June 20

Iblis Laʼnati

Ep_8

* Bir oydan keyin. Hamma nonushta qilib o‘tirgandi

Jisoo: Biroz oldin eshik taqillagandi kimdir keldimi?

Jimin: Ha Mia kelgandi

/Rose: Mia?/

Jisoo: Nega kelibdi?

Jimin: Bir haftadan keyin tug‘ilgan kuni ekan hammamizga taklifnoma berib ketdi

Lisa: ziyofatga borar ekanmizda

Minsu: Biz ham boramizmi?

V: Albatta

Minsu: Faqat kim o‘zi u?

V: Jisooni yaqin dugonlaridan beri

*Minsuni birdan ko‘ngli ayniy boshladi yugurib tepaga chiqib ketdi va hojatxonaga kirdi orqasidan V ham yugurdi

V: Minsu senga nima bo‘ldi?

Minsu: Biroz ko‘nglim ayniyapti

V: Boshqa hech qayering og‘rimayaptimi?

Minsu: Yo‘q lekin biroz toliqqandekman

V: Yur unda biroz dam ol

Minsu : ho‘p yaxshi

* Minsu tushlikkacha dam olib yotdi ungacha V xona atrofida aylanaverdi uni bezovta qilmaslik uchun xonaga kirmaslikka harakat qildi lekin Minsu uning har bitta qadamini sanab yotgandi. Birdan yana ko‘ngli ayniy boshladi xonadan chiqib hojatxonaga yugurdi, V orqasidan bordi

V: Minsu bo‘ldi endi kasalxonaga boramiz

Minsu: Ho‘p V boraman faqat tinchlan

V: Ho‘p azizam kechirasan sengʼ nimadir bo‘ldi deb qo‘rqyapman

Minsu: hammasi yaxshi

* V Minsuni ko‘tarib mashinaga o‘tirg‘izdi va kasalxonaga ketishdi. Minsu ko‘rikdan o‘tdi

H: Kim xonim tabriklayman siz homiladorsiz. Homila bir oylik

Minsu: Rostdanmi?
Axir bu ajoyibku, maylimi erimga aytmasangiz o‘zim aytmoqchiman

H: Albatta bemalol

* Minsu hamshira bilan tashqariga chiqdi V uni kutib o‘tirgandi uni ko‘rishi bilan yoniga yugurdi

V: Minsu hammasi yaxshimi?
Hamshira nima bo‘libdi?

H: Jiddiy hech narsa yo‘q ahvoli joyida xavotir olmang

Minsu: V yur senga o‘zim yo‘lda tushuntiraman

Minsu: Yaxshi bo‘lsang mayli

* Ular mashinaga chiqib uyga qaytishdi

Minsu: Men qizlarni oldiga

V: Minsu hayotim sen rostdan ham yaxshimisan

Minsu: ha xavotir olma hammasi joyida

V: unda mayli, lekin agar yana ko‘ngling aynisa shifoxonaga qaytib boramiz

Minsu: ho‘p tushundim

* Qizlar Roseni xonasida edilar Minsu ularni yoniga chiqdi, eshikni mahkam yopib pichirlab gapira boshladi.

Minsu: Qizlar bir yangiligim bor lekin baland gapirmanglar hali Vga aytganim yo‘q, xullas ko‘nglim aynib kasalxonaga borgandim homilador ekanman, homilani bir oylik deyishdi

Lisa: MEN XOLA BO‘LAMANMI

Minsu: Lisa iltimos sekinroq, ha sen xola bo‘lasan

Jisoo: Minsu azizam judayam xursandman

Rose, Jennie: Minsu dugonajon tabriklaymiz

Minsu: Rahmat qizlar xullas men Vga surpriz qilmoqchiman. Vni esa chalg‘itib turish kerak, yordam berasizlarmi?

Lisa: Unda men Yoongiga aytib kelaman yigitlar Vni chalg‘itishadi, biz esa senga xona bezatishda yordam beramiz

* Lisa Roseni xonasidan chiqib o‘zini xonasiga kirdi, Yoongi telefon o‘ynab o‘tirgandi

Lisa:Yoongi tur yangilik bor.
Minsu homilador ekan lekin hali V bilmaydi. Minsu unga surpriz qilib xonasini bezamoqchi ekan Vni esa chalg‘itib turishingiz kerak

Y: Rostdanmi? Unda mayli yigitlarga aytaman birga biron joyga borib turamiz

* V o‘zi xonasida edi, yigitlar bilan esa mehmonxonada o‘tirishgandi Yoongi pastga tushib ularga nima gapligini aytdi.

Jh: Rostdanmi? Unda Vni qanday chalg‘itamiz?

Jm: To‘g‘ri u to‘yidan beri biz bilan hech qayerga borgani yo‘q

* Minsu qizlar bilan dachadagi xonasini bezatishga qaror qildi, Jennie bu haqida yigitlarga aytgani pastga tushdi

Jennie: Yigitlar reja o‘zgardi sizlar Vga bizni yo‘qligimizni bildirmay turinglar biz surprizni dachada uyushtirmoqchi bo‘ldik

Jm: Xayriyat bu ancha osonroq bo‘ladi

* Minsuni qizlar o‘zlari bilan birga teleportatsiya qilishdi shu zahoti V Minsuni qidirib xonadan chiqib pastga tushdi

V: Yigitlar Minsuni ko‘rmadingizmi?

Y: U va boshqa qizlar Roseni xonasida gaplashib o‘tirishibdi sen ham kel biz bilan gaplashib o‘tir anchadan beri hech bir gaplashib o‘tirmabmiz

V: mayli avval Minsudan xabar olib kelay keyin sizga ham qo‘shilaman

Jm: Yo‘q V senda umuman oqibat qolmabdi

Rm: To‘g‘ri anchadan beri birga dam olishga ham bormaysan

Taehyung

Jin: Minsu qizlar bilan o‘tiribdi xavotir olma u ular bila xavfsizlikda axir

V: Sizlarga nimadir bo‘ldimi nega meni chalg‘ityapsizlar

Jk: Hyon bizga emas senga nimadir bo‘lgan sen to‘yingdan keyin umuman biz bilan o‘tirmayapsan

V: Mayli aytganingizdek bo‘lsin lekin Minsuga nimadir bo‘lsa kallangiz bilan javob berasiz

* Kech tushdi Minsu qizlar bilan tort tayyorladi, xonani bezatdi, o‘zi ham chiroyli ko‘ylak kiyib tayyorlandi

Rose: Minsu V seni boshqattan sevib qoladi

Minsu: Qarshi emasman

* Qizlar kulishdi. Hamma narsa tayyor edi

Minsu: Bo‘ldi endi Vni shu yerga olib kelish kerak

Jisoo: Bo‘pti Minsu men va Rose Vni bu yerga jo‘natamiz Lisa va Jennie sizlar esa V kelgandan keyin jo‘naysizlar

Lisa, Jennie: Tushundik

* Jisoo va Rose uyga qaytishdi V hali ham yigitlar bilan mehmonxonada edi Maya xonim esa kechki tayyorlayotgan edi

V: Jisoo sen qayerdan kelyapsan axir tepada edingku, Minsu qani

Jisoo: Aka u dachada sen hozir uning oldiga borishing kerak

* V o‘ylab o‘tirmasdan teleport qildi Maya xonim oshxonadan yugurib keldi

Maya: Jisoo Minsuga nimadir bo‘ldimi?

Jisoo: Yo‘q oyijon xavotir olmang Minsuni ahvoli yaxshi

Rose: Maya xonim Minsu homilador ekan keyin Vga surpriz tayyorladik o‘shanga jo‘natib yubordik

Maya: Qizlar meni ham qo‘rqitib yubordingiz. Minsu homilador deysizlarmi? Xo‘sh bola nechi haftalik

Jisoo: Ha oyijon xavotirolmang hammasijoyida. U bir oylik ekan.

* V teleport qilishi bilan Lisa va Jennie uyga qaytishdi V Minsuni izlab chaqira boshladi

V: Minsu Minsu Minsu

* Yotoqxonaga kirib unga ko‘zi tushdi hammayoq bezatilgan. Minsu esa uni kutib o‘tirardi

V: Minsu bu yerda nima bo‘lyapti? Yaxshimisan?

Minsu: V yaxshiman ko‘rib turganingdek va senga surprizim bor

V: Qanaqa surpriz ekan?

Minsu: V sen yaqinda ota bo‘lasan

V: Rostdanmi?

Minsu: Ha rostdan

V: Men ota bo‘lamanmi?

* V Minsuni quchoqlab bo‘sa oldi keyin tinmay uni aylantirib raqsga tusha boshladi

V: To‘xta demak ko‘ngling shunga ayniganmidi? Xo‘sh u necha haftalik bo‘libdi?

Minsu: Bir oylik

V: Azizam men seni va farzandimizni judayam yaxshi ko‘raman

Minsu: Biz esa seni yaxshi ko‘ramiz hayotim

* V quvonchi ichiga sig‘masdi, Minsuni quchoqlab bo‘sa olaverdi, so‘ngra uni yotqizib bag‘riga bosdi. Tong otdi Minsu endi uyg‘onib atrofiga qaradi har doimgidek o‘z xonasida yotgandi. V esa uning uyg‘onishini intizorlik bilan kutib o‘tirgandi.

V: Biror narsa yeging kelyaptimi?

Minsu: V yo‘q hammasi yaxshi yegim kelsa albatta aytaman

V: Xo‘p mayli tushundim

Minsu: V nega buncha xursansan?

V: Chunki meni xotinim dunyodagi eng yaxshisi

Minsu: Meni erim ham eng yaxshisi hatto eng kuchlisi

V: Buni bilaman. Mayli azizam yur ketdik pastga nonushta qilgani

Minsu: Bo‘pti mana turyapman yo‘qsa hozir oshxonaga ham ko‘tarib tushasan

V: Albatta

* V Minsuni rostdan ko‘tarib pastga tushdi, mehmonxonada Jin televizor ko‘rib o‘tirgandi.

Minsu: Bo‘ldi V meni tushur.
Xayrli tong

Jin: Xayrli tong

*Rose ham pastga tushdi

Rose: Xayrli tong hammaga. Minsu birga nonushta tayyorlaymizmi?

Minsu: Albatta

V: Men ham birga tayyorlayman

Minsu: Yo‘q V men va Rose o‘zimiz tayyorlaymiz borib Jin bilan o‘tirib tur

V: Mayli faqat ehtiyot bo‘l

* Minsu oshxonaga kirdi Rose qandaydir parishonxotir bo‘lib o‘tirgandi

Rose: Minsu dasturxon tuzayveramizmi?

Minsu: Rose hammasi yaxshimi? Oxirgi paytlarda o‘zgarib qolgansan xuddi kimnidir sevib qolganga o‘xshaysan

Rose: Yo‘q nimaga unaqa deysan

Minsu: Chunki sen oxirgi paytlar Jimindan ko‘z uzolmayapsan buni aniq bilaman uni yoqtirib qolgansan

Rose: shunchalik sezilarlimi?

Minsu: Yo‘q menimcha faqat men bilaman

Rose: Ha bu rost Jimin men uchun qandaydir boshqacha

Minsu: O‘ziga aytib ko‘rdingmi balki uni ham senda ko‘ngli bordir

Rose: Yo‘q hali bu haqida o‘ylab ko‘rganim yo‘q

Minsu: mayli lekin albatta aytib ko‘r

Rose: harakat qilaman

* Jimin oshxonaga kirdi

Jm: kechirasiz qizlar suv ichib olay

Taehyung&Minsu

Minsu: Bemalol Jimin

* Jimin suv ichib chiqib ketdi

Rose: U hech narsa eshitmadiku to‘g‘rimi?

Minsu: Bilmadim lekin hech narsa demadiku menimcha eshitgani yo‘q

*V oshxonaga kirdi

V: Azizam yaxshimisan?

Minsu: V axir oshxonaga kirganimga hatto 10 daqiqa bo‘lmadi

V: Mayli yaxshi ekansan ketdim( chiqib ketdi)

Rose: Minsu meni sizlarga judayam havasim keladi, men ham Jimin bilan shunday juftlik bo‘lishni xohlayman

Minsu: E Rose asti so‘rama homilador ekanimni aytganimdan beri kecha hattoki hojatxonaga ham birga borib keldi

* Hamma birin ketin nonushtaga tushdi va ovqatlana boshladi

Jisoo: Oyi dugonam Mia tug‘ilgan kuniga ziyofat uyushtirtirib hammamizni taklif qildi siz ham borasizmi?

Maya: Yo‘q bunaqa narsalarning men uchun davri o‘tgan o‘zingiz bemalol vaqtichog‘lik qilavering

Jisoo: Mayli oyi o‘zingiz bilasiz, lekin fikrizdan qaytsangiz albatta bizga qo‘shilishingiz mumkin

Lisa: Minsu men va Jennie ziyofatga ko‘ylak olgani bormoqchimiz birga borishni xohlaysanmi?

Minsu: Yo‘q boraveringlar ko‘ylaklarim bor

* Nonushtadan so‘ng Lisa va Jennie do‘kon aylanishga ketishdi, boshqalar esa o‘z xonasiga tarqadi, V va Minsu mehmonxonada o‘tirishardi

V: Meni xotinim va o‘g‘lim yaxshimi?

Minsu: Albatta yaxshi axir dadajonimiz hech ham tinch qo‘ymayaptiku, lekin o‘g‘il ekanligini qayerdan bilasan

V: Men buni juda yaxshi his qilyapman. Lekin u senga o‘xshaydi va seni hatto mendan ham qizg‘onyapti

Minsu: Bu nima deganing

V: Men sening fikrlaringni o‘qiy olmayapman juda qattiq urinsam ham g‘ira shira eshitilyapti u senga qandaydir qobiq o‘rab qo‘ygan

*Minsu qorniga qo‘lini qo‘ydida

Minsu: O‘g‘lim yaxshilab harakat qil otang boshqa umuman fikrlarimni o‘qiy olmasin

V: Voyy mening ikkita bir xil shirintoylarim hozir sizlarni yeb qo‘yaman

* V Minsudan chuqur nafas bilan bo‘sa ola boshladi keyin bo‘ynidan o‘pdi. Eshik taqilladi

V: Sen o‘tir men ochaman

* V eshik ochishi bilan Mira uni quchoqlab oldi

Mira: Salom V. Jonginam meni sog‘inmadingmi? Men esa seni judayam sog‘indim

V: Qo‘rquvingni yo‘qotib qo‘ydingmi?

Minsu: V kim kelibdi......
(Minsu Mirani ko‘rib qotib qoldi) V kim bu?

V: Bu Mira Jisooni o‘ldirmoqchi bo‘lganlarning boshi menimcha unga dugonasining o‘limi kamlik qilyapti

Mira: Voy uzr V bemavrid keldim shekilli mayli jonim unda men keta qolay

V: Nimalar deyapsan axmoq

* V Mirani bo‘g‘zidan ushlab ko‘chaga itarib yubordi so‘ng eshikni yopti Minsu esa indamasdan divanga borib o‘tirdi

V: Minsu iltimos tushun u bizni urushtirish uchun shunday qildi meni u bilan hech qanday aloqam yo‘q

Minsu: V tushundim.......
Lekin u seni quchoqlab turganini ko‘rganimda o‘lib qolay dedim

V: Bilaman azizam kechir boshqa bunday bo‘lmaydi

* U Minsuni quchoqlab hirs bilan bo‘sa oldi

.
.
.
.
.
Muallif : Soeyon