May 5, 2025

Love amidst losses

Episode 7.

— Xatto sizga ishonishdan ham qo'rqaman, Toga, — dedi Lilly titroq ovozda.

— Nega endi? — hayron bo‘lib so‘radi Taehyung.

— Bilmayman… Sizga qaraganimda yuragimni qandaydir g‘alati his egallaydi. Ba'zida o‘ylayman: doimo birga baxtli bo‘lamizmi yoki bir kun kelib begona odamdek yonimizdan jim o‘tib ketamizmi? O‘sha paytda-chi? Bizning his-tuyg‘ularimiz nima bo‘ladi?..

Taehyung bir lahzaga sukut saqladi, so‘ng sekin yelkasini past soldi va muloyim ohangda dedi:

— Bu holat hech qachon yuz bermaydi. Senga vada beraman, Lilly. Hatto menga yolg‘on gapirsang ham, xato qilsang ham — sendan aslo voz kechmayman. Hech qachon.

U bu so‘zlarni aytar ekan, Lillyni bag‘riga mahkam bosdi.

— Seni sevaman, Lilly.

Lilly uning yurakdan chiqqan so‘zlaridan ta'sirlanib, sekin jilmaydi:

— Keling, bugun birga tushlik tayyorlaymiz.

Taehyung ham kulimsirab, bosh irg‘adi:

— Xo‘p.

Ular oshxonaga yo‘l olishdi. Birgalikda ovqat tayyorlab, kulgu va samimiy suhbatlarga to‘la vaqt o‘tkazishdi.

Bir mahal Lilly chuqur xo‘rsinib, ko‘zlarini past soldi:

— Bilasizmi… Men onamni juda sog‘indim. Nega bilmadim, bugun ularni qattiq ko‘rgim kelyapti. Ular haqida o‘ylasam, ba'zida nafas olish ham og‘ir bo‘lib ketadi…

Taehyung biroz sukut saqlab, so‘ng shivirladi:

— Men opamni unchalik ko‘p ko‘rmaganman, lekin ishonamanki, ular juda mehribon, ajoyib ona bo‘lgan...

— Onam har kech yotishdan oldin peshonamdan o‘pardi, — dedi Lilly jilmayib. — O‘zimni o‘sha paytlarda kichkina, himoyalangan qizchadek his qilardim.

Taehyung uning ko‘zlariga boqib, iljaydi:

— Axir sen hali ham yosh bolasan.

— Unda… nega siz yosh bolaga yuragingizni berdingiz?

— Chunki... menga samimiy, pokiza qalbli qizlar yoqadi.

— Voy, beodob! — dedi Lilly erkalik bilan, Taehyungning yelkasiga engil urib qo‘yarkan. — Uyatsiz, siz uyalmaysizmi?

— Yo‘q, — dedi Taehyung, kulimsirab. — Uyalmayman. Chunki seni chin dildan sevaman.

U sekin Lillyga yaqinlashdi, uning qo‘lidan ushlab, ehtiyotkorlik bilan oshxona stoli chetiga o‘tqazdi. Ko‘zlarida shunchaki ehtiros emas, balki mehr, ishonch va halollik porlardi. Belidan ohista ushladi, Lilly esa hayajon va his-tuyg‘ular girdobida qoldi.

— Toga, yetar… — dedi u mayin ovozda.

— Shsh… Men faqat seni his etmoqchiman, — dedi Taehyung past ovozda, lekin harakati shoshilinch emas edi. U Lillyning qarshilik ko‘rsatishidan darhol to‘xtadi va uning ko‘zlariga uzoq tikildi.

Lilly ham unga termulib qoldi. Ichida uyg‘ongan hislar g‘alati, ammo iliq edi. Biroq u darrov o‘zini yig‘ib oldi:

— Toga… bu holat menga unchalik maqul emas. Iltimos, ortga qaytaylik.

Taehyung uning qo‘lini siqib qo‘ydi, muloyimlik bilan jilmaydi:

— Kechir meni. Men seni har doim hurmat qilaman, Lilly. Bu hislar senga og‘irlik qilsa, men to‘xtayman.

Lilly yengil nafas oldi. Unga nisbatan bu mehr va hurmat, balki sevgi ham, uning qalbini iliqlik bilan to‘ldirdi.

Lilly bir muddat sukut saqladi. Yuragi qattiq urardi. Taehyungning mehr bilan yonida turganini, har bir harakatida shoshilinchlik emas, balki ehtiyotkorlik va chuqur muhabbat borligini his etdi.

U sekin boshini ko‘tardi, ko‘zlarini Taehyungnikiga qadab:

— Yaxshi… men roziman, — dedi pichirlab.

Taehyung bir lahzaga uning yuziga tikildi, go‘yo bu so‘zlarning chin yurakdan aytilganiga ishonch hosil qilmoqchidek. So‘ng muloyim tabassum bilan yuzini Lillyga yaqinlashtirdi va peshonasidan o‘pdi. Bu o‘pichda nafaqat ehtiros, balki hurmat va muhabbat ham bor edi.

Uning qo‘llari Lillyning belidan mahkam ushlab, asta o‘ziga tortdi. Lilly qo‘llarini Taehyungning yelkasiga qo‘yib, ko‘zlarini yumdi. Nafaslar bir-biriga aralashib, yuraklar bir ohangda urayotgan edi.

Ularning orasidagi masofa asta yo‘qoldi. Har bir teginish, har bir nigoh ikki qalb orasidagi chuqur bog‘liqlikni oshkor qilardi. Ehtiros ham, muhabbat ham og‘ir so‘zlarsiz, faqat hislar orqali ifoda topardi.

Bu lahza ular uchun nafaqat jismoniy yaqinlik, balki bir-birlariga to‘liq ochilish, ishonch va muhabbatning ifodasiga aylandi.