Konstitutsiyaviy huquq
O‘zbekiston fuqarosi K.Komilov 2015-2022 yillarda Koreya Respublikasida mehnat migranti sifatida ishlab O‘zbekistonga qaytib keldi.
U Koreyada vaqtida “Iegova shohidlari” missionerlik oqimi g‘oyalari ta’siriga tushib qolgan edi. O‘zbekistonga qaytganidan keyin ham ushbu oqimdan voz kechmadi. Mahallasida yashovchi yoshlarni Koreyaga ishga olib ketish bahonasida ochilgan telegram guruhga qo‘shib, ularga Iegova shohidlari faoliyatiga oid video, audio materiallar va elektron kitoblarni tashlab turdi.
Telegram guruhidagi a’zolarga agar J.Koreyaga borish niyati jiddiy bo‘lsa, avvalo Iegova shohidlari diniy oqimini qabul qilishlari kerakligini, busiz ishga yuborilmasligini ma’lum qildi.
Vaziyatga huquqiy baho bering.
Vaziyatni tahlil qilishda Konstitutsiya va boshqa NHHlarni tahlil qiling.
Ushbu vaziyatga huquqiy baho berishdan oldin muammolarni aniqlab olsak.
Birinchi muammo: K.Komilov mahallada yashovchi yoshlarni Koreyaga ishga olib ketishi mumkinmi?
Ikinchi muammo: K.Komilov missionerlik go’ya materyarlarini telegram tarmog’i orqali tarqatishi mumkinmi?
Uchinchi muammo: Fuqaro K.Komilov Iegova shohidlari dinniga etiqod qilishi va boshqa fuqarolarga o’z qarashlarini singdirish harakatlari to’g’rimi?
Ushbu muamoliy vaziyatga huquqiy yechim berish uchun O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va vaziyatga aloqador qonun hujjatlarini tahlil etishimiz lozim
Birinchi muammoga to‘xtalib o‘tsak, fuqaro K.Komilov O‘zbekiston Respublikasi Konsitutsiyasi 36-moddasiga binoan ya’ni Har bir shaxs mehnat qilish, erkin kasb tanlash, adolatli mehnat sharoitlarida ishlash va qonunda ko‘rsatilgan tartibda ishsizlikdan himoyalanish huquqiga egadir.Sud hukmi bilan tayinlangan jazoni o‘tash tartibidan yoki qonunda ko‘rsatilgan boshqa hollardan tashqari majburiy mehnat taqiqlanadi.
Ushbu moddada O’zbekiston Respublikasi fuqarolarini mehnat qilish erkin kasb tanlash adolatli mehnat sharoitlariada ishlash kabi huquqlarini mustahkamlab qo’yilgan. Shu bilan birgalikda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Qarori, 05.07.2018 yildagi PQ-3839-son “O‘zbekiston Respublikasi tashqi mehnat migratsiya tizizmi yanada takomilashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida’’ ushbu qonun O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi tomonidan beriladigan litsenziya asosida O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarini xorijda ishga joylashtirish bo‘yicha, norasmiy mehnat migratsiyasining oldini olishga qaratilgan, fuqarolarni xorijda ishga tashkillashtirilgan tarzda joylashtirish tizimini takomillashtirish masalalari bo‘yicha axborot-ma’rifiy tadbirlarni o‘tkazish kabi massallalarni o‘z ichiga oladi ushbu qonundan hullosa qiladigan bo’lsak fuqaro K.Komilov tegishli ruxsatsiz noqonuniy ravishda O’zbekiston Respublikasi fuqarolarini Koreyaga ishga jalb qilishi mumkin emas.
Ikkinchi muammoga Toxtalib o’tsak, O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 29-modda Har kim fikrlash, so‘z va e’tiqod erkinligi huquqiga ega. Har kim o‘zi istagan axborotni izlash, olish va uni tarqatish huquqiga ega, amaldagi konstitutsiyaviy tuzumga qarshi qaratilgan axborot va qonun bilan belgilangan boshqa cheklashlar bundan mustasnodir. Fikr yuritish va uni ifodalash erkinligi faqat davlat siri va boshqa sirlarga taalluqli bo‘lgan taqdirdagina qonun bilan cheklanishi mumkin. Shuningdek O‘zbekiston Respublikasining Qonuni, 24.04.1997 yildagi 400-I-son “Axborot olish kafolotlari to’g’risida’’ “Axborot erkinligi prinsiplari va kafolatlari to’g’risida”gi qonun hamda Jinoyat Kodeksining 245 prim 3 -moddassida Diniy mazmundagi materiallarni tarqatish maqsadida qonunga xilof ravishda tayyorlash, saqlash, O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kirish yoki tarqatish, shunday qilmishlar uchun ma’muriy jazo qo‘llanilganidan keyin sodir etilganda, — Jinoiy javobgarlikga tortiladi. Ushbu qonunlarga asoslanadigan bo’lsak fuqaro K.Komilovning harakatlari qonunga zid.
Uchinchi muammoga to’xtalib o’tsak, O’zbekiston Respublikasi Konsitutsiyasi 31-moddasi va “Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risidag’’gi qonuniga muofiq Hamma uchun vijdon erkinligi kafolatlanadi. Har bir inson xohlagan dinga e’tiqod qilish yoki hech qaysi dinga e’tiqod qilmaslik huquqiga ega. Diniy qarashlarni majburan singdirishga yo‘l qo‘yilmaydi. Maskur qonuni muofiq fuqaro K.Komilov etiqod erkinligiga ega ammo o’z qarashlarini boshqalarga majburan singdirilishiga yo’l qo’yilmayadi.
Hulosa o’rnida shuni aytshimiz mumkinki, ushbu muammoli vaziyatda fuqaro K.Komilov o’zining Konsitutsiyaviy huquqlarni amalga oshirish chog’ida boshqalarning huquq va erkinliklariga zarar yetkazgan. O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida barcha fuqarolarning Vijdon va Etiqot erkinligi belgilab qo’yilgan har bir fuqaro Konstitutsiya va qonunlarni, o’zgalarning huquq va erkinliklarini hurmat qilsa yuqoridagi holatlarning oldi olinadi. Vaziyatni atroflicha muhokama qilib shu hulosaga keldik.