June 6, 2025

Midnight

Episode 1.

Muallif: Adeliya

1–qism

“Kim bor?.. D... Dada, bu sizmisiz?..” — Lunaning tovushi titrardi. Qorong‘u zinapoyalarda u asta harakatlandi, kalta qora ko‘ylagi sonlariga yopishib, tanasini yomg‘irdan sovuq silkitardi. Bu — uning tug‘ilgan kuni edi. Ammo bu kecha sovg‘a emas, qichqiriq bilan boshlandi.

Pastroqdan havoni kesib chiqqan xirillagan tovush eshitildi. Odamniki edi. Balki otasiniki? Ammo bu qichqiriq... juda begona, juda g‘alati edi. Yuragini bosgan og‘irlik hammasini xayol deb o‘ylashga majbur qildi, lekin chaqmoqlar oynani yorib tushar, momaqaldiroq gumburlab, qorong‘ulikni yirtib o‘tardi. Uying ichidagi har bir soya endi harakatlanayotgandek edi.

Luna jimjitlikni yorib, otasining xonasiga yaqinlashdi. Har bir qadami taxta polni chirillatar, ortidan qorong‘ilik hamnafas bo‘lib ergashayotgandek edi. Ortidan kelayotgan noaniq, ammo keskin qadam tovushlarini eshitgach, yuragi bir zumga to‘xtab qolgandek bo‘ldi. U asta ortiga qaradi... Hech kim yo‘q. Ammo nimadir bor edi. U buni sezdi. Buni yuragining eng chuqur qatlamida his qildi.

“Dada?..” — uning ovozi endi faqat pichirlashday edi. Javob yo‘q. Faqat qorong‘uda og‘ir nafas olish... Begona va qorqinchli.

Xonaga yaqinlashganida, to‘satdan butun uyni titratib, o‘sha ovoz eshitildi:

> “Tug‘ilgan kuningiz bilan...
...tug‘ilgan kuningiz bilan...
...tug‘ilgan kuningiz bilan...
...mening... kichkina... Malikaaaam...”

Bu otasining ovozi edi. Ammo u noto‘g‘ri edi. Tabiiy emas. Xuddi eski magnitofonlardagi singan lentadan yangrayotgandek — g‘alati, cho‘zilgan, vahimali...

Lunaning yuragi endi butun vujudida urayotgandek edi. Ko‘zlariga yosh to‘ldi. Ammo u ularni to‘kilishiga yo‘l qo‘ymadi

Rasmlar. Ularning barchasi qorqinchli edi. Shiftlarga chizilgandek, devorlarda jim turgandek. Lekin yuragi... yuragi boshqa narsa deyardi. "Bu shunchaki syurpriz... tug‘ilgan kunim uchun", — deb o‘zini ishontirishga urindi Luna. Ammo ich-ichidan bilardi: bu tun — boshqa tun. Bu kecha — qaytmas kecha edi.

U asta yurdi.
Bir qadam...
Besh qadam...
O‘n besh qadam...
Go‘yoki abadiyat oralig‘ida qadam tashlayotgandek, otasining eshigiga yetish uchun vaqt o‘z qiymatini yo‘qotdi. Nihoyat, tutqichni ushladi. Qorong‘ulik qo‘lidan yuqib ketgandek sovuq edi. Uni buradi.

Va eshik ochildi.

Manzara... vaqtni to‘xtatdi. Nafasni bo‘g‘di. Yurakni ezdi.

Shiftga osilgan tanasi — ko‘ylaksiz, rangsiz, go‘yo hayot uni tark etganiga ancha bo‘lgan. Otasi. Shunchaki odam emas — endi jism. U ventilyatorda osilib turar, u esa sekin aylanar, g‘ijirlagan ovoz esa xonani tilsiz yig‘iga to‘ldirardi.

Tomog‘idan qon tomchilab yerga tusha boshladi. Qizil izlar ko‘kragidagi chuqur chandiqlardan sizib chiqardi. Stoldagi chiroq titrardi — o‘sha zaif nur bu manzarani yanada vahimali qilardi. Go‘yoki kimdir ataylab bu dahshatni yoritib, Lunaning ongiga dafn qilgandek.

U qichqirmoqchi bo‘ldi. Ammo ovozi yo‘q edi. Vujudi harakatsiz — muzlab qolgandek. Qon a’zolarida yurmayotgandek. Og‘riq — yo‘q edi. Faqat bo‘shliq. Ichida portlayotgan jim dahshat.

Keyin… hushidan ketdi. Ammo hammasi davom etayotgandek edi. Voqealar go‘yo sekinlikda aylanar, yuragini ezar, jonini siqar. Nafas olmoqchi bo‘ldi — biroq o‘pkasi havoni rad etdi. Ko‘z yoshlari asta oqdi.

Shu payt... kimdir.
Kimdir.
Ko‘zlarini... qo‘li bilan... yopa boshladi.

Luna qichqirib yubordi — yuragini tilka-pora qiladigan qichqiriq edi bu. Ammo qichqiriq havoga chiqib ulgurmasidan, kuchli, sovuq qo‘l og‘zini bekitdi. Uning orqasida kimdir bor edi. Nafasi issiq, ammo niyati sovuq. Tanasi Lunaning orqasiga qattiq bosilib, harorati uning orqasini kuydirgandek bo‘ldi.

Luna muzlab qoldi. Qo‘rquv uni qamrab oldi. Uning yuragi urishni emas, ichkaridan qochishni xohlayotgandek shiddat bilan urar edi.

Begona odamning qo‘li asta sonlaridan pastga tushib, qornini ezdi. Bu harakat, bu yaqinlik — barchasi yuragiga vahima soldi. Luna nafas olishga harakat qildi, ammo bosib turgan kuchli qo‘l havoni rad etdi. Ko‘zlaridan yoshlar oqdi — bu yoshlar og‘riqdan emas, mutlaq dahshatdan edi.

Nafasi... yaqinlashdi. Bo‘yinga tegdi. U asta bo‘yin terisini yalab o‘tdi. Quloq yoniga keldi. So‘zlar ohangsiz, ammo chuqur, mastlarcha pichirladi:

"Tug‘ilgan kuning bilan, malikam..."

Bu so‘zlar muzdek pichoqday yuragini kesib o‘tdi. Uning kulgusi esa... insoniy emasdi. Qonxo‘r, jirkanch va qorong‘ilikda yashovchi mavjudot kulgusi edi bu. Luna ko‘zlarini mahkam yumdi. Nafasidan alkogol hidi keldi. Qo‘llar — muskulli, og‘ir, qattiq — belidan hech ketmasdi. U jinoyatchining quchog‘ida edi. Jinoyatchi esa — hech kim ko‘rmagan, lekin u yerda bor edi.

Tashqarida yomg‘ir tinmaydi. Tunda vaqt tushunchasi yo‘qoladi. Bu tun — tug‘ilgan kun emas, bu tun — la’nat edi.

U bir zumda yo‘q bo‘ldi. Keyin — qaytib keldi. Ammo bu safar — qurol bilan. Luna qotib qoldi. Yuragi o‘z qulog‘ida portlayotgandek urardi. Qurol — qattiq, sovuq, tinimsiz yuragiga bosilardi. Qo‘rquv nafasini bo‘g‘di.

"Xohlasang qichqir," — dedi u ohangida sovuq ehtiros bilan, — "lekin bu tun senga atalgandi..."... "Men bu kunlarni qancha kuttim, endi bu hayot sen uchun jahannamdek boladi..."

So‘ngra — miltiqning uchi ko‘kragiga ishqalandi. Luna ovozsiz qichqirdi. Tana titrashi xonani tutdi. U o‘zini yo‘qotdi — dahshat uni bosdi.

Chaqmoq oynaga urildi.

Dadasining jasadi — shiftda. Yorug‘likda ochilgan sir — bu kecha oxirgi marra edi.