My Devil
Sofi nima deyishini bilmay qolgandi. Moviy ko‘zlari bilan jim qarab turardi. Nigohi begona, qo‘rqinchli edi — go‘yoki yuragida aytilmay qolgan minglab savollar bor edi, lekin hech birini tiliga chiqara olmasdi.
Suga unga yaqinlashdi. Uning yurishida shoshilinchlik yo‘q edi
— odatdagidek osoyishta, lekin ichida nima borligini ilg‘ab bo‘lmas. U qo‘lini ko‘tardi, Sofining yuziga tushib turgan soch tolalarini asta surib qo‘ydi. Barmoqlari yumshoq edi, ammo bu yumshoqlik orqasida bir o‘tkirlik, bir nazorat bor edi.
— Hozir chiqib ketaman,
— dedi u sokin ovozda.
— Qaytgunimcha bu yer saranjom bo‘lsin. Hammayoq.
Tushunarli-a?
Sofi indamay bosh irg‘adi. Ovozi chiqmasdi. Yuragi gupillab urayotgandi, bo‘g‘ziga bir narsa tiqilib qolgandek edi.
Faqatgina sekin “hop” degandek boshini qimirlatdi.
Suga hech nimani kutmay, ortiga burildi va xona eshigidan chiqib ketdi.
Sofi esa joyida qotib turaverdi. Hali hammi bu ro‘y berayotgan voqealarga ishona olmasdi. Bu joy ham, bu odam ham... unga tanish emas edi. Yana bir chuqur nafas oldi, ichidagi vahimani bostirishga harakat qildi. Keyin asta-sekin harakatlana boshladi. Uy jim-jit edi. Faqat yurak urishi quloqlarida yangrardi.
U tozalashga tushdi. Qo‘llari titrardi, har bir harakati ehtiyotkor edi. Qancha vaqt o‘tgani noma’lum, ammo charchoq uni bosdi. Yumshoq o‘rindiqqa o‘tirdi va boshi orqasiga suyandi. Ko‘zlari asta yumildi. Bu joyda o‘zini xavfsiz his qilmasa-da, tana dam olishni hohladi va uhlab qoldi...
Ko‘zlarini ochgach, yuragi bir zumda hapriqib ketdi. Suga ro‘parasida o‘tirardi. Unga jim tikilib o‘tirgan edi. Uning nigohi o‘tkir va chuqur — go‘yo Sofining ichki dunyosini o‘qiyotgandek edi.
Sofi o‘rnidan tez turdi. Uyalgan, cho‘chigan, hayajonli ovozda shoshib gapirdi:
— Men... men uhlab qolibman...
Yuzidagi sochlarni chetga surdi, ko‘zlarida noaniqlik va xavotir.
Suga sokin ohangda javob berdi:
Sofi pastga qarab turib, ohista dedi:
— Mayli. Buyurtma qildim. Sen faqat dasturxonni tayyorla. Hozir olib kelishadi.
Shunday deb u turib, o‘z xonasiga kirib ketdi. Sofi chuqur nafas olib, o‘zini qo‘lga olishga harakat qildi. O‘rnidan turdi va dasturxon tayyorlashga kirishdi. Har bir harakatida ehtiyotkorlik bor edi, xuddi har qanday kichik xato g‘azabni keltirib chiqarishi mumkinligini bilayotgandek.
Oradan bir necha daqiqa o‘tgach, eshik ochildi. Qo‘riqchi ovqatlarni ko‘tarib kirdi. U sekin yurib, ovqatlarni stolga qo‘ydi. Ammo keyin to‘xtab, Sofiga tikildi. Unga uzoq, yomon qarash bilan qaradi. Sofining tanasida Suganing futbolkasi bor edi — futbolka kalta bo‘lgani uchun sonlari biroz ochilib turgandi.
Bu nigoh... bu iflos, razil qarashni Suga darhol sezdi. U bu ko‘zlarda nimani ko‘rayotganini tushundi
— va bu unga yoqmadi. U bir soniya ham o‘ylanmadi. Sovuqqonlik bilan to‘pponchasini chiqarib, qo‘riqchini o‘sha yerning o‘zida otib tashladi.
Sofi ovqatni endi stolga qo‘yayotgan edi. O‘q ovozidan qo‘rqib ketdi. Yuragi bo‘shashdi. Qo‘lidagi idish qaltirab ketdi va yerga tushishiga bir bahya qoldi. U baqirib yubordi.
Ammo Suga go‘yo hech nima bo‘lmaganday jim yurib keldi.
O‘tirib, ovqatdan solib ber dedi va olib eya boshladi. Uning chehrasida biror iztirob, biror tushuntirish yo‘q edi. Odatdagidek sokin, hatto zavqlanayotgandek edi.
Sofi titrarkan, unga qarab turardi. Ko‘zlari yoshga to‘la edi. Na gapira oldi, na qimirlay oldi.
Suga ovqatdan yana bir luqma olib yutdi, so‘ng o‘sha ohangda dedi:
Sofi bir qadam ham oldinga bora olmadi. Unga faqat qo‘rquv bilan qarab turardi.
Suga bir muddat unga qarab turgach:
Sofi hayratlanib ko‘zlarini katta ochdi.
Suga uning ko‘ziga tik qaradi. Ovozi hamon o‘sha sovuqlikda edi, lekin bir oz kulib:
— Ismingni so‘ramadim. O‘zing ham aytmading. Shuning uchun... endi sen — Qulupnaysan. Tushunarli-a?
Sofi hanuz joyidan qimirlamay turardi. Ko‘zlari hanuz o‘sha joyda yotgan jasadga qarab qotib qolgandi. Nafasi siqilayotganday, ko‘kragi tebranar, oyoqlari titrardi.
Suga ovqatdan luqma olib chaynab, xotirjamlik bilan dedi:
— Bilasanmi, nima uchun seni “Qulupnay” deb chaqiryapman?
Sofi javob bermadi. Uning ko‘zlarida hayrat va qo‘rquv aralashgan, yuragi esa hali ham o‘q ovozining aks-sadosidan to‘xtab ulgurmadi.
Suga qoshiqni stolga qo‘ydi. So‘ng unga tikildi.
— Qulupnay — eng aybsiz, eng shirin, eng go‘zal meva. Mayin, lekin qudratli. Unga qarasang — oddiy meva. Ammo tatib ko‘rsang, yuragingga tegadi. Qulupnay — aldovsiz. Yashirishga harakati yo‘q. Boricha koʻrinadi. Sen ham shunaqasan. Aytmay turib, ichingda qancha gap borligini ko‘rib turibman.
U yengil ohangda kulimsiradi, ammo bu kulgu Sofining yuragiga iliqlik bermadi — bu kulgu sovuq edi. Sovuq va xavfli.
Shu payt u cho‘ntagidan telefonini chiqardi. Bir necha tugmani bosdi. Qisqa suhbatdan so‘ng telefonni o‘chirib qo‘ydi.
— Tez orada boshqa qo‘riqchi keladi. Bu yerni tozalaydi. Sen... hech narsani ko‘rmagansan. Tushundingmi?
Sofi yutinib, boshini sekin qimirlatdi.
— Qon izlari qolmasin. Bu yerda hech narsa bo‘lmagan, bo‘lishi ham mumkin emas. — dedi Suga qat’iy ohangda.
Sokin, ammo buyruq ohangidagi ovozdan yuraging muzlaydi. U Sofiga tikilib turar, ammo ko‘zlarida biror afsus, biror pushaymon yo‘q edi.
Sofining oyoqlari qaltirardi. U hali ham o‘zini yig‘ib ololmagan, birdan shunaqa hodisaning ichida qolib ketganini tushuna olmayotgandi.
Suga birdan joyidan turdi. Telefonini yana ochdi va qandaydir vebsaytni ochib, tezda bir nechta kiyim buyurtma qildi. So‘ng, telefonga qarab dedi:
— Kalta kiyim kiyishni bas qil.
Bu uyda men nimani xohlasam
— o‘sha bo‘ladi. Shuni esingda tut, Qulupnay. Endi bunday ko‘rinishda seni ko‘rmayman. Sen endi... mening uyimda yashaysan. Men esa bunday narsalarni yoqtirmayman.
Sofi boshini engashtirdi. O‘sha futbolka endi unga og‘ir tuyulardi.
Suga xonasi eshik oldida to‘xtadi. Orqasiga burilib, qisqa gapirdi:
— Ertaga tongda chet elga uchaman. Ish bilan. Bir oy yo‘q boʻlaman. Shu vaqt ichida o‘zingni yaxshi tut. Uyda jimjitlik bo‘lsin. Menga yangiliklar kerak emas. Tushunarli-a? Endi xonanga kir! Boshqa qoʻriqchilar ham senga yana qarashlarini hohlamayman.
U yana “tushunarli-a” degan so‘zni ayni ohangda, ayni sovuqlikda aytdi.
Sofi yana bosh qimirlatdi. Ichida yuzlab savollar qaynardi, ammo birortasini berishga jur’at qilolmadi. U endigina bu dunyoning qanchalik o‘zgaruvchan, qanchalik xavfli ekanini tushunayotgandi...
Suga ketganiga endi bir hafta bo‘lganida, Sofi asta-sekin o‘ziga kelishni boshladi. U hali ham uyning har bir burchagida Suga’ning sovuq nigohini, uning buyruqli ovozini eshitayotgandek edi. Lekin vaqt o‘tgan sayin, yuragidagi vahima o‘rnini ehtiyotkorlik bilan yashirilgan qiziqish egallay boshladi.
Sofi endi har kuni tongda erta turardi. Uyning har burchagini yig‘ishtirib, xushbo‘y hidlar sepib chiqardi. Ovqat pishirishni o‘rganishga harakat qildi, o‘zini kitoblar, musiqa va osongina internetda topgan mashqlar bilan band qildi. Har bir kun bir xil bo‘lib tuyulardi.
O‘sha kuni tong tinch edi. Sofi mehmonxonani tozalayotgan edi. Birdan eshik ochilib, orqasidan tanish ovoz eshitildi:
Sofi orqasiga o‘girildi. Nigohlari bir zumda muzlab qoldi. Bu... Suga edi. Qorong‘i rangdagi uzun palto, yuzida odatdagidek jiddiylik. U qarab turardi. Uning ko‘zlari go‘yo "meni sog‘indingmi?" deb so‘rardi, lekin og‘zidan bunday so‘z chiqmasdi.
Sofi gapirmadi, faqat bosh irg‘ab salom berdi.
Suga asta yurib kirib keldi, paltosini yechdi va sekin o‘tirgancha, dedi:
— Bugun kechki soat 18:00da ziyofat bor. Birga boramiz.
Sofi, biroz ajablanib, hayron ko‘z bilan unga tikildi.
— Men bilan sevgan qizim bo‘lib borasan. Turmush quryapmiz deb aytaman, tushunarli-a?
Sofining yuragi bir urinishda chiqib ketgudek bo‘ldi. U nima deyishni bilmay qoldi. Bu... bu hazilmi edi yoki yana o‘sha Suga’ning yangi buyrug‘imi?
Suga, go‘yoki hech narsa bo‘lmagandek davom etdi:
— O‘zingni yaxshi tut. Ko‘zingda qo‘rquv bo‘lmasin. Menga tik qaraysan, jilmayasan. Men aytgandek. Seni tanishtiraman. Bugun endi "Qulupnay" emas, sevgilim bo‘lasan.
U asta o‘rnidan turdi. Nigohi bir lahza Sofining ko‘zlariga tushdi — qattiq, lekin ichida nimadir yumshoq, ehtiyotkor ifoda bor edi.
— Kiyim tayyorlab qo‘yilgan. Boshqa hech nima haqida o‘ylama. Bugun... faqat mening yonimda bo‘lishingni xohlayman.
Sofi nimadir deyishga harakat qildi, lekin lablari titrardi. Shunchaki boshini qimirlatdi. Ichida chalkash, tushunarsiz tuyg‘ular g‘uj bo‘lib o‘ralib yotardi: qo‘rquv, hayajon, shubha va... qaysidir noaniq istak. U xonadan chiqib ketayotgan Suga’ning orqasidan uzoq qarab turdi.
Ular ziyofatga kirishayotganda. Sofining ko‘zlarida hayajon, yuragida esa biroz qo‘rquv bor edi. Suga uning belidan ohista quchib, o‘ziga tortdi. Kutilmagan bu harakatdan Sofi seskanib tushdi. Suga engashib, qulog‘iga past ovozda pichirladi:
— Meni oldimdan bir qadam uzoqlashmaysan. Hech kim bilan gaplashmaysan. Ayniqsa erkaklar bilan. Tushundingmi?
Sofi titrab, bazo‘rgina “xo‘p” deya oldi. Suga uning sochlarini sekinlik bilan quloqlari ortiga surib, yengil kuldi:
Sofi o‘zini majburlab, sekin tabassum qildi. Ular ziyofat kirishdi. Barcha nigohlar birdan ularga qadaldi. Sofining nafis go‘zalligi mehmonlarning e’tiborini tortgandi. Suga buni sezdi va uni yanada yaqinroq o‘ziga tortdi — go‘yoki, bu go‘zallik faqat unga tegishli ekanini hammaga ko‘rsatmoqchidek.
Ziyofat avjiga chiqayotgan edi. Shu payt bir ofitsiant kelib, Sugani tashqariga chaqirishayotganini aytdi. Suga yana Sofiga engashdi:
— Shu yerda kut. Men tezda qaytaman. Hech kim bilan gaplashma. Ayniqsa erkaklar bilan. Aks holda... oqibati yomon bo‘ladi.
U Sofiga jiddiy qarab, peshonasidan o‘pdi va chiqib ketdi. Sofi jim turardi. Yuragi tez urayotgan, ichini qandaydir xavotir egallagandi. Shu payt oldiga notanish yigit yaqinlashdi.
— Salom, go‘zal xonim, — dedi u jilmayib va qo‘lini uzatdi.
Sofi nima qilishini bilmay, odob yuzasidan qo‘lini uzatdi. Yigit uning qo‘lini ushlab, lablarini tegizdi. Sofi cho‘chib, qo‘lini tortib oldi. Yigit esa so‘z boshladi:
— Sizdek go‘zal ayol Min Yoongi kabi telba bilan emas, haqiqiy jentelmen bilan bo‘lishi kerak.
Sofi nima deyishni bilmasdi. Yigit cho‘ntagidan vizitkasini chiqarib unga uzatdi:
— Bu mening raqamim va manzilim. Balki…
U so‘zini tugatmay qoldi. Chunki aynan o‘sha payt Suga paydo bo‘ldi. Ko‘zlarida g‘azab, vujudida olov yonardi.
— Nima? Balki nima? Sen kimsan, meni sevgilimga gapirib, qo‘lidan o‘padigan? — deb o‘shqirdi u va yigitni vahshiylarcha do‘pposlay boshladi.
Sofi turgan joyida muzlab qolgandi. Qo‘llari qaltirab, ko‘zlaridan yoshlari yuzidan dumalab yanoqlariga oqib tushardi. Ammo bu yoshlarni hech kim payqamadi — ziyofatdagilar Sugani kimligini yaxshi bilishardi, shuning uchun hech kim aralasholmadi.
Suga o‘z odamlari tarafga yuzlandi:
— Manavini omborga olib boringlar. Nafas ololmaydigan qilib bog‘lang.
So‘ngra Sofiga qo‘lidan sudrab olib ketdi. Mashinaga o‘tqazdi. Haydovchi gazni bosishi bilan mashina shiddat bilan harakatlana boshladi. Sofining qaltirashi sezilib turardi. U yig‘lardi. Suga esa unga sovuq va darg‘azab nigohlar bilan qarab o‘tirardi — go‘yoki ko‘zlari o‘t bilan to‘la edi.
Uy oldida mashina to‘xtadi. Suga uni mashinadan sudrab tushirdi. Uyni ichiga Sofini itarib yubordi va oʻzi kirmastan, qo‘riqchilarga baqirdi:
— Bu yerdan nari ketinglar. Men o‘zim chiqmagunimcha meni umuman bezovta qilmanglar.
Sofi zo‘rg‘a nafas olib, haligacha yig‘lab o‘tirardi. Suga uning oldiga bordi, sochlaridan qattiq tutib, oʻz yotoq xonasiga sudrab olib kirdi va yotoqqa otib yubordi...
Sofi qaltiragancha Suga’ga qarab turardi. Ko‘zlarida qo‘rquv, lablari esa titrardi. Nihoyat gapirdi:
— Nima... nima qilmoqchisiz?..
Suga kuldi. Ammo bu kulgi zavqdan emas — ichida portlayotgan g‘azabning kulgisi edi. U sekin yaqinlashdi:
— Men senga necha marta aytdim? Begona erkaklarga gapirma, deb. Ammo sen-chi? Qo‘lingdan o‘ptirding... Manzilini olmoqchi bo‘lding, shundaymi?
U birdan baqirdi. Ovozi xonani larzaga soldi:
— Nima, qulupnay? Endi iforingni, tamingni boshqalar bilan baham ko‘rmoqchimisan?!
Sofi qattiq cho‘chib ketdi. Yotoqdan tushib, orqaga yurdi:
— Men xonamga kiraman... Siz o‘zingizga keling, iltimos...
U eshik tomon yurdi. Ammo chiqishga ulgurmasdan, Suga bilagidan mahkam ushlab qoldi.
Sofi boʻlsa:
— Qo‘yib yuboring... og‘riyapti...
Suga esa kulib yubordi. U kulgan sayin, bu kulgida vahshiylik va nazorat yo‘qolganlik sezilardi:
— Bu og‘riq hech narsa emas, qulupnay. Hali sen haqiqiy og‘riq nimaligini bilmaysan,lekin bugun buni his qilasan...
— Bas qiling... meni qo‘rqityapsiz...
Suga sekin uni o‘ziga tortdi, sochlarini siladi. Nigohlarida
egallash istagi porlab turardi.
— Men chiqishim kerak... Siz... siz hozir o‘zingizda emassiz...
Sofi yig‘lab so‘zlardi. Ammo Suga hotirjam, hatto sokin ovozda javob berdi — bu sokinlik, aslida, bo‘ron oldi sukunat edi:
— Hech qayerga chiqmaysan endi. Endi xonang shu yer. Yotogʻing esa — mening bag‘rim boʻladi.
— Nima?! Nimalar deyapsiz?! Siz... siz aqldan ozgansiz! Men hech qachon bunga rozi boʻlmayman...
— deb baqirib yubordi Sofi.
Suga birdan uni ko‘tarib, yotoqqa olib bordi. Sofi qarshilik qildi, lekin Suga uni mahkam quchgancha yotoqqa tashladi.
So‘ng qizdan qattiq boʻsa ola boshladi — bu bo‘sa yumshoq mehr sevgidan emas. Bu bo‘sada.... faqat egalik, faqat o‘zlashtirish, faqat o‘ziga tegishli ekanligini koʻrsatish bor edi.
Sofi qanchalik chiranmasin, qarshilik qilmasin — uning kuchsiz tanasi Suga’ning g‘azab to‘la ehtirosiga qarshi chiqa olmadi. Sofining yigʻisi xonani to‘ldirdi, ammo bu yig‘ilar Suga’ni to‘xtatmadi...