SECRET DESIRE
Yevropaga yetib kelishgach, Maya darhol kasalxonaga yotqizildi. Tashxis tasdiqlandi — u oq qon (leykemiya) bilan kasallangan edi. Shifokorlar unga qarab jiddiy ohangda aytdi:
— Biz hozircha aniq narsa deya olmaymiz. Dastlab olti oy davomida kuchli davolanish zarur. Shundan so‘nggina natijalar haqida gaplashishimiz mumkin bo‘ladi.
Maya og‘ir nafas oldi. Yuragi siqildi. Qo‘rquv, umidsizlik, charchoq... barchasi bir vaqtda keldi. Ammo yonida Jungkook bor edi. U Maya qo‘lidan mahkam ushlagancha, ishonch bilan qarab dedi:
— Kurashamiz. Sen yolg‘iz emassan,men doim sen bilan man.
Maya biroz ikkilanib turdi. Lekin Jungkookning ko‘zidagi qat’iyat unga kuch berdi. Va u bosh irg‘ab rozi bo‘ldi. Davolanish boshlandi.
Olti oy Maya uchun og‘ir o‘tdi. Tomiriga ko‘plab dori vositalari yuborildi, kunlar, muolajalar bilan oʻtar, uyqusiz tunlar bilan to‘ldi. Ko‘ngli aynib, holdan toygan paytlari ko‘p bo‘ldi. Ammo har kuni — har daqiqa
— Jungkook u bilan birga edi.
U Mayani bir lahza ham yolg‘iz qoldirmasdi. Ba’zan ko‘tarib yurar, ba’zan hazillar qilib kuldirar, hiyobonlarga olib borib quyoshda sayr qilishar edi.
Uning mehribonligi, dalda beruvchi nigohi Maya uchun doridan muhim edi.
Ammo vaqt o‘tgan sari Maya tashqi ko‘rinishida o‘zgarishlar boshlandi. Yuzi oqarib, rangi so‘ndi, ko‘zlari atrofi qoraya boshladi. Eng og‘ir lahza — sochlari to‘kila boshlagani edi.
Bir kuni oynaga qarab o‘tirgan Maya to‘kilib ketayotgan sochlarini ko‘rib, yig‘lab yubordi. Yashirishga harakat qilsa-da, ko‘z yoshlari yuzini yuvib tushdi. Bu yurakni oʻgʻritadigan yig‘i edi.
Shunda Jungkook uning yoniga o‘tirib, sekin sochlarini siladi. Yuzida sokin tabassum bor edi. So‘ng kulimsirab dedi:
— Soching ketdi deb hafa bo‘lama. Asosiysi, sen yashayapsan.
Men hali seni million marta quchoqlamoqchiman.
U Maya rozilik berishini kutmasdan, soch mashinkasini oldi va o‘z qo‘li bilan Mayaning sochlarini ehtiyotkorlik bilan,olib tashladi. So‘ng o‘z sochlariga qarab:
— Qaragin, endi bir-birimizga o‘xshab qoldik. Hozircha ikkovimizga ham bu yangi uslub! — deb kuldi.
Maya avvaliga jim edi. So‘ng beixtiyor kulib yubordi. Uzoq vaqt ichida ilk marta yuragida ozgina yengillik his qildi. Ehtimol, bu jangda g‘alaba qozonish oson emasdi, ammo yonida Jungkook bo‘lsa, u kurashishni davom ettirardi.
Oradan bir yil o‘tdi. Maya uzoq, mashaqqatli, og‘ir kunlarni ortda qoldirdi. Davolanish yakunlangach, shifokorlar unga qarab jilmaydi:
— Sabrli bo‘ldingiz. Organizm yaxshi javob berdi. Endi tuzalishingiz ehtimoli ancha yuqori. Doimiy nazorat zarur, ammo siz yashay olasiz.
Bu so‘zlar quloqlarida yangradi, ammo yuragida hali ham charchoq bor edi. Faqatgina hayot uchun emas — balki ruhiy og‘irlik ham unga bosilib turgandi.
U bu yo‘lda yolg‘iz emas edi. Jungkook bir lahza ham uni yolgʻiz qoldirmagan edi. U endi boshqa ko‘z bilan qarardi unga. Nafaqat qutqaruvchi, nafaqat tayanch — balki yuragini asta erita boshlagan inson sifatida. Mayaning yuragida Jungkook uchun begona bo‘lmagan iliqlik asta-sekin ildiz otayotgan edi.
Bir kuni ular kechki payt kinoga borishdi. Film dramatik bo‘lsa ham, Jungkook har doimgidek hazil qilishni unutmasdi.
— Menimcha, bu aktyor menchalik kelishkan emas, faqat men chiroyliroqman, — deb pichirladi u.
Maya kuldi. Bu yuragining tubidan chiqqan kulgu edi. Film tugagach, ular yaqin atrofdagi restoranga kirishdi. U yerda mayin musiqa eshitilib turar, yengil shamol derazadan kirib turardi.
Maya qo‘l yuvish uchun ayollar xonasiga borib kelishini aytdi.Lekin qaytishda kutilmagan holat yuz berdi. Bir yoshi kattaroq erkak undan yo‘l so‘rayotgandek yaqinlashdi, lekin birdan orqasidan belidan ushlab, tegajonlik qilishga urundi.
Maya titrab ketdi. Yuragi orqaga tortildi. Og‘zidan faqat bitta soʻz chiqdi:
Jungkok bir lahzada tez o‘rnidan turd. U yetib bordi-da, erkakni yoqasidan oldi.
— Xotinimga tekkan qo‘llaringni sindiraman! Ablah — dedi u g‘azab bilan, ovozi past, ammo dahshatli.
U erkakni devorga urdi, so‘ng yerga yiqitib, yuziga zarbalar berdi. Restorandagi odamlar hayratda, lekin hech kim aralasholmadi. Maya esa titrab, ko‘zlari yoshga toʻlib turar edi. Bu qo‘rquv emasdi. Bu... himoyalanganlik, qadrlanganlik va birinchi bor sevgi edi.
Oradan yana bir uch o‘tdi. Maya oynaga qarab turardi. Sochlari asta-sekin o‘sib chiqqandi — qalin, qora va yelkalariga to‘kilib tushardi. U oynada o‘zini ko‘rib, ko‘zlarida yosh bilan jilmaydi. Sochlariga ohista tegdi. Bu kuchli kurashning g‘alabasi edi.
Birdan orqasidan tanish qo‘llar beliga o‘raldi. Bu Jungkook edi.
— Yanada go‘zallashib ketibsan, — dedi u sokin ovozda.
— Qaragin… bu chiroyli sochlar... men olganim uchun shunaqa chiroyli o‘sdi, deb o‘ylayman.
Maya kuldi. Tashqarida quyosh porlardi, ammo uning yuragida Jungkook nuri bor edi. Yashash istagi endi faqat majburiyat emas, baxtga aylangandi.
Tepalikda salqin shamol esardi. Quyosh allaqachon botgan, shahar chiroqlari yulduzlarga qo‘shilib jimjimador porlayotgan edi.Qish boʻlsada, havo oʻzgacha toza, yurak esa bezovta. Maya cho‘ntagida qo‘llarini bir-biriga siqib, sokin holda pastdagi manzarani tomosha qilar, lekin ko‘zlari ko‘rganini emas, yuragi eslaganini ko‘rardi.
Bir yil. Uzoq bir yil edi bu. Davolanish, soch to‘kilishlari, o‘zini yo‘qotgandek his qilgan, uyqusiz tunlar, bilan otgan tonglar... Ammo hammasida bir narsa barqaror bo‘lib qoldi — Jungkook. Har safar hushsiz yotganida, uyg‘onganda birinchi ko‘rgan nuri, birinchi eshitgan ovozi — aynan u edi.
Shu damda Jungkook orqadan sokin yurib keldi. Uning qadam tovushlari hamisha Mayaning yuragini tinchlantirardi. Yoniga kelib, hech nima demay, qo‘lidan ushladi. Iliq, kuchli, ishonch beruvchi qo‘llar.
— Mayam, — dedi u sekin, past ovozda. — Bilasanmi… men seni avval seni buqadar sevmaganman, keyin esa... yuragimni sen bilan bo‘lishini xohlaganini tushundim.
Maya unga qaradi. Ko‘zlarida yosh, lekin bu safar bu og‘riq emasdi. Bu... hayotga qaytayotgan yurakning yoshi edi.
— Men seni yo‘qotishdan juda qo‘rqdim. Har kuni birgina narsa so‘radim — yana bir kun. Faqat yana bir kun seni ko‘rishim uchun,deya soʻzlarini davom ettirdi..
— Ruxsat ber... ruxsat ber meni o‘zingga doimiy suyanch qilishingga. Meni tanla, chunki men seni har holatda sevaman. Sochlaring to‘kilib tushganda ham, ko‘zlaring xira tortganda ham, kulolmaganingda ham. Chunki men seni boringcha sevaman, Maya.
Maya qo‘llari titratib turardi. Bu oddiy bir taklif emasdi — bu yurak sadosi edi. Ammo yuragi hali butun emasdi, u hali ham koʻp joylari siniq edi.
Ko‘zlariga yosh to‘lib, past ovozda, zo‘rg‘a eshitiladigan tarzda dedi:
— Jungkook… bu taklif menga… menga dunyodagi eng chiroyli tuyg‘uni berdi. Bilasizmi, men sizga nisbatan iliqlik his qilyapman. Siz meni davoladingiz, menga hayotni yana ko‘rsatdingiz.
Ammo… ammo men hali oilaviy hayotga tayyor emasman.
Yuragim… yuragim hali ham qo‘rqyapti. Ko‘p narsa boshimdan o‘tdi… oson emas.
Yig‘lardi. Har bir so‘zi yuragidan uzilardi.
— Men hozir sizga ishongim kelyapti, lekin yuragim hali ham qoʻrqmoqda. Menga vaqt kerak… shunchaki vaqt...
Jungkook unga bir qadam yaqinlashdi. Yuzidagi kulgi asta sokinlikka o‘zgardi. Ammo ko‘zlarida muhabbat ko‘zgusi yaltirardi.
— Maya, — dedi u ohista. — Men kutaman. Yana qancha bo‘lsa ham, kutaman. Faqat meni rad qilma… men yuragingda o‘shanday qolishga tayyorman. Bu uzuk majburiyat emas. Bu — va’da. Seni sevish, senga sabr qilish, seni tushunishga va’da.
So‘ng sekin qo‘lini tutdi. Uzukni, toj shaklidagi, “Maya & Jungkook” yozuvi bilan bezatilgan o‘sha noan’anaviy uzukni, Mayaning barmog‘iga taqdi. Maya esa yig‘lashdan to‘xtolmasdi. Qattiq emas — bu safar yurak yengillik his qilgandi. Nihoyat kimdir uni tushungan, shunchaki sevgan edi.
Jungkook uni bag‘riga bosdi. — Meni rad qilma… Sen hech qachon yolg‘iz emassan, ohu ko‘z...
Oradan yana 6 oy oʻtdi.
Tong o‘zgacha edi. Ertalabki quyosh nurini oynadan tushayotgan yengil nurlar bilan uyg‘ongan Maya, to‘shakda bir muddat jim yotdi. Yuragi tinch edi. Yillar davomida ilk bor tinch edi.
U yoniga qaradi. Jungkook hali uxlayotgandi. Sochlari betartib, lablarida esa xotirjam bir tabassum. Maya asta, uning yuzini siladi.
Uning bu odamga nisbatan his qilayotgan tuyg‘ulari endi izohga muhtoj emas edi.
Bu – sevgi edi. Haqiqiy, soʻzsiz, bosimsiz, lekin qalbni to‘ldiradigan sevgi.
Lekin… yuragining eng tubida hali ham bir xavotir yashardi.
Kasallik. Har kuni ichida yuradigan o‘sha so‘z. “Tuzalganmanmi?” degan savol har lahzada unga xalaqit berardi.
Shifokorlar yana testlar oldi. Maya hushyor, lekin yuragi titragan holda kutardi. Ular xonaga kirganida Maya va Jungkook birga edi. Shifokor iltifot bilan jilmayib dedi:
— Maya, sizda kasallik alomatlari butunlay yo‘qolgan. Bu deyarli mo‘jiza. Tana to‘liq tiklangan. Biz kuzatuvni davom ettiramiz, ammo siz sog‘aysiz. Rasmiy xulosani sizga topshiramiz.
Maya hech narsa demadi. Ko‘zlari Jungkookka qadalgandi. Shunchaki o‘rnidan turdi va quchoqlab oldi va.
Yig‘lab yubordi — bu safar yengil, ko‘z yoshi edi. Hayot unga ikkinchi imkon bergandi.
Jungkook uni bag‘riga bosdi. Yuragi o‘zini tutolmasdi, go‘yo yillar og‘rig‘i endi tiniq bir sevgiga aylangandi.
— Endi men yashayman… — dedi Maya sekin.
— Lekin men hali ham yuragim ham ehtiyotkor.
Ammo sizga ishonaman… istayman ishonishni…
— Maya, — dedi Jungkook pichirlab. — Men seni qancha boʻlsa shuncha kutaman dedi, peshonasidan oʻpib.
Oradan oylar o‘tdi. Maya sogʻaydi. Sochlari yana belidan pastgacha chiroyli oʻsib tushdi. U ko‘zgu oldida turib, hayrat bilan jilmaydi. O‘sha yo‘qolgan go‘zallik emas — yangi, kuchli, haqiqiy go‘zallik qaytgandi.
Orqasidan kelgan Jungkook uni belidan quchdi, ko‘zgu orqali unga qarab dedi:
— Yanada go‘zal bo‘lib ketyapsan… Bu sochlaring men olganimdan beri rosa oʻsyabdi-a?
Maya kulib yubordi, ko‘zlari yoshlanishdan zo‘rg‘a to‘xtardi. — Doim hazil qilmasangiz bo‘lmaydi- a?
— Chunki sen kulishingni yaxshi ko‘raman.
O‘sha kuni kechqurun ularni yana bir syurpriz kutardi. Jungkook Mayani yana restoranga olib bordi. Bu safar u butun zalni yangidan bezattirgan edi: oq-rangli gullar, oppoq yuraklar, har tomonda “M&J” harflari, o‘rtada esa bir dona oppoq, gulga o‘xshatib tikilgan stol.
Maya qizil libosda. Oddiy, ammo benihoya nafis.
Jungkook qora, kostyumda. Nigohi – Mayaga qadalgan
Jungkook jilmaydi. Yondan shampan ichimligi o‘rniga olib kelgan issiq shokoladli stakanni uzatdi. — Bu senga shirin hayot uchun.
Ular raqs tushdi. Maya ilk bor yuragida og‘riqsiz, aybsiz, beg‘ubor yaqinlik his qilardi. Unga tayanib raqsga tushdi.
So‘ng... ular restorandan chiqib, qor yog‘ayotgan tungi ko‘chada yurishdi. Maya bir dam yugurib ketdi.
— Ushlab qolmasangiz — qochib ketaman!
Jungkook orqasidan yugurdi. — Qochsang, ham baribir tutib olaman!
Ular kulib qor ustida yiqildilar. Maya ustiga qulab tushgan Jungkookka tikildi. Mayin, sokin nigohlar to‘qnashdi. Ular gapirishmadi. Faqat yurak urishlari eshitildi.
Jungkook asta egildi. Mayaning yuziga labini bosdi. Bu bo‘sa... bu shunchaki lab emasdi — bu minnatdorchilik, sabr, sevgi, shifo, shirin azob va najotning ramzi edi.
Bu lahzada, qor yog‘ayotgan osmonda, yuraklar sokin edi. Nihoyat – ikkalasi birga edi.