June 23, 2025

FIERY HEARTS

Ep_3

Samolyot asta osmonga ko‘tarilib borarkan, salon ichida tinchlik hukm surardi. Yoritilgan derazadan quyosh nurlari ichkariga tushib, yumshoq nur sochayotgandi. Maya oynaga tikilgancha o‘tirar, hech kimga bir og‘iz so‘z demasdi. Uning nigohi uzoqqa, bulutlar orasiga qadalgandek, go‘yo yuragidagi bo‘shliqni osmonga aytmoqchidik.

Uning yonida o‘tirgan Zara Mayaning yuzida paydo bo‘lgan mayuslikni darrov sezdi. U asta qo‘lini Maya qo‘liga qo‘ydi.

— Nima bo‘ldi, Maya? — dedi muloyimlik bilan.

Maya chuqur nafas oldi. Labini tishlab, bir muddat jim qoldi. So‘ng ovozida og‘riq bilan sekin gapirdi:

— Qancha vaqtda qaytyapmiz Koreyaga? Bilmayman… Ularni yana ko‘ramizmi. Ular bizni eslasharmikan?..

Uning ovozi pasaydi, ko‘zlari esa allaqachon namlangan edi. Derazadan osmonga tikilgancha, yuragidagi savollarni javobsiz qoldirdi.

Ularning ortida o‘tirgan Lilly bu gaplarni eshitib, jilmayib qo‘ydi. Og‘irlikni yengillashtirmoqchi bo‘lib, har doimgidek hazil qilishga urindi:

— Bilmadim, Maya… Seni eslasharmikan, yo‘qmi… lekin bizni albatta eslashadi!

Maya unga ortga burilib, ajablanib qaradi:

— Nimaga bunaqa deyapsan?

Lilly kulimsirab, yelka qisdi:

— Axir bolaligingda sen irkit o‘rdakcha eding-ku! Hozir ham o‘zgarganing yo‘q, xuddi o‘sha-o‘shasan

Shu so‘zlardan Maya avvaliga hayron bo‘ldi, so‘ngra beixtiyor kulib yubordi. Ko‘zidagi yosh bilan kulgi birga aralashib, yuragini ozgina bo‘lsa ham yengillatdi.

Zara esa Lillyning bu so‘zlarni ataylab, Mayaning yuragidagi og‘irlikni yengillatish uchun aytganini sezdi. U bir-biriga suyanib yashaydigan bu do‘stlikdan yuragi iliqlik bilan to‘lib ketdi.

Samolyot Seul aeroportiga qo‘nganida, uchalasi ham jim edi. Har birining ko‘nglida turli xil o‘ylar aylanardi. Yangi boshlangan hayot, orzular, va ortda qolgan xotiralar...

Penxausga yetib kelishganida, ularning oldida keng, yorug‘, zamonaviy va har jihatdan qulay uy kutib turgan edi. Har bir hizmatchilar hurmat bilan qizlarni xonalarini tayyorlab — "Xush kelibsiz" deb turardi.

— Hozircha dam olaylik, — dedi Zara charchagan ohangda. — Keyin hammasini o‘tirib gaplashamiz,deb oʻz xonalariga kirib ketishdi

Misu

Politsiya bosh mahkamasida.

Tinchlik. Faqat devordagi soatning "tik-tak" tovushi eshitilardi.

Jungkook, Taehyung va Jimin kutish xonasida zerikkancha o‘tirishardi. Har uchalasi qora forma kiygan, maxsus agentlarga o‘xshar, lekin nigohlarida biroz befarqlik va sabrsizlik ufurib turardi.

Jimin ikki do‘stiga qaradi.
— Yana qancha kutamiz, a? Qani o‘zi bu bizga tanishtiradigan sirli agent? — dedi, peshonasini tirishtirib.

Jungkook ko‘zini telefonidan uzmasdan javob berdi:
— Ozgina sabr qil, hozir kelib qoladi. Hamma narsani rejalashtirish osonmas.

Jimin burnini jiyirib, ohangida hafsalasizlik bilan pichirladi:
— Axir bir soatdan beri shu yerdamiz-ku... Menimcha, bu "sirli agent" o‘zi yo‘q.

Taehyung ularning gaplariga kulib qo‘ydi.
— Balki bizni sinayapti. Sabrsizlik ham zaiflik, unutmanglar, — dedi ko‘z qisib.

Shu payt eshik sekin ochildi. Uchovlon birdan jiddiylashib, nigohlarini eshik tomon burishdi.

Ular agent deb o‘ylagan inson – baland bo‘yli, sovuq qiyofali bir erkak deb tasavvur qilishgan edi. Ammo...

Oldilariga barchaning nigohini o‘g‘irlaydigan darajada go‘zal, o‘ziga ishonchli bir ayol kirib keldi. Yelkalari tik, qadamida qat’iyat bor. Ko‘zlarida esa sir yashiringan.

U jilmayib, salom berdi:
— Kechirasiz, janoblar. Biroz ushlanib qoldim. Lekin... buning evaziga sizlarga juda muhim ma’lumotlar olib keldim.

U deraza pardalarini tushirdi. So‘ng xona chirog‘ini o‘chirib, katta ekran yoqildi. Yorqin chiroqlar ichra birinchi surat paydo bo‘ldi.

Agent ekranga qarab sekin gap boshladi:
— Marhamat, e’tiboringizni qarating. Tanishinglar — bu Elizabet

Mayaning surati ekranda porlab turardi. Soddaligi, beg‘ubor nigohi, sokin qiyofasi. Moviy koʻzlar,uzun sochlari. Ammo...

— Bu qizni ko‘rib, uni bechora yoki oddiy deb o‘ylamang. Elizabet — zamonaviy dunyoning eng mohir hakeri. U buzib kira olmaydigan sayt yo‘q. Hattoki kirganini sezmasligingiz mumkin. Ko‘rinish aldamchi,u oʻziga hos qiyofasi bilan har qanday erkakni chuv tushirishga qodir — bu qiz otash kabi xavfli

Ekranda keyingi surat paydo bo‘ldi — bu Lilly edi.

— Navbatda — Veronika. Elizabetning opa-siñgildek yaqin sherigi. Har qanday seyfni, eshikni, kodli qulfni ochishda tengi yo‘q. Hatto maxfiy harbiy xavfsizlik tizimlari ham unga bardosh bera olmaydi. Qiyinchilik? U uchun bu faqat chaqaloq o‘yinchog‘i.

Keyingi suratda esa Zaraning surati paydo bo‘ldi. U boshqa suratlardan farqli ravishda, o‘ziga xos jozibasi, jiddiy nigohi bilan ajralib turardi.

— Va nihoyat — Stifaniya Bu qiz eng shafqatsizi. U uchun o‘g‘irlay olmaydigan narsa yo‘q. Har qanday muhofazali, imkonsiz deb hisoblangan hudud — uning o‘yin maydonchasi. U xohlaganini oladi. Iz qoldirmaydi. To‘xtash nima ekanligini bilmaydi.

Xona jim bo‘lib qoldi. Uchala yigit suratlarga tikilgancha, o‘yga cho‘mishdi.

Agent ohangini biroz pasaytirib, so‘zini yakunladi:
— Ular bizni bir necha bor chuv tushirishgan. Doim suvdan quruq chiqadigan suv parilari koʻrinishidagi oʻgʻrilar

Taehyung jilmaydi.
— Xavfli go‘zallar, a?..

Jimin boshini qashidi.
— Bu endi qiziq bo‘lishiga o‘xshaydi...

Jungkook esa Mayani suratidan ko‘z uzmasdi. Ichida allaqanday notanish his uyg‘ongan edi.

Maya

Xona sokin. Tashqaridagi mashinalar tovushi eshitilmasdi. Deraza yopiq, chiroqlar o‘chiq. Ekran hali ham xira yaltirardi. Xonaning o‘rtasida agent Misu tik turardi. Qorong‘ilik ichida faqat uning ovozi aniq eshitilardi.

U qo‘llarini oldida qovushtirib, ohangini pasaytirdi. Ko‘zlarida jiddiylik, yuzida tiniq ifoda.

— Bu uch qiz har doim chiroyli. Har doim mukammal. Ularni ko‘rgan odam, ayniqsa erkaklar… birinchi nigohdayoq hushini yo‘qotadi.

U yurib, ekranning oldiga yaqinlashdi. Suratlar almashib turgan ekran to‘liq yoritilganida, Misuning yuzi hamda orqasidagi qizlarning suratlari bir-biriga qo‘shilib ketganday ko‘rindi.

— Ularning otasi — Venchenzo. Sobiq mafiya boshlig‘i. Juda qattiqqo‘l. U qizlarini beg‘ubor mehr bilan emas, sovuq intizom bilan tarbiyalagan. Ular bolaligidan qonun buzishning har bir nozik jihatini o‘rgangan.

U barmog‘ini suratdagi qizlarga tik qaratdi.

— Bugun bu qizlar... jinoyat olamining malikalariga aylanishgan.
Boshqacha aytganda, ular iblisga ham dars beradigan darajadagi ayollardir.

Shu payt u chiroq tugmasini bosdi.

Xona birdan yorishdi. Yorug‘likka ko‘zlari ko‘nikgan yigitlar bir muddat jim turishdi. Ular so‘zsiz nigoh almashdi.

Jungkook ohangsizgina boshini quyi solgancha, so‘ng ko‘zlarini ko‘tardi. Qoshlari chimirilgan, yelkalari biroz tik.

— Demak, bu qushchalarni hozirgacha hech kim qo‘lga ola olmagan, a? — dedi u ohangida nafaqat hayrat, balki ozgina g‘azab ham bor edi.

Agent Misu chuqur nafas oldi, so‘ng muloyim, ammo qat’iy ohangda javob qaytardi:

— Afsuski, ha. Ularning qo‘li juda uzun. Eng muhimi — iz qoldirishmaydi. Tizimda, kamerada, hatto guvohlarda ham iz yo‘q. Shu sababli, hech kim ularni fosh qila olmagan.

Taehyung qulog‘i ostidan yengil kulib qo‘ydi. Ko‘zlarini qisib, stulda yelkasini orqaga tashladi.
— Qiziq... — dedi u. — Balki boshqa hech kim tutolmagandir... lekin biz tutamiz. Hatto o‘zlari ham sezmay qolishadi.

Jimin ham unga ergashdi. Qovog‘i ochilgan, labida kulgi, lekin ohangida ishonch bor edi:
— Men ham bunga ishonaman. O‘ylab ko‘ringlar... ular o‘zlari kelishdi. O‘z yuragimizga kirib kelishdi. Bu — ularga qimmatga tushadi.

So‘ng, birdan savol berdi:
— Qani endi, aytingchi, qaysi olmos uchun kelishgan? Ma’lumot bering.

Agent Misu stulga cho‘kdi. Sumkasini ochib, ichidan silliq, muhrlangan, o‘ziga xos maxfiy belgilar tushirilgan ko‘k rangli konvertni chiqardi. U qog‘ozni sekinlik bilan ochdi va uchalasi tomon surdi.

— Bu olmos “Qora Gul” deb nomlanadi. Dunyoda yagona. Tarixiy va madaniy qiymati juda katta. Hozirda Seuldagi markaziy muzeyda ko‘rgazmada turibdi. Faqat bir hafta. Faqat yetti kun.

Jungkook qog‘ozni olib ko‘zdan kechirdi. Har bir tafsilotga e’tibor berardi. Yonida Taehyung va Jimin ham yonma-yon qarashardi.

Biroz sukut. So‘ng Jungkook ohangida qat’iylik bilan so‘z ochdi:

— Unda... ularni kuzatamiz. Har bir qadamlarini.

Taehyung:
— Va qachon ushlanganlarini o‘zlari ham anglamay qolishadi.

Jimin esa jilmaydi:
— O‘yin boshlandi, agent Misu

Misu hech narsa demadi. Faqat labida yengil, sirli tabassum bilan yigitlarga tik qarab turdi.

Zara

Seul Markaziy Muzeyi.

Yomg‘ir tomchilari muzey tomini ohangli urib turardi. Tashqarida qorong‘ulik, ichkarida esa sukunat... go‘yoki hamma narsa tinch. Ammo bu tinchlik — bo‘ron oldidan.

Muzeyning orqa tomonida qora mashina ichida uch nafar agent — Jungkook, Taehyung va Jimin yashirin kuzatuv holatida o‘tirishardi. Har birining qulog‘ida maxsus aloqa qulog‘ochi, ko‘zlari esa tungi ko‘ruv ko‘zoynagi bilan to‘la tayyorlikda.

Jungkook past ovozda gapirdi:

— Obektivda harakat bor. O‘ng qanot tomondan... Ayol silueti. Yolg‘iz emas. Ikkinchisi ham ko‘rindi. Uchinchisi orqada.

Taehyung pichirladi:

— Tasdiqlayman. Soat 01:47. Bizning parilar uchib kirishmoqda…

Jimin:
— Ajoyib. Qani endi, biz ulardan qadam oldinda bo‘laylik. Bugun tuzoq tayyor.


Ichkarida. Muzey binosi.

Qizlar — Elizabet (Maya), Veronika (Lilly) va Stifaniya (Zara) qora libosda, yuzlarida niqob, harakati yengil va sukunat bilan ilgarilab borishardi. Har bir qadam — rejalashtirilgan, muvofiqlashtirilgan.

Maya past ovozda gapirdi:

— Tizim o‘chirilgan. Veronika, kameralarni uzib qo‘ydingmi?

Lilly (Veronika) jilmayib javob berdi:
— Ular hozir menga TikTok ko‘rishyapti deb o‘ylashmoqda. Hammasi joyida.

Zara (Stifaniya) qo‘lida kichik qutichani silkib ko‘rsatdi:

— Olmosga olib boradigan eshik ochildi. Uch daqiqa ichida olamiz va chiqamiz.

Maya chuqur nafas oldi.
— Unda boshladik. Qizlar, bu safar ham biz afsonamizni davom ettiramiz.


Tashqarida. Kuzatuv mashinasi.

Jungkook mikrofonni yoqdi:

— Ular harakatni boshladi. Jimin, orqa eshikdan kirasan. Taehyung, chap qanot — seniki. Men markaziy zaldan. Hammasi aniq bo‘lsa — reja bo‘yicha ushlaymiz.

Uchovlon mashinadan tusha boshlashdi. Yomg‘ir ostida sukunat, faqat yurak urishi tezlashgan edi.


Ichkarida. Olmos saqlanayotgan xona.

Zara qutini ochdi. Uning ichida — "Qora Gul" nomli betakror olmos. Uning nuri xona ichini yoritganday bo‘ldi. Qizlar bir lahza jim bo‘lib, unga qarab turishdi. Go‘yoki o‘g‘rilik emas — san’at edi bu.

Lekin shu payt —

— Qo‘llaringni ko‘tar! Harakat qilmang! Sizlar qo‘lga olindingiz!

Eshik ochilib, Taehyung, Jungkook va Jimin uch tomondan ularni qurshab olishdi. Qizlar hayratlanmadi. Hatto cho‘chib ham tushmadi.

Maya asta orqasiga o‘girildi, niqobini yechdi. Yuzida yengil jilmayish bor edi.
— Sizlarni kutgan edik.

Jungkookning qo‘lida qo‘rquv aralash g‘azab bor edi.
— Bu safar bunday oson qochib qutulmaysizlar!

Taehyung Zarani qoʻlidan olmosni oldi va kulib kishanlamoqchi boʻldi

Lekin Maya ko‘z qisdi:

— Qani ko‘ramiz...

To‘satdan pol tagidan yengil tutun chiqa boshladi! Xona birdan tuman ichida qoldi.

Jimin:
— Yo‘q! Havo tutuni! Ko‘rish qobiliyati yo‘qolmoqda!

Zara kulib Taehyungni boʻynidan qoʻllarini oʻtkazib qulogʻiga pichirladi:
— Bizni tutish bu shunchaki oson ish emas,bu ilojsiz — deb uni koʻkraklaridan silab pastladi va yengil aʼzosini ehtiros bilan siladi
Bunday holatni kutmagan Taehyung joyidan qimirlolmay qoldi
Zara osongina olmosni olib, tutun tarqalguncha qizlar allaqachon yo‘qolib bo‘lishgan edi. Faqat oynadagi barmoq izlari va orqada qoldirilgan bitta qora vizitka bor edi.

U vizitkada yozuv bor edi:

> “Rahmat, yigitlar. Olmos juda go‘zal edi 😉

— Parilar”


Tashqarida.

Yomg‘ir yana yog‘ardi. Qizlar qora mashinaga o‘tirib, yo‘qolib ketishdi. Salonda Maya jilmayib o‘tirar, qo‘lida "Qora Gul" porlardi.

Lilly kuldi:
— Yana bir marta... mukammal chiqdi.

Zara haydovchilik qilayotib kulib javob berdi:

— Bizni tutaman deganlar… faqat orzu qiladi.


Orqada esa...

Jungkook jim turardi. Ko‘zlarida g‘azab bilan qizishgan alam bor edi.
— Bu hali tugamadi.

Taehyung unga qarab sekin dedi:

— Ular bizni chuv tushirishdi.

Jimin boshini qimirlatdi:
— Lekin bu o‘yin endi jiddiy boshlanyapti...

Lilly

Yomg‘ir bosib o‘tgan toza asfalt pista hali nam. Osmonda qizg‘ish nur, qiyalikdan sekin pastlayotgan quyosh atrofga ohangdor sokinlik baxsh etardi. Ammo bu sokinlik — faqat tashqi. Ichkarida — har kimning yuragida bo‘ron.

Uzoqdan porlab kelayotgan shaxsiy samolyot pista tomon tushmoqda. Bu — uch parining samolyoti.

Pista chetida qora mashinalar va ularning oldida Namjoon, Suga va Joon qattiq turibdi. Ular oddiy odamlar emas. Har biri — Portugaliyaning eng xavfli, eng kuchli mafiya boshliqlari. Ammo hozir... ularning ko‘zlarida na g‘azab, na hokimiyat — kutish bor. Yurak bilan, orzu bilan kutish.

Samolyot qo‘ndi. Eshik ochildi. Tangalaridek chiroyli narvon tushirildi. Qizlar birin-ketin chiqib kela boshlashdi.

Birinchi — Maya (Elizabet). Sochlari yengil shamolda yelkalariga to‘kilib, yurgani xuddi sehrli film qahramoniday edi. Uning ortidan Lilly (Veronika) va Zara (Stifaniya) tushishdi. Ularning har biri — o‘zicha go‘zal, o‘zicha xavfli. Tashqi ko‘rinish mukammal. Ammo ichkarida — sovuqqonlik, izchil reja va bo‘ysunmaslik.

Ular pastga tushishi bilan, uch nafar yigit ularga qarshi yurdi. Har biri — o‘zining sevimli qizini ko‘rgandek, lekin ular yaxshi bilishardi: bu qizlar hech qachon o‘zlariga tegishli bo‘lmagan.


Maya va Namjoon.

Namjoon sekin yurib, Mayaning qarshisiga to‘xtadi. Ko‘zlarida sog‘inch. Yuragida ezilish. Ammo yuzida — ohangdor jiddiylik.

U hech narsa demay uni quchoqladi. So‘ng sekin yelkalaridan ushlab, bo‘sa olish uchun engashdi...

Lekin Maya uni asta, lekin qat’iy itarib qo‘ydi.

— Kerak emas, — dedi u past, lekin aniq ohangda. — Bilasiz-ku, men bunday yaqinlikni yoqtirmayman. Ayniqsa... majburlanishni.

Namjoon chuqur nafas oldi. Bir soniya ko‘zlarini yumdi. Qaytib ochganda, nigohi og‘ir edi.
— Men... faqat seni sog‘indim, Elizabet.

Maya yuzini biroz burdi. Yengil kulimsiradi, ammo bu hazil emasdi.
— Men esa... yo‘q. Men sizni sog‘inmadim.

Namjoon bir soniya qattiq tikilib qoldi. Ammo hech nima demadi. Faqat ichidagi g‘alayonni yashirdi.


Lilly va Suga.

Lilly atrofga bir qarab oldi. O‘zining shafqatsiz, ammo jim yigitini ko‘rdi. Suga unga sekin yaqinlashdi. Ko‘zlarida kinoya bilan o‘ynagan shamolday ifoda bor edi.

U unga etib kelib, belidan quchmoqchi bo‘ldi.

Lilly ogohlantirdi. Ovozi qattiq, lekin sokin.

— Aslo. Bu safar emas. Menga tegmang.

Suga kuldi. U o‘zini orqaga tortmadi. Hatto Lillyning sovuqligi undan o‘tmayotganday gapirdi:

— Nega ekan? Seni g‘azablantirish menga yoqadi.

Lilly uning ko‘ziga qarab javob berdi:
— Meni g‘azablantirsangiz... oʻzingizni yo‘qotishingiz mumkin.

Suga esa yengil, qattiq ohangda pichirladi:

— Aynan shuni xohlayman.


Zara va Joon.

Zara xotirjam tushdi, lekin qadamida kuch bor edi. Uning ortidan kelgan Joon unga tik qarab, bir soniya kulimsiradi. So‘ng yaqinlashib, peshonasidan o‘pdi.

— Stifaniyam… charchamadingmi?

Zara boshini biroz egib kuldi. Kinoya bilan, o‘ziga xos silliq ohangda:

— Nima, men o‘yinchoqmanmi? Sirkdan chiqqandek? Albatta charchadim.

Joon ko‘zlarini yumdi, lekin hech nima demadi. Zara esa ortga o‘girilmasdan yurib ketdi.


Mashinalar.

Maya Namjoonga qarab to‘xtadi.

— Mashinalarimiz qani?

Namjoon yelkasini qisdi. O‘zining qora “Maybach” mashinasini ko‘rsatdi.

— Mana. Sen uchun. Haydovchi ham tayyor.

Maya yuzida yengil tabassum bilan dedi:

— Rostdanmi? Siz men bunga o‘tiraman deb o‘yladingizmi?

Namjoon qoshini ko‘tardi. Qattiq ohangda:

— Elizabet... juda erkalab ketayotganing yo‘qmi?

Maya sekin oldinga yurib, yuzma-yuz turdi. Ko‘zlarini uning ko‘zlariga tikdi.

— Shunday bo‘lsa... nima qilasiz?

Namjoon labining bir cheti bilan shaxvoniy, xavfli kuldi:

— Seni jazolayman.

Maya jilmayib bosh chayqadi:

— Sizni juda erkalatishgan, shekilli.

— Kalitlar? — dedi u.

Namjoon cho‘ntagidan kalitni olib uzatdi.
— Seni shunday olovligingni yaxshi ko‘raman, Elizabet...

Maya kalitni olib, hech narsa demay mashinaga o‘tirib ketdi.

Lilly va Zara ham o‘zlarining mashinalariga o‘tishdi. Ular ko‘zlarini orqaga bir qarab, yigitlarga hech qanday izohsiz jo‘nab ketishdi.


Yigitlar jim turardi.

Jungkook Jimin Taehyung

Hech kim hech narsa demadi. Ular hali ham joyida edi.
Ammo yuraklarida bir savol aylanardi:

“Qachongacha biz kuchli bo‘lib, ularning yuragini zabt eta olmaymiz ?"

Qizlar — Maya, Lilly va Zara — qora mashinadan tushib, nihoyat bolalik uylariga yetib kelishgandi. Atrof jimjit. Faqat uzoqdan yengil musiqa ohangi eshitilib turar, shamol derazalardagi pardalarni yengil o‘ynatar edi. Hovli esa odatdagidek — muhtasham, ammo sirli. Bu uyning devorlari ichida sirlar yashaydi. Hamma bu yerda qandaydir mas’uliyat, qandaydir ichki tartib borligini his qiladi.

Darvozaning ichki tomonida esa — Venchenzo, ularning otasi, qattiqqo‘l, ammo yuragida chuqur mehr yashirgan odam, qizlarini kutib turardi.

U qizlarini uzoqdan ko‘riboq jilmaydi. Ammo u jilmayishda mehrdan ko‘ra ko‘proq nazorat bor edi.

— Nihoyat keldinglar, — dedi u chuqur, ammo sokin ovozda.
Qizlar bir-bir navbat bilan bagʻriga bosdi.

Venchenzo birinchi bo‘lib Mayani quchoqladi. So‘ng Lillyni, keyin Zara’ni. Ularning har birini peshonasidan o‘pdi.
— Mening mag‘rur, uchar qizlarim… sizlar bilan faxrlanaman.

Maya sumkasidan kichik qora qutini olib, otasiga tutdi.

— Mana, siz so‘ragan olmos.

Venchenzo qutini ochdi. Undagi "Qora gul" olmosi qora aksida yaltirab turardi. U chuqur nafas oldi.

— Ajoyib. Yana bir ish — ideal yakunlandi. Endi... biroz dam olinglar. Sizlar bunga loyiqsizlar.


Qizlar hovlining chetidagi kursilarga o‘tirishdi. Atrofga yulduzlar to‘lib, osmonda haroratni pasaytiruvchi shabada aylanib yurardi. Qizlar yelkasini qisib, ozroq jim bo‘lib qoldi.

Zara boshini kursiga suyab, yulduzlarga tikildi:

— Endi nima qilamiz?..

Lilly qoshlarini ko‘tarib kuldi:

— Klubga boramizmi? Yuragim raqsga tushgisi kelayapti.

Maya o‘ychan, ammo jilmayib bosh silkidi:
— To‘g‘ri aytding. O‘sha shovqinli, yorug‘ joylarni sog‘indik. Hayotimizni eslatuvchi yerlar.

— Unda tayyorlanamiz! — dedi Zara hayajon bilan. Ular birdaniga o‘rnidan turishdi va ichkariga kirib ketishdi.


Xonada rangli chiroqlar ostida turgan kiyimlar orasidan har biri o‘ziga mosini tanladi. Maya — klassik qora libos, orqasi ochiq, uzun kesim. Lilly — qizil, tanani quchgan libos, koʻz o‘ynatadigan nafis bo‘yra. Zara — oq va kumush rangdagi porloq, ko‘krak qismida mayin yaltirashlar.

Ular oynaga qarashdi — go‘zallikning eng shiddatli ko‘rinishi edi bu. Ammo ichkarida — sir, kuch, va biroz charchoq yashiringan.

Maya yelkasiga atir sepdi.
— Bugun kechasi uzoq bo‘ladi.

Zara kuldi:
— Ayniqsa... biz klubda bo‘lsak.

Ularni kutayotganlar bor edi. Venchenzo, va... uch nafar yigit — Namjoon, Suga va Joon.

Qizlar bir soniya to‘xtab qolishdi. Kiyinishgacha kuchli, jasur bo‘lishgan, lekin hozir... ular ko‘zlarda o‘qilayotgan nazoratni, rashkni, va noaniq hislarni his qilishdi.

Venchenzo jilmaydi. Ko‘zlari qizlariga emas, yigitlarga tikilgan.

— Oshiqlaringiz bilan boringlar, qizlarim. Yaxshi hordiq bo‘lsin. Tun — sizlarga mos.

Zara otasiga kinoya bilan qaradi. Yuzida esa tabassum emas, bir oz jahl yashirin edi.

— Dumlaringni deyavering, dada.

Venchenzo kuldi.
— Mayli… lekin ehtiyot bo‘linglar.

U ichkariga kirib ketdi.


Yigitlar yaqinlashdi.

Namjoon birinchi bo‘lib gap boshladi. U Mayaning ko‘zlariga tik qarab:

— Juda... ochilib ketibsizlar, malikam.

Maya uni to‘g‘rilab to‘xtatdi:

— Nima, oldin hunik edikmi?

Suga sekin Veronika tomon yurdi.
— Ko‘rinishing bugun yulduzlardek...

Lilly burnini qisib, kuldi:
— Parvo ham qilmayman. Men har doim yulduzdaman.

Joon Zaraga qarab qo‘ydi. U kulmadi, lekin nigohi bilan:

— Har doimgidek… shunchaki mukammal.

Zara jilmaymadi. Faqat dedi:
— Buni eslatishingiz shart emasdi.

Qizlar ortiqcha so‘zsiz mashinalariga o‘tirdi. Motor tovushi baland eshitildi. Ko‘zlar orqaga qaramadi.


Bu orada...

Taehyung, Jungkook va Jimin Portugaliyaga yetib kelishdi. Mehmonxonaga joylashganlaridan so‘ng, agentdan kelgan ma’lumotni o‘qishdi.

Jungkook labini tishlab dedi:

— Ular klubga yo‘l olishgan. Aynan o‘sha mashhur joy.

Taehyung ko‘zoynagini taqib, jilmaydi:

— Biz ham o‘sha yerda bo‘lamiz. Faqat... bu safar hammasi boshqacha bo‘ladi.

Jimin bosh irg‘ab:

— Qizlar o‘zlarini ustun sanashadi... lekin biz hali ko‘rsatamiz.

Mashinalar shahar yoritilgan yo‘llari bo‘ylab uchib ketdi. U kecha... oddiy klub kechasi emasdi. Bu — yuraklar, o‘tmish va tuyg‘ular o‘yini edi

Shahar eng qizg‘in damlarini boshdan kechirar, klub esa tunda hayot boshlanadigan joyga aylangandi. Yorug‘ chiroqlar, og‘ir musiqa ritmi, havodagi atirlar aralashgan hid — hammasi bir-biriga qorishib, yurakni tez urdirardi. Bu yerda har bir nigohda istak, har bir harakatda ma’no yashiringandi.

Ammo hamma to‘xtaganday bo‘ldi, ularni ko‘rishganda...

Maya, Zara va Lilly klub eshigidan kirib keldi.

Ular shunchaki qadam tashlamayotgandek edi, ular yurayotgan edi — nazokat bilan, mag‘rur, ohangdor. Tanalarini quchgan liboslar, yaltiragan terilari, sochlari harakat bilan birga tebranardi. Ular qadam tashlagan har bir metr ortida ko‘zlar, hayrat, havas, va... hohish qolib ketardi.

Ular markaziy stoldan joy olishdi. Har biri o‘z ichimliklarini buyurtma qildi. Muzli stakanlar chiyillab, atmosfera o‘rtasida jim ohang yangray boshladi. Erkaklar qarab qolgan, ayollar esa o‘zlarini ularning yonida yo‘q his qilgan edi.

Shu payt, og‘ir qadamlari bilan Namjoon, Suga va Joon kirib kelishdi.

Ularning ko‘zlari bir zumda qizlarga tushti. Ammo bu safar g‘urur bilan emas — rashk bilan. Har bir erkak bilardi — ularning yonidagi ayollar faqat chiroyli emas, ular xavfli, erkin, egilmaydigan.

Ular qizlar o‘tirgan stolga yaqinlashdi. Har birining yuragi ichida alanga bor edi, lekin chehrasi sovuq edi.

Namjoon, ko‘zlarida g‘azab va iztirob bilan, Mayaga engashdi. Shovqindan sekin shivirlab:

— Yopiqroq kiyim yo‘qmidi, Elizabet?..

Maya sekin boshini unga burdi. Uning nigohi muzdek, ammo ichkarisida alam va g‘urur qo‘r urib turardi. U lablarini qattiq tig‘izlab, shunday dedi:

— Men aynan shuni kiyishni xohladim. Hech kim uchun o‘zgarmayman.

Namjoon jim bo‘lib qoldi. Bu gap yuragiga qadalgan edi. Ammo u hamon ko‘z uzmasdi.

Qizlar buyurtma bergan ichimliklar kelgach, ularning harakatida hech qanday shoshilish yo‘q edi. Ular bu klubga dam olish, nazoratda bo‘lish uchun emas — o‘zlarining kimligini ko‘rsatish uchun kelgandi.


Shu payt...

Klub eshigi yana ochildi. Uchta salobatli, ammo sokin yigit ichkariga kirib keldi.

Jungkook. Taehyung. Jimin.

Ular bir zumda atrofni ko‘zdan kechirdi... va ularni ko‘rdi.

Uch go‘zal... va ularning yonida o‘tirgan uch yigit.

Yigitlar sekin yura boshlashdi. Yuraklari tez ura boshlagandi. Ko‘zlarida: “Mana sizlar... biz yetib keldik,” degandek bir og‘irlik bor edi.

Ular to‘g‘ri qarshilarida bo‘sh turgan stolga o‘tirdi.

Ularning kirishidan so‘ng klub yana jonlandi, ammo ichkarida allaqanday ziddiyat, yashirin to‘qnashuv sezilardi.

Maya, birinchi bo‘lib ko‘z tashladi. Jungkook... uning nigohi to‘g‘ri Maya ko‘zlariga qadaldi. Bir zumga har narsa to‘xtaganday tuyuldi. Maya asta o‘zini bosdi, qo‘lini yuragiga bosib, yuzini boshqa tomonga burdi.

Lilly, sekin bosh egib Jiminga qaradi. Nigohi yaltirab, ammo tortinchoq edi. Jiminda esa ko‘zlar to‘g‘ri turibdi — u ham bu go‘zallikni sog‘ingan.

Zara esa kulimsirab Taehyung tomon qaradi. Pastki labini ozgina tishlab, unga ko‘z qisdi. Bu “Men seni ko‘rdim, ammo bu kechada o‘yin mening qo‘limda,” degandek edi.

Yigitlar... o‘zlarini g‘alati his qilishdi. Ichkarida nimalardir buzilib, lekin shu bilan birga yangi hislar uyg‘onayotgandek edi.


Atmosfera qizib borardi.

Chiroqlar rang o‘zgartirardi. Musiqa og‘irlashardi. Ichimliklar ko‘paygandi.

Ammo bu oddiy klub kechasi emasdi. Bu — nazorat, rashk va yurakdagi yashirin tuyg‘ular janggi edi.

Musiqaning ovozi asta kuchaygan sayin, qizlarning harakatlari ham erkinlasha boshladi. Ichilgan bir nechta ichimlik ularni ozroq mast qilgandi, lekin bu mastlik — ongni o‘chirmas, balki qo‘yib yuboradigan, beg‘ubor quvnoqlik edi.

Maya, jingalak sochlarini orqaga tashlab, tanasini ohangga mos harakatlantirar edi. Qorong‘i mayin chiroqlar uning beliga tushganda, butun klubdagi nigohlar bir zumda u tomon og‘ardi.

Zara kulib, sochini orqasiga siltab, Lilly bilan birga sahnani to‘ldirib, ishtiyoq bilan raqsga tushardi. Ular qiyinchiliksiz bu klub markaziga aylanishgandi. Ularga qo‘shiq ohangi begona emasdi — bu ularning dunyosi, ularning kuchi edi.

Ularning liboslari esa... aynan yigitlar ko‘tara olmaydigan darajada jozibali edi. Orqasi ochiq, tanaga yopishgan, har bir harakatni ohangdor qiladigan liboslar... va bu liboslar ostidagi erkinlik — yigitlarning sabrini sinovga olayotgandi.

--

Jungkook, ko‘zlarini Maya’dan uzolmas, stakanni siqib ushlab o‘tirardi. Yuragi qattiq urardi, ammo tan ololmasdi. Labini tishlab, boshini asta burdi.

— Nega bilmadim... lekin aynan shu qizning harakatlaridan, kiyimidan jahlim chiqyapti, — dedi u

Taehyung sekin bosh irg‘adi. Ko‘zlari Zara’dan uzilmas edi. U ham indamadi. Ammo keyin kulimsiradi:

— Bizning ham rashkimiz kelyapti. Qanday qilib shunchaki qarab turamiz?..

Jimin esa ichimlikdan bir ho‘plab, sekin asabiylanib dedi:

— Anavi... so‘tklarga qarang! Qizlar bilan birga kelishgan, endi esa qarab turibdi! Ular nima, shunday turishaveradimi? Tushmaysan! Bunday kiyinmaysan demaydi?

--

Qizlar esa bu holatdan bexabar edilar. Yoki shunchaki befarq. Ular allaqachon musiqaning ichiga kirib ketishgan, qo‘llar havoda, oyoqlar ohangda harakatda edi.

Maya, qo‘llarini ko‘tarib, sochlarini orqaga tashlab, butun tanasini ohista harakatlantirar, labida ozgina jilmayish bor edi. Boshqa hech kim yo‘qdek edi u uchun — faqat o‘z tanasi, musiqa va bu tun.

Lilly esa boshini orqaga tashlab kuldi. U allaqachon mast edi. Unga hozir hech narsa muhim emasdi — na o‘tganlar, na yonidagilar.

Zara esa eng ehtirosli harakatlar bilan raqsga tushar edi. U o‘zini nazorat qilmas, balki ko‘zlar bilan o‘ynar, o‘ziga qaragan har bir erkakni "ko‘rdim, lekin yetolmaysan" degandek, ko‘zlarida o‘ynoqlik bilan qarardi.


Ammo... yigitlar harakat qilolmasdi.

Namjoon, Suga, va Joon — ular o‘sha yerda edi, lekin qizlar ularni yaqiniga ham yo‘latmasdi.

Namjoon Mayaga yaqinlashmoqchi bo‘ldi — lekin Maya unga qarab, faqat bosh chayqadi. "Bugun hohlaganimni qilaman," degandek.

Suga Lilly tomon yurdi. Unga nimadir demoqchi bo‘ldi, lekin Lilly unga orqasini o‘girib, boshqa tomonga raqsga tushishda davom etdi.

Joon esa Zaraga qarab yurdi. Ammo Zara kuldi. Qattiq, achchiq, o‘ynoqi kulgi bilan:

— Juda sekin harakatlanyapsan, Joon.

.
.
.

Muallif :Maya❤️Zara