May 24

🔥💋 𝐋𝐀𝐁𝐋𝐀𝐑𝐃𝐀𝐆𝐈 𝐎𝐋𝐎𝐕 💋🔥

1-qism

Tontawan:Men bishqasini yoqtirib qoldim ,sen bilan hammasini tugatmoqchiman.

Pond gʻazabdan yonayotgan edi.

Qonida qaynayotgan alam tuygʻusi uning borligʻini qamrab oldi.
2 yil umrini bagʻishlagan, koʻngliga qaragan sevgilisi bugun uning qarshisida turib, boshqasini sevishini aytdi.

Pond: Shundaymi?

Tontawan: Ha, shunday! Sen berolmagan narsani u menga bera oladi.

Pond: Xoʻsh, men berolmagan oʻsha narsa nima ekan?! Nimani xohlasang olib bersam, qayerga degang olib borsam... Yana senga nima yetishmaydi?!

Tontawan:Menga nisbatan hech narsani his qilmasligingni oʻzing ham bilasanmi?

Pond: Nimalar deyapsan? Senga nisbatan hech narsani his qilmasam, sen bilan ikki yil yurarmidim?

Qiz ortiq chiday olmadi. Ichidagi alam va uzoq yillik oʻkinch birdan portlab, universitet hovlisini tutdi.

Tontawan:Ikki yildan buyon birgamiz! Lekin nega men bilan biror marta yaqin boʻlmading?!

Pond jim boʻlib qoldi. Bu haqiqat uning tilini bogʻlagan edi.

Qiz uning bu sukunatidan battar quturdi.

Pondning koʻz oʻngida, uning gʻururini yer bilan bitta qilib, yaqin atrofda turgan boshqa bir yigitning lablaridan ehtiros bilan oʻpib oldi.

Pondning koʻzlari qonga toldi. Tomirlarida gʻazab va xoʻrlik simobdek oqardi.

Aynan shu soniyada uning qarshisidan mutlaqo bexabar oʻtib ketayotgan Phushin paydo boʻldi.

Pond oʻzini boshqara olmadi. U Phushinni shunday bir shiddat va ehtiros bilan lablaridan oʻpdi-ki, butun universitet talabalari hayratdan tosh qotdi.

Kimsan universitetning eng oldi, eng mashhur yigiti hamma koʻz oʻngida boshqa bir yigitni oʻpgan edi!

Atrofni gʻoʻr-gʻoʻr gap, shivir-shivirlar qopladi.

Hamma bir ovozdan Pond yigitlarga qiziqar ekan-da, deya pichirlay boshladi.

Phushin esa dahshat ichida edi. U bor kuchi bilan Pondni koʻkragidan itarib yubordi va yuziga tarsaki tushirdi.

Tarraqlagan ovoz atrofga eshitildi.

Phushin: Aqldan ozdingmi?! Bu nima qilganing?!

Pond: Nima qilganimni koʻrmadingmi? Mening yigitim boʻlasanmi?!

Phushin gangib qoldi. Nima deyishni, qayerga qochishni bilmasdi. Butun dunyo uning atrofida aylanayotgandek edi.

Phushin: Sen... sen chindan aqldan ozibsan! Nima deyayotganingni bilasanmi oʻzi?

Pond uning gapini oxirigacha eshitmasdan.

U Phushinning nozik belidan bir qoʻli bilan mahkam quchoqladi, ikkinchi qoʻli bilan esan boʻynidan tutib, uni oʻziga tortdi.

Va yana bir bor, avvalgisidan ham kuchliroq ehtiros bilan uning lablariga yopishdi.

Ayni shu soniyalarda universitet hovlisida goʻyo vaqt toʻxtab qoldi.

Atrofdagi oʻnlab talabalar dahshat va hayratdan nima qilishni bilmay, choʻntaklaridan shoshilib telefonlarini chiqara boshlashdi.

Har tomondan kameralarning chiroqlari chaqnab, shars-shurs etgan suratga olish ovozlari eshitilardi.

Kimdir videoga olar, kimdir bu aqlbovar qilmas sahnani jonli efirga uzatib, ijtimoiy tarmoqlarga joylayotgan edi.

Phushin esankragan koʻzlari bilan atrofdagi oʻziga qaratilgan oʻnlab telefon kameralarini, miltillayotgan chiroqlarni koʻrdi.

Uning butun shani, obrosi va hayoti ayni damda bir nechta megabaytli videolar koʻrinishida butun dunyoga tarqalayotgan edi.

Bu daxshat uning tomirlarini muzlatib qoʻydi.

Nihoyat, Pond Phushinni qoʻyib yubordi.

Uning koʻzlarida gʻolibona, ammo muzdek sovuq boʻshliq bor edi.

U oʻzining sobiq qiziga va uning yonidagi yigitga nafrat bilan qarab qoʻydi-da, olomon ichidan chiqib ketdi.

Phushin esa yerga yiqilay deb turardi. Lablari yonib borar, yuragi koʻkragidan chiqib ketgudek urardi.

Atrofdagilar hamon uni rasmga olishda davom etar, ochiqchasiga yuziga telefonlarini tutishardi.

U gʻazab, xoʻrlik va uyatdan yigʻlab yubormaslik uchun labini tishladi va sumkasini olib, yugurgancha universitet binosidan chiqib ketdi.

Phushin universitet binosidan qanday yugurib chiqqanini, oyoqlari uni qayerga boshlayotganini oʻzi ham bilmasdi.

Koʻzlariga yosh quyilib kelar, lekin atrofda hamon unga qarab pichirlashayotgan, telefonlarini oʻqtalayotgan talabalarga oʻzining ojizligini koʻrsatmaslik uchun bor kuchi bilan tishini tishiga qoʻyardi.

U shoshib eng yaqin erkaklar hojatxonasiga kirdi va eshikni ichkaridan qulfladi.

Kran suvi bilan yuzini tinmay yuva boshladi.

Lablari hanuz Pondning boʻsasidan olovdek yonar, daxshatli ehtirosning tami ogʻzida qolgandek edi.

Koʻzguga qaradi lablari shishgan, koʻzlari qizargan.

Shu payt choʻntagidagi telefoni tinmay tebrana boshladi

U qoʻllari qaltirab telefonini chiqardi.

Universitetning guruhlari, ijtimoiy tarmoqlar allaqachon portlagan edi.

Videolar, suratlar, jonli efir parchalari...

Hamma joyda bitta sarlavha.

Universitet qiroli Pond hamma koʻz oʻngida bir yigitni oʻpdi! Ular birgami?

Izohlarda esa Phushinning ismini, qaysi fakultetda oʻqishini qidirib topishgan, uning shaniga turli gaplar yozishayotgan edi.

Phushin telefonini devorga otib yubormaslik uchun zoʻrgʻa tiyildi.

Uning tinch, oddiy va namunali hayoti bir necha daqiqa ichida kul boʻlgan edi.

Phushin pov:Nega men?! Axir men unga nima yomonlik qilgandim?!

Ayni shu daqiqalarda Pond universitet sport zalining orqasidagi kimsasiz yoʻlakda turardi.

Uning nafasi hamon tez-tez olar, qoʻllari gʻazabdan musht tugilgandi.

Tontawanning aytgan gaplari, uning boshqa yigit bilan oʻpishgani koʻz oldidan ketmasdi.

Ammo hozir uning miyasida boshqa bir manzara ham aylana boshladi

Phushinning daxshatga tushgan koʻzlari va uning nozik belini quchgandagi hissiyot.

Pond hayotida biror marta oʻzini boshqara olmaydigan darajaga tushmagan edi.

U Tontawandan qasos olmoqchi, uning gʻururini sindirmoqchi edi, lekin buning uchun mutlaqo begunoh bir yigitni butun universitetga sharmanda qildi.

Shu payt uning yoniga eng yaqin doʻsti yugurib keldi.

Qoʻlidagi telefonda hamon oʻsha video aylanardi.

Doʻsti: Pond! Aqldan ozdingmi?! Bu nima qilganing? Butun internet sizlar haqilaringizda gapiryapti!
Tontawanga nima boʻldi?
Va anavi yigit... Phushin-ku u!

Pond chuqur va ogʻir nafas oldi. Koʻzlaridagi muzdek sovuqlik joyiga qaytgan edi, lekin ichida nimadir algʻov-dalgʻov boʻlyapti.

Pond: Menga farqi yoʻq. Tontawan meni hissizlikda aybladi. Men unga nimalarga qodirligimni koʻrsatib qoʻydim.

Doʻsti: Lekin Phushin-chi? U sening oʻyining qurboni boʻldi-ku! Endi nima qilasan? Odamlar buni shunchaki unutilishiga yoʻl qoʻymaydi. Universitet rektori ham buni koʻrishi aniq!

Pond jim qoldi. U Phushinni yaxshi tanimasdi, faqat uning juda bosiq va alochi talaba ekanligini bilardi.
Endi esa hamma ularni sevishgan deb oʻylamoqda.

Pondning gʻururi bu gaplarni inkor etishga yoʻl qoʻymasdi, chunki agar u buni shunchaki oʻyin desa, Tontawanning oldida yana magʻlub boʻlar edi.

Miya tezkor ishlay boshladi. Uning rejasida yangi va daxshatli bir gʻoya tugʻildi.

Pond: Men buni inkor qilmayman. Hammasi chindan ham shunday deb oʻylashsin.

Doʻsti: Nima?! Sen chindan uni...

Pond: Yoʻq. Lekin endi Phushin mening soxta yigitim boʻlishga majbur qilaman.

Kechga yaqinlashganda universitet hovlisi biroz tinchigan boʻlsa-da, gap-soʻzlar toʻxtamagan edi.

Phushin darslar tugashini kutib, hojatxonadan chiqdi. U sumkasini yelkasiga ilib, boshini eggancha universitet darvozasi tomon tez-tez yurib ketayotgan edi.

U hozircha faqat uchrashuvlardan va odamlarning nigohidan qochishni istardi.

Ammo darvozaga yetmasdan, uning yoʻlini qora, qimmatbaho mashina toʻsib chiqdi.

Mashina eshigi ochilib, undan oʻsha uzun boʻyli, kelishgan, lekin hozir koʻzlarida gʻalati bir jiddiylik boʻlgan Pond tushdi.

Atrofdagi talabalar darhol toʻxtab, telefonlarini chiqara boshlashdi.

Phushin Pondni koʻrib, qadami taqqa toʻxtadi. .

Uning tomirlarida qoʻrquv emas, bu safar cheksiz nafrat va gʻazab qaynab chiqdi.

U Pondning koʻzlariga tik qaradi.

Phushin: Yana nima xohlaysan mendan?! Mening hayotimni barbod qilganing yetmadimi?! Yana nima kerak senga?!

Deya baqirib yubordi, uning ovozi titrar edi.

Pond unga yaqinlashdi. Atrofdagi odamlarga etibor ham bermay, Phushinning bilagidan mahkam ushladi.

Uning teginishi Phushinning badani boʻylab tushunarsiz bir titroq uygʻotdi.

Pond: Mashinaga oʻtir. Gaplashib olishimiz kerak.

Phushin bilagini tortib olishga urindi, lekin Pondning qpllari temirdek mustahkam edi.

Phushin: Hech qayerga bormayman! Qoʻlimni qoʻyvor, iflos!

Pond uning qulogʻiga yaqinlashdi. Uning issiq nafasi Phushinning boʻyniga urilib, uni yana bir bor esankratib qoʻydi.

Pond past, ammo qatiy ovozda pichirladi.

Pond: Agar hozir mashinaga oʻtirmasang, hamma koʻz oʻngida seni uchinchi marta oʻpaman.
Va bu safar videolar bundan ham battar boʻladi.
Tanla hozir men bilan ketasan va bu vaziyatdan chiqish yoʻlini topamiz, yoki ertaga butun mamlakat seni tomosha qiladi.

Phushin daxshat ichida Pondning koʻzlariga qaradi.

Phushin:Sen bilan hech qachon bitta mashenaga oʻtirmayman.

Pond:Shundaymi?
Unda oʻzingdan koʻr!

Deb Phushinga yaqinlashdi..

Qolgani keyingi qismida...