Today

🔞𝐎𝐒𝐓𝐈𝐌𝐃𝐀𝐒𝐀𝐍🔞

22-qism

Bogum: Nima bo‘ldi, azizim?
U kim edi?
Tashqarida senga biror narsa qildimi?
Axir uning qo‘llari qon edi...

Taehyung: Hech narsa bo‘lmadi, Bogum. Shunchaki meyorni bilmaydigan, haddidan oshgan bir mijoz, xolos.

Bogum: Lekin u senga qaraganda ko‘zlari xuddi telbanikidek edi. Ismingni aytib baqirdi. Seni juda yaqindan taniydigandek tuyuldi. Rostini ayt, uni taniysanmi?

Taehyung: Tanimayman. Shunchaki kimdir bilan adashtirib yubordi shekilli. Mening bu shaharda hech qanday o‘tmishim yo‘q, buni o‘zing ham yaxshi bilasan-ku. Kel, bu yoqimsiz voqeani unutaylik, oqshomimizni buzishiga yo‘l qo‘ymaymiz.

Oradan ikki kun o‘tdi.

Butun Seul biznes olami, ommaviy axborot vositalari va yuqori tabaqa vakillari faqat bir narsa sirli tarzda g‘oyib bo‘lgan Kim Taehyungning Kim Karparatsiyasing rahbari sifatida qaytgani haqida gapirardi.

Bu shov-shuvlar Jeon karparatsiyasing bosh ofisiga ham yetib keldi.

Yoongi: Janob Jungkook, bugun ertalabdan beri hamma telekanallar va jurnallar faqat janob Kim Taehyung haqida gapirmoqda. Kim kompaniyasi Seul bozorini butunlay egallab olmoqchi shekilli.

Hozir ular bizning qabulxonaga kelishdi.

Jungkook: Ularni ichkariga kiriting.

Taehyung: Xayrli kun, janob Jungkook. Ikki kundan beri butun shahar mening qaytganim haqida gapirayotganini eshitgan bo‘lsangiz kerak. Umid qilamanki, bu sizning bugungi qaroringizga tasir qilmaydi.

Jungkook: Mening qarorlarimga hech qanday shov-shuvlar tasir qila olmaydi, Taehyung. Men faqat bitta narsaga hayronman, uch yil davomida o‘z izini mukammal o‘chirgan odam, nega aynan hozir va aynan mening qarshimda paydo bo‘lishni istadi?

Taehyung: Siz hali ham adashyapsiz, janob Jungkook. Men sizning qarshingizda paydo bo‘lganim yo‘q, men o‘z biznes beznisimni kengaytirish uchun keldim. Siz esa bu yo‘ldagi shunchaki birinchi hamkorsiz, xolos. Keling, vaqtni yo‘qotmaylik-da, shartnomani imzolaylik.

Jungkook: Shartnoma tayyor. Ammo unga bitta yangi band qo‘shildi. Kim Karparatsiya vakillari Seulda bo‘lish muddati davomida mening shaxsiy qarorgohimda yashashadi.
Shundagina men bu shartnomaga imzo chekaman.

Bogum: Bu qanaqa bemanilik?! Janob Jungkook, biznesda bunday shartlar qo‘yilmaydi! Biz mehmonxonada ham yashashimiz mumkin.

Jungkook: Men sizdan so‘raganim yo‘q, janob Bogum. Men taklifni rahbaringizga beryapman. Xo‘sh, janob Kim Taehyung, butun Seulni o‘z qaytishi bilan larzaga keltirgan buyuk investor, mening uyimga qadam bosishdan qo‘rqadimi?

Taehyung: Qo‘rquv? Siz menda qo‘rquv ko‘ryapsizmi? Men bu shartni qabul qilaman. Agar mening sizning uyingizda yashashim bu shartnomaning tezroq yakunlanishiga yordam bersa, bajonidil.

Jungkookning hashamatli uyi.

Kechki payt. Taehyung yuklari bilan eshikdan kirib keldi.

Yo‘lakda uni Jungkook kutib oldi.

Jungkook: Uyimga xush kelibsiz, janob Kim. Uch yil ichida bu yerda hech narsa o‘zgarmadi. Xuddi sen oxirgi marta tashlab ketgan kuningdek turibdi hamma narsa.

Taehyung:yomon emas, janob Jungkook. Lekin bu uy menga hech narsani eslatmayapti. Xonamni ko‘rsatsangiz, joylashib olardim, yo‘ldan juda charchaganman.

Jungkook: Ikkinchi qavat, yo‘lakning oxiridagi chap eshik. O‘sha o‘zing bilgan... uzr, o‘zingga mos keladigan xona.

Bogum:Bizga bitta xona bersangiz.

Jk rashkdan uzini zoʻrgʻa tiyib,

Jungkook:Bu uyda meni qoidalarim, buyicha yashaysiz?

Taehyung: Rahmat. Menga qaysi xonada uxlashning farqi yo‘q. Faqat bu uch oy tezroq o‘tsa bo‘lgani.

Oradan bir necha soat o‘tdi.

Yarim tun.

Uy ichi jim-jit. Jungkook pastki qavatda yolg‘iz o‘tirib, ketma-ket viski ichmoqda.

Shu payt Taehyung ustiga yengil ipak xalat tashlab, suv ichgani oshxonaga tushdi.

Jungkook uni ko‘rishi bilan o‘rnidan otilib turdi va yo‘lini to‘sdi.

Jungkook: Haliyam uxlamadingmi? Yoki bu uydagi xotiralar senga ham tinchlik bermayaptimi?

Taehyung: Suv ichgani tushgandim. Ijozat bersangiz, xonamga qaytsam.

Jungkook: Ko‘zimga tik qarab gapir, Taehyung! Bu soxta niqobingni qachongacha taqib yurmoqchisan?! Menga nafrat bilan bo‘lsa ham baqir, ur, lekin bunday tanimagandek koʻrsatma, iltimos!

Taehyung: Qo‘limni qo‘yib yuboring, janob Jungkook. Men siz o‘ylayotgan o‘sha odam emasman, buni usha kun ham aytdim-ku.

Jungkook: Menga qara, biz hali ajrashmaganmiz! Sen hali ham qonunan menikisan! Meni bunaqa qiynashga qanday hadding sig‘di?!

Taehyung:Janob Jungkook mastga uxshaysiz,

Jungkook: Taehyung, menga bunday qarama... O‘tinaman, bunaqa sovuq gapirma. Men uch yil davomida har soniya seni qidirdim, seni deb aqldan ozdim!

Taehyung: Menga baribir. Sizning aqldan ozganingiz yoki qidirganingiz mening muamom emas. Men sizga qo‘limni qo‘yib yuboring dedim.

Jungkook: Qo‘ymayman! Agar seni hozir qo‘yib yuborsam, yana ko‘zimdan yo‘qolasan! Men bunga chiday olmayman, Taehyung!

Taehyung: Demak, gap bilan tushunmas ekansiz.

Taehyung kutilmagan, keskin bir harakat bilan Jungkookning bilagidan ushladi.

Qo‘lini buralgandek qilib, Jungkookni devorga qattiq qisib qo‘ydi.

Uning jismoniy kuchi va ustunligi Jungkookni bir soniyada nafassiz qoldirdi.

Taehyung uning qulog‘iga daxshatli darajada yaqin kelib, past, buyruq ohangida gapiradi.

Taehyung: Menga qara, men seniki emasman! Hozir sening qarshingda kim turganini yaxshilab eslab qol.

Jungkook: Taehyung... qo‘ling... og‘riyapti...

Taehyung: Og‘riyaptimi? Sening bu qilayotgan bolalarcha isyoning mening asabimga tegyapti. Agar bu uyda tinch yashashni istasang, o‘z o‘rningni bil. Sen men uchun shunchaki bir shartnomadosh hamkorsan. Mening hayotimga aralashishga harakat qilsang.Pushaymon qildiraman! Tushundingmi?

Jungkook: Men... men senga shunchaki taslim bo‘la olmayman...

Taehyung: Junkook xozir mastsan! Xonangga kirib uxla.

Jk:Haliyam qonuniy bir oilamiz,men ajrim xujjatiga imzo chekmaganman.

Deb baqirib yubordi ovoz titrab!

Taehyung Jungkookning yoqasidan mahkam bo‘g‘gandek ushladi, uni o‘ziga tortdi va lablariga daxshatli darajada yaqin kelib, pichirladi.

Taehyung: Demak... imzo chekmaganman degin? Haligacha menikisan, shundaymi?

Jungkook: Taehyung... sen... sen eslayapsanmi?..

Qolganini keyingi qismida, kutib qoliyla guzalarim💋