April 7, 2020

Tez va oson tayyorlanadigan pishiriqlar usuli.

Asalli (medavik)tayyorlash usuli:

Kerakli mahsulotlar: 3ta tuxum, 100gr margarin, 3osh qoshiq asal, 1kosa un, 0,5l qaymoq, 1stakan shakar hamda ko'pirtirgich( разрыхлитель) kerak bo'ladi.

Dastlab xamirni qorib olamiz. Biz hamirni bug'da issiq haroratda tayyorlaymiz. Avval margarin bilan asalni eritib olamiz so'ng tuxum va ko'pirtirgichni solamiz(e'tiborli bo'lamuz tuxum pishib qolmasligi kerak) va ustidan unni solib yaxshilab aralashtirib gazdan olamiz. Xamirni yaxshilab qorib yumshoq holga keltiramiz va xohishga ko'ra 4 yoki 5zuvalaga ajratamiz. Ozgina dam olganidan so'ng issiq pechda eng past haroratga qo'yib pishiramiz pishirilgan xamirlarni bir xil ko'rinishga keltirib olamiz va har bir listining orasiga qaymoq suramiz. Tortimizga shakl bergan vaqtda atrofidan ortib qolgan xamizni pechda qizdirib olamiz va ezib ustiga sepamiz

Qaymoq tayyorlash: avval qaymoqqa shakarni solamiz va ko'pirtiramiz. Xohishga binoan quyiltirilgan sut yoki tvarog qo'shib ko'pirtirsak ham bo'ladi.

Yoqimli ishtaha.

Paxlava pishirish usuli:

  • Xamiriga:
  • 250 gr yumshoq sariyog’
  • 5 dona tuxum sarigi
  • 1 stakan qaymoq yoki smetana
  • 30 osh qoshiq un
  • 0.5 choy qoshiq istemol soddasi
  • 1 dona tuxum sarig’i yuziga surtish uchun
  • Nachinkasi:
  • 6 dona tuxum oqi
  • 1 stakan shakar
  • 1.5 stakan yong’oq
  • 1 stakan mayiz
  • Qiyomi:
  • 0.5 stakan asal
  • 0.5 stakan suv

Instructions

  1. Sariyog’, qaymoq, tuxum sarig’i, istemol soddasi aralashtirib, elangan un solinadi va xamir qilinadi va 30 daqiqa sovutgichga qo’yiladi.
  2. Xamirni 3 bo’llaka bo’linadi, katta, o’rtacha va kichik zuvalalarga. Kichik zuvalani duxovka listiga moslab yoyiladi va 180 c issiqlikda qizigan duxovkaga pishirib olinadi.
  3. Ungacha nachunka tayyorlanadi: tuxum oqi va shakar mikserda 10 daqiqa ko’pirtiriladi.
  4. Oppoq ko’pik bo’lgunicha. Endi kattaroq zuvala xamirnilistni ustiga kattaroq qilib yoyib, ustiga nachinkaning yarmini solinadi va bir tekist yoyib chiqiladi va maydalangan yong’oq mayiz yarmi sepiladi.
  5. Ustiga pishgan xamirini qo’yib, yana qolgan nachinkani quyib, tekistlanadi, yana maydalangan yong’oq mayiz qolgani sepiladi va o’rtacha xamir yoyilib. ustiga qo’yib chiqiladi va paxlavaning chetlari extiyotlab jipislab chiqiladi.
  6. Oxirgacha pichoqni etmasdan romb yoki kvadrat shakilda kesib chiqib, yarim palla yongoq rombik ichiga qo’yib chiqiladi va ustuga tuxum sarig’i 30 daqiqa qizib turgan duxovkaga pishirib olinadi.
  7. Asal bilan shakar solib, gaz ustiga eriguncha ushlab turiladi kovlab turgan xolda va pishgan paxlava ustidan quyib chiqiladi.