June 14, 2025

Midnight

Episode 3

O‘sha ondayoq nimadir yuz berganini hatto sezib ham ulgurmadim. Ko‘z oldimda qorong‘ilik to‘planib, butun dunyo go‘yoki menga yopirilgandek bo‘ldi. Nafasim tiqilib, og‘irlik bosgan tanam yengil tortdi — keyin birdaniga... yorug‘lik.

Uyg‘onganimda esa... hech narsa o‘zgarmagandi, lekin hammasi boshqacha edi.

Ko‘zimni ohista ochdim. Bu mening uyim edi, lekin u tanish emasdi. Devorlari cho‘kkan, polda qon izlari — va o‘rtada, sovuqqon holda yotgan jasad. Otam.

Kechagi manzara... haqiqat ekan. Tush emas. Uyg‘onganimda ko‘rgan birinchi narsa – bu kulga qorishgan otamning tanasi va chirigan yog‘ochning hidi edi. Xonada hayotning asaridan darak yo‘q edi. Na tovush, na harorat – faqat bir og‘ir sukunat va muzdek havoda yurgan o‘lim.

Men asta o‘rnimdan turdim. Har bir harakatimda tanam titrardi, oyoqlarimni bosganimda pol taxta nola qilgandek shitirlaydi.

— N-nimalar bo‘layapti o‘zi... aqldan ozib qolaman... — deb pichirlab yubordim, tilim quruq tanglayimga yopishib qolgandi.

Otamga qaradim. Na yig‘lay oldim, na yordam bera. Kechagi holat... uning boshiga urganim, hushini yo‘qotgani – bu xotira aniq, ravshan edi. Ammo hozir u bu yerda — lekin u boshqa edi. Ko‘zlari – o‘sha moviy, sokin ko‘zlar – menga tikilib turmagandi, lekin men ularni aniq ko‘rardim. Go‘yo u hali hamon shu yerda. Ko‘zlarini yumgan bo‘lsa-da, uning nigohi havoda osilib qolgan edi

Shu payt, orqa xonadan g‘ichir-g‘ichir ovoz eshitildi. Muzdek ter bosdi. Nafasimni ichimga yutib, eshikka qaradim. Eski romlar shitirlab harakatlana boshladi – go‘yoki kimdir ichkarida harakat qilayotgandek edi.

Men asta qadam qo‘ydim. Pol har bir qadamimda shitirlab ovoz berardi, go‘yo kimnidir uyg‘otayotgandek. Eski, qorong‘i yotoqxonaning eshigini ochishim bilan sovuq shamol yuzimga urildi. Parda xuddi kimningdir qo‘li bilan tortilgandek hilpirab ketdi.

Deraza oynasida ko‘rgan aksimda nimadir noto‘g‘ri edi. O‘z qiyofamga tikilib qotib qoldim — lekin bu men emasdim. Ko‘zlar... o‘sha moviy, chuqur, sovuq ko‘zlar — otamniki... yoki yo‘q, undan ham yovuzroq.

Birdan, orqamda harorat sezildi. Qattiq, sovuq, ammo kuchli qo‘llar belimdan ushlab, tanamga yaqinlashdi. Yuragimni vahima bosdi. Qimirlay olmadim.

— Jim bo‘l... baqirma, — degan ovoz sekin qulog‘imga singib bordi. U ovozda g‘azab ham, ehtiros ham, tahdid ham bor edi. — Aqqli qiz bol bo‘l...

Uning nafasini bo‘ynimda his qildim. Sochimni ohista chetga surdi va lablari terimga tegdi. Bo‘g‘zimni siqib kelayotgan vahima bilan aralash hissiyot tanamni muzday titratib yubordi.

U ko‘ylagim etagini yengil ko‘tardi, lekin bu harakat orqasida mehr emasdi. Bu nazorat edi. Qorong‘ulik ichida, u meni sevmayotgandi — egallamoqchi edi.

Bo‘ynimga lablarini bosdi. Har bir o‘pich ortidan yuragim gupillab urardi. Nafrat bilan aralash bir tuyg‘u ichimda bosh ko‘tardi. U qanchalik yaqinlashmasin, men qanchalik jim bo‘lishga majbur bo‘lmay, boshqacha ovoz yuragimdan chiqardi:

> "Sen... odam emassan."

U birdan to‘xtadi. Nafas olishi og‘irlashdi. So‘ng... kuldi.

— Endi sezayapsanmi, go‘zalim? Men sening ichingda tug‘ilgan qorong‘ulikman. Men otangning ko‘zlaridan chiqqan yovuzlikman. Va endi... faqat senikiman.

Men orqamga sekin o‘girildim.

O‘sha ko‘zlar.
O‘sha moviy, muzdek, lekin ich-ichimni o‘ziga tortuvchi nigohlar.
Yarim tunda ularni ko‘rganimda ham shunday bo‘lgan — u ko‘zlarga bir marta boqdingmi, sen endi o‘zing emas eding. Go‘yo u nigohlar seni ichingdan chaqirardi.

U mendan ko‘z uzmasdan ohangli, yengil tabassum bilan pichirladi:

— Kel... biroz dam olamiz.

Gaplari sokin edi, ammo ichida shaytoniy nimadir yashiringan.

To‘satdan u nimadandir foydalanib, lablarimni mahkam yopdi. Yumshoq ipakdek tuyilgan oq rumolchani yuzimga bosdi — ammo u hidlanganda, hushimni o‘g‘irlaydigan kuchga to‘la edi.

Ko‘zlarim ochilgancha, u oxirgi marotaba qulog‘imga shivir qildi:

— Qani endi... dam ol, qizaloq.

Dunyo yana qorong‘ilikka cho‘mdi. Bu safar uyg‘onganimda, bu uyim emasdi.

Hid — notanish. Harorat — begona. Xonadagi mebellar — juda eski, lekin joylashuvi sirli mukammallikda. Tanam og‘irlashgan, boshim g‘uvullab turardi. O‘rnimdan sekin turdim.

Bu joy... qayer?

Devorlar jim, derazalar yopiq, tashqaridan na bir tovush, na bir nido. Uydan chiqishga urindim — lekin eshik qulflangan edi. Birdan ko‘zim oynaga tushdi.

Oldinga qadam tashladim. Va yuragim tushib ketdi.

Oynada qon bilan yozilgan edi:

"Meni yarim tunda kut.
18+"

Qon hali yangi edi. Yozuv tagidan asta sirg‘alayotgan tomchilar polga tushar edi. U yozuv... bevosita menga qaratilgan edi. Men uni tanirdim. Bu uning qo‘li. U yarim tunda qaytadi. Va bu safar... dam olish degani, boshqa narsani anglatadi.