June 17

🔞𝟕𝟎𝟕-𝑿𝑶𝑵𝑨 𝑺𝑰𝑹𝑰 🔥

6-qism

Jungkookning koʻzlari qoʻrquvdan katta-katta ochilib ketdi.

Janob Kimning ohangi, uning xuddi kechagi tunda devorga qisgandek yaqin kelishi yuragini larzaga solib yubordi.

Biroq Taehyung Jkning koʻzlaridagi dahshatni koʻrib, ich-ichidan zavqlandi.

Taega oʻyinni davom ettirish yoqayotkandi..

Shuning uchun labidagi tabassumni darhol yoʻqotdi va chehrasiga oʻta jiddiy, rasmiy qiyofa oʻzgardi.

Tae bir qadam ortga chekinib, kastyumining yoqasini toʻgʻriladi.

Tae: Nega bunchalik qoʻrqyapsan, Jungkook?

Dedi u ovozini ataylab oddiy va hayron qolgandek koʻrsatib.

Tae: Shunchaki shaxsiy xonamga kirish haqida gapiryapman. Kechagi uchrashuvimda bir yigitcha kelgandi... u ham xuddi sendek qoʻrqoq edi
Bugun sening holatingni koʻrib, oʻsha esimga tushib ketdi.

Jungkook yengil nafas oldi, ammo yuragi hali ham dukurlab urardi.

Jk pov: Demak, Janob Kim meni shunchaki oʻsha Quyonchaga oʻxshatyapti hayriyati,lekin oʻsha quyoncha menligimni bilsa nima qilaman,axxxx lanati..

Jungkook: Yoʻq... Yoʻq, Janob Kim... Men shunchaki... begona xonaga kirishga botinolmadim.

Deb pichirladi u koʻzlarini yerga qaratib.

Taehyung esa Jkning bu soddaligidan va chuv tushganidan ichida kulib qoʻydi.

Tae pov:Sodda Quyoncham... Oʻyin endi boshlanadi.

Tae: Tushunarli. Unday boʻlsa, qoʻrqishga hojat yoʻq. Men pastda kutaman, borib qora papkani olib tush. Keyin kompaniyaga boramiz.

Jungkook bosh irgʻab, tezda zinadan yuqoriga, ikkinchi qavatga koʻtarildi.

Yuragi hanuzgacha tez urayotgan edi.

U yotoqxonaga kirib, stol ustidagi qora papkani qidira boshladi.

Pastda esa Taehyung divanga suyangancha, qoʻlidagi telefonini oʻynab oʻtirardi.

U Jungkookni har bir qadamida, har bir harakatida ruhan qiynab, uning oʻzini qanday tutishini kuzatishni, uni sekin-asta oʻziga butunlay boʻysundirishni xohlardi.

Bugun kechasi esa Quyoncha bilan oʻyinni yanada qiziqarliroq davom ettirishni rejalashtirayotgan edi.

Jungkook papkani olib, pastga tushdi.

Jungkook: Mana, Janob Kim. Hujjatlarni oldim.

Taehyung oʻrnidan turib, papkani oldi va uning barmoqlariga qasddan barmogʻini tekkizib oʻtdi.

Jungkook beixtiyor qoʻlini tortib oldi, uning tanasidan yana oʻsha kechagi tok urgandek titroq oʻtdi.

Taehyung buni sezmagandek yoʻlida davom etdi.

Tae: Yaxshi, ketdik. Bugun kompaniyada ishlarimiz juda koʻp, yordamchi Jeon Jungkook
Kechasi esa mening juda muhim shaxsiy uchrashuvim bor, kechgacha hamma narsani tugatishimiz kerak.

Jungkook muhim shaxsiy uchrashuv soʻzini eshitgach.

Jk pov:Yana men bilan uchrashmoqchimi?

Ichini daxshatli hayajon qopladi.

Kompaniyaga yetib kelishgach, Jungkook oʻzini biroz xotirjam his qila boshladi.

Katta, zamonaviy ofis va atrofda yugurib yurgan oʻnlab xodimlar unga xavfsizlik hissini bergandek edi.

Biroq u Janob Kimning xonasiga qadam qoʻyishi bilan bu his butunlay yoʻqoldi.

Taehyung kastyumini yechib, stul suyanchigʻiga tashladi.

Koʻylagining yuqoridagi ikkita tugmasini yechib, yenglarini tirsagigacha shimardi.

U stoliga borib oʻtirdi.

Tae: Jungkook, bu yoqqa kel,

Dedi u ovozini oʻsha rasmiy, ammo buyruq bergandek ohangda.

Tae: Bu shartnomalarni solishtirib chiqishimiz kerak. Menga yordaming zarur.

Jungkook papkalarni qoʻliga olib, stolning qarama-qarshi tomoniga oʻtirmoqchi boʻldi.

Ammo Taehyung qoshlarini chimirib.

Tae: U uzoqda nima qilasan? Men senga hujjatlarni koʻrsatib turishim kerak. Yonimga oʻtir.

Jungkook yutunib qoʻydi.

U sekin yurib kelib, Taehyungning yonidagi stulga oʻtirdi.

Oralaridagi masofa shunchalik yaqin ediki, Jungkook har safar nafas olganda Janob Kimning oʻsha oʻtkir atri hidini his qilib turardi.

Oʻzidan esa hamon , yengil sovun hidi kelib turardi.

Taehyung buni har safar Jungkook unga yaqinlashganda ataylab chuqurroq nafas olib, ichiga yutardi.

Taehyung katta shartnoma qogʻozini stolga yoydi.

U hujjatdagi bazi bandlarni koʻrsatish bahonasida chap qoʻlini Jungkook oʻtirgan stulning suyanchigʻiga tashladi.

Tashqaridan qaraganda, u goʻyoki Jkni quchoqlab olgandek koʻrinardi.

Tae: Mana bu raqamlarga qara, Jungkook...

Dedi Taehyung, uning ovozi Jungkookning qulogʻiga juda yaqin keldi.

Tae: Seningcha, bu yerda xatolik yoʻqmi?

Jungkook hujjatga tikilib qoldi, ammo hayajondan koʻzlari harflarni ajrata olmayotgandi.

Taening keng yelkalari va issiq tafti unga kechagi qorongʻu xonani eslatib yubordi.

U oʻzini oʻnglashga urinib, qaltirayotgan barmogʻi bilan qogʻozni koʻrsatdi.

Jungkook: M-menimcha... bu yerda hammasi toʻgʻri, Janob Kim...

Tae: Shundaymi?

Taehyung kutilmaganda oʻng qoʻlini ham stol ustiga qoʻydi va Jungkook tomonga bir oz egildi.

Endi Jk uning ikki qoʻli orasida xuddi kechagi devorga qisilgan holatdek qopqonga tushgandi.

Taehyung barmogʻini Jungkookning qoʻli ustiga qoʻydi.

Ularning terisi bir-biriga tegishi bilan Jungkook birdan qoʻllarini toʻrtmoqchi boʻldi.

Tae: Nega bunchalik titrayapsan, Jungkook?

Taehyungning labida oʻsha sirli, gʻolibona tabassum paydo boʻldi.

Tae: Ish shunchalik qiyinmi? Yoki mening yonimda oʻtirish seni hayajonga solyaptimi?

Jungkook qoʻllarini stol ostiga yashirib, barmoqlarini mahkam qisdi.

U yuragi dukurlab urayotganini Janob Kim eshitib qolishidan oʻta darajada qoʻrqardi.

Chunki kecha tunda Tae qorongʻulikda Yuragingning urishi seni fosh qilib qoʻyyaptideb pichirlagan edi.

Jungkook: Yoʻq, Janob Kim... Shunchaki xona biroz salqin ekan.

Deb yolgʻon gapirdi, garchi oʻzi hayajondan yonib ketayotgan boʻlsa ham.

Tae: Salqin?

Taehyung Jkning quloqlariga qarab qoʻydi.

Quloqlari hozir uyatdan qip-qizil boʻlib ketgandi.

Bu manzara Taening ehtirosini yanada qoʻzgʻatdi.

Tae: Unday boʻlsa, senga issiqroq boʻlishi kerak.

Taehyung stulini Jkga yanada yaqinroq surdi.

Ularning tizzalari bir-biriga qattiq tegdi.

Jungkook oʻzini orqaga tortmoqchi boʻldi, ammo Taehyung stul suyanchigʻidagi qoʻli bilan uning yelkasidan sekin bosib, joyida ushlab qoldi.

Tae: Qochma, Quy... uzr, Jungkook. Shartnomani oxirigacha koʻrib chiqishimiz kerak. Hali kechasi mening juda ham muhim uchrashuvim bor, unutdingmi?
Oʻsha sirli va itoatsiz Quyoncham meni kutib qolmasligi kerak. Kecha u shunchalik yoqimli ingradi-ki... Bugun uni yanada koʻproq qiynamoqchiman.

Jungkook bu gaplarni eshitgach, tomirlarida qoni muzlab qolgandek boʻldi.

Janob Kim kechagi voqealarni, uning ingrashlarini bunday ochiqchasiga gapirishi Jkni butunlay tamom qildi.

U koʻzlarini mahkam yumdi, labini tishladi.

U oʻzining ayni damda Janob Kimning qarshisida oʻtirgan oʻsha Quyoncha ekanini bilmasligidan xursand boʻlishni ham, kechasi nimalar boʻlishini oʻylab qoʻrqishni ham bilmay qoldi.

Taehyung esa uning bu ichki azobini va uyalib, qizarib ketayotganini koʻrib, ichida gʻalaba qozonayotganidan zavqlanardi.

Tae:Sichqoncha tuzoqqa tushdi, endi oʻyin kechasi davom etadi.

Kechki soat 19:00lar atrofi....

Eshik taqilladi...

Taehyung:Kiring...

Jimin:Azizim bezota qilmadimmi?

Deb nozlangancha kirib keldi...

Taehyung Jimindi koʻrishi bilan, Jungkookdan uzoqlashdi..

Oʻrnidan turib Jiminning belidan ushlab, yuzidan oʻpib koʻrishdi...

Jungkook shok holatiga tushib qolgandi,ikkalasidan koʻz uza olmay qoldi..

Taehyung:Jungkook bizni yolgʻiz qoldir.ish vaqti tugadi ketishing mumkun.

Jungkook yigʻlab yubormaslikka bor kuchi bilan harakat qilib,xonadan chiqib ketdi..

Jk pov:Yoqtirga yigitimi?
Jungkook sen ahmoqsan, sevim qoldi deb qanday uylay olding oʻzi, axir sen oddiy bir yetimcha bulsang!!!

Xullas tugadi qolgani keyingi qismida😁