Baskin Robbins hikoyasi
Totli-imperiyaning g'alabali tarixini dunyoning barcha burchagida bilishadi. Har kuni milliondan ortiq odam 7900 ta rasmiy do'konlarda mavjud 750 ta'mdan birini tatib ko'radi.
Baskin Robbins'ning noyobligi vaqt davomida sinalganligida emas. 1945 yil brend umumiy ovqatlanish darajasidagi birinchi franshizaga aylanib, bu birinchilikni 2019 yilgacha saqlab qolgan. Kompaniya jo'g'rofiyasi 52 mamlakatni o'z ichiga olib, birgina Rossiyaning o'zida 300 dan ortiq kafe va 5000 ta savdo nuqtalari muvaffaqiyatli faoliyat yuritib keladi
Biz ikki kishining shaxsiy biznesi haqidagi orzusi dunyoga franchayzing g'oyasini taqdim etganligi haqida bir necha faktlar to'pladik.
Tarixdan bir parcha
№1 fakt
Baskin Robbins oilaviy biznes
Brend asoschilari qaynilar bo'lishgan. Berton (Bert) Baskin 1942 yil Irvin (irv) Robbins Shirlining opasiga uylangan. IRVning oilasi shaxsiy yog'zavodiga ega bo'lgan. Yoshligidayoq yigitcha otasiga kafe-do'kon ishlarida yordam berib, turli narsalar orasida muzqaymoq ham sotishgan. Universitet va armiya xizmatidan keyinoq, ortga qaytishni istamay, irv o'zining birinchi biznesini Glendeyl (Kaliforniya) shahrida ochadi. Uning nomi "Snegir" (Snowbird Ice Cream) bo'lib, boshqa muzqaymoqxonalardan bir deganda 21 xil muzqaymoqni tortishi bilan farq qilgan.
№2 fakt
Snowbird + Burtons = Baskin Robbins
Mashhur brend tarixi 1945 yildan boshlangan. Irv Robbinsning shaxsiy biznesi bo'lgan, Bert Baskinsning - o'ziniki bo'lib, nomi ham shunday Burtons bo'lgan. 1948 yil ularning umumiy 6 ta savdo nuqtalari bo'lgan. Ular birgalikda muzqaymoq ishlab chiqarish fabrikasini ochishgan vaqtda, kafelar soni butun mamlakat bo'ylab qo'ziqorin kabi ko'paygan, eshiklar tagida navbatlar to'plangan. Bir yildan keyinoq ularga 40 ta savdo nuqtalari tegishli bo'lgan, 1953 yilga kelib, Robbins va Baskin do'konlarini yagona tarmoqqa birlashtirish ehtiyoji tug'ilgan.
№3 fakt
Baskin Robbins nomi
Baskin va Robbins familiyalarini yozish ketma-ketligi kutilmaganda hosil bo'lgan. Kimning familiyasi birinchi bo'lishi haqida tortishmaslik uchun sheriklar qura tashlashgan. Baskin g'oliblik tarafini tanlashga musharraf bo'lib, rasmiy brend unvonida birinchi bo'lish imtiyoziga ega bo'lgan.
№4 fakt
Baxtli raqam
1953 yilgacha Baskin Robbins logotipida 31 raqami paydo bo'lib, brend falfasafi va maqsadi tug'ilgan: har bir yangi kun yangi ta'm kabi. Oyda 31 kun - 31 xil yangi ta'm. Tasavvur qilish qiyin, ammo qachonlardir Menyuda muzqaymoq ta'mlari miqdori cheklangan bo'lgan. Mana, nima uchun har kunlik yangi ta'mlar inqilob darajasiga etgan.
Bert bu raqam nafaqat ularga, balki barcha-barchaga omad keladi, deya turib olgan. Aytmoqchi, Irvin Robbins o'z yaxtasini hazillashib, "32-ta'm" deb nomlagan, uning avtomobilida esa "31BR" chiroy ochib turgan.
Pushti qoshiqcha tarixi
№5 fakt
Bert va irv mijozlar faqat ma'qul kelgan ta'm uchun to'lashlari kerak, deb hisoblashgan. Shunday qilib, afsonaviy pushti qoshiqcha g'oyasi paydo bo'lgan. Bu - nafaqat sotib olish, balki bir necha ta'mlarni tatib ko'rishga oid bepul degustasiyaning eng mashhur belgisidir.
Ta'm formulasi
№6 fakt
Baskin Robbins 1000 dan ziyod ta'm yaratishgan.
Bu erda muzqaymoq turlarining resepti formula deyilib, bosh ofisda ishlanadi va tasdiqlanadi. Deyarli, 75 yil ichida 1000 dan ziyod ta'mlar ixtiro qilinib, har birini eslab qolish qiyin. Hatto, ular orasida ketchup, loviya, ko'k choy ta'mli muzqaymoqlar ham bo'lgan.
№7 fakt
Baskin Robbins nafaqat mazali, balki foydali ham
Baskin Robbins - bu jahonga mashhur ta'mlar sarxilligi bo'libgina qolmay, yuqori sifatli ingridientlardan tayyorlangan 100% tabiiy mahsulotlir. Bu erda ko'p darajali ta'm nazoratidan o'tiladi.
№8 fakt
Baskin Robbins "Makdonalds"ni ilhomlantirgan
Yosh Rey Krok aka-uka Makdonaldslardan "Makdonalds" restoranlarini ochish huquqini sotib olgan inson. U qachonlardir Baskin Robbins kafelaridan birida sutli kokteyllar sotuvchisi bo'lib ishlagan. Keyinroq biznesmen aynan shu erda oshirgan malakasi tufayli oddiygina tamaddixonani yirik jahon imperiyasiga aylantira olganiga urg'u berib o'tadi.