May 10, 2025

𝑪𝒉𝒂𝒔𝒊𝒏𝒈 𝒍𝒐𝒗𝒆 - 𝒔𝒆𝒗𝒈𝒊𝒏𝒊 𝒕𝒂𝒒𝒊𝒃 𝒆𝒕𝒊𝒃

Ep_1

Muallif : Maya

Sofi yigʻlagancha aeroportga shoshilib kirib ketdi. U orqasiga ham qaramadi. Jungkook esa darhol ortidan yugirdi, ammo kirish joyida to‘xtatishdi — ruxsatnomasi yo‘q edi. Qo‘riqchilar uni ichkariga qo‘ymadi. U bir lahza ikkilanib turdi-da, yuzidagi niqobni va boshidagi kepkani yechib tashladi. Atrofdagilar birdan qiy-chuv bo‘lib ketdi. Endi uni tanishgan edi — BTS’ning o‘zi, Jeon Jungkook!

"Ichkariga kirishim kerak. Juda muhim," dedi u keskin ohangda va xavotirlanish bilan. Qo‘riqchilar ortga chekindi. U yugurib aeroport ichkarisiga kirdi, odamlar orasidan Sofini izlay boshladi. Ammo… uni ko‘rmadi. U yo‘q edi. Odamlar har tarafda, har kim o‘z yo‘lida shoshardi, lekin Sofi – go‘yoki havoga singib ketgandi.

Bir necha daqiqa o‘tib, Taehyung ham yugurib keldi. U ham niqobsiz edi, ko‘zlarida xavotir, yuragi g‘amga to‘la.

"Qizlar qani?" dedi u nafasini rostlab.

Jungkook boshini asta silkitdi:
"Yo‘qotdim…. Topolmayabman, Taehyung…"

Taehyung jim bo‘lib qoldi. So‘ng o‘zini ayblashni boshladi:
"Men... men qalbimni birinchi marta kimdurgadir berdim. Uni asrolmadim. Qo‘ldan boy berdim. Qayerdan kelib tushdi o‘sha lanati video?.."

Jungkook jim edi. U so‘z topolmas, faqat yuragi ezilayotganini his qilardi.

Jungkook

8 oy oldin

BTS a’zolari uzoq davom etgan gastrol safaridan so‘ng nihoyat uylariga qaytgan, har kim o‘z xonasida yoki mehmonxonada tin olishga harakat qilardi. Hamma charchagan, sahna, samolyot, mehmonxonalar – bularning hammasi ortda qolgan. Endi esa bir muddat tinchlik, sokinlik...

RM divanda yotgancha shiftga tikilib, chuqur nafas oldi. Unga bu jimlik yoqardi. Ammo birdan bir narsa esiga tushdi.

– Jungkook qani o‘zi? – dedi u boshini ko‘tarib, atrofga qarab.

Jimin oshxonadan suv ichib chiqarkan, yelkasini qisdi:

– U yana aylangani chiqib ketdi, – dedi beparvolik bilan, lekin yuzida biroz tashvish bor edi.

RM qoshini chimirib, bezovta ohangda gap qildi:

– Obbo, bu bola hech qachon gapga quloq solmaydi-da… Hech bo‘lmasa aytib ketmaydimi qayerga chiqayotganini?

Jin, qo‘llarini yuvayotgan edi. Kulib qo‘ydi.

– Qo‘y endi, RM. Jungkookni bilmaysanmi sen? – dedi u yengil ohangda. – Har safar shahar havosini olib kelmasdan tinchimaydi u. Hozir biroz kezib, yolg‘izlikdan zavqlanib, yana qaytib keladi. Har doimgidek.

RM yelkasini qisib, chuqur xo‘rsindi. Ichida biroz xavotir bor edi, lekin Jinning gaplari uni bir oz tinchlantirdi.

– Hm…, to‘g‘ri. Lekin baribir har safar xuddi bir narsa bo‘ladiganday yuragim siqilib turadi, – dedi u sekin.

Jimin, RM, Jin

Jungkook tinchlik izlab, shunchaki ko‘chaga chiqdi. Seulning tungi manzarasi — neondan tovlanayotgan chiroqlar, shoshayotgan odamlar, qahvaxonadan chiqqan issiq kofe hidlari... Bularning hammasi unga yaxshi tanish edi. Ammo bugun nimadir boshqacharoq edi. Ichida bir g‘alati bo‘shliq bor edi. U yurib borarkan, telefonini ham yoqmasdi. Shunchaki atrofga tikilib, qadamlarini sokinlik bilan sanardi.

Shu payt qulog‘iga begona, ammo yurakka yaqin ohang chalinib keldi. Ovoz... o‘zgacha edi. To‘g‘ri emas, lekin aynan shu “noto‘g‘rilik” juda samimiy tuyuldi.

U to‘xtadi.

Yo‘lak chetida, ko‘chadagi mayda sahnada, chet ellik bir qiz turardi. Sochlari yelkalariga to‘kilib tushgan, libosi oddiy, ammo ozoda. U jonli ovozda kuylardi — talaffuzi begona, lekin yurakdan edi. Qo‘shiq aytayotganda ko‘zlari yumilib ketardi go‘yo, xuddi bir dunyoda faqat u va musiqaning o‘zi bordek.

Jungkook qotib qoldi. Nafas olganini ham sezmay qoldi.

Qiz har satrni goh iltijo bilan, goh hayajon bilan, goh esa yuragini yirtib chiqayotgandek ifoda qilardi. Unga qarab turgan odamlar jim turar, faqat quloqlari bilan emas — yuraklari bilan tinglashar edi. Uning oldida bir kichkina quticha turardi. Odamlar qo‘shiq tugaganida sekin unga pul solib ketishardi, lekin bu ayanch emasdi — bu minnatdorchilik edi.

Jungkookning yuragi g‘alati urardi. Bu oddiy xonanda emasdi. Bu qiz kuylayotganda yuragini ochib qo‘yardi. Butun vujudini kuyning o‘ziga aylantirardi. U har bir notada yashar, har bir so‘zda his qilardi.

Yarim soat shu tarzda o‘tdi. Qiz nihoyat oxirgi qo‘shig‘ini kuylab tugatdi. Bosh egib, yengilgina ta’zim qildi. Qutichasini oldi-da, sekin yurib, yaqinroqda nogironlar aravachasida o‘tirgan yigitning oldiga bordi. Yoniga cho‘kdi, unga biror narsa dedi, yuzida esa iliq tabassum bor edi. Yigit ham kulimsiradi. Qiz qutidagi pullarni unga berdi chog‘i.

Shu payt u soatiga qaradi va birdan yuzidagi ifoda o‘zgardi — kech qolgandek. Tezda o‘rnidan turdi va yugurib ketdi. Sochlari shamolda hilpiradi, qadamlarida shoshilish, ko‘zlarida vaqt yetmayotgan odamning xavotiri bor edi.

Jungkook esa o‘sha joyda turib qoldi. U qizning ortidan qararkan, yuzida mayin tabassum paydo bo‘ldi. Yuragi iliqlik bilan to‘ldi.Chunki bu kechada u kimnidir yuragiga yaqin kelganini his qildi.

Sofii zinadan shoshilib chiqdi. Nafasini rostlay olmay, kalitni topishga urindi. Ammo topolmay.Eshikni taqillatdi.

Eshik ochildi. Zara qarshisida turardi. Sochlarini orqaga yig‘ib olgan, ko‘zlarida esa g‘azab aralash xavotir.

– Qayoqlarda yurganding, Sofi? Yana kechikding! – dedi u qoshlarini chimirib.

Sofi esa nafasini rostladi-da, yelkasini qisdi. Yuzida charchoq, ammo ko‘zlarida qandaydir porlayotgan narsa bor edi.

– Dugonajon... bir oz ushlanib qoldim, – dedi u bemalol, jilmaygancha ichkariga kirarkan.

Zara unga qarab turdi. Indamadi. Faqat ko‘zlari bilan “nima bo‘ldi?” degandek savol berdi.

Sofi esa sekin poyabzalini yechib,uyga kirib, divanga cho‘zildi. Xonadagi mayin yorug‘lik, kofe hidi, ichkaridagi tinchlik uni qamrab oldi. U chuqur nafas oldi. Yuzida esa sokin, ammo sehrli tabassum bor edi.

– Bugun... qiziq kun bo‘ldi, – dedi u asta.

Zara jilmaydi. U Sofiyning ko‘zida nimanidir sezdi. Bu oddiy kechikish emasdi.

– Nimadur boʻldimi?

Sofi esa ko‘zlarini yumdi.

– U birinchi marta... negadir yuragim boshqacha urganini his qilyapman..

Sofi