajada iliq so‘zlar eshitishi.
Ular birga nonushta qilishdi. Oddiy, lekin unutilmas tong edi. Zara Song Kangning har bir harakatidan mehr sezdi. Ular ko‘z-ko‘zga qarashar, bir-biriga mehr bilan jilmayishardi.
Song Kang uni maktabga olib borib qo‘ydi. Mashinadan tusharkan, Zara yuragida allaqanday ishonch, iliqlik his qildi. Mashinaning oynasidan qarab:
— Ko‘rishguncha, sevgilim, — dedi u kulib.
Kechqurun u dugonalariga hammasini aytib berdi. Chehrasi kulardi, yuragi esa hayajon bilan to‘lgan edi. Va u nihoyat dugonalariga shunday dedi:
"Biz endi haqiqiy sevishganlarmiz…"
Oradan bir necha kun o‘tgandi. Maya ugun Jungkook bilan gaplashmaganini sezdi. Yuragida nimadir bezovta qilardi. Telefonini qo‘lga olib, unga qo‘ng‘iroq qildi. Bir marotaba... ikki marotaba... javob yo‘q.
Ichida vahima uyg‘ona boshladi. “Nega ko‘tarmayapti?.. Yaxshimikin o‘zi?” deb yuragi g‘ash bo‘ldi. U darrov Taehyungga qo‘ng‘iroq qildi.
— Taehyung, Jungkookni ko‘rdingizmi? Telefon qilsam javob bermayapti…
— Ha, ko‘rdim. U shamollab qolgan. Issig‘i baland, anchadan beri o‘rnidan turolmayapti. Uyda yotibdi hozir.
Bu gapni eshitgan Maya“u yolg‘iz bo‘lsa-chi? Yonida hech kim yo‘q-ku...” deb Jungkookni uyiga bordi.
Jungkookning uyiga yetib borganda eshik ochiq edi. Yuragi gupillab urar, qanday holatda bo‘lishini tasavvur qilolmasdi. Sekin ichkariga kirdi. Uy jimjit. Na tovush, na harakat.
U asta Jungkookning xonasiga yo‘l oldi.
Yotoqda u yotardi. Sochlari peshonasiga yopishib qolgan, yuzi oqarib ketgan edi. Maya yuragi siqilib, uning yoniga o‘tirdi. Peshonasiga qo‘lini qo‘ygan zahoti issiqlik qo‘lini kuydirgudek bo‘ldi.
— Jungkook… — dedi pichirlab. Ko‘zlarida yosh yiltilladi.
Darrov vanna xonasiga yugurdi. Sovuq suvga sochiqni botirib, unga qaytib keldi. Sochiqni ohista peshonasiga bosdi. Har bir harakati mehrli va xavotirli edi. Issig‘i juda baland edi. Sochiqni yana sovuq suvga botirib, yana peshonasiga qo‘ydi.
— Iltimos, o‘zingizga keling... — dedi
Soatlar o‘tib kech bo‘lib ketdi. Issig‘i biroz pasaydi. Ammo u hanuz ko‘zlarini ochmagandi,Maya uni titrayotgani sezib sekin yoniga yotdi. Uni orqasidan quchoqlab, issiqligini ulashdi. Boshini uning yelkasiga qo‘ydi. Ko‘zlarini yumib, yurak urishini eshitdi. O‘sha urish Maya uchun dunyodagi eng sokin musiqa edi.
Tong otganda Jungkook asta ko‘zlarini ochdi.
— Seni juda sog‘indim, Maya... Hatto tushlarimga kirib chiqding, — dedi past ovozda, jilmayib.
Shu payt xona eshigi ochildi. Maya qo‘lida issiq sho‘rva bilan kirib keldi. Yuzida tabassum, ko‘zlarida iliqlik bor edi.
— Malikam... sen qachon kelding? — dedi Jungkook hayron bo‘lib.
— Kecha Taehyungdan eshitib... sizdan judayam havotir oldim,shu sabab keldim. Sizga issiq sho‘rva tayyorladim. Ichib oling, yaxshi bo‘lasiz.
Jungkook sekin o‘rnidan turdi, ko‘zlaridan quvonch yog‘ilardi.
— O‘zing yedirib qo‘y, malikam, — dedi xuddi bolalarcha erkalik bilan.
— Mayli, xo‘p, — dedi Maya va ehtiyotlik bilan qoshiqni og‘ziga tutdi. Sho‘rva juda issiq edi, lekin u mehr bilan har harakat qilardi.
Sho‘rvani ichib bo‘lgach, Jungkook asta yaqinlashdi. Lablarini Mayaning lablariga yaqinlashtirdi. Ammo telefon jiringlab qoldi. Maya kulib bosh chayqadi. Jungkook ham kulib malikam men uydagi ofisimda muhim hujjatlar bor edi. Tezda kirib chiqaman. Sen uyni aylanib tur, xo‘pmi?
U Mayani labidan engil o‘pib, chiqib ketdi.
Maya pastga tushdi. Basseyn yoniga bordi. Oyoqlarini suvga solib, qo‘llari bilan suvni o‘ynay boshladi. Suvda qarab, xayollari faqat bitta insonda edi.
Oradan biroz vaqt o‘tib Jungkook qaytib keldi. U ham basseyn tomon yurdi. Mayani ko‘rib, ko‘zlari kuldi.
— Cho‘milgim kelyapti. Sen-chi?
— Xohlardim, lekin men suzishni bilmayman…
— Men o‘rgataman, malikam, — dedi Jungkook ishonch bilan.
— Siz hali holatiz yaxshi emas-ku, keyin o‘rganarman…
— Men endi ancha yaxshiman. Qara, harakatlarim joyida, — deb qo‘llarini ko‘rsatdi.
Jungkook kuldi, futbolkasini yechib berdi:
Jungkook kulib yubordi va
— malikam senda men koʻrmagan qayeringdir qolganmi? dedi
Maya yuzlari qizarib:
— Hooyy uyatsiz nima boʻlsa ham
— baribir men uyalaman, tez oʻgirilib turing dedi
Maya tez eginiga futbolkani kiyib
Boʻldi qarayvering dedi yerga qarab
Jungkook Mayani ochiq sonlarni koʻrib sekin yutunib qoʻydi
Jungkook Mayaning qo‘lidan ushlab, uni suvga olib kirdi. Avvaliga uni orqasidan mahkam tutdi.
— Endi seni qo‘yib yuboraman. O‘zing urinib ko‘r, xo‘pmi?
U asta qo‘yib yubordi. Ammo Maya cho‘chib ketib:
— Yo‘q, yo‘q! — dedi va uni mahkam quchoqladi. Oyoqlarini Jungkookning beliga o‘rab oldi, xuddi suv uni yutib yuboradigandek qo‘rqdi.
Jungkook unga kulib qaradi, peshonasiga labini bosdi:
Jungkook Maya uni vahima bilan quchoqlaganida, hech narsa demadi. Faqat sekin uning belini mahkamroq quchoqlab qo‘ydi. Suv ostida ularning yurak urishlari bir-biriga tutashib, go‘yoki atrofda faqat shu tovush bor edi. Maya boshini ko‘targanida, Jungkookning ko‘zlari allaqachon hirs bilan qarab turardi. Mayaning yuragi bir lahzaga urmay qolgandek bo‘ldi.
Jungkookning aʼzosi taranglashganini Maya ham sezdi. Yuzida qizarish, ko‘zlarida esa tushunarsiz ifoda paydo bo‘ldi. Bir tomondan bu holat uni cho‘chitdi, ikkinchi tomondan esa yuragida allaqanday iliq hissiyot paydo bo‘ldi.
Jungkook sekin uni basseyn chetiga olib bordi va yuzlarini Mayaning yuziga yaqinlashtirdi. Nafasi issiq edi. Lablarini ohista Mayaning lablariga bosdi. Mayani nafasi ichida tiqilib qoldi. Ko‘zlarini yumib, bu lahzani yuragidan his qilishga harakat qildi. Jungkookning bo‘salarida tobora oshib borayotgan hirs sezilardi. U esa borgan sari o‘zini yo‘qotayotgan edi.
Jungkook uni ohista ko‘tarib, basseyndan olib chiqdi. Qizning badani sovuq suvdan titrar, ammo yuragi — issiqlikdan qizib ketgandek edi. Ular xonaga kirdi. Hamma narsa jimjit. Faqat yuraklar ovozi eshitib turardi.
Jungkook Mayani yotoqga yotkizdi Mayaning qo‘llari titray boshladi. U nimadir demoqchi edi, lekin tiliga so‘z kelmasdi. Jungkook sekin Mayani lablaridan yuziga boʻyniga lablarini bosib ehtirosli boʻsa ola boshladi.Shu payt telefon jiringladi.
— Ha endi shu yetmagandi… — dedi u o‘ziga xos ohangda.
U asabiylashgancha telefonni olib, xonadan chiqib ketdi.
Maya esa bu narsa hali tayyor emasman dedi.
Jungkook xonaga qaytib kirganida, Maya allaqachon yo‘q edi.
— Maya?.. — deb atrofga qaradi. Yuragi g‘alati bo‘lib ketdi.
Pastdan tanish ovoz eshitildi:
U chiqib Mayani zinaning pastki qismida, eshik oldida koʻrdi.
— ko‘zlarida bir oz noaniqlik bor edi.
— Malikam, qayerga? — dedi Jungkook sokin, ammo hayron ohangda. — Meni sen bilan hali muhim ishlarim bor dedi:
Maya bir lahza jim turdi. So‘ng ko‘zlarini pastga tikdi va sekin gapirdi:
— Kechirasiz… men,hali… o‘zimni tayyor his qilmayapman. Uyga qaytishim kerak. Iltimos, meni tushuning. Hafa bo‘lmang.
Jungkook hech narsa deya olmadi. Faqat ko‘zlari bilan kuzatdi. Eshik yopildi.
Jungkook esa xuddi butun tunni yo‘qotgandek:
— Men seni chindan ham sog‘inganman, Maya…
Oradan ikki hafta o‘tdi
Ofisda sukunat. Yigitlar odatdagiday kompyuter qarshisida o‘tirardi, lekin hech kim ishlayotgandek emasdi. Faqat o‘tirishardi. Ichlaridagi betayin holat yuzlaridan bilinib turardi.
Jungkook bir zumga chuqur nafas oldi.So‘ng sekin dedi:
— Bugun klubga boramizmi?.. Bir oz... chalg‘imoqchiman.
— Maya eshitmasin buni. Hali menga: “Unga ayting, klubga borishni bas qilsin!” deb yozadi keyin.
— Maya haqida gapirma, iltimos.
— Yo‘q... — dedi Jungkook asta, xuddi o‘ziga emas, havoga gapirayotganday. — Maya yaxshi qiz. Juda ham sodda. Juda beg‘ubor. Hattoki... sevgida ham. Men unga har narsani o‘rgatib charchadim. Lekin... bilmadim. Ichimda hamon bir bo‘shliq. Balki... uni sevmayapman shekilli...
Taehyung jiddiy ohangda gapirdi:
— Hoy. O‘zingni eshitayapsanmi? Nima deyotganingni? Maya haqida gapiryapsan. U seni chin dildan sevadi. Butun yuragi bilan...
Jungkook indamadi. Bir zum ko‘zlarini yumdi. Ichida jimjitlik. Song Kang unga tikilib qaradi, so‘ng ohangini pastlatib dedi:
— Nimaga bunchalik sovuding birdan?
— Bilmayman... — dedi Jungkook, boshini egib. — Faqat shuni bilamanki, bugun boraman klubga... Istasangiz boring..
Taehyung chuqur xo‘rsindi. So‘ng Song Kangga qarab yelka qisdi:
Musiqa quloqni qomatga keltirar, chiroqlar xira va rangli. Hamma o‘z dunyosida. Ichimliklar, kulgi, baqiriq... va yolg‘izlik.
Jungkook, Taehyung va Song Kang burchakdagi stolda o‘tirishardi. Ular jim. Qizlar atrofga yig‘ilib kelardi. Nozik tabassumlar, ko‘z o‘ynatishlar... biri Jungkookga yaqinlashdi. Sezilarli darajada ochiq kiyingan, o‘ziga ishonch bilan yoniga o‘tirdi.
Jungkook qarshilik ko‘rsatmadi. Aksincha, qizni belidan quchib bo‘sa ola boshladi.
— Hoy! Jungkook, nima qilyapsan? dedi
— O‘zinga kel! Mayani o‘ylamaysanmi?
Shunday deb qizni yetaklab orqa xonaga kirib ketdi.
Uyg‘ondi. Yonida kechagi qiz yotar edi. Uning nafas olishi Jungkookga yot tuyuldi. G‘alati. Sovuq. Bo‘sh. Qizil lablar, jingalak sochlar... ammo yuragi jim edi. Mayani izlamadi.
Sekin turdi. Ko‘ylagini kiydi. Stol ustiga pul qo‘ydi va eshikniyopib chiqib ketdi.
Yuragida esa... yengillik emas, bo‘shliq qolgan edi.
Shundan keyin Maya bilan bo‘lgan aloqalar susayib bordi. SMSlar avvaliga qisqaroq bo‘ldi, keyin esa butunlay yo‘qoldi. Maya qo‘ng‘iroq qilganida ham Jungkook har doim bahona topardi:
“Ishim bor edi...”
“Yig‘ilishdan chiqdim...”
“Kechroq gaplashamiz...”
Ammo gaplashmasdi. Maya esa kutardi. Har kuni. Har kecha. Har lahza.
Bir kechasi, Maya Zara va Lilly bilan Zaraning uyida o‘tirgan edi. Choy, shirinliklar, lekin Mayaning ko‘zida kulgu yo‘q.
— Nima bo‘ldi, Maya? — so‘radi Lilly. — Juda jimsan...
Maya xo‘rsinib, yelkasini qisdi:
— Bilmayman... Jungkook bilan oramiz... avvalgidek emas.
— Unda bugun uning uyiga bor. Surpriz qil. Shirinlik ol. Yoqtirganlaridan.
— Nima bo‘pti? Axir u sevgiling-ku! — dedi Lilly. — O‘z sevgilingnikiga borolmasang, kimnikiga borasan?
Maya yuzida mayin tabassum paydo bo‘ldi. So‘ng dedi:
— To‘g‘ri... Unda men ketdim. Hozir boraman!
U sevinib chiqib ketdi. Yuragida: "Ehtimol, u meni kutayotgandir..." degan xayollar bilan...
Maya qo‘lida paket — Jungkookning yoqtirgan shirinliklari, yuragida esa, hayajon. Taksi oynasidan shaharning tungi chiroqlari nur sochib turardi. Uning ichida esa birgina umid porlardi:
"Yana avvalgi Jungkook bo‘lib qolsa bas... Faqat bir marta bag‘riga bossa bas..."
U eshik oldida to‘xtadi. Nafasini rostladi. Yuragi qattiq ura boshladi. Ichkaridan suv ovozi eshitildi. Quloq solib qoldi. So‘ng eshik qo‘ng‘irog‘ini bosdi.
Bir necha soniyadan so‘ng eshik ochildi.
Begona qiz. Yuzida befarq ifoda. Yelkasiga faqat bitta sochiq o‘ralgan. Sochlari hali ho‘l. Ko‘zlari xuddi: “Senga bu yerda nima bor?” degandek.
Mayaning yuragi tez urdi. So‘ng... butun tanasi muzlab qoldi.
Orqa esa... Jungkook chiqib kelardi. Qo‘lida sochiq sochlarini quritayotgan edi. Ko‘zlari Mayani ko‘rdi-yu... muzlab qoldi.
Maya bir zumda tikilib qoldi. Qo‘lidagi paket titradi... so‘ng qo‘lidan tushib ketdi. Ichidagi shirinliklar polga sochildi. Yuragidagi shirin xayollar kabi...
Ko‘zlaridan yosh to‘kildi. Ammo indamadi. Orqasiga o‘girildi. Yomg‘ir yogʼyotgandi, lekin Mayaning yuragi tilka-pora edi.
— Maya! To‘xta! — Jungkook shoshib ortidan chiqdi. — To‘xta, iltimos! Hammasini tushuntirib beraman!
Maya to‘xtadi. Sezilarli darajada titrardi. U asta o‘girildi. Ko‘zlari yoshlarga to‘la, ovozi esa xirillagan edi:
— Nimani? Nimani tushuntirasiz menga-a?! U qiz kim?! Siz... siz menga shuncha vaqt yolg‘on gapirib yurgan ekansizmi?
Jungkook qo‘lini sochiga urdi. Ko‘zlarida o‘zini yo‘qotgan holat:
— Men... bilmadim. Ichim bo‘sh edi. Zerikdim. Men... men shunchaki...
— Shunchaki?! — Maya baqirdi.
— Men sizga yuragimni berdim, Jungkook! Men sizga ishongandim! Har bir so‘zingizga, har bir nigohingizga ishonib yashadim. Siz esa... bir kechalik qiz bilan barchasiga nuqta qo‘ydingizmi?
Jungkook bir zum sukutda qoldi. So‘ng... yelkalarini qisdi:
— Ha... men shunaqaman. O‘zing ko‘rganingdek. Yaxshi ko‘rsang — ko‘nasan, yo‘qsa yo‘q...
Mayaning ko‘zlarida bir zumga ishonchsizlik paydo bo‘ldi. Keyin kinoya bilan kuldi. Kuldi-yu, ho‘ngrab yig‘lashni boshladi. So‘zlari titrardi:
— Sevsang, ha? Juda yaxshi. Unda... tugatdik. Biz degan narsa yo‘q endi. Boshqalar bilan yuravering, shunaqa yarim sochiqli “sevgilaringiz” bilan...
U yuzini berkitdi. Asta orqasiga o‘girildi. Ko‘z yoshlarini to‘xtata olmasdi. Yuragi singan edi. Nafaqat munosabat, balki o‘zini ham yo‘qotgandek edi.
Jungkook unga qarab turdi, lekin bir qadam ham tashlamadi.
Maya esa yurib ketdi. Har qadamda yuragi battar ezilardi. Lekin u ortiga qaramadi. Chunki endi ortga qaytadigan hech narsa qolmagan edi.