June 24, 2020
500 va 200 so'mlik kupyuralar muomaladan chiqariladi
2020 yil 1 iyuldan :
1997 yil namunasidagi 200 so'mlik
1999 yil namunasidagi 500 so'mlik
banknotlar qonuniy to'lov vositasi sifatida o'z kuchini yo'qotadi.
Eski namunadagi kupyuralar 2020-yil 1-iyulga qadar barcha tijorat banklari bo'linmalari, 2020-yil 1-iyuldan keyin esa Markaziy bankning hududiy Bosh boshqarmalari Hisob-kitob kassa markazlari tomonidan qabul qilinadi.
Ushbu pullar qabul qilinishida qo'shimcha yig'im va cheklovlar qo'llanilishiga yuk qo'yilmaydi.
Markaziy bank saytida “Shu munosabat bilan, eski namunadagi 200 so'mlik va 500 so'mlik banknotlaringiz mavjud bo'lsa, belgilangan tartibda muomaladagi pul belgilariga almashtirib olishingiz mumkinligini eslatib o'tamiz” deya xabar beradi