YOU are my LIFE
London tunlari โ bu ajoyib manzara. Shaharning yorug'ligi, Temza daryosidagi aks etgan chiroqlar, gavjum ko'chalardagi shovqin-suron va uzoqdan eshitiladigan musiqa tovushlari โ bularning hammasi Londonning sehrli atmosferasini yaratadi. Yuqoridan qaralganda, shahar millionlab yulduzlarga o'xshab porlaydi. Bu manzarani kuzatib, qizlar o'zaro suhbat qurishar, o'zlarining orzulari va rejalarini muhokama qilishardi.
Tez orada qorin sohasidan og'ir jarohat olgan yigitni olib kelishdi. Qizlar zudlik bilan reanimatsiya xonasiga yugurishdi. Sofianing yuragi tez urardi; har doim shunday holatlarda u o'zini qo'lga olishga harakat qilardi. Ziyoda ham hayajonda edi, lekin o'zini bosishga harakat qilib, Sofiaga savol nazari bilan qaradi.
"Jarohat juda chuqur, o'tkir narsa bilan urilgan," dedi Sofia, jarohatni diqqat bilan ko'zdan kechirar ekan. "Ziyo, asboblarni tayyorla."
"Qon tomirlari shikastlangan bo'lsa-chi, operatsiya qilamizmi?" so'radi Ziyoda.
Sofia boshini chayqadi. "Yo'q, avval qonni to'xtatishga harakat qilamiz. Agar qon tomirlari shikastlanmagan bo'lsa, shunchaki tikib qo'yamiz."
Bemor Sofiaga qarab yotardi, ko'zlarini undan uzolmasdi. Sofianing yuzini niqob to'sib turgan bo'lsa-da, uning ko'zlaridagi mehribonlikni his qildi. "Kechirasiz, meni siz davolaysizmi?" so'radi bemor xirillab.
Sofia unga tabassum qildi, garchi bemor uni ko'rmasa ham. "Ha, albatta. Havotir olmang, hammasi yaxshi bo'ladi."
Qizlar jarohatni tozalashdi, qonni to'xtatishdi va ehtiyotkorlik bilan tikib qo'yishdi. Sofia har bir harakatini aniqlik bilan bajardi, Ziyoda esa unga yordam berishga tayyor edi.
Nihoyat, ular ishni tugatishdi. Sofianing yuzida charchoq alomatlari ko'rindi, lekin u o'z ishini qilganidan xursand edi.
"Ziyo, tashqariga chiqib, bemorning ahvoli yaxshi ekanligini ayting. Hozir dam olishi kerak," dedi Sofia.
Ziyoda boshini irg'itib, tashqariga chiqdi. U yerda oltita yigit tashvish bilan ularni kutib turardi.
"Do'stimiz yaxshimi? Jarohati chuqur emasmi?" so'radi ulardan biri.
"Ahvoli yaxshi. Hozir dam olyapti. Bir-ikki kun shifoxonada nazorat ostida bo'ladi. Jarohati chuqur, lekin hayotiga xavf yo'q," dedi Ziyoda.
"Rahmat sizga," dedi yigitlardan biri minnatdorchilik bilan.
Ziyoda tabassum qilib ichkariga kirdi.
Ziyoda va Sofia shifokorlar, ular o'z ishining mutaxassislari edi.
Hamma qizlarimiz 19 yoshli musulmon go'zallar
Muslima, Suna va Robiya esa mohir rassomlardir. Ular shunday rasmlar chizishardiki, hammani hayratga solardi.
Suna va Robiya "peyzaj rassomlari" (landscape artists) edilar, ya'ni ular tabiat manzaralarini chizish bilan shug'ullanishardi.
Muslima esa moda rassomi edi, ya'ni u asosan ayollar kiyimlarining eskizlarini chizardi.
Qizlar ishlarini tugatib, uylariga borishdi. Ular o'zlari ham o'qib, ham ishlashardi. Ota-onalari esa O'zbekistonda yashashardi va orada bir borib kelishardi.
Qizlar bitta uyda, huddi opa-singillar kabi yashaydilar. Ular bir-birlarini juda yaxshi ko'rishardi.
Qizlar uylariga borib, kechki ovqatdan keyin divanda kofe ichib dam olayotganlarida
Sofianing telefoniga qo'ng'iroq tushdi.
Ekranda "Shifoxona" yozuvi paydo bo'ldi.
Telefonni ko'tarib:
โ Alo, โ dedi.
โ Alo, Sofia, qayerdasiz? โ so'radi hamshira.
โ Kechagi bemor to'polon qilayapti. Faqat sizgina bog'lovni yangilay olasiz. Jarohatidan qon ketayotgan ekan.
โ Voy, nimaga qon ketadi? Hozir boraman!
Sofia tezlik bilan shifoxonaga yetib bordi va bemorning palatasiga kirdi. Bemor, jarohati qon bo'lib, bog'lovi yo'q holda kitob o'qiyotgan ekan. Tepasida ikkita hamshira turardi. Sofia nimalar bo'layotganini tushunish uchun kirdi.
โ Hamshira, gap boshladi โ bemorga bog'lovni yangilashga ruxsat bermayaptilar.
โ Ha, faqat sizga qildirarkanlar, โ dedi ikkinchi hamshira.
โ Yaxshi, chiqib ketinglar! โ So'ng bemorga yuzlanib: โ Nimaga to'polon qilayapsiz? Yosh bolaga o'xshab!
โ Hamshiralaringiz hech nima qilishni bilishmaydi. Mana, ko'ring, jarohatim qon bo'lib ketgan, โ dedi bemor.
Sofia ishini tugatib, chiqib ketayotganida, eshikni yopmasdan: โ Men shu yerda bo'laman. Yana hamma joyini boshingizga ko'tarib palatada to'polon qilmang!
โ Siz ketmasangiz, qilmayman, โ dedi bemor kulib.
TONG O'TDI
Ertasi kuni qolgan guruh a'zolari birga o'tirishganda, JK gap boshladi:
โ Men zerikib ketdim. Yuringlar, sayr qilib kelamiz.
โ Ha, men roziman, โ dedi Jin.
โ Ha, Namjoonni ham ko'rib, javob berishsa, olib kelamiz, โ dedi J-Hope.
โ Ha, parkka ham borardik, โ dedi Suga.
โ Rasmlar ko'rgazmasi bor ekan, o'sha yerga ham borardik, โ dedi Jimin.
โ Ha, ketdikmi unda? โ dedi Tae.
Yigitlar chiqib, to'g'ri shifoxonaga borishdi va Namjooning palatasiga kirishdi. Lekin JK kimni bir izlayotgandi, hamma joyga yugurib kirdi.
โ Tae, JK, u yerda nima qilayapsan? Kel, tezroq!
โ Haa, boryapman, โ dedi JK va Namjooning palatasiga kirib, izlagan odamini o'sha yerda ekanligidan xursand bo'ldi. Bemor bu BTS guruhi a'zolari lideri Kim Namjoon edi.
โ Endi ketsam bo'ladimi? โ dedi Namjoon.
โ Ha, bo'ladi. Endi ruxsat beramiz.
โ Endi sizni ko'rolmaymanmi? โ so'radi Namjoon.
โ Yo'q, axir yaxshi bo'lib qoldingizku, Sofia chiqib ketdi.
Yigitlar ham shifoxonadan chiqib, ovqatlanishga borishdi. Keyin Jin, RM va J-Hope mehmonxonaga qaytishdi. Qolgan yigitlar sayrga ketishdi.
Qolgan a'zolar o'zlari har xil joylarni aylanishlarini aytib, kechki payt mehmonxonada ko'rishishga kelishib olishdi.
Jungkook darhol orqaga qaytib, shifoxonaga kirdi. Ziyodani so'rab, uning palatasiga bordi. JK palataga kirganda, hech kim yo'q edi. U koridorda qo'llarini mushtlab turardi.
โ Ha, haligi... meni qayerimdir og'riyapti, lekin o'zim bilmayapman, โ dedi JK. Ziyoda rostini o'ylab, โ Qayeringiz, qanday og'riq berayapti? โ deb sinchiklab qaradi. โ Haligi... raqamingizni bering, aniqlab, qo'ng'iroq qilardim, โ dedi JK.
Hammasini tushunib yetgan Ziyoda kulib: โ Unda yaxshilab bilsangiz, har kuni shu yerda bo'laman. Bemalol kelavering, โ dedi va palataga kirib ketdi.
JK: โ Vay! โ deb pastki lablarini tishlab, kulib qoldi.
Suna osmon va bulutlardan yarim ko'rinib turgan quyoshga qarab rasm chizayotgan edi. Birdan uning orqasidan kimdir gapirdi:
"Agar quyoshni sal ko'proq ko'rsatsang, yaxshiroq bo'lardi."
Suna orqasiga o'girilib qaradi. Uning oldida oppoq yuzli, qisiq, lekin chuqur ko'zli, qat'iyatli, keng yelkali, qora qalin sochlari bo'ynigacha tushgan kelishgan yigit turardi. Uning yuzida nim tabassum bor edi.
Suna qoshlarini chimirib dedi: "Men quyoshni shunday tasavvur qildim. Va keyin osmonda ham xuddi shunday ko'rinyapti." Uning ovozida biroz norozilik bor edi.
Yigit kuldi. "Mayli, lekin sen yaxshi rassom ekansan. Isming nima?"
"Nega menga 'sen' deb gapiryapsiz? O'zi siz kimsiz? Meni 'sen'laydigan?" Suna unga savol bilan javob berdi.
Yigit hazillashdi: "Bo'lg'usi eringman. Bo'ladimi?"
Suna unga hayron bo'lib qaradi. "Nima? Erim? Hm, yana nima xohlaysiz? Hm, ko'ynimi ko'chasi?"
Yigit uning javobiga tushunmay qarab turardi.
Suna kulib yubordi va dedi: "Siz juda g'alati ekansiz." U narsalarini yig'ishtirib ketmoqchi bo'ldi.
Yigit uning ketayotganini ko'rib dedi: "Isming nima? Telefon raqamingni berolasanmi?"
Suna to'xtadi va kinoya bilan javob berdi: "Balki uy manzilimni ham berarman?"
Yigit dedi: "Mayli, jon derdim, yo'q demasdim."
Suna boshini chayqadi va ketib qoldi.
Uning ortidan yigit qarab qoldi. Bu BTS guruhining a'zosi Min Yoongi, ya'ni Suga edi.
Jimin rasmlar ko'rgazmasi bo'layotgan binoga kirib, o'zi yoqtirgan sirli rassom chizgan rasmlarini ko'rib xursand bo'ldi. U shu rasmlar muallifini aniqladi va uning qiz bola ekanligini, ustiga musulmon ekanligiga hayron qoldi. U qizni qayerdan topish mumkinligini so'rab, manzilni olib, rassomlar uyushmasiga yetib keldi va Robiya degan rassom qizni so'radi. 45-xonada ekanligini eshitib, to'g'ri ikkinchi qavatga ko'tarilib, xonaning eshigini taqillatdi. "Kiring", degan ovozni eshitib, yuragi bezovta urishni boshladi va ko'zini uzolmay qoldi, chunki uning qarshisida go'zal ko'zlari, qop-qora, nur yuzli, hijob o'ragan, farishta misol qiz turibdi.
Ichkariga kirib, o'zini tanishtirdi:
โ Men Park Jiminman. Ikki yildan beri onlayn kuzatib kelyapman sizni. Muhlisingizman, โ deb qo'l uzatdi.
Robiya xursand bo'lib:
โ Mening ismim Robiya. Tanishganimdan men ham xursandman. Lekin, kechirasiz, men musulmonman. Bizning dinimizda begona erkaklarga qo'l tekizish mumkin emas, โ dedi muloyimlik bilan.
โ Haa, ma'zur tutasiz, men bilmasdim, โ tabassum qildi Jimin.
Ular suhbatlashib o'tirishardi, lekin bu suhbatni Robiyaga bo'lgan qo'ng'iroq buzdi. Robiya:
โ Ma'zur tutasiz, janob, โ javob berdi va ketishi kerakligini aytdi.
โ Yana ko'rishsak bo'ladimi? Men rasmlaringiz haqida ko'proq bilmoqchiman, โ Jimin jilmayib so'radi.
โ Ha, albatta, โ tabassum qildi Robiya va ketdi.
Tae London ko'chalarida sayr qilib yurganida, ko'rgazma bo'layotganini ko'rdi. U ichkariga kirib, o'ziga xos liboslar bilan bezatilgan qizni ko'rdi. Qizning kiyimlari va uslubi boshqa barcha ishtirokchilardan ajralib turardi. Ko'rgazma tugagach, Tae qizga yaqinlashib, savol berishga qaror qildi.
โ Salom, sizning libosingiz juda chiroyli, โ dedi u, Muslima libosiga qarab.
โ Rahmat, โ deb javob berdi Muslima, yengil kulumsirab. โ Bu mening diniy qadriyatlarimga mos keladigan libos.
Tae Muslima bilan suhbatlashishni davom ettirdi va uning diniy e'tiqodiga qiziqib qoldi. U unga o'z e'tiqodi haqida savollar berishni boshladi, Muslima esa Islom haqida batafsil ma'lumot berishga tayyor edi.
โ Islomda nima uchun hijob kiyish muhim? โ so'radi Tae, qiziqish bilan.
โ Hijob, โ tushuntirdi Muslima, โ bizning moddiy dunyodan ko'ra ma'naviyatga e'tibor qaratishimizga yordam beradi. Bu Allohning amri va bizning imonimizning ajralmas qismi.
Tae Muslima tomonidan aytilgan bu so'zlardan hayratda qoldi. U qizning qat'iyati va e'tiqodiga qiziqish bildirdi, va ular o'rtasida diniy va madaniy mavzular bo'yicha samimiy suhbat boshlanib ketdi.
โ Men sizning qat'iyatingizga qoyil qoldim, โ dedi Tae, Muslima ko'zlariga qarab.
โ Rahmat, โ javob berdi Muslima, yuzida xijolat bilan. โ Men o'z e'tiqodimga sodiq bo'lishga harakat qilaman.
Ularning suhbatlari davomida Tae Muslima bilan yanada yaqinroq tanishishga intildi. U qizning fikrlari va e'tiqodlari haqida ko'proq bilishni xohlardi. Muslima esa, o'zining diniy qadriyatlari va hayotiy tajribalarini baham ko'rishga tayyor edi. Bu suhbat ularning o'rtasida samimiy do'stlik rishtalarini o'rnatdi.
Tae Muslima bilan suhbatlashayotganida, uning so'zlaridan ilhomlanib, dedi: "Sizning e'tiqodingizni hurmat qilaman. Har bir inson o'z e'tiqodiga sodiq bo'lishi kerak." U Muslima ning qat'iyati va ishonchidan hayratda qoldi. Uning so'zlari, Muslima uchun juda muhim bo'lgan e'tiqodning kuchini aks ettirardi.
Muslima, "Rahmat, bu men uchun juda muhim. Islom menga hayotimda yo'l ko'rsatadi," โ deb javob berdi. U Tae ning qiziqishi va samimiy yondashuvini his etdi va bu suhbatni davom ettirishni xohladi. Muslima, o'z e'tiqodini baham ko'rish imkoniyatidan xursand edi.
"Men sizga bir savol berishim mumkinmi?" โ so'radi Muslima, bir oz tortinchoqlik bilan. "Sizning e'tiqodingiz haqida ko'proq bilishni xohlayman."
Tae, "Albatta, men har doim o'z e'tiqodimni baham ko'rishga tayyorman. Men xristianman, lekin har doim boshqa dinlar haqida o'rganishga qiziqaman," โ dedi. U Muslima bilan o'zaro fikr almashishdan xursand edi, chunki bu suhbat uning bilim doirasini kengaytirishga yordam berardi.
Muslima, "Bu juda yaxshi. Har bir din o'ziga xos qadriyatlar va an'analarga ega. Biz bir-birimizni tushunishimiz va hurmat qilishimiz muhim," โ dedi. U Tae ning ochiqligidan va qiziqishidan mamnun bo'lib, suhbatni davom ettirdi.
"Islomda odamlar bir-birini hurmat qilishlari va bir-birining e'tiqodlariga toqat qilishlari kerak. Bu, bizning jamiyatimizni yanada kuchli qiladi," โ dedi Muslima, o'z e'tiqodining asosiy tamoyillaridan birini tushuntirib. Uning so'zlari, e'tiqodning ijtimoiy ahamiyatini ta'kidlaydi.
Tae, "Bu juda to'g'ri. Men ham shunday o'ylayman. Har bir inson o'z e'tiqodiga sodiq bo'lishi kerak, lekin bir-birimizni tushunishimiz ham muhim," โ deb qo'shdi. U Muslima bilan o'zaro fikr almashishdan juda xursand edi, chunki bu suhbat ularning o'rtasida samimiy do'stlikni rivojlantirayotganini his qilardi.
Muslima, "Sizning fikrlaringiz juda qiziqarli," โ dedi, uning ko'zlarida qiziqish porladi. U Tae ning fikrlarini tinglashni va o'z e'tiqodini yanada chuqurroq tushunishni xohlardi.
Tae, "Menga ham. Sizning e'tiqodingiz va hayotga bo'lgan yondashuvingiz menga juda yoqdi," โ dedi. U Muslima bilan yanada yaqinlashayotganini his etdi, bu esa ularning o'rtasida kuchli aloqalar o'rnatishga yordam berardi.
Ularning suhbatlari davom etdi, va har ikkalasi bir-birining e'tiqodini va hayot tarzini hurmat qilishni o'rganishdi. Bu, ularning o'rtasida samimiy do'stlik va tushunish paydo bo'lishiga olib keldi. Suhbat davomida ular bir-birlarining hayotiy tajribalari va e'tiqodlari haqida ko'proq bilib olishdi, bu esa ularning o'zaro aloqalarini yanada mustahkamladi.