May 24

๐Ÿ”ž๐‘ป๐‘จ๐‘ธ๐‘ซ๐‘ฐ๐‘น ๐‘ถโ€˜๐’€๐‘ฐ๐‘ต๐‘ฐ ๐Ÿฅ€

17-qism

Taehyung g'azab va nafratdan yonib, klubni tark etdi.

Mashinasiga o'tirishi bilan telefon ekranida Janob Jeon degan yozuv paydo bo'ldi.

Go'shakni ko'tarishi bilan narigi tomondan quturgan ovoz eshitildi.

Janob Jeon: Ablah! Qanday hadding sig'di?!
Seni o'z qo'llarim bilan o'ldiraman! Hoziroq u videoni o'chir! O'chirmasang, o'zingga juda yomon bo'ladi, ablax!

Taehyungning lablarida sovuq va masxaromuz tabassum paydo boสปldi.

Uning ovozi sovuq edi.

Tae: Qari tulki... Bu yerda shartni sen emas, men qo'yaman. Shunday ekan, haddingdan oshma.

Jeonning nafas olishi tezlashdi, u Taehyungning ortida qanday ulkan kuch turganini his qilib, birdan ohangini o'zgartirishga majbur bo'ldi.

Ovozidagi boyagi vahshiylik o'rnini ojizlik egalladi.

Janob Jeon: Xo'p... xo'p... mayli... Evaziga nima xohlaysan o'zi?

Tae: Bu boshqa gap. Unda uyimga kel, manzilni jo'nataman, qari tulki.

Janob Jeon: Yaxshi, yetib boraman.

Ko'p o'tmay, Janob Jeon Taehyungning ulkan hovlisiga yetib keldi.

Darvozadan kirishi bilan hayrat va dahshatdan og'zi ochilib qoldi.

Har bir qadamda, har bir burchakda tish-tirnog'igacha qurollangan, sovuqqon qo'riqchilar qaddini tik tutib turardi.

Bu yer oddiy boyvachchaning uyi emas, haqiqiy imperiya edi.

Janob Jeon pov:Demak, u rostdan ham o'sha vahshiy, yuzsiz makkor 'V' ekanda... Lanati jin, qanday qilib bu narsaga aralashib qoldi?!โ€

Shu payt ularga yaqinlashgan xizmatkor tazim qildi.

Xizmatkor: Janob, sizni Boss o'z xonalarida kutyaptilar.

Jeon og'ir qadamlar bilan Taehyungning shaxsiy xonasiga kirdi.

Xona yarim qorong'i, vahmali edi. Taehyung kreslosida, qo'lida qip-qizil sharob to'ldirilgan qadahni sekin aylantirib o'tirardi.

Uning ko'zlari zulmatda bo'rining ko'zlaridek chaqnadi.

Tae: Ooo, qari tulki, yetib keldingmi?

Jeon Taehyungning o'tkir, qonxo'r qarashini ko'rishi bilan beixtiyor bir qadam orqaga yurdi.

Boyagi telefondagi o'ldiraman degan shijoatidan asar ham qolmagan, butun vujudini titroq va dahshatli qo'rquv egallagan edi.

U yutunib, arang tilga kirdi.

Janob Jeon: Shartingni ayt...

Tae: Yaxshi, gapni cho'zmayman. Lekin avval savolim bor. Nega aynan Jungkookka bunday qilding?

Jeon tildan qolgandek jim bo'lib qoldi. Xonaga og'ir sukunat cho'kdi.

Taehyungning sabri tugab, qadahni stolga taqillatib qo'ydi.

Tae: Men gapimni ikki marta qaytarishni yoqtirmayman, buni yaxshi bilasan!

Jeon qo'rqqanidan duduqlanib, shosha-pisha javob bera boshladi.

Janob Jeon: Biz... biz Jungkookni asrab olganmiz. U menga hech qachon yoqmagan!

Tae: Unda nega asrab olding, yoqmasa?!

Janob Jeon: Men... men asrab olmadim! Otam uni uyga olib kelgandi. Menga esa uning aksiyalarga sherik bo'lishi umuman yoqmagandi!

Taehyungning ko'zlarida nafrat olovi yondi.

U o'rnidan sekin turib, Jeonning qarshisiga keldi.

Tae: Aksiyalar degin? Arzimagan aksiyalarni deb, shuncha yillar davomida norasida, kichkina bolani shunchalik azobladingmi?!

Jeon aybdorlardek yana yerga qarab, jim bo'lib qoldi.

Tae: Yaxshi, endi nima qilishni bilaman. Shunchaki hamma aksiyalaringni Jungkookning nomiga o'tkazasan. Bor mol-mulking unga o'tadi.

Jeonning ko'zlari kosasidan chiqqudek bo'lib, dahshat ichida baqirdi.

Janob Jeon: Nimalar deyapsan?! Hech qachon bu narsa bo'lmaydi!

Tae: Yaxshi, majburlamayman. Sevimli o'g'lingning o'sha iflos videosini butun dunyo ko'radi. Yana kamiga Jeon korporatsiyasining to'ng'ich o'g'li degan sarlavha ostida... Menimcha, zo'r shov-shuv bo'ladi, nima deding?

Janob Jeon: Bas qil! O'g'limni tinch qo'y! Muammoingni men bilan hal qil!

Tae: Oxx, judayam yaxshi. Jeon korporatsiyasi asoschisi taxallusi ostida bo'lsa ham yomon emas.
Nechta erkak xohlaysan, menga ayt?

Jeon endi tamoman singan edi. U tizzalari titrab, yolvorishga o'tdi.

Janob Jeon: Unday qilma... iltimos, rahm qil...

Tae: Yaxshi, unda hujjatlar bilan ertaga ertalab soat 8:00 da shu yerda bo'l. Bir soniya kechiksang ham, sen uchun hammasi tugagan bo'ladi.

Jeon yana nimadir deb pichirlab, o'zini oqlamoqchi edi, biroq Taehyung unga imkon bermadi.

Tae: Qo'riqchilar! Buni ko'chaga uloqtiringlar!

Ayni shu vaqtda boshqa xonada Jungkook ko'zlarini ochdi.

Tunda nimalar bo'lganini eslashi bilan yuzlari, quloqlari ortig'i bilan qizarib ketdi.

U shunchalik uyalganidan ko'rpasini boshigacha tortib, o'zini o'zi koyiy boshladi.

Vujudi titrar, yuragi gupillab urardi.

Jk pov:Kiyimlarni kim almashtirdi?! Axxx, ustozimning oldida sharmanda bo'ldim, sharmanda! Ufff, nimalar qilib qo'ydim?! Endi ustozimning ko'ziga qanday qarayman? Nima bo'ldi o'zi menga? Qochib ketsammikan bu yerlardan?! Er yorilsayu, yerga kirsam bo'lmasmidi...

U o'zi tabiatan juda tortinchoq va nozik bo'lgani uchun hozirgi holati o'limdan ham battar tuyulardi.

Shu payt eshik ortidan og'ir va vazmin qadam tovushlari eshitildi.

Jungkook cho'chib tushib, xuddi kichkina mushukchadek ko'rpaning tagiga yanada chuqurroq kirib, yashirinib oldi.

yurak urishi ko'kragidan otilib chiqqudek bo'lib urardi.

Taehyung eshikni sekin ochib, xonaga kirdi. To'shakda ko'rpaga o'ralib, kichrayib qolgan tilsiz Jkni ko'rib, labida iliq tabassum paydo bo'ldi.

U karavot chetiga kelib o'tirdi.

Tae: Jungkook, uxlayapsanmi?

Jungkookdan sado chiqmadi. U ko'rpa ostida nafasini ichiga yutib, qilt etmay yotardi. Ustozining nafasi deyarli sezilib turardi.

Tae: Uxlamayotganingni bilaman. Mendan nega o'zingni olib qochyapsan?

Taehyung shunday deb, ko'rpaning chetidan ushlab, sekin tortmoqchi bo'ldi.

Biroq Jungkook bor kuchi bilan, titrayotgan barmoqlari bilan ko'rpani mahkam ushlab olgan edi.

U shunchalik uyalardiki, hozir yuzini ko'rsatishdan ko'ra o'lishni afzal ko'rardi.

Taehyung bir oz kuch bilan ko'rpaning chetini keskinroq tortgan edi, birdan Jungkookning qo'llari bo'shashib, ko'rpa ochilib ketdi.

Shiddatli harakatdan muvozanatini yo'qotgan Taehyung Jungkookning ustiga yiqilib tushdi.

Bir zumda dunyo to'xtab qolgandek bo'ldi.

Oralaridagi masofa bir necha santimetr edi.

Ular bir-birlarining ko'zlaridan nigohlarini uzolmay qolishdi.

Taehyung Jungkookning qo'rquv va uyatdan namlangan, chaqnab turgan ko'zlariga, so'ngra qizarib ketgan lablariga qaradi.

Uning ichida shu shirin lablardan to'yib-to'yib o'pishni hphlardi.

Taehyungning shirin xayollarini Jungkookning titroq va mayin ovozi cho'chitib yubordi.

Jk: Ustoz...

Taehyung bir zumda o'zini qo'lga olib, uning ustidan shoshib turdi va chetroqqa o'tdi.

Yuragi tez urayotganini bildirmaslikka harakat qildi.

Tae: Yaxshimisan?Jungkook ko'rpasini ko'ksigacha tortib, yuzini yashirishga urinar, ko'zlaridan yosh qalqib chiqayotgan edi.

U ovozi titrab, tinmay uzr so'ray ketdi.

Jk: Ustoz, meni kechiring... Judayam afsusdaman, iltimos meni kechiring! Men... men bunday qilmoqchi emasdim... Nega o'zimni bunaqa tutganimni ham bilmayman... Iltimos, kechiring, mendan nafratlanmang...

U o'zini oqlashga va aybini yuvishga harakat qilib, uyatdan qip-qizil bo'lib ketgandi.

Taehyung uning bu ojiz va shirin holatini ko'rib, ich-ichidan erib ketdi.

U sekin yaqinlashib, Jungkookning elkalaridan ushladi.

Tae: Jungkook, hammasi joyida. O'zingni qo'lga ol.

Jungkook ko'zlarini yoshlab, jovdiragan ko'zlari bilan ustoziga qaradi.

Jk: Ustoz... meni... meni bu yerdan haydab yubormaysizmi? Uyga jo'natib yubormaysizmi, a?

Tae sekin engashib, Jungkookning mayin va issiq iyagidan ohista ushladi va yuzini o'ziga qaratib, yuqoriga ko'tardi.

Tae: Senga vada berdim-ku, doim yonimda bo'lasan deb.

Jungkook baribir uyatdan va hayajondan ko'zlarini olib qo'char, Taehyungning to'g'ridan-to'g'ri uning qalbiga kirib borayotgan nigohlariga dosh berolmayotgan edi.

Taehyung uning yuziga yanada yaqinlashdi va pichirladi:

Tae: Jungkook, mendan ko'zlaringni olib qochma... Meni yoqtirishingni bilaman.

Taehyungning kutilmagan iqroridan so'ng, Jungkookning yuzlari olmadek qizarib ketdi. U uyatdan qayoqqa qarashni bilmay, barmoqlarini bir-biriga mahkam qisdi.

Jk: Yo'q... yo'q, unday emas...Taehyung uning bu sarosimaga tushgan holatini ko'rib, atayin qoshlarini chimirdi va uning hissiyotlarini sinash uchun ovozini biroz g'amgin qildi.

Tae: Demak, yoqtirmaysan?

Jungkook ustozining xafa bo'lishini zarracha xohlamasdi.

U hayajonlangandanda nima deyayotganini o'zi ham bilmay, birdan gapirib yubordi.

Jk: Yoqtirmayman demadim!

O'zi bilmagan holda sirini ochib qo'yganini anglagach, Jungkookning yuragi qinidan chiqqudek bo'ldi.

U vaziyatni tezda to'g'irlashga urinib, shoshib qo'shimcha qildi.

Jk: Sizni... sizni ustozim sifatida yaxshi ko'raman demoqchi edim...

Taehyung Jkning bu begubor va shirin hiylasini ko'rib, ich-ichidan kulib qo'ydi.

U ortiq o'zini tiyib tura olmadi.

Jungkookning hayajondan titrayotgan, qip-qizil bo'lib ketgan yuzlaridan ikki qo'llab ohasta ushladi-da, uning lablariga yaqinlashdi.

Jk pov:Ustoz meni rostdan ham yoqtiradimi? U meni hozir o'pmoqchimi?!

Jungkookning xayolidan shu fikrlar o'tayotgan soniyalarda ularning lablari bir-biriga tegdi.

Taehyungning issiq lablari tekkanda, Jungkook butun vujudi bilan seskanib ketdi.

Ammo bu shirin tuyg'u unga shunchalik yoqimli ediki, u o'pishishning to'xtashini aslo xohlamasdi.

Taehyung uni xuddi yeb qo'ygudek, ehtiros va sog'inch bilan o'pishda davom etdi.

Jungkook ham uning harakatlariga ergashib, sekin-asta javob qaytara boshladi.

Taehyung o'pishishni yanada chuqurlashtirib, tilini Jungkookning og'ziga kiritdi va uning tilini mayin erkalay boshladi.

Shu vaqtda uning kuchli qo'li Jkning ingichka beliga tushdi.

Taehyung uni belidan mahkam ushlab, o'ziga shunday qattiq tortdiki, oralarida zarracha masofa qolmadi.

Jungkook Taehyungning baquvvat va mushakdor tanasini o'z vujudida yaqqol his qildi.

U hayajon va qo'rquvni unutilib, qo'llarini Taehyungning keng yelkalaridan o'tkazib, uni mahkam quchoqladi va tundan qolgan hamma ehtiros bilan o'pishishda davom etd

Ayni shu daqiqalarda Janob Jeon daxshatli g'azab va nafrat bilan uyiga yetib kelgan edi.

U uydagi bor alamini kimdandir olishni istardi.

Eshikdan kirishi bilan bor ovozda baqirdi.

Janob Jeon: Jin!!! Hoziroq buyoqqa yetib kel, lanati!!!

Jin otasining vahshiy ovozini eshitib, qo'rqqanidan yugurib chiqdi.

Uning ortidan Jimin ham nima bo'layotganini tushunmay birdan xonadan chiqdi.

Jin tunda klubda sodir bo'lgan voqealardan xabardor bo'lgani uchun, otasining nega bunchalik quturayotganini ich-ichidan juda yaxshi his qilib, titrab turardi.

Jin: Ota...

Janob Jeon: O'chir ovozingni, iflos!

Janob Jeon gapini tugatmasdanoq, bor kuchi bilan Jinning yuziga qattiq tarsaki tushirib yubordi.

Jin zarbdan yerga yiqilib tushayozdi, yuzi qizarib ketdi.

Buni ko'rgan Jimin daxshat ichida akasining yoniga yugurdi.

Jimin: Ota! Nimalar qilyapsiz?! Unga nega qo'l ko'taryapsiz?!

Janob Jeon: Sen aralashma, Jimin!

Jimin: Ota, aybi nima axir?!

Janob Jeon g'azabdan qizarib ketgan ko'zlari bilan Jiminga qaradi va qo'lidagi telefonini chiqarib, undagi o'sha sharmandali videoni ko'rsatdi.

Janob Jeon: Mana, ko'rib qo'y akangning qilgan iflosligini! Agar sen ham qachonlardir shunday ishni qiladigan bo'lsang, sendek o'g'lim yo'q deb hisoblayver! Men uchun o'sha kuni o'lasan!

Jimin ekrandagi tasvirlarni ko'rib, bir lahzaga muzlab qoldi.

Tomirlarida qoni muzlagandek bo'ldi.

U bu ishlarning ortida faqatgina bir kishi Taehyung turganini darrov bildi..

Jimin pov:Bu nimasi?! Nahotki Taehyung shunday daxshatli va shafqatsiz odam bo'lsa? U hamma narsani biladi... Agar... agar mening ham videolarim uning qo'lida bo'lsa-chi?! Unda nima qilaman, hammasi tugaydimi?!

Jimin daxshatli o'ylar ichida qoldi. U o'z sirini himoya qilish va Taehyungning qo'lida unga tegishli narsalar bor-yo'qligini bilish uchun zudlik bilan harakat qilishi kerakligini tushundi.

Jimin uydan chiqib, to'g'ri o'sha tungi klubga bordi.

Uning maqsadi Yoongini topish va u orqali Taehyung haqida malumot olish edi.

U klubning barcha VIP xonalarini, burchaklarini birma-bir ko'zdan kechirdi, ammo Suga hech qayerda ko'rinmasdi.

Umidini uzayotgan Jimin bar peshtaxtasiga suyanib, asablarini tinchlantirish uchun achchiq ichimlik buyurdi va uni icha boshladi.

Shu payt eshikdan tสผ Yoongi kirib keldi.

Jimin uni ko'rishi bilan ko'zlarida umid uchqunlari yondi va birdan uning yoniga yugurib bordi.

Yoongi Jiminni ko'rib, xursand voสปlib ketdi.

U Jiminni belidan mahkam quchoqlab, lablaridan ehtiros bilan o'pib qo'ydi.

Jimin esa uning quchog'ida bo'lsa-da, xayoli butunlay boshqa narsada edi.

u qanday qilib bo'lmasin Yoongidan Taehyungning qo'lida ularning videosi bor-yo'qligini bilishi shart edi.

Yoongi: Qalaysan, kichkintoyim?

Jimin: Yaxshiman... sizni ko'rib yaxshi bo'ldim

Yoongi: Seni judayam sog'indim, yo'q bo'lib ketding? Qo'ng'iroqlarga ham javob bermaysan.

Jimin: Kechiring, ishlari ko'payib ketdi, uydagilar bilan muammolar bo'ldi...

Yoongining ko'zlarida ochlik va ehtiros olovi yondi. U Jiminning yuzlarini silab, uning qulog'iga pichirladi:Yoongi: Bugun tunni men bilan o'tkaza olasanmi?

Jimin o'z maqsadiga erishish uchun bu imkoniyatni qo'ldan boy bera olmasdi.

U Yoongining ko'zlariga qarab, mayin tabassum qildi.

Jimin: Albatta... bugun tun bo'yi siznikiman.Yoongi bu javobdan so'ng ortiq kutishni xohlamadi.

U Jiminning qo'lidan mahkam ushlab, klubning yuqori qavatidagi maxsus shaxsiy xona tomon tortdi.

Eshikdan kirishlari bilan Yoongi uni devorga tirab, lablariga tashlandi va daxshatli ehtiros bilan o'pisha ketishdi...

Jimin esa Yoongining bo'ynidan quchoqlab, uning harakatlariga javob qaytarayotgan bo'lsa-da, ich-ichidan daxshatli xavotir vujudini kemirardi.

Axir Yoongi oddiy odam emas, Taehyungning o'z akasi edi!

Agar Taehyung o'z qudrati bilan hamma narsani nazorat qilayotgan bo'lsa, o'tmishdagi sirlar ham uning qo'lida bo'lishi aniq.

Jimin o'sha damlarni eslab, yuragi orqaga tortib ketdi.

u bir vaqtlar nafaqat Taehyung, balki aka-uka Yoongi va Tae, qolaversa, ularning yaqin do'stlari bo'lgan Hobi va Namjoonlar bilan ham bir vaqtning o'zida birga bo'lgan edi...

Agar bu sir ochilsa, Jimin uchun hamma narsa tugardi.

Yoongi sekin-asta Jiminning lablaridan bo'yniga oสปtdi.

Jimin vujudidagi yoqimli titroqni zo'rg'a chetga surib, akasi orqali Taehyungning rejalarini bilib olish uchun fursatdan foydalanishga qaror qildi.

U Yoongining keng ko'kragidan sekin itarib, nafasini rostlab oldi.

Jimin: Yoongi... to'xtang... bir daqiqa...

Yoongi ehtirosdan xiralashgan ko'zlari bilan Jiminga qaradi.

Uning nafas olishi juda tez va og'ir edi.

Yoongi: Nima bo'ldi, kichkintoy? Bunchalik shoshib turganimda nega to'xtatyapsan?

Jimin yuziga eng begubor va qo'rqqan qiyofani berib, Yoongining ko'zlariga tikildi.

O'tmishdagi daxshatli xavotiri ovoziga oสปtdi.

Jimin: Men... men bugun uyda juda yomon narsani ko'rdim. Otam akam Jinni sharmandali videosi uchun deyarli o'ldirib qo'ya qoldi.
Eshitishimcha, bu ishni ortida ukangiz Taehyung,turgan ekan...

Yoongining nigohi birdan jiddiylashdi.
U ukasining shafqatsizligini juda yaxshi bilardi.

Yoongi: Hm, Taehyung bilan o'yinashib bo'lmasligini akang bilishi kerak edi.
Xo'sh, buning bizga nima aloqasi bor?

Jimin:......

Qolgani keyingi qismida....