Love amidst losses
Tong nurlari derazadan sirg‘alib kirar ekan, Lilly asta ko‘zlarini ochdi. Bu tong avvalgilaridan butkul boshqacha edi. Yuragi g‘ashqotmas, aksincha, xotirjamlik va intiqlik bilan to‘lgan edi. Uning yonida esa Taehyung yotardi — uning yuragi, uning baxti, uning orzusi. Lilly unga tikilib, yuragidagi tuyg‘ularni yashira olmayotgandi. U o‘zini qo‘lga olishga harakat qilsa-da, qalbida kechayotgan muhabbat to‘lqini unga itoat etmasdi.
Taehyung ham uyg‘ondi. Ko‘zlarida shunchalik mehr, shunchalik ishonch bor ediki, go‘yo u Lillyni dunyodagi eng baxtli inson qilishga qasam ichgandek edi.
– Xayrli tong, gulim, — dedi u mayin va yoqimli ovozda.
Lilly jilmaydi. Uning yuzida nurli tabassum porladi. U sekingina javob berdi:
– Kecha menga bergan va’dangizni eslaysizmi?
Taehyung bir lahza hayron bo‘ldi:
– Ha, kechagi va’da. Siz menga aytgandingiz: “Ertaga seni nikoh uyiga olib boraman va qo‘lingga uzuk taqaman”, degandingiz.
Taehyung jilmayib, bosh irg‘adi.
– Albatta, eslayman. Va’dam — mening so‘zim. Bugun bu so‘zni ro‘yobga chiqaraman. Endi esa tur, nonushta qilaylik. Keyin birga yo‘l olamiz, muhabbatim.
Ular o‘rinlaridan turishdi, birga dush qabul qilishdi. So‘ng pastga tushib, birgalikda nonushta tayyorlay boshlashdi. Oshxona ichini iliq quvonch va muhabbat to‘ldirib yuborgan edi. Taehyung Lillyning orqasidan yondoshib, uni quchoqlab oldi. Ularning bu holati tabiat bilan uyg‘unlashib, go‘yo romanik film sahnasiga o‘xshab ketardi. Taehyungning muhabbatga to‘la quchog‘i, Lillyning mamnun jilmayishi — bularning bari chinakam sevgi bor joyda yaraladigan sehr edi.
Vaqt o‘tdi. Hayot ularga turli sinovlar, quvonchlar va yangi orzular olib keldi. Ammo bir narsaning o‘zi o‘zgarmadi — bu ularning yuragidagi sof muhabbat edi. Garchi bu sevgi ko‘pchilik uchun ajablanarli tuyulsa-da — tog‘a va jiyan orasidagi bog‘lanish — ular uchun bu tuyg‘u mukammal, pokiza va beg‘ubor edi.
Nihoyat, oradan vaqt o‘tib, ular turmush qurishdi. Bir-biriga qasam ichishdi: har bir tongni birga qarshi olishga, har bir og‘ir damda bir-biriga yelkadosh bo‘lishga, har bir quvonchni birga baham ko‘rishga...
Va ular baxtli hayot kechirishdi. Chunki chin sevgi — hech qachon yengilmas, u yurakni boqiy qiladi.