June 5, 2025

Cruel affection

Episode 25 (final)

Taehyung va Sonoo umidsiz izlanishda orolning har bir burchagini kezib chiqdilar. Qorong‘ilik tushib, shamol qumni havoga sovurar, dengizdan kelayotgan shovqin yurakni siqardi. Nihoyat, ular jarlik yoniga yetib kelishdi. To‘xtab, bir-birlariga xavotir bilan qaraganlarida, shamol shamshirdek yuzlaridan kesib o‘tdi. Taehyung bir zum jim qoldi. Ko‘zlari nimadurgadir qadalgandi.

U yerda, qoyaning chekkasida… Yurining sevimli sharfini ko‘rib qoldi. Oq va moviy iplar bir-biriga chirmashib shamolda hilpirardi. U uni bir qarashda taniydi. Bu Yuriyniki edi. Boshqa hech kim bu ranglarni bu tarzda tanlamasdi.

Taehyung sekin qadam tashladi. Nafasi og‘zidan titrab chiqardi, yuragi esa butkul zirqirab ketdi. Sharfga qo‘l uzatar ekan, yuragining tubida bir og‘riq g‘ubor kabi ko‘tarildi. U egilib, jarlik tubiga nazar soldi… va shu zahoti nafas ololmay qoldi.

U yerda, pastda… Yuri yotar edi. Qimirlamas, sovuq va sokin… xuddi bir vaqtlar nozik so‘zlar aytgan lablari abadiy jim bo‘lganday.

Taehyung titrab ketdi. Sonoo uning orqasidan yetib kelgan edi. Ammo bu manzarani bolakay ko‘rmasligi kerak edi. Taehyung darhol Sonooning ko‘zlarini qo‘li bilan yopdi.

— Yo‘q... yo‘q, bu rost bo‘lishi mumkin emas… Yuri... yooooqqqq!!!

Taehyungning ovozi tog‘u toshlarni yoriqlardek yangradi. Butun orol bu qichqiriqni eshitgandek, shamol ham to‘xtab, vaqt ham bir zum to‘xtab qolgandek tuyuldi. Oradan biroz vaqt o‘tib, Taehyungning odamlari yetib kelishdi. Ular son-sanoqsiz savollar bersalar-da, Taehyung faqat bitta narsa dedi:

— Uni olib keting... Sonooni uyga olib boring.

Sonoo esa hali ham yuragidagi og‘riqni tushunmas, ammo yuragi allaqachon zirqirab boshlagandi. U boshini ko‘tarib, yosh to‘la ko‘zlar bilan Taehyungga qaradi:

— Dada... oyimni olib kelasiz-a? Oyimni topasiz... shundaymi?

Taehyung boshini egdi. Hech narsa deya olmadi. Og‘zidan chiqadigan har qanday so‘z, yolg‘on bo‘lishidan qo‘rqardi. U faqat o‘g‘lini quchoqlab, peshonasidan o‘pdi. So‘ng, yuragini qo‘liga olib, yana jarlik tomon yurdi.

Pastga tushdi... yuragini titratgan, tinchini o‘g‘irlagan, ko‘z yoshi to‘xtamayotgan manzara — u yerda yotgan Yurining jonsiz tanasi edi. Taehyung qaddini bukib, yuragini ushladi. U vaqt birdan orqaga qaytgandek, ko‘z oldidan o‘tgan besh yillik hayoti film kabi o‘tib chiqdi: Yurining kulgusi, har bir qaramishi, ohangdor ovozi, ular birinchi bor uchrashgan joy, birinchi bor qo‘l ushlagan onlari… ularni eslab yig‘lamaslikning iloji yo‘q edi.

U sekin Yurining qo‘lini ushladi — sovuq, ammo hali ham chiroyli.

— Yuri... Yuri, hayotim... men keldim. Qara, ering oldingga keldi. Iltimos, ko‘zlaringni och. Malikam, yana bir bor menga qaragin. Qayt, Yuri... iltimos, qayt. Sensiz bu dunyo bo‘m-bo‘sh. Sensiz men hech kimman… yuriiiii!

U yig‘lardi, yuragini yig‘lab to‘kardi. Qolgan so‘zlar esa faqat yuragining tubida yanchilib qolayotgandi. Chunki endi bu dunyoda yuraksiz yashashga majbur edi… Yuri bo‘lmagan dunyoda.

Soatlar o‘tdi… ko‘kda quyosh botib, osmonni qora bulutlar bosib olgandi. Og‘ir sukut ichra Taehyung Yurining jonsiz tanasini orqaga, shaharga olib qaytdi. U ko‘zini uzolmas, qadamlarini zo‘rg‘a bosardi. Har bir yurish — yuragini yulib olgandek, har bir nafas — o‘tkir tig‘dek edi.

Oradan bir kun o‘tib, Yurini tuproqqa topshirishdi. Oq matoga o‘ralgan tanasi so‘nggi marta quyosh nuriga cho‘milib, asta-asta yer bag‘riga singib ketdi. Atrofda yig‘i tovushlari, duo aralash nolalar eshitilardi. Ammo Taehyung… jim edi. U ichida qichqirayotgan edi.

Yuragini yerga qo‘ygan kishi qanday yashaydi?

U do‘stlarining, qarindoshlarining so‘zlarini eshitmas, faqat Yurining kulgusi quloqlarida jaranglardi. Unga qarata aytilgan so‘zlar, va'dalar, quvonchli damlar — endi ularning hammasi tuproq ostida qolgan edi.

U uyga qaytdi, ammo bu uy endi uychalik tuyulmasdi. Har burchakda Yurining izi bor edi. Har bir narsa uning nafasini eslatardi. Taehyung bir burchakka cho‘kib, yuzini kaftlariga yashirdi. Ko‘zlaridan yosh to‘xtamay quyilardi.

— Endi nima bo‘ladi?.. — pichirladi u. — Nima qilaman men? Usiz yashay olmayman… hatto nafas ololmayapman…

Shu damda eshik asta ochildi. Kichik qadamlar ostidagi tovush xonani to‘ldirdi. Sonoo kirib keldi. Ko‘zlari yoshdan to‘la, burni qizargan, ovozi esa titrardi. U otasining oldiga keldi, ammo endi mehr bilan emas — savol bilan, g‘azab bilan, dard bilan.

— Siz... siz oyimni olib kelaman degandingiz... — dedi u ohangida ishonchsizlik va yurakni tiladigan og‘riq bilan. — Ammo oyim o‘ldi! Nega? Nega bunday bo‘ldi, dada?! Nega oyimni sog‘-salomat qaytarmadingiz? Menga oyimni topib bering! Olib keling oyimni!!!

Sonoo yig‘lardi. Yig‘idan yurak larzaga kelar, u ham endi begunoh emasdi — dard uni erta ulg‘aytirayotgandi.

Taehyung indamadi. Og‘zini ochishga urindi, lekin hech qanday so‘z chiqmasdi. Og‘zidagi har qanday tasalli yolg‘on bo‘lib tuyulardi. Chunki qo‘lidan hech narsa kelmagandi. Yurini himoya qila olmagandi.

U asta Sonooni quchog‘iga tortdi, qattiq bag‘riga bosdi. U hech narsa demadi, faqat yig‘ladi. Har bir ko‘z yoshi yurakdagi pushaymon, armon edi.

— Meni... kechir, Sonoo... — pichirladi u nihoyat. — Xudbin otangni kechir...

Ammo Sonoo ko‘z yoshlarini artmadi. U otasining bag‘ridan chiqib, tik qaradi. Bu qarash endi bolakayniki emas edi — bu endi yuragi sindirilgan, ishonchi uzilgan qalbning qarashi edi.

— Sizni yomon ko‘raman, dada… — dedi Sonoo past ovozda, lekin yurakni teshib o‘tadigan kuch bilan. — Siz oyimni himoya qila olmadingiz. Siz meni ham... kun kelib himoya qila olmaysiz…

Taehyung bo‘shashib o‘tirarkan, Sonooning bu so‘zlari yuragini ming bo‘lakka bo‘ldi. U hech qachon o‘z farzandi ko‘zida yov bo‘lishni xohlamasdi. Ammo endi u na faqat sevgisini, balki o‘g‘lining ishonchini ham yo‘qotgandi.

U jim qarab turdi. Yuragi qiynalardi, nafratdan emas, o‘ziga bo‘lgan dushmanlikdan.

Bu kecha boshqa edi. Bu kechada muhabbat o‘ldi, umid so‘ndi, va bir ota-bola o‘rtasidagi bog‘ rishtasi uzilish yoqasiga keldi.

Oradan yillar o‘tdi. Hayot daryo misol oqib ketdi — hech kim kutmaganday, hech kim istamaganday tezlikda. Vaqt degani shunday ekan: u biror dardga qarab to‘xtab qolmas, biror quvonchga mahliyo bo‘lmas. U yurakni ham, ko‘z yoshini ham bilmaydi — o‘taveradi, to‘xtamasdan.

Sonoo ulg‘aydi. U bolalikdagi beg‘ubor nigohlarini orqasida qoldirib, ulg‘aygan ko‘zlar bilan dunyoga qaray boshladi. Ammo qanchalik ulg‘aymasin, yuragining bir burchagida doim bir bo‘shliq qoldi — onasining o‘rni.

Har gal sog‘inganda… u onasining suratini olib, uzoq qarab o‘tirardi. Ba’zida suratga qarab kulimsirar, ba’zida esa hech bir so‘zsiz, faqat hidlayotgandek, Yurining kiyimlariga boshini qo‘yib yotar edi. Shu hid… shu sokin hid unga bolalikdagi eng iliq quchog‘ini eslatardi.

Taehyung esa... o‘sha dardli kunlardan keyin boshqa hech kimga yuragini ochmadi. U hech qachon uylanmadi, yuragidagi bo‘shliqni to‘ldirishga urinmadi. Yurining o‘rnini hech kim bosa olmasligini bilar, shunchaki vaqtga qo‘shilib, hayotini davom ettirdi.

Yillar sukunat ichra o‘taverdi. Va oradan vaqt o‘tib, Sonoo universitetni tamomladi. Aqlli, tirishqoq va dono yigitga aylandi. U otasining kompaniyasini zimmasiga oldi. Endi u yuragini og‘ritgan bolakay emas, balki oilasini, merosini, yuragini himoya qiladigan kuchli inson edi.

Taehyung esa ancha qarib qolgan edi. Sochlariga oppoq to‘kilib, qadamlar sekinlashgan, nigohlar uzoqqa emas — o‘tmishga boqadigan bo‘lib qolgan. Ammo uning lablaridan faqat bitta ism chiqardi:

— Yuri... Yuri...

U boshqa hech narsa demazdi. Har kuni go‘yoki uni izlayotgandek, Yurining ismini pichirlab yurardi. Har bir so‘zida afsus, har bir qadamida nadomat yashirin edi.

Sonoo otasidan yuz o‘girmadi. U doim yonida bo‘ldi. Ishlarini aytib berar, onasi haqida yangi esdaliklar bilan bo‘lishar edi. Har bir gapida Yurining ruhi yashab turardi. Balki otasining ko‘zlariga umid bo‘lib porlayotgan ham o‘sha edi — Yurining obrazi, Yurining sevgisi, Yurining izi.

Va nihoyat, hamma narsani vaqt o‘zgartirdi, lekin bir narsani emas: yurakdagi muhabbatni.

Taehyung umrining oxirigacha Yurining ismini tilidan tushirmadi. U qilgan xatolari uchun pushaymonlikda yashadi, lekin sevgi — u hech qachon so‘nmadi. U hech kimni Yurining o‘rniga qo‘ya olmadi. Balki haqiqiy sevgi degani ham shudir — yurakdan hech qachon ketmaydigan, o‘lim bilan ham tugamaydigan tuyg‘u.

Va shunday yurak og‘risi, sevgi va sadoqat bilan yo‘g‘rilgan hayot hikoyasi tugadi.

The End.