past injuries
Ombor ichidagi havo dim va ogʻir edi. Zang bosgan temir hidiga nam betonning hidi aralashib, nafasi qisayotgandek tuyulardi. Yn devorga suyanib turgancha otasini kuzatardi. Erkak esa deraza tirqishidan tashqariga qarab, jagʻini qattiq qisganicha sukut saqlardi. Tashqaridan eshitilayotgan sirenalar tobora yaqinlashayotganini u ham anglab turardi.
Ota: Men hali hech narsani yutqazganim yoʻq.
Yn: Siz buni oʻzingizga aytib taskin beryapsiz. Tashqarida politsiya turibdi. Qochadigan joyingiz qolmadi.
Ota: Meni shuncha yil qamab ham sindirolmagan odamlar, bugun ham meni toʻxtata olmaydi.
Yn: Sizni qamoq sindirmagan boʻlsa ham, ochkoʻzligingiz sindirdi. Men siz uchun qiz emasman. Men faqat pulman. Shunday emasmi?
Erkak bir zum jim qoldi. Koʻzlari qiziga tikildi. Ammo bu nigohda otalik mehridan asar ham yoʻq edi. Faqat charchoq va gʻazab.
Shu payt tashqaridan baland ovoz yangradi.
— Ichkaridagi odam! Bino toʻliq oʻrab olindi. Vaziyatni yanada ogʻirlashtirmang. Garovdagi qizni qoʻyib yuboring.
Erkak istehzo bilan kulib yubordi.
Ota: Eshitdingmi? Ular meni qoʻrqitmoqchi.
Yn: Yoʻq. Ular sizga oxirgi imkoniyatni beryapti.
Faqat shamol eski deraza romlarini qarsillatardi. Erkak chuqur xoʻrsinib eshik tomon yurdi. Goʻyo nimadir haqida oʻylayotgandek. Goʻyo ichida hali ham qandaydir reja qolgandek.
Ammo eshik tutqichiga qoʻli tekkan zahoti tashqaridan yana ovoz eshitildi.
— Sizning chiqishingiz uchun yoʻl ochiq. Garovdagi qizni yolgʻiz chiqarib yuboring.
Yn yuragining urishi tezlashganini his qildi. Bu safar otasi javob bermadi. U uzoq vaqt qimirlamay turdi. Keyin sekin ortiga oʻgirildi.
Erkak choʻntagidan mashina kalitini chiqarib polga tashladi. Soʻng ikki qadam chetga chiqdi.
Yn bunga ishonmadi. Bir necha soniya joyidan jilmay turdi.
Erkak yuzini boshqa tomonga burdi.
Yn ehtiyotkorlik bilan eshik tomon yurdi. Har bir qadami bilan yuragi yanada tez urardi. Eshik ochildi. Tashqaridagi sovuq havo yuziga urildi. Bir necha politsiyachi uzoqroqda turardi. Ulardan biri qoʻlini koʻtarib xotirjam ovozda gapirdi.
— Hammasi joyida. Siz xavfsizsiz. Bemalol biz tomonga yuring.
Yn endi oʻzini ushlab tura olmadi. Koʻzlariga yosh qalqdi. U asta yugurishga tushdi. Huddi shu paytda olomon orasidan Jungkook oldinga chiqdi. Politsiyachilar uni toʻxtatishga urinishdi, ammo Yn uni koʻrishi bilan tezligini oshirdi. Oradagi masofa tobora qisqarardi.
Nihoyat ular bir-biriga yetib kelishdi. Yn bir ogʻiz ham gapirmadi. Shunchaki Jungkookni mahkam quchoqlab oldi. Goʻyo qoʻyib yuborsa yana yoʻqolib qoladigandek. Jungkook ham indamadi.
Faqat qizning yelkalaridan mahkam ushladi. Bir necha soniya ikkalasi ham hech narsa demadi. Atrofdagi barcha ovozlar yoʻqolgandek edi. Oradan biroz oʻtgach, Jungkook sekin pichirladi.
Jungkook: Seni topolmay qolaman deb oʻyladim...
Yn koʻz yoshlarini artishga ham ulgurmadi.
Yn: Men ham... sizlar meni topolmay qolasizlar deb qoʻrqdim.
Jk uning yuziga bir muddat tikilib turdida biroz yaqinlashib :
Jk : kechir meni . Oʻsha kuni senga baqirmasligim kerak edi .
Yn javob bermadi shunchaki ular orasidagi masofani qisqartirib Jkdan qattiq boʻsa ola boshladi. Jungkook bir soniya muzlab qoldi keyin esa qoʻlini ynning belidan oʻtkazib boʻsaga javob qaytara boshladi .
Atrofdagi hamma jim boʻlb qoldi goʻyo . Ynning onasi ,Jkning otasi va hatto Doyun ham buni kutmagan edi . Minjun boʻlsa buni oldin ham koʻrgandek tirjayib turardi .
Orqaroqda Kang xonim yigʻlab yubordi. Janob Jeon esa uzoqdan turib koʻzlarini yumdi. Oʻsha lahzada hamma bir narsani angladi.