May 24, 2025

Love in Air

Ep_16

Muallif : Lilly

Maya hayratdan qotib qolgandi. Nafasi qisildi, yuragi tez urardi. Nik sekin unga yaqinlashib, bir narsa demoqchi bo‘ldi, lekin nigohida allaqanday yaqinlik, allaqanday intilish bor edi. U qadam tashlab, Mayaning labidan ohista bo‘sa olish uchun egildi.

Ammo shu payt orqadan qattiq qadam tovushlari eshitildi. Jungkook yugurib kelib, bir harakatda Mayaning qo‘lidan mahkam ushlab ortga tortdi va Nikni qattiq itarib yubordi.

– Qo‘lingni tort undan! – deb g‘azab bilan baqirdi u.

So‘ng Nikning yuziga musht tushirdi. Nik esa orqaga ketib, lekin darhol o‘zini tutib, javob qaytardi.

Mushtlar almasha boshladi.

Mayaning yuragi gursillab urardi. Bu sahna ko‘z oldida ro‘y berayotganiga ishonolmasdi. Atrofdagilar “to‘xta!” deb harakat qilishdi, lekin yigitlar bir-biriga o‘xshamagan alam, rashk va g‘azab bilan musht tushirishda davom etardi.

– To‘xtang, Jungkook! – deb yig‘lay boshladi Maya, ammo u eshitmadi.

Taehyung va yana ikki yigit yugurib kelib, ularni zo‘rg‘a ajratishdi.

Jungkook baralla baqirdi:

– Sen o‘zingni kim deb o‘ylayapsan, a?! Qaysi hayol bilan unga yaqinlashyapsan, a?!

Nik ham ortda qolmadi. Yuzidan qon sizib turgan bo‘lsa-da, ko‘zida nafrat yonardi:

– Senga nima - a?! Har doim o‘rtaga suqilaverasan! Hiraparashkaga o‘xshab jonga tegding!

Jungkook endi to‘xtay olmadi:

– Maya meni sevgan qizim! U meni sevgilim! Qanday qilib sen buni tushunmaysan?!

– Sevgiling deysan-mi?! – dedi Nik kinoyali kulib. – U hozir hech kim bilan yurmaydi!

– Ha, urishdik! Ammo bu – ajrashdik degani emas! – deb qichqirdi Jungkook. – Sen kelishingdan oldin biz birga edik. Hozir ham yuragim faqat u bilan!

Ularning ovozlari tobora balandlasha borayotgandi. Shunda Maya oʻrtaga tushti

– Yetar! – deb baqirdi u. Ovozi zirqirab chiqdi, ko‘zlarida yosh yaltirardi. – Nima qilyapsizlar?! Bu nima?! Men o‘yinchoq emasman! Sizlar istagan paytingizda tortishadigan, egallamoqchi bo‘ladigan bir narsa emasman!

U Nikga qattiq qaradi:

– Sendan juda hafa bo‘ldim, Nik. Mendan ruxsat so‘ramasdan menga yaqinlashmoqchi bo‘lding

So‘ngra,Jungkookga qaradi:

– Siz bilan gaplashishni ham istamayman. Hatto yuzingizni ko‘rishga toqatim yo‘q...

Shu so‘zlardan keyin Maya orqasiga o‘girilib ketdi. Uning har bir qadami yuragidagi og‘riqni bosib o‘tayotgandek edi. U tezlik bilan yo‘l chetidagi taksiga o‘tirdi. Orqasiga bir marta ham qaramadi.

Jungkook yuragidagi nima bor – hammasini tashlab ortidan yugurdi. Nafasi bo‘g‘ilib chiqardi, lekin Maya allaqachon mashinaga o‘tirgan edi. Taksining eshigi yopildi va ketib qoldi

Jungkook yo‘l o‘rtasida to‘xtadi. Bir necha soniya qotib qoldi. Nafasi ichiga tushib ketdi. So‘ng tiz cho‘kdi. Qo‘llari bilan yuzini berkitdi.

Ko‘zlaridan yosh o‘z-o‘zidan oqardi. Yuragi shu qadar og‘rirdiki, go‘yo bu dunyo butun og‘irligi bilan yuragiga bosilib turganday edi.

Nik ham ketmoqchi bo‘ldi, ammo Song Kang uni bilagidan tutdi:

– Yo‘q, hozir emas, Nik. U sendan hafa. Hozir uni tinch qo‘y. Ertaga gaplasharsan.

Nik hech narsa demadi. Faqat chuqur xo‘rsindi va joyida qotib qoldi.

Jungkook

U kecha tinch tugamadi. Hammasi og‘riqli, chalkash va yurak ezg‘ilovchi edi.

Ular orol bo‘ylab yurib, so‘nggida o‘z uylariga qaytishdi. Uy ichida og‘ir sukunat hukm surardi. Hech kim bir-biriga qarashga ham jurʼat qilmasdi.

Jungkook zinapoyalarda sekin qadam tashlab yurdi. U qizlar joylashgan xonaning eshigiga yaqinlashdi. Ichkariga qaradi — chiroqlar o‘chgan, xona zim-ziyo edi. Balki Maya uxlayotgandir… Balki u hali yig‘layotgandir… Bilmasdi.

U eshik tutqichini sekin ushladi. Qo‘li qaltirardi. Yuragi esa g‘ash. Nafasi og‘ir tortar, ichidagi alam bo‘g‘ib yuborgudek edi. Ammo ochishga jurʼat qilmadi. Ostonada jim turdi. Keyin asta orqasiga qaytdi.

Shiftdan ko‘z uzmay, yolg‘izlikda qoldi.

U oshxonaga o‘tdi. Muzlatkichdan spirtli ichimlik olib chiqdi. Uzoq o‘ylamasdan ichdi. Og‘zi achishdi. Ko‘ngli aynidi. Ammo ichishni to‘xtatmadi. Bir shisha, keyin yana bir shisha. G‘azabini, armonini, yuragidagi og‘rini shu ichimlik bilan yuvishga urinar edi.

Stolga suyanib qoldi. Ko‘zlari qizarib ketgan, yuragi qaqshar, lablari zirqirab muzlagandi.

– Maya... – dedi pichirlab. – Kechirasanmi meni?..

U kechani ich-ichidan yutib o‘tkazdi.


Ertalab quyosh nurlari oynadan tushib, uyni yoritib yubordi.

Qizlar uyg‘onib, birin-ketin oshxonaga chiqishdi. Nonushta tayyor edi. Biroq havo haligacha og‘ir, suhbat esa sovuq edi.

Maya jim o‘tirgancha stakandagi suvga termulib o‘tirardi. So‘ng, ohangida charchoq va hissizlik aralash, dedi:

– Kelinglar, uyga qaytaylik...

Zara unga qarab boshini chayqadi:

– Maya, hali bir kunimiz bor edi-ku. Yana bir oz dam olaylik.

Maya unga qaramadi, faqat lablarini chimirib qo‘ydi. Shunda Zara ko‘zini olib qochdi.

– Unday bo‘lsa... – dedi Maya sokin ovozda. – Sizlar qolaveringlar. Men o‘zim qaytaman.

Lilly darhol indamay qoldi, ammo ko‘zlaridagi xavotirni yashira olmadi:

– Yo‘q, qanday qilib yolg‘iz ketasan? Birga qaytamiz. Hech bo‘lmasa yo‘l bo‘yi gaplashamiz, a?

Maya javob bermadi. Faqat boshini egdi. Yigitlar esa bir-biriga qarab qo‘yishdi.


Yo‘l bo‘yi mashinada sukunat hukm surdi.

Jungkook orqa o‘rindiqda o‘tirardi. Uning nigohlari faqat bitta joyga – Mayaga qadalgan edi. Unga qarar, so‘zsiz bir narsa demoqchi bo‘lib, lablarini tishlab turardi. Ammo Maya biror marta ham unga qaramadi. Go‘yo Jungkook u uchun havodek edi – boru yo‘qligi bilinmaydigan.

Jungkookning yuragi ezilar, ko‘zlari to‘lib-to‘lib, ichkaridan yonginaday yondi. U Mayani yo‘qotayotganini his qilar, lekin nima qilarini bilmasdi.

Shunday qilib, ular Seulga qaytishdi. O‘sha mash'um tun orqada qolgandek edi. Ammo yurakdagi og‘riq, ko‘ngildagi so‘zlar – ularni hech kim orqada qoldira olmasdi.

Ertasi kuni tongda havo iliq edi, lekin yuraklar sovuq.

Lilly, Taehyung, Zara va Song Kang yaqin atrofdagi kichik kafe oldida uchrashishdi. Har kimning yuzida o‘ychanlik, jimjitlik hukm surardi.

Song Kang kofesidan bir ho‘plam olib, sukunatni yorib gap boshladi:

– Nima qilamiz? Jungkook bilan Mayani yarashtiramizmi?

Zara yelka qisdi, lekin hech narsa demadi. Biroq Lilly birdan keskin javob qaytardi:

– Menga qolsa unday qilmaylik. Maya juda ko‘p narsa ko‘rdi... u qattiq ranjidi.

Taehyung ohista xo‘rsinib, jimgina Lillyga qaradi.

– Lilly, bas qil. Jungkook ham hozir afsuslanyapti. Kechadan beri o‘ziga kelolmayapti. Yuragi tilka pora boʻlyapti. Erkak kishi xato qiladida

Lilly uni kesib yubordi:

– Nima endi? Erkak kishi bo‘lsa, hamma narsa mumkin degani emas-ku! Ranjiysa ham, yig‘lasa ham, keyin kechirim so‘rasa, hammasi tamommi?

Taehyung nigohini qattiq tikdi. Uning ovozida g‘azab va himoya aralash edi:

– Sen faqat Mayaning og‘rig‘ini ko‘ryapsan, lekin Jungkookning ichini-chi? U ham odam. U ham sevganini, yo‘qotishdan qo‘rqadigan yigit!

Lilly stuldan sal oldinga egilib, past ovozda, lekin hissiyot bilan dedi:

– Sevadigan odam bunday qilmaydi, Taehyung. Sevgi bu og‘ritish emas,bu mehr, avaylash, baxtli qilish.

Bir zum sukunat cho‘kdi. Zara pastga qarab o‘tirar, suhbatga aralashishni xohlamasdi. Taehyung esa Lillydan ko‘z uzmay turardi.

Song Kang ohangida charchoq aralash, qo‘llarini ko‘tarib:

– Bas qilinglar! Hozir sizlarning urishlaring kam edi, shunaqami?

Lilly lablarini tishlab, o‘rnidan turdi. Ko‘zlari yoshga to‘lib, lekin o‘zini tutishga harakat qilardi.

– Men ketdim. Mayaning yonida bo‘laman, unga hozir tinchlik kerak... tortishuv emas.

Va u ortiga o‘girilmasdan ketdi. Uning ortidan faqat og‘ir sukunat qoldi.

Zara ohista dedi:

– Hamma o‘zicha haq… Lekin yurak uchun kim haq, kim noto‘g‘ri – vaqt ko‘rsatadi...

Song Kang esa uf tortdi va orqaga suyanib, osmonga tikildi.

Taehyung&Lilly

Lilly tez-tez yurardi. Nafasi qisilayotgandek, yuragi siqilayotgandek edi. Ko‘zlari yoshga to‘lib, lekin hozir uni to‘xtatadigan, gapini eshitadigan hech kim yo‘qdek tuyulardi. Yuragida yig‘lagan chaqaloqdek qichqiriq bor edi — "Men ham ko‘nglimni aytishga haqliman-ku!"

Birdan orqasidan tanish ovoz yangradi:

– Lilly… to‘xta!

Taehyung edi. Uning ovozi xuddi yuragidan chiqayotgandek, titroq bilan yangradi.

Lilly to‘xtamadi. U qattiq ranjigandi. Ammo yuragining ichida bir parcha hali ham Taehyungni eshitgisi kelardi. Yana bir necha qadam qo‘ydi, lekin oyoqlari og‘irlashib borardi. Shu payt Taehyung yetib kelib, yelkasiga ohista tegdi.

– Iltimos… meni eshit.

Lilly sekin orqasiga o‘girildi. Uning ko‘zlarida yosh charaqlab turardi. Sochlari shamolda yuziga yopishib ketgan, yonoqlari esa qip-qizil. Lekin ko‘zlaridagi og‘riq — hamma narsadan ko‘ra kuchliroq edi.

– Nega chiqdingiz ortimdan? – dedi u asta, ovozida titroq bor edi. – Menga o‘zingiz aytdingiz-ku... men noto‘g‘ri gapirsaysan deb!

Taehyung chuqur nafas oldi. Uning ko‘zlarida afsus, o‘ziga nisbatan g‘azab va... mehr bor edi.

– Men seni hafa qilmoqchi emasdim, Lilly. Faqat... men Jungkookni ham qiynalayotganini tushuntirmoqchi edim.

U sekin yaqinlashdi. Oradagi masofa borgan sari qisqardi, yurakdagi masofa esa borgan sari yopilardi.

– Men sendan kechirim so‘rayman, — dedi u past ovozda. — Chin yurakdan. Chunki… sening ranishing... meni bir umr qiynaydi.

Lilly ko‘z yoshlarini artmadi. Ular oqaverdi. Ammo yuragi... asta yumshay boshlagandek bo‘ldi.

Taehyung Lillyni bag‘riga tortdi. Lilly bir zum qarshilik qilmoqchiday harakat qildi, lekin... yuragi qarshilikni buzdi. U ham qo‘llarini Taehyungning orqasiga o‘rab, shunchaki jim turdi.

Ularning nafaslari bir-biriga urilardi. Yuraklar esa hech narsa demasdan ham bir-birini eshitardi.

– Kechir meni… – dedi Taehyung pichirlab, sochlari orasidan o‘pib. – Qasamki, men seni ranjitmoqchi emas edim. Sening qalbingni... asraydigan inson bo‘lishim kerak edi.

Lilly hech nima demadi. Faqat ko‘zlarini yumdi. Uning yuragi shunchaki tinchlik istardi. Ortiqcha gap, ortiqcha izoh kerak emas edi. Faqat shu quchoq, shu daqiqa — yetarli edi.

Bir necha daqiqadan so‘ng Taehyung asta dedi:

– Seni uyinga oʻzim olib boraman. Yolg‘iz qolishni istamayman. Yomg‘ir yog‘ishi mumkin…

Lilly sekin bosh qimirlatdi. Hech narsa demasdan. Ular yonma-yon yurishdi. Ko‘chada esa shamol asta esardi. Go‘yoki yuraklaridagi og‘riqni sekin asta yuvib ketayotgandek...

Maya xonasida yolg‘iz o‘tirardi. Deraza yonida, ko‘rpaga o‘ralib, sokin havoga termulgan. Ko‘ngli allaqanday g‘amgin edi. Yuragida to‘xtovsiz savollar aylanar, ammo birortasiga javob topolmasdi.

Shu payt telefon jiringladi. Ekranga qaradi — Nik.

U bir zum ikkilanib qoldi. So‘ng chuqur nafas olib, javob berdi.

— Allo?
— Maya, salom… iltimos, uchrashsak bo‘ladimi? Faqat qisqa suhbat boʻladi.

Maya bir lahza jim qoldi. Qiziq, yuragi qattiq urib ketdi. Oxiri:

— Hop... mayli.

Ular yaqin atrofdagi parkda uchrashishdi. Kuzgi shamol barglarni uchirar, havo biroz salqin edi. Nik Maya qarshisida jim turardi. So‘ng nihoyat og‘iz ochdi.

— Bilasanmi, men senga befarq emasman, — dedi u sekin. — Sen menga yoqasan. Juda yoqasan. Lekin o‘sha kuni qilgan ishim uchun uzr so‘rayman. Haqiqatda… men o‘zimni yo‘qotdim. Chunki Jungkook...

U bir lahza to‘xtadi. Nafas oldi. So‘ng davom etdi:

— U har doim o‘zini birinchidek tutadi. Har doim senga yaqinlashadi, o‘rtamizga kiradi. Men bunga chiday olmayapman. Nega u shunchalar o‘ziga ishongan? Biz hali… hali bir narsa boshlamaganmiz-ku!

Maya indamay, yerga qarab turdi. Ko‘zlari xuddi shamol esayotgan bargday titrar, lekin hech nima demasdi. Yuragida har xil fikrlar uyg‘onardi. Nik esa to‘xtamadi.

— Iltimos, meni rad etishga shoshilma, Maya. Men seni chin dildan seni yaxshi ko‘raman. Yolg‘on emas bu. Faqat menga imkon ber. Birgina imkoniyat... seni baxtli qilishimga ruxsat ber.

Maya nihoyat boshini ko‘tardi. Ko‘zlarida charchoq bor edi, ammo shu bilan birga, mehr ham. U asta, past ovozda javob berdi:

— Mayli… o‘ylab ko‘raman.

Nik sevinib kulimsiradi. Yengil tortganday bo‘ldi. So‘ng taklif qildi:

— Balki biror joyga borib ovqatlanarmiz?

Maya kulimsiradi:

— Rahmat, lekin boshim biroz og‘riyapti. Balki boshqa kuni…

Nik boshini qimirlatdi.

— Mayli. Unda hozircha dam ol. Men seni ko‘rganimga xursandman,va rad qilmahaningdan dedi kulib.

Ular jim turib qoldi. So‘ng Nik sekin orqasiga burilib ketdi. Maya esa joyida turdi. Yuragi hali ham tunda sokinlashmagan osmondek, g‘alati va noaniq edi.

Ichida esa bir narsa shivirlayotgandi: “Jungkook hali ham yuragimning bir burchagida yashirinib qolgan…”

Nik

Kecha salqin, osmon yulduzlarga to‘la. Shahar chekkasidagi festival maydonida musiqalar yangraydi, har xil chiroqlar porlab turardi. Song Kang bilan Taehyung o‘rtani yumshatish uchun yaxshi g‘oya o‘ylab topishgandi — hammangizni festivalga olib chiqish.

— Kelishdikmi? — dedi Taehyung qizlarga qarab. — Hech bo‘lmasa bir kecha boshqacha o‘tsin. Zerikib ketdik hammasidan.

Lilly va Zara bir-biriga qarab kulishdi.

— Bo‘ldi, rozimiz! — dedi Lilly, — Mayani ham olib chiqamiz!

Maya biroz tortinib tursa-da, oxiri rozi bo‘ldi. Yuragida anchadan beri og‘ir bosim yurardi, balki bu kecha unga yengillik berar.

Hammalari birga chiqishdi. Hatto Nik ham ularga qo‘shildi. Festivalda olomon gavjum, havo qandli paxta, qovurilgan makkajo‘xori va shirin kulgular bilan to‘la edi.

Maya jim yurardi. U bugun hech kimga e’tibor bermaslikka harakat qilardi — na Jungkook, na Nik. Faqat yurib, rasta-rastalardan ko‘z yugurtirar, yengil tabassum bilan atrofga nazar solardi. Yuragi hanuz shikast edi, ammo bu kecha o‘zi uchun edi. Hech kim uchun emas.

Shu payt, to‘satdan...

— Maya! — degan chaqiriq eshitilib qoldi. Uning oyog‘i toyib, pastga — toshli yerga yiqilib tushdi. Boshining orqa tomoni qattiq zarb bilan yerga urildi.

Hammasi bir zumda sodir bo‘ldi.

— Maya! — deb qichqirdi Jungkook.

U bir zumda o‘zini tutolmadi, yugurdi. Ammo yarim yo‘lda to‘xtab qoldi.

Uning ko‘z oldida Nik Maya yonida tiz cho‘kkan, vahimaga tushgancha:

— Maya! Maya, eshityapsanmi? Boshing… boshing ogʻrimayaptimi? — deb, titrab ketayotgan qo‘llari bilan Mayaning sochlarini silab gapirar edi.

Nikning nigohi g‘amga to‘la, titroq tovushda gapirayotganini ko‘rib, Jungkook joyiga qotib qoldi. Ichida nimadir qisilganday bo‘ldi. Nafasi qisilib ketdi. Yuragi xuddi siqilib, shovqin ichida yolg‘iz qolgandek edi.

— Maya, iltimos, ko‘zimga qaragin… — dedi Nik yana.

Jungkook ichidan nafas ololmay qoldi. Qo‘llari zirqirab ketdi. G‘alati bir his — rashkmi, iztirobmi, achinishmi — yuragini tirnab o‘tdi. Yana bir marta qadam qo‘yishga jur’at qilolmadi. Uning borligi endi keraksizdek tuyuldi. Yana bir kechda Maya unga emas, boshqasiga yaqin edi.

Shu payt Maya ohista ko‘zini ochdi. O‘zini biroz yo‘qotgandek his qilardi. U boshini ushlab, atrofga alangladi. Nik uning yuziga yaqin edi.

— Sen... sen yaxshimisan? — dedi past ovozda.

Maya faqat boshini qimirlatdi.

U uzoqdan Jungkookni ko‘rdi. Nigohlari to‘qnashdi — lekin Maya bir zumda yuzini boshqa tomonga burdi. O‘sha nigohda hech qanday iliqlik yo‘q edi. Faqat sovuq, jimjitlik... va xuddi “Sen endi men uchun yo‘qsan” degandek sovuq sukut.

Jungkook esa joyida qotib turardi. Ko‘zlarida iztirob, ichidan oʻziga oʻzi o‘kinch bilan dedi:
“Kech bo‘ldi, Jungkook... U endi nenga qaramaydi.”