May 14, 2025

Love in Air

Ep_12

Muallif : Lilly

Yigitlar hayrat bilan qarab turishardi. Shu payt Nik Mayaning yoniga kelib:

— Seni chin dildan sog‘indim, — dedi.

Zara kulimsirab:

— Nik, yur, seni do‘stlarimiz bilan tanishtiraman, — deb qo‘lidan ushlab, uni Song Kang tomon boshladi.

Song Kangga yetib kelganlarida, Zara jilmayib:

— Nik, bu bizning do‘stimiz va mening yig‘ligim — Song Kang, — dedi.

Nik ajablanib qarab:

— Rostan ham yigitingmi? — deb so‘radi.

Zara kulib:

— Albatta, — dedi va Song Kangning qo‘lidan ushlab bag‘riga bosdi.

Song Kang Nikga qo‘l uzatib:

— Tanishganimdan xursandman, janob, — dedi.

Nik jilmaydi:

— Qoyil, ammo sizga o‘xshagan qattiqqo‘l yigit qanday qilib bu qizning yuragiga yo‘l topgan, hayronman!

Song Kang kulib:

— Bu oson bo‘lmadi, — dedi.

Zara esa jilmaygancha:

— Hoy, yetar! Bas qilinglar, — deb Taehyung yoniga olib bordi:

— Nik, tanish, bu Taehyung. Lillyning yigiti.

Nik kulib yubordi:

— Ha-a, men rostan hayratdaman. Shunaqa urishqoq, to‘polonchi qizning yigiti bo‘lish oson emas, — dedi.

Lilly bo‘lsa g‘azab bilan:

— Hoy, yaramas! Kimni aytyapsan?! — deb Nikni turtib qo‘ydi.

Navbat Jungkookga yetdi. Zara g‘azab aralash hissiyot bilan:

— Bu Jeon Jungkook… — deb gapini to‘xtatib qoldi. — Bu Taehyung va Song Kangning do‘sti, — deb davom etdi.

Nik Jungkookga qo‘l uzatdi. Jungkook esa jim qarab turdi, keyin sekin qo‘lini siqdi, lekin darrov tortib oldi. Nik biroz hayron bo‘ldi, lekin e’tibor bermaslikka harakat qildi.

— Juda ajoyib qizlar — dedi u jilmayib. — Ichlarida faqat mening kichkintoyimning yigiti yo‘q ekan, — deb Mayaning oldiga bordi va sochlarini siladi.

Maya kulib:

— Mening sevgi bilan ishchim yo‘q, — dedi.

Jungkook esa kinoya bilan:

— Rostanmi? — deb qoshini chimirdi. Hamma unga qaradi. Maya esa javob bermadi, Nikka yuzlanib:

— To‘g‘risi, seni rosa sog‘indim,
— dedi.

Nik jilmaydi:

— Men ham seni sog‘indim, — dedi va ular suhbatga sho‘ng‘ib ketishdi.

Hamma o‘z sevgilisi bilan suhbatlashib o‘tirardi. Faqat Jungkook Maya va Nikdan ko‘z uzmay o‘tirardi. Rashki ichini kuydirayotgan edi.

Zara kulib:

— Voybo, sen nima faqat Maya uchun keldingmi? Biz ham do‘sting edik, adashmasam? — dedi.

Nik jilmaydi:

— Albatta, sizlarni ham sog‘indim. Kechirasizlar, uni ko‘rmaganimga ancha bo‘ldi. Ammo to‘g‘risini aytsam, hammadan ham ko‘proq Mayani sog‘indim, — deb Mayaning burnini chimchilab qo‘ydi.

— Lekin sizlarning yoningizda yigitingiz bor, ortiqcha gapirish noqulay, — dedi u hazil bilan.

Song Kang va Taehyung kulib:

— Yo‘q, biz to‘g‘ri tushunamiz. Sevgililarimizni yaxshi bilamiz, — deyishdi.

Nik kulib:

— Qoyil! Sizlar haqiqatan ham ajoyib yigitsizlar. Aynan mening do‘stlarimga loyiqsizlar, — dedi.

Keyin hamma dasturxon atrofida o‘tirdi. Suhbat, kulgi, iliq munosabat davom etdi.

Taehyung Nikka yuzlandi:

— Amerikadan qanday ish bilan kelding? Qancha muddatga?

— O‘z biznesim bor. Ba’zi sabablarga ko‘ra uni Koreyaga ko‘chirdim. Qancha qolishimni bilmayman, — dedi Nik.

Maya qiziqib:

— Rostan, qancha muddat qolmoqchisan? — deb so‘radi.

Jungkook esa ovozini faqat o‘zi eshitadigan darajada past qilib:

— Qancha tez ketsa, shuncha yaxshi, — dedi.

Hamma Jungkookga qaradi. Song Kang so‘radi:

— Nima deding?

Jungkook boshini chayqab:

— Hech nima, o‘zimga gapirdim, — dedi.

Nik esa Maya tomonga qarab:

— Bilmayman qancha qolishimni, bu — sharoitga bog‘liq, — dedi.

Maya ko‘zlarini qisib:

— Sharoit yomonmi?

Nik jilmaydi:

— Yo‘q, aksincha. Aslida bu senga bog‘liq, — dedi.

—Hamma ularga qarab qolsa

Nik kulib:
— Hoy, kichkintoy, hazillashyapman, — deb Mayaning burnini yana chimchilab qo‘ydi.

Maya biroz hijolat bo‘lib, kulib yubordi. Jungkook esa ich-ichidan yonib ketdi.

Oradan biroz vaqt o‘tib, qizlar ketmoqchi bo‘lishdi. Lilly Mayaga qarab:

— Zara biznikida qoladi. Sen ham borasanmi?

Maya boshini chayqadi:

— Kechirasizlar, darslarim ko‘p edi, bora olmayman.

— Mayli unda, biz ketdik, — deyishdi qizlar va hamma bilan xayrlashishdi.

Song Kang jilmayib:

— Sizlarni o‘zim olib borib qo‘yaman. Maya, istasang seni ham tashlab o‘taman, — dedi.

Nik esa gapga aralashdi:

— Yo‘q, men olib ketaman. Axir ancha ko‘rishmadik, gaplashadigan narsalarimiz ko‘p, to‘g‘rimi? — dedi.

Maya jilmaydi:

— Unda mayli, Nik bilan ketaman, — dedi va ular birga chiqib ketishdi.

Jungkook esa ularning ketishini ko‘rib, g‘azabdan joyida o‘tirolmay qoldi. Oyoqlarini yerga taqillatdi, qo‘llarini ishqaladi, lablarini tishladi, sochlarini siladi.

Taehyung yaqinlashib:

— Jungkook, tinchlikmi, nima bo‘ldi? — deb so‘radi.

Jungkook esa asabiy:

— Hech nima bo‘lgani yo‘q

— Asabing buzilgan, sezilyapti.

— Asabimni buzma, — deb Jungkook baqirib yubordi.

— Nega baqiryapsan? Nima bo‘ldi o‘zi?

— Bu yigit kim o‘zi? Nega Mayaga yopishib oldi?

Taehyung kulimsirab:

— Qizlar aytishdiku, u do‘stimiz deb.

— Nega aynan Maya bilan bunchalik boshqacha gapiryapti?

Taehyung jilmaydi:

— Bilmayman... Lekin bitta narsani aniq bilaman — Maya seni sevadi. U seni tashlab ketolmaydi.

Jungkook hech nima demay, o‘rnidan turdi:

— Men ketdim, — dedi va uyga qaytib ketdi.

Jungkook

Nik Mayani uyiga olib kelgach, mashinani to‘xtatib unga qaradi.

— Rahmat, olib kelganing uchun, — dedi Maya jilmayib.

Nik uning ko‘zlariga tikildi:

— Arzimaydi... Sen umuman o‘zgarmagansan, Maya. Hali ham o‘sha sokin, muloyim, jozibali qizsan. Faqat... — u kulib qo‘ydi, — oldingidan ham go‘zallashgansan. Avval ham chiroyli eding, hozir esa... yanada chiroyliroq.

Maya hayrat va kulgu aralash qaradi:

— Voy, rahmat... Uyaltirding-ku, — deb jilmayib yerga qaradi.

Nik kuldi:

— Demak, hanuzgacha yigit yo‘q-a?

Maya bir lahzaga jim bo‘lib qoldi. Keyin boshini ko‘tarib:

— Yo‘q, yigitim bor, — dedi.

Nik qoshini ko‘tardi, ammo jilmayib:

— Haa… — dedi xolos.

Bir oz sukutdan so‘ng, u yumshoq ohangda davom etdi:

— Ertaga seni o‘zim maktabga olib boraman. Sen uchun erta uyg‘onish men uchun muammo emas.

Maya bosh chayqadi:

— Voy, kerak emas, Nik. Bo‘ldi, o‘zim boraman. Juda shart emas.

Nik kulimsirab qaradi:

— Maya, sen doim shunaqasan... lekin baribir men olib boraman.

Maya biroz qarshilik qilmoqchi bo‘ldi, ammo nihoyat:

— Xo‘p, xohlaganingni qil, — deb jilmaydi.


Ertasi kuni Nik ertalab Mayaning uyi oldida turardi. U eshikdan chiqqach, hayron bo‘ldi:

— Voy, chindan keldingmi?

— Albatta, — dedi Nik va mashina eshigini ochdi. — Meni kimdir aytganini qilmaydi, deb o‘yladi shekilli.

Maya kuldi:

— Ehtimol...

Nik uni maktabga olib borib qo‘ydi. Maktab oldida to‘xtab:

— Kechqurun olishga ham kelaman, kutaman, — dedi.

Maya jilmaydi:

— Bo‘ldi, — dedi.

Nik mashinada qolib, maktab eshigi oldida qizlarning chiqishini kutdi.

Zara, Lilly va Maya maktabdan chiqishdi.

— Qayerga boramiz endi? — dedi Nik mashinadan tusharkan. — Yuraylik aylanishga. Huddi avvalgidek, do‘stlar kabi.

Lilly ko‘zlarini pirpiratib:

— Qayerga boramiz unda? — deb so‘radi.

Zara birinchi bo‘lib o‘z fikrini aytdi:

— Istirohat bog‘iga boraylik! Men juda-juda borishni xohlayapman. Koreyada istirohat bog‘lari zo‘r bo‘larkan deb eshitganman.

Maya va Lilly kulib yuborishdi:

— Mayli, boramiz qizim. Yig‘lama endi, — dedi Maya hazil bilan.

Zara va Nik ham kulishga qo‘shilishdi.

Hamma mashinaga chiqib, istirohat bog‘iga yo‘l olishdi. Yo‘lda Lilly bir fikrni o‘rtaga tashladi:

— Unda Taehyung va Song Kangni ham chaqiraylik! Birga bo‘lsak yanada qiziqroq bo‘ladi.

Nik jilmaydi:

— Bo‘ldi, sizlar yigitlaringizni chaqiringlar. Maya esa... uni o‘zim aylantiraman, — deb Mayaga ko‘z qisdi.

Maya hech nima demadi. Faqat jilmayib qo‘ydi.

Lilly telefonini olib, Taehyungga qo‘ng‘iroq qilishga kirishdi…

Nik

— Bugun istirohat bog‘iga bormoqchimiz, kelilar! — dedi Taehyung telefonda har doimgidek quvnoq ohangda.

— Hop, unda biz ham boramiz! — dedi Lilly jilmayib. Javobni olgach, telefonni o‘chirib qo‘ydi.

Taehyung telefondan boshini ko‘tarib, Song Kangga qaradi.

— Eshitdingmi? Qizlar istirohat bog‘iga ketishayapti. Boramizmi?

— Albatta boramiz. Mengayam Zara habar yozgandi, — dedi Song Kang kulimsirab.

So‘ngra u yonidagi divanda yotgan Jungkookga qaradi.

— Sen ham borasanmi?

Jungkook kulib, qo‘lini boshiga qo‘ydi.

— Men bolalar bog‘chasiga o‘xshagan joylarga bormayman.

— Mayli, o‘zing bilasan. Biz baribir olti kishi bo‘ldik, — dedi Taehyung yelka qisib.

Jungkook boshini ko‘tarib, qoshlarini chimirdi.

— Qanaqasiga olti kishi bo‘lasiz?

— Qizlar, men, Song Kang va Nik, — dedi Taehyung bemalol ohangda.

Jungkook kaftini siqdi. Ohangida sezilarli sovuqlik bor edi:

— U nusxaga nima bor ekan?

— Bilmayman, — dedi Taehyung beparvo tarzda, ammo Song Kang kulib qo‘ydi.

Jungkook bir lahza sukut saqladi. Nigohi qorong‘ulashdi. So‘ng kulimsirab dedi:

— Men ham boraman. Fikrimdan qaytdim.

Taehyung va Song Kang bir-birlariga qarab kulib qo‘yishdi. Ikkalasi ham Jungkookning rashk qilayotganini aniq sezgandi.

...

Istirohat bog‘ida qizlar shodon, Lilly va Zara bir-birlariga hazil qilib, bolalarcha kulishardi. O‘sha payt Nik qo‘lida shirin paxta bilan Mayaga yaqinlashdi. U paxtani Mayaga uzatib:

— Yechib yeb ko‘r, juda mazali ekan, — dedi, sekin ohangda.

Mayaning ko‘zlari chaqnab kuldi. Nik esa unga shirin paxtani yedirib, sochini orqasiga tashlab, muloyimlik bilan erkalatdi.

Bu manzarani uzoqdan ko‘rib turgan Jungkookning qorni g‘o‘ldiradi. Qo‘llari musht bo‘lib, jag‘ini qattiq qisdi. Ko‘zlarida alangaday yongan rashk va g‘azab chaqnardi.

— Yana bir marta tegsa, jonini olaman, — deb shivirladı u o‘ziga, Taehyung esa uning holatini ko‘rib jilmayib qo‘ydi.

Song Kang qulog‘iga pichirladi:

— E’tibor ber, rashk qanchalar kuchli qurol bo‘lishi mumkin

Jungkook