My Devil
Kunlarimiz o‘zgacha, hatto orzudek o‘tardi. Men Suga'ga tobora bog‘lanib borardim, butun hayolim faqat u bilan to‘lib-toshardi. Har kuni faqat bir narsani kutardim — uning ishdan qaytishini.
Mashinasining hovlidan kirib kelishini eshitganimda yuragim tez ura boshlardi. Darrov eshik oldiga yugurib chiqardim. U endi kirib kelgan bo‘lardi, men esa hech ikkilanmasdan uni quchoqlab olardim. Juda sog‘inardim...
U ham har doimgidek boshini bo‘ynimga yashirib, sekin nafas olar, sochimdan hidlab:
— Sog‘indim, qulupnayim, juda sog‘indim... — derdi.
— Sen-chi, sog‘indingmi? — derdi.
Men esa uyalgandek boshimni ko‘ksiga bosib, indamay turardim. Birozdan so‘ng jilmayib:
U boshimni asta ko‘tarib, kulib javob berardi:
— Albatta! Qulupnayim seni kechki taomga yeyman derdi.
Uning atayin meni uyaltirishga urinishi meni kuldirardi.
Boshimni egib
—"Suga, nimasi bu endi?" deya yuragim hapqirib oshxonaga kirib ketardim.
Ha, biz juda baxtli edik... to o‘sha kun kelmaguncha.
Suga keladigan vaqtga yaqin men har doimgidek tayyorlanib oldim. Kechki ovqat uchun stol tayyorlayotgan edim. Yuragim hayajondan tez urardi. Darvoza tomonga tinmay qarab qo‘yardim. Ammo orqamdan birdan begona, sovuq ovoz eshitildi:
— Judayam chiroylisan. Suga qachondan beri fohishalarni uyga olib keladigan bo‘ldi?
Men jim qoldim. Qonim muzlab ketgandek bo‘ldi. Sekin asta orqamga o‘girildim.
Begona yigit turardi. U menga tik boqib, pastki labini tishlayotgan edi. Nigohi sovuq, ammo xuddi mendagi nimadandir zavqlanayotgandek edi.
Orqaga tisarildim. Ovozim titrab chiqdi:
— Siz kimsiz? Qanday qilib bu yerga kirdingiz?
U sekin menga yaqinlasha boshladi. Har bir qadami yuragimga og‘ir urardi.
— Bu mening yaqin do‘stimning uyi. Menda ham kalit bor. Xohlagan paytim kira olaman... — dedi u, labining chetida yovuz tabassum bilan.
Begona yigit menga tobora yaqinlashdi. Nafasim tezlashdi, yuragim gursillab urardi. Bir qadam... yana bir qadam... va birdan meni qo‘qqis quchoqlab oldi.
— Qo‘yvor! — deb baqirdim, uni itarishga harakat qildim.
— Iltimos, qo‘yvor!
U esa pinagini ham buzmadi. Nafasim bo‘g‘ildi. Yuragim vahima ichida bir narsa bo‘lishini kutar edi.
— Nima bo‘pti, do‘stimni fohishasi bo‘lsang... u menga ham seni "berib turadi !"— dedi u shafqatsiz va past ovozda, qarashlari ich-ichimni titratdi.
— Men... men fohisha emasman! — dedim yig‘lab. Qo‘lidan chiqishga harakat qilardim, ammo u kuchli edi. Nafrat va tahqir meni yutib yuborayotgandek edi.
Shu payt eshik qarsillab ochildi. U tanish qadam tovushlari — Suga!
Uning nigohi o‘tkir edi. Holatimni ko‘rgan zahoti, hech narsa so‘ramadi. Begona yigitga to‘g‘ri yugurdi va...
Yigit orqaga tisarilib yiqildi. Qo‘llari bilan og‘zini ushlab, yerda ingrab yotardi.
Suga yonginamga kelib, menga qaramasdan, baqirdi:
— Ichkariga yo‘qol! Xonangga kir!
Men hayrat va qo‘rquvdan qotib qolgan edim. Yig‘idan bo‘g‘ilib, seskanib turgancha qarab turdim.
— Sofi, yo‘qol dedim! — deb yana qichqirdi u, bu safar ko‘zlarida og‘riq, g‘azab va xiyonat qorishgan edi.
Men hech nima demay, boshimni egib, qaltirab, xonamga yugurdim.
Minho yerda yotgan holatda labini artarkan, kulimsirab gapirdi:
— Do‘stim, men bu... Minho-man.
Suga unga bir qarab qo‘lini cho‘zdi, ammo nigohida sovuqlik bor edi. Minho qo‘lidan tutib o‘rnidan turdi. Sukunat bir necha soniyaga cho‘zildi. So‘ng Suga keskin ohangda so‘radi:
Minho kulib yelkasini qisdi, xuddi bu holatdan zavqlanayotgandek:
— Nima qilibdi? Fohishangni mendan rashk qildingmi?
Suga bir qadam oldinga yurdi, ko‘zlarida yondiruvchi alangalar chaqnardi:
— Hoy, Minho. U — meni xotinim. Fohisham emas. Ogohlantiraman, qo‘lingni boshqa tekkazma.
Minho biroz jiddiylashdi, lekin labidagi masxara hanuz yo‘qolmagan edi.
— Uzr, do‘stim. Ammo... bu qiz juda yosh emasmi? Xotinim deyishga hali erta emasmi? — dedi u kulimsirab.
— Bu sening ishing emas. Va unga qaytib ham qarama.
U shunday deb ortiga qayrildi va zinapoyalardan yuqoriga ko‘tarila boshladi.
Minho esa pastda qoldi. Ko‘zlari Suga ketgan tomonda, ammo nigohi hanuz Sofining ortidan edi. Labini pastga tishlab, asta shivirladı:
— O‘ziyam... juda chiroyli ekan-da xotining...
So‘ng labini yalab kulimsiradi.
Sofi xonada yig‘lab o‘tirardi. Yonoqlari yoshdan ho‘l, qo‘llari titrardi. Ichidagi qo‘rquv, xijolat, va og‘riq go‘yo uni ichidan yirtib yuborayotgandi. Shu payt eshik ochilib, Suga kirdi.
Uni ko‘rgan zahoti Sofi o‘rnidan turib, yugurib bordi va quchoqlab oldi. U boshini Suga’ning ko‘ksiga bosdi, ovozi larzaga to‘la edi:
— Suga… iltimos, ishoning... men undan qochmoqchi bo‘ldim, lekin kuchim yetmadi… iltimos, menga ishoning…men bilmay qoldim uyga kirganini...
Suga qo‘llarini Sofining beliga o‘rab, uni mahkam quchoqladi. Nigohida achinish bor edi, lekin dardni yashirardi:
— Bilaman, qulupnayim. Men bilaman u qanday odamligini.
— Lekin... — dedi Suga jiddiy ovozda, — qaytib uni yoningda ko‘rmay. Qaytib senga tegsa... kim bo‘lishidan qat’i nazar, senga ham unga ham yomon boʻladi. Eshitdingmi?
Sofi piqqillab yig‘larkan, boshini sekin qimirlatdi:
Suga uning peshonasidan o‘pdi. So‘ng nigohi Sofining ochiq libosiga tushdi. Kulimsirab pichirladi:
— Bugun... juda ham ochilib ketibsan, mitti qulupnayim.
Sofi ko‘zlarini yumib, biroz kuldi:
— Sizni kutib, o‘zimni chiroyli ko‘rsatmoqchi edim...
Suga jilmaydi, lablarini Sofining peshonasiga bosdi:
— Sevgilim... o‘zimni mitti qulupnayim…
U asta pichirladi, go‘yo bu so‘zlar bilan butun olamni tinchlantirayotgandek edi.
So‘ng unga yengil tanbeh berdi:
— Endi... egningga yopiqroq kiyim kiy. Pastga tushamiz. Qornim ochdi. Menga atab tayyorlagan ovqatlaringdan tatib ko‘ray...
Sofi boshini tez-tez qimirlatdi:
— Hop! — dedi va garderobga kirib, quvnoq harakatlar bilan kiyim tanlay boshladi.
Suga esa indamay vannaxonaga yo‘l oldi. U yerda yuzini suvda yuvarkan, ko‘zlarida hali ham g‘azab yongan, ammo qalbi faqat birgina qizni — Sofini — o‘ylayotgan edi.
Bir necha daqiqadan so‘ng, ikkalasi ham kiyinib, pastga tushishdi
Sofi va Suga birga pastga tushishdi. Xonada hali ham Minho o‘tirardi. U divanda engashib, bir qo‘lini orqasiga tiragancha, ko‘zlarini Sofidan uzmayotgandi.
Sofi go‘yo hech narsani sezmaganday, Suga tomon yuzlandi va unga mehr bilan kulib qo‘ydi. So‘ng ovqat solingan likoblarni olib, stolga qo‘ya boshladi. Har bir harakatida mayinlik, soddalik va g‘amxo‘rlik bor edi. Aynan shu beg‘uborlik Minho’ni o‘ziga jalb qilayotgandi.
U labining chetini tishlab, yonoqlari orasidan pichirlagandek bo‘ldi:
— Hali rosa zavqli bo‘lsa kerak bunday qiz bilan...
Suga esa jim edi. Qon bosimi ko‘tarilib borayotganini faqat o‘z yuragidagina eshitardi. Ammo uni bildirmadi. U jilmayganday qilib, sekin dedi:
— Qulupnayim, menga ovqat yedirib qo‘ysanmi?
Sofi kulimsirab, Suga yoniga o‘tirdi va qoshiqni olib sekin ovqatlantira boshladi. Ularning harakati sevgi bilan to‘la, ammo ular bilan bir xonada o‘tirgan begona ko‘zlar hammasini bulg‘ab turardi.
Minho stulda orqaga suyangancha, o‘ziga xos qiziqish bilan ularni kuzatishda davom etdi. Nigohi ochiqchasiga Sofining harakatlariga yopishib qolgandi.
Suga birdan jilmaydi. Ovozi bemalol, lekin sovuq edi:
— Qulupnayim, menga suv olib kelasanmi?
— Hop! — dedi Sofi, soddalik bilan va oshxonaga yurib ketdi.
U oshxonaga kirishi bilan Suga yuzidagi jilmayishni yo‘qotdi. U Minho’ga tik qaradi. Nigohi ogohlantiruvchi, sovuq va o‘tkir edi.
— Xotinimga qarashni bas qil, Minho.
Minho bo‘sh kulimsiradi, lekin ko‘zlarida masxara bor edi:
— Nima, do‘stim? Rashk qilyapsanmi?
Suga sekin egildi, tovushi past, ammo tahdidga to‘la:
— Men rashk qilmayman. Men ogohlantiraman. Qaytib unga shunaqa nigoh bilan qarasang... do‘stligimiz ham, sabr-toqatim ham tugaydi.
Minho kulimsirab boshini qimirlatdi. U ichida nimadir pishirayotgan odamday, jim qoldi.
Shu payt Sofi qo‘lida suv bilan qaytib keldi. Har ikkalasining o‘rtasidagi kuchli taranglikni his qilmadi. U suvni Suga oldiga qo‘ydi:
Suga suvni olib, unga minnatdor nigoh bilan qaradi. So‘ng, ko‘zlarini Minho’ga qadab, sokin dedi:
Minho jim edi. Ammo ichida allaqachon bir narsa qaynar, qasos va shahvat uni asta ilgarilab borishga undardi. Suga va Sofi birga kulib ovqatlanayotganida, u go‘yo beparvo ko‘ringan holda telefonini oldi va kimlargadir yozishni boshladi.
Sofining bu holatda o‘zini erkin his qilishi, Suga bilan bo‘lgan samimiy yaqinligi — Minhoning asabini yemirardi.
Kechga yaqin, Suga bir do‘stining chaqirig‘i bilan uyidan chiqib ketdi. Sofi esa uyda yolg‘iz qoldi. Suga ketar chog‘ida unga o‘pich berib:
— Tezda qaytaman. Hech kimga eshik ochma, eshitdingmi? — dedi.
Sofi boshini irg‘ab, kulib xayrlashdi.
Ammo oradan atigi o‘n daqiqa o‘tgach, eshik taqilladi.
Sofi sergak bo‘ldi. Yuragi allaqanday noxush his bilan gursillab urardi.
Tashqaridan tanish ovoz eshitildi:
— Bu men, Minho. Telefonda Suga bilan gaplashdim. U sendan hujjat so‘radi, men olib chiqaman dedi. Och eshikni.
Sofi ikkilanib qoldi. Suga aytgandi — hech kimga eshik ochma, deb. Ammo u Minho’ning Suga do‘sti ekanligini bilardi. Axir birga yashayotgan odamning do‘stiga ishonmaslik — g‘alati tuyulardi.
Minho ichkariga kirdi. U bugun juda boshqacha edi — rasmiy kiyingan, jingalak sochlari silliq taralgan, qo‘lida bir shisha qizil sharob va ikkita stakan.
— Hujjatlar bahona bo‘ldi, aslida seni ko‘rishni istadim, — dedi u, ko‘zlarini Sofidan uzmasdan.
Sofi ortga bir qadam tashladi.
— Men... yolg‘izman. Ketganingiz maqul, Minho.
— Yolg‘iz bo‘lsang, bu xavfli-da, tunda ayollar xavfsiz emas... Ayniqsa sen kabilar...goʻzallar.. chiroyli qomatlilar...
Minho yaqinlashdi, ovozi tobora sokin, ammo sovuq tus olgan edi:
— Bilasanmi, Suga senga to‘g‘ri kelmaydi. U sevishni bilmaydi. U seni nazorat qiladi. Qanday kiyinish, kim bilan gaplashish, qachon kulish... u seni o‘ziniki qilishni xohlaydi, erkinligingni emas. Ammo men... men seni xohlayman, o‘zingni... erkinlik ham beraman...
U sekin stakanni stolga qo‘ydi va Sofiga yaqinlasha boshladi.
Sofi esa sekin-sekin orqaga tisarilar, yuragi qattiq urardi. Lablaridan chiqayotgan ovoz esa titroq ichida edi:
— Suga meni sevadi. U meni himoya qiladi...
Minho to‘xtadi. Bir qadam oldinda.
— Unda ko‘ramiz, sen unga aytasanmi bugun nima bo‘lganini... yoki men aytaman, lekin boshqa ko‘rinishda.
U jilmaydi. Lablarini tishladi. Qonli drama endi boshlanayotgan edi...