teacher's doll
Oradan 3 oy o'tdi. Politsiya hali ham Harinning izini ham topa olmagan, Yoongi kundan-kunga g'azablanar, uning o'zi ham Harinni topish uchun Koreyaning har bir burchagini qidirishga tushgan, hatto bu ishga janob Parkni ham majburlagan edi. Har kuni tunda janob Parkdan Harin topildimi-yo'qmi so'rar, har doimgidek bir xil javob olar edi: Afsuski, hech qayerdan topa olmadim. Politsiya ham bir xil javob berar edi. Shunday kunlarning birida Yoongi darsdan charchab va o'sha la'nati qidiruvdan uyga tunda qaytdi. Bugunning o'zida 6 tadan ortiq sinfga dars bergan edi. Kiyimlarini almashtirib, sekin divanga o'tirdi. Bir necha daqiqada Yoongiga qo'ng'iroq bo'ldi, bu politsiyadan edi. Yoongi xo'rsindi-da, telefonni oldi.
— Eshitaman, — charchoqdan past, lekin jiddiy ovozda. U yana har doimgi javobni olishini biladi, lekin baribir ko'nglida qandaydir kichik umid bor, bu hali ham so'nmagan edi.
— Janob, biz siz aytgan odamni topdik, lek... — Politsiyachi gapini yakunlamasdan, Yoongi uning gapini bo'lib gapirdi.
— Nima lekin?! Tezroq gapir!! — dedi Yoongi baland, g'azablangan ovozda. Hali ham Harinning topilganiga ishona olmayotgan edi, ko'zlarida eski qasos uchquni yana qayta alangalay boshladi.
— Harin xonimning jasadini topdik, janob Min, u o'z joniga qasd qilibdi, — dedi politsiyachi past, hamdard ovozda. Yoongi oxirgi gapni eshitib, bir lahza qotib qoldi, miyasida ming xil xayollar aylanar, qay biri haqida o'ylashni bilmas edi. Birozdan so'ng nihoyat gapira boshladi.
— Uni aynan qaysi sabab bilan o'lgani va bu jasad rostdan ham Haringa tegishli ekanini tekshiring. — Yoongi telefonni o'chirib, yana tezda kiyinib uydan chiqdi, mashinaga o'tirdi. Mashina eshigini qattiq yopdi, katta tezlik bilan mashinani hayday boshladi.
— Qizingdan qasos ololmadim, janob Park, endi xotining va sendan qasosimni olaman! — dedi Yoongi baqirib, g'azab, qasos va nafratdan mashina rulini qattiq siqib.
*Janob Park*
Janob Park yotoqda bezovtalanib ko'zlarini ochdi. Sekin yotoqqa o'tirib, ko'zlarini ishqaladi. Erinining uyg'onganini his qilgan Park xonim ham bezovtalanib, ko'zlarini ochmay pichirladi.
— Kech bo'lganda nega uyg'ondingiz yoki yomon tush ko'rdingizmi, ahvolingiz yaxshimi? — dedi Park xonim yotoqda qulayroq yotib.
— Hech narsa bo'lgani yo'q, shunchaki chanqadim, uxlayver. — Janob Park shunday deb o'rnidan turib, yotoqxonadan chiqib ketdi. Pastga tushib, oshxonaga kirdi, o'ziga bir stakan suv quyib, stulga o'tirib icha boshladi. Xayolida faqat qizini o'ylar, keyin sekin tabassum qildi. Chunki Harin allaqachon Taehyungning ishini hal qilgan va o'zi ham soxta o'lim masalasini hal qilgan edi, qo'rqadigan hech narsa yo'q edi. Janob Park suvni ichib, idishini joyiga qo'ydi va oshxona eshigi oldiga yura boshladi. To'satdan katta qo'llar janob Parkning og'zini ro'molcha bilan yopdi. Janob Park bu qo'llardan qutilish uchun qattiq harakat qilar, bor kuchini shu qo'llardan chiqishga sarflardi. Oxir-oqibat, ro'molchadagi spirt hididan hushini yoqotdi.
*Harin, Taehyung*
— Harin, senga yana qancha yolvorishim kerak, axir hamma xatoni men qildim, bolada nima ayb?! — dedi Taehyung.
— Menga bunday hayot kerak emas va bu bola ham kerak emas! Men ham 25 yoshimda sevgan insonim bilan turmush qurib, u bilan farzandli bo'lishni xohlayman, 18 yoshimda o'qituvchim tomonidan zo'rlanib homilador bo'lishni emas!! — dedi Harin baqirib. Taehyung chuqur nafas oldi, Harinni ko'tarib karavotga o'tirdi, Harinni esa tizzasiga qo'ydi. Harinning qo'lini ushlab, qo'lini Harinning qorniga qo'ydi.
— Harin, uni his qilmayapsanmi? U sening ichingda katta bo'lyapti, sening ichingda bizning malikamiz yoki shahzodamiz o'syapti. Nahotki bu kichik farishtaga rahming kelmasa, Harin? Senga yolvoraman, iltimos, qancha alaming bo'lsa mendan ol, chunki hamma ayb menda, lekin bu begunoh go'dakni abort qilma. Bir lahza ko'zingni yumib o'ylab ko'r, bu bola tug'ilsa, u qanchalar kichik va shirin bo'ladi. Uni o'z qo'llaring bilan ko'tarib katta qilasan, erkalatasan, birga o'ynaysan. U seni *ona* deydi, seni hammadan ko'proq sevadi. Nahotki bu begunoh go'dakni abort qilmoqchi bo'lsang? Agar sen bu bolani nikohsiz bo'lgani uchun xohlamasang, men senga uylanishim mumkin, — dedi Taehyung. Taehyung Harinning homiladorligini eshitganidan beri Haringa har xil sovg'alar, gullar, taqinchoqlar, Harin yeyishni xohlagan hamma ovqatlarni muhayyo qilar, lekin Harin har doim bu bolani abort qilish kerakligi haqida ko'p gapirar edi. Taehyungga bu gaplar yoqmas edi, lekin Harinni majburlashni ham xohlamas, unga hammasini yaxshilab tushuntirsam bolani abort qilmaydi degan umidda har kuni bu narsani so'rar edi. Harin Taehyungning gaplarini eshitib bir zum qotib qoldi, u nima qilishni ham bilmay qoldi. Qo'li hali ham qornida, u ichida kichik jon o'sayotganini his qilar, Taehyung aytgandek ko'zlarini yumdi. Bir zum kichkina bola u tomon emaklab kelar, sekin Harinning oyoqlarini kichik qo'llari bilan o'rab oldi. Bolaning kichkinaligi va shirin tabassumi, hamma narsa go'zal, lekin bir narsa... Uning yuzi Taehyungga emas, Yoongiga o'xshardi. Harin chuqur nafas oldi va ko'zlarini ochdi.
— Meni yolg'iz qoldiring, o'qituvchi Kim, iltimos, — dedi Harin past, qandaydir zaif ovozda. Taehyung uning oldida qolib, qizga tasalli berishni xohlardi, lekin balki rostdan ham Harinni biroz yolg'iz qoldirishi kerakdir deb o'ylab, sekin o'z xonasiga kirib ketdi. Harin divanga o'tirib, biroz shishgan qorniga qaradi.
— Sen o'sha maxluqning farzandisan, meni vahshiylarcha maktab sinf xonasida zo'rlagan maxluqning. Lekin bilasanmi, sening otang ham, onang ham yovuz maxluq. Men bir begunoh erkakni, menga hatto barmog'ining uchini ham tekkizmagan, menga zarari tegmagan bir begunoh erkakni otamning maqsadi yo'lida o'ldirdim. Otang esa buning qasosini olish uchun meni zo'rladi, xato qilsam kaltakladi. Ikkimiz ham maxluqmiz, sen esa hali ham begunoh farishtasan. Sen bunday hayotga, bunday oilaga loyiq emassan. Taehyung esa hozircha meni o'sha maxluqdan qutqargan bir begunoh erkak, u seni o'zining farzandi deb o'ylayapti. Qara, onang qanchalik shafqatsiz, bir erkakni *sen meni zo'rlading* degan yolg'onga ishontirib, u bilan oylab boshqa davlatda yashashga majbur qiladigan darajada yomon... Mening mitti farishtam, biz yana qochishimiz kerak, chunki otang meni baribir topadi. — Harin shularni o'ylar ekan, deyarli ikki soat o'sha divanda shu xayollar vaqt o'tdi, so'ng sekin o'rnidan turib, yotoqxona tomon yurdi. Yotoqxona eshigiga yetishi bilan bir ikkilanib, so'ng sekin eshikni ochdi. Taehyung xuddi farishtadek tinch, sokin uxlab yotar edi. Harin o'sha joyda turib, faqat Taehyungga termula boshladi. Shunday beg'ubor, aybsiz erkakni bu la'nati, iflos yolg'on bilan aldayotgani uchun o'zidan nafratlana boshladi. Taxminan 27 daqiqadan so'ng oyoq uchida sekin unga yaqinlashib, karavotga sekin yotdi. Birinchi Taehyungning ustiga, so'ng o'zining ustiga yopinchiq yopib, keyin ko'zlarini yumdi, lekin negadir uxlay olmadi. Ko'zlarini yumib jim yotdi, balki uxlab qolarman degan maqsadda oradan yarim soat o'tdi.
Uxlay olmay, biroz toza havoga chiqishga qaror qildi, sekin ko'zini ochdi. Ko'rgan manzarasiga ishona olmadi, nafasi tomog'iga tiqilib, bir lahza xuddi soqovdek gapira olmadi. So'ng.
— Xo'sh, mening qo'g'irchog'imning menga aytadigan gapi yo'qmi, nima, egangni sog'inmadingmi, qo'g'irchog'im? — dedi Yoongi jilmayib. Harin qo'rqib Taehyungni qidira boshladi, lekin Taehyung polda jonsiz holda yotar edi.
— Unga nima qildingiz?! — baqirdi Harin.
— Xuddi sen qilgan ish, qo'g'irchog'im. O'yinimdagi ortiqcha odamni shunchaki o'yindan chiqarib yubordim, xuddi sen ukamni o'ldirganingdek, — Yoongi shunday deb Harinning kiyimlarini yecha boshladi.
— Menga teginma, maxluq! — Harin Yoongini o'zidan itarishga harakat qilar, Yoongining sabr kosasi to'lib, Harinning yuziga qattiq shapaloq urdi.
— Yaxshi qo'g'irchoq egasiga qarshilik qilmaydi va berganini qabul qiladi. Sen yaxshi qo'g'irchoqsan-ku, to'g'rimi? Jim yot!! — Yoongi Harinning kiyimlarini yechib, kiyimlarini xonaning burchagiga otdi. — Oh buni qaranglar bular ancha katta bo'lib qolibdi. — dedi Yoongi Harinning avvalgisiga qaraganda ancha to'lishgan ko'kraklarini katta kaftiga olib, qattiq ezg'ilay boshladi.
— Bas qiling!! — dedi Harin bor kuchi bilan baqirib.
— Ovozingni o'chir! Agar yana bir marta gapirsang, bu safar senga rahm qilmayman! — Yoongi shunday deb Harinning ko'kraklarini qattiq siqdi, egilib, bir ko'krak uchini qattiq tishlab tortqilar, boshqa ko'kragini esa katta qo'llari bilan siqib ezg'ilar edi. Yoongi Harinning ko'kragini tishlari orasida qattiq tishlar, goh so'rib yalar, so'ng zerikib, sekin oppoq sonlariga o'tib, u yerda ham o'z izlarini qoldirish uchun qattiq tishlab so'ra boshladi, so'ng sekin shimini yecha boshladi.
— B-balki kerak emasdir... I..Iltimos, bunday qilmang. M-men homiladorman, menga rahm qilmasangiz ham, o'z farzandingizga rahm qiling, — qo'rqib, qornidagi bola uni bu maxluqdan himoya qilishiga ishonib.
— Menga sendek fohishadan farzand kerak emas, sen shunchaki mening qo'g'irchog'imsan, bolang esa shunchaki bir xato, o'zingni muhim odam deb o'ylashni bas qil, — Yoongi shunday deb shimini yechib, katta a'zosini ochdi.
— Kichkintoyimni juda sog'ingandirsan, kichkintoyim ham bu tor, kichkina, pushti teshigingni sog'indi, qo'g'irchog'im. Qani, egang uchun oyoqlaringni och! — dedi Yoongi shafqatsizlarcha.
— Yo'q!!! Iltimos, faqat bu emas! Iltimos! — Harin qo'rqib tipirchilay boshladi.
— Harin, senga nima bo'ldi? — Taehyung xavotirlanib, uyqusida tipirchilayotgan, peshonasidan qo'rqqanidan ter oqa boshlagan qizga xavotirlanib qaradi, so'ng stol ustidagi muzdek suvni birinchi qo'liga, so'ng sekin Harinning yuziga biroz sepdi. Harin qo'rqib, tezda uyg'ondi. Atrofga, yonidagi Taehyungning xavotirli nigohiga, so'ng tanasiga qaradi; uning kiyimi ustida edi, demak, bu shunchaki yomon tush deb o'yladi. Hali ham nafasi tez, Taehyung uning notekis nafas olayotganini ko'rib, bir zum unga tikilib, so'ng sekin uni o'zining issiq bag'riga tortdi. Taehyung Harinning qulog'iga taskin beruvchi so'zlar aytar, bir qo'li Harinning sochlarini silar edi.
— Iltimos, bu yerdan ketaylik, menga bu yer yoqmayapti. Iltimos, faqat sababini so'ramang, faqat bu yerdan ketaylik, hamma shartingizga roziman, — dedi hali ham nafas olishi notekis, nima deyotganini tushunish qiyin edi.
— Qayerga ketishni xohlaysan, Harin? Shunchaki ayt, men sen qayerga ketishni xohlasang, o'sha yerga olib boraman, — dedi Taehyung.
— P-Parijga, — dedi Harin Taehyung ha deyishiga umid qilib.
— Mayli, agar Parijga ketishni xohlasang, Parijga ketamiz. Lekin bir shartim bor, biz Parijga ketamiz va hayotimizni qaytadan boshlaymiz, hamma narsani unutasan, kelishdikmi? — dedi Taehyung Harinning sochlarini silashda davom etar ekan.
— Roziman, faqat tezroq ketaylik, — dedi Harin tezda rozi bo'lib, u faqat bu yerdan tezroq ketishni xohlardi.
— Kelishdik, kel endi uxlaymiz, — dedi Taehyung Harinni o'zining issiq bag'riga olib.
Harin boshini Taehyungning ko'ksiga qo'ydi, Taehyung esa Harinning sochlarini sekin silay boshladi. Harin sochlarini silayotgan issiq kaft va uning tanasini o'rab turgan issiq tana ichida o'zini xavfsiz his qilib, sekin ko'zlarini yumdi. Qulog'i ostida Taehyungning tinchlantiruvchi yurak urishining zarbini his qilarkan, sekin uyquga ketdi.
*Janob Park*
Janob Park sekin ko'zlarini ochdi, qarasa, stulga bog'langan, qarshisida esa Yoongi o'tirardi, Yoongining oldida esa xotini bor edi.
— Oh, buni qaranglar, uyqudagi shahzodamiz ko'zlarini ochdi, — dedi Yoongi, ovozida biroz mazax sezilsa-da, ko'zlarida hali ham qasos va nafrat yaqqol ko'rinib turardi. Park xonim esa Yoongining qo'lidan chiqish uchun tipirchilar, lekin Yoongining qo'llaridan chiqa olmas edi.
— Xotinimni qo'yib yubor, la'nati! Senga qizim kamlik qilyaptimi? — Janob Park qo'llari va oyoqlariga bog'langan arqondan chiqish uchun qattiq kurasha boshladi.
— Qizing o'lganidan xabaring bormi? Men qasosim uchun qizingni olgan edim, afsuski, qizing bularni bilib, o'z joniga qasd qilibdi. Mayli, qizingdan olmagan bo'lsam, xotiningdan olaman. Qiziq, xotiningni zo'rlab o'ldirsammikin yoki shunchaki o'zimning qiynoqli usullarim bilan o'ldirsammikin? Balki o'zing menga tanlashga yordam berarsan?! Mm? Ko'z o'ngingda xotiningni qiynoq bilan asta-sekin o'ldiraman, Senga esa rahm qilib tez, qisqa o'lim beraman. Oh, men qanday yaxshi insonman-a, — dedi Yoongi baland ovozda kulib. Park xonim hali ham uning qo'lidan chiqish uchun jon-jahdi bilan harakat qilar, Yoongi esa oxiri chiday olmay, Park xonimning sochlaridan qattiq ushlab, boshini devorga zarb bilan urdi.
— La'nati fohisha, — dedi Yoongi, Park xonimni yotoqqa otib yubordi. Sekin kiyimining tugmalarini yecha boshladi.
— Xotinimga tegma! Undan ko'ra qasosingni mendan ol! O'ldir meni, la'nati it!! — g'azab bilan baqirdi janob Park. Yoongi shunchaki jilmayib, kiyimining tugmalarini yechishda davom etdi.
— Axir birinchi sendan boshlasam, buning qiziq joyi qolmaydi, Park. Qizingdan ololmadim, endi xotiningdan olaman, buning nima farqi bor? Hozir esa sen o'z xotiningni mening ostimda ko'rishdan zavqlanasan, tekin porno kino sen uchun, — dedi jirkanch tabassum qilib.
— Harin tirik! U Taehyung bilan Amerikaga ketdi! — dedi janob Park.
— N-nima? Bu nima deganing? Axir bugun politsiya uning jasadini topdi, — dedi Yoongi ishonmay.
— U Harin emas! U hozir Taehyung bilan, endi xotinimni qo'yib yubor! — dedi janob Park.
— Aldayapsan, agar Taehyung bilan birga bo'lganida, bir haftadan so'ng Koreyaga qaytishgan bo'lar edi, — dedi Yoongi.
— Nega qaytmadi deb o'ylaysan? Ular allaqachon turmush qurishgan, Harin homilador! — dedi janob Park, Yoongi Harin boshqasi bilan birga ekanini bilgandan so'ng ularni tinch qo'yishiga ishonib.
— Demak, qizing homilador, shundaymi? Yaxshi! — dedi Yoongi, cho'ntagidan to'pponchani chiqarib, birinchi bo'lib Park xonimni otdi, so'ngra janob Parkni. Qurolni o'sha yerga tashlab, Parklar xonadonidan chiqib ketdi, mashinasiga o'tirib, katta tezlikda o'z uyiga hayday boshladi. Parklar xonadonidan uzoqlashgandan so'ng.
— 3, 2, 1, BUM! — Yoongi shunday deyishi bilan Parklar xonadoni portlab ketdi.
Yoongi lab chetida jilmayib, yo'lida davom etdi. Mashina Yoongining uyining oldiga to'xtadi. Yoongi mashinadan tushib, uyining ichiga sekin kirdi. To'g'ri yotoqxonaga kirib, sekin kiyimlarini almashtirdi-yu, o'zini yotoqqa otdi. Qo'llarini boshining orqasiga qo'yib, sekin gapira boshladi.
— Demak, u homilador... Qiziq, bola kimniki ekan? Anavi la'nati Park bolani Taehyungniki dedi, lekin Taehyung Harinni sevmaydi, sevsa ham Taehyung hech qachon nafsiga yengiladigan erkak emas. Demak, Harin uning soddaligidan foydalanyapti. Yaxshi, demak, men ham kimningdir sevgisidan foydalanishim kerak, — dedi Yoongi. Maqsadi aniq, u nima qilishni, kim bilan bu rejasini amalga oshirishni juda yaxshi bilardi.
Erta tongda quyosh nurlari derazadan o'tib, xonani yorita boshladi. Yoongi ko'ziga tushgan quyosh nurlarini his qilib, sekin o'rnidan turdi. Hammomga kirib yuvindi, beliga sochiqni o'rab, yana yotoqxonaga qaytdi. Tanasini va sochlarini quritib, har doimgi qora kostyumini kiyib pastga tushdi. Ovqatlanmasdan mashinaga o'tirdi va maktab tomon hayday boshladi. Mashina maktabning oldiga to'xtashi bilan Yoongi mashinadan tushib, maktab ichiga kirdi. Bugun darsi bor xonaga kirdi, ya'ni Harinning sinfi. Yoongi o'sha sovuq va jiddiy qiyofa bilan sinfga kirdi va bugungi mavzu haqida gapira boshladi.
— Bugungi mavzu: Genetika, — dedi hamma eshitadigan darajada baland ovozda va bu mavzu haqida ma'lumot bera boshladi. Tushuntirib bo'lganidan so'ng hammani birma-bir turg'izib, shu mavzu haqida savollar bera boshladi. Navbat Yeon Soga kelganda, atayin qiyin savol berdi.
— Savol: Nega hayotda zo‘r plastik jarrohlik qildirib, burnini chiroyli qilgan ota-onaning farzandi baribir ularning eski, tabiiy burni bilan tug‘iladi? — dedi Yoongi atayin, Yeon Soni chalg'itish uchun uning ko'zlariga sovuq qiyofa bilan tikila boshladi, ko'zlarini Yeon Sodan uzmadi. Yeon So asabiylasha boshladi, agar hozir javob bermasa, bugun jazolanishini bilardi.
— Men ham shunday deb o'ylagan edim, javobing yo'q. Meni bilasan, mening darsimda xato qilgan o'quvchini kechirmayman. Hoziroq mening xonamga kir, sen bilan darsdan keyin gaplashamiz! — dedi Yoongi sovuq ovozda. Yeon So indamay sinfdan chiqib, Yoongining xonasiga kirdi. Yoongi qolgan o'quvchilarga dars o'tishda davom etdi. Birozdan so'ng dars tugadi. Yoongi og'ir qadamlar bilan o'z xonasiga kirdi, kirishi bilan ko'zlari Yeon Soga tushdi. Sekin ichkariga kirib, ortidan eshikni qulfladi va eshikka suyandi.
— Nega bu yerda ekaningni bilasanmi? — dedi Yoongi past ovozda.
— Darsingizni yaxshi tushunmaganim uchun, to'g'rimi? — dedi Yeon So.
— Bu uchun emas, dars bir bahona edi, — dedi Yoongi, sekin Yeon Soning ro'parasidagi stulga o'tirib.
— Bu nima deganingiz? — dedi Yeon So asabiylashib.
— Taehyungni sevasanmi? — Kutilmaganda savol berdi Yoongi. Yoongining savolini eshitgan Yeon So bir zum qotib qoldi va tezda inkor qildi.
— Nima? Bu nima deganingiz? Men o'z o'qituvchimni qanday qilib sevib qolishim mumkin?! — dedi Yeon So tezda.
— O'zingni bos, Yeon So. Men hammasini bilaman. O'sha tun Harin bilan ichib kelganingda, seni uyga kim olib bordi deb o'ylaysan? Men! Men seni uyingga olib bordim. Sen esa yo'l bo'yi faqat Taehyung haqida nimadirlar deding, mast odam yolg'on gapirmaydi, — dedi Yoongi.
— Xo'sh, endi nima qilasiz, o'qituvchi Min? Bu haqda ota-onamga aytasizmi yoki butun maktabga buni jar solasizmi? — dedi Yeon So.
— Men buning ikkisini ham qilmayman, — dedi Yoongi lab chetida jilmayib.
— Unda meni nega bu yerga olib keldingiz? — Yeon So qiziqib so'radi.
— Shunchaki, sening o'sha sevimli o'qituvching sening eng yaqin dugonang Harin bilan Amerikada birga, ular birga turmush ham qurishmoqchi. Bu haqida bilasanmi? — dedi Yoongi, bunga Yeon So qanday reaksiya bildirishiga qiziqib stulga suyandi.
Yeon So bu gapni eshtishi bilan lablarida tabassum yo'qoldi. U Yoongiga huddi Taehyungni Harin bilan ketishiga sababchi bo'lgan insondek qaray boshladi
— Nima? Bu nima deganingiz? — deb past ovozda gapirdi Yeon So.
— Achchiq haqiqat. Nima, sen o'z sevganingni o'sha yaqinda tanishgan dugonangga qo'shqo'llab topshirasanmi? Rashk qilmaysanmi? Sevging uchun kurashmaysanmi? Yoki og'zingdagi oshingni birovga oldirib qo'yadiganlardanmisan? — dedi Yoongi olovga moy sepib.
— HECH QACHON!!! — dedi Yeon So qat'iy ovozda.
— Unda meni eshit, sen men aytgan ishlarni qilasan va o'sha Taehyungingni o'zingniki qilasan. Amerikaga ketishing masalasini va to'lovini o'zim qilaman, — dedi Yoongi.
— Roziman, lekin bulardan sizga nima foyda, janob Min? — qiziqib so'radi Yeon So.
— Bunga aralashma, azizim. Endi mening rejamni eshit! — dedi Yoongi qat'iy ovozda.