November 23, 2025

𝐒𝐄𝐗𝐔𝐀𝐋 𝐓𝐄𝐍𝐒𝐈𝐎𝐍

𝐂𝐇𝐀𝐏𝐓𝐄𝐑 15

Morgning hidi yurakni ezardi. Temir stol ustida yotgan tananing tagidan oqayotgan sovuq suv tomchilari polga urilar, xonaga g‘alati jimjitlik berardi. Yorug‘lik faqat bitta burchakdan tushar, Jungkook esa o‘sha nur sabab Yurining yuzi ko‘ra olardi.

U yurdi... bir qadam, ikki qadam. Har bir qadami yuragiga sanchilayotgandek edi. Qizning lablari oqarib ketgan, kipriklariga allaqachon muzlashga ulgurgabdi. Go‘yo u uxlayapti. Biroq nafas yo‘q. yurak jim.

Jungkookning ko‘zlari milt etmasdi. U qo‘lidagi xatni yana ushlab ko‘rdi unda yurining soʻngi soʻzlari yozilgandi:

"Senga aytadigan so‘zlarim ko‘p edi, biroq vaqtim chegarasiga yetdi..."

Har bir satr Jungkookning yuragini yirtib o‘tar, barmoqlari titrab ketardi.

U qog‘ozni qattiq siqdi. Tomirlari shishib chiqdi. Yurining sovuq qo‘lini ushlamoqchi bo‘ldi, lekin qo‘rqdi. Qo‘rquv emas, o‘zini kechira olmaslik xissi uni turgan joyida tosh qotishga undagandir balkim...

“Men seni himoya qilmoqcgi edim, men shunchqki sen uchun...sen uchun” — pichirladi u, lekin ovoz chiqarmadi. Faqat lablari qimirladi.

Xatni birdan gijimlab, yuragiga bosdi. Ko‘z yoshlar asta oqib, uning yuzidagi alamni yuvyotgandek boʻldi.

3 haftadan keyin:

Katta jinoyat olamining eng yuqori darajadagi rahbarlari yig‘ilgan bu majlis xonasi odatdagi shovqindan yiroq, qalin devorlar ortiga berkitilgan, havosi ham o‘zgacha og‘ir edi. Odamlar ko‘p har birining ortida o‘z hududi, o‘z obroyi va o‘z kuchi bor. Shunga qaramay ularning har biri oʻta extiyotkor...

Shu tobda eshik ochilib , Yoongi kirib kelganida zal birdan jimlashdi. Uning qadami ohangdor emas edi, lekin har bir tovushi odamlarni o‘rnidan turishga majbur qilardi. Uning yonidan o‘tayotgan shamol ham unga hurmat bajo qilyotgandek edi goʻyo. Qator-qator rahbarlar sira ikkilanmay tikka turishdi.

Yoongi esa ularga hatto bosh irg‘ab ham o‘tirmadi. U to‘g‘ri to'rdagi stolga bordi va o‘zini uyidagidek bemalol o‘tirib oldi. Bu esa yig‘ilishdagilarning yuzlariga bir vaqtning o‘zida hayrat va xavotir soldi.

— Bu joy Jeonlarga tegishli, nimaga bu o‘rinni egallayapsiz?

Yoongi stul suyanchig‘iga suyanib, o‘rtaga sovuq nazar tashladi.

— Jeon hozir bu yig‘ilishda qatnasha oladigan ahvolda emas, — o‘ta sokinlik bilan.Men vaqtinchalik uning o‘rnini egallayman.

Zalda bir zumda pichir-pichir boshlandi. Kimdir hayratdan qotib qoldi, kimdir nimadir biladi, lekin aytolmayotgandek boshini eggancha jim turdi. Yig‘ilish belgilangan vaqtdan oldin boshlandi. Yoongi Seul va unga yaqin shaharlarda so‘nggi hafta davomida sodir bo‘layotgan tartibsizliklar haqida gaplarni eshitarkan, havo yana ham og‘irlashdi.

Shu payt eshik sekin, hatto juda ehtiyot bilan ochildi.

Bu sokinlik esa zaldagilarning yuragiga chaqmoqdek urildi.

Eshikdan Jungkook kirib keldi.

Uning qiyofasi… odamni muzlatib qo‘ydi. Yuzida hech qanday hisni aks ettirmas, ko‘zlari esa qora dengiz kabi korongʻu va sovuq. Uning shu qiyofa bilan kirishi zalni qoʻrquvga soldi.

Hamma birdan o‘rnidan turdi. Hamma bu safar hurmatdan emas qo‘rquvdan oʻrnidan turardi.

Faqat Yoongi o‘tirgan joyidan qimirlamadi.

U Jungkookga sovuq nigoh tashlab, qo‘llarini bir-biriga chalishtirib, joyida qotib turaverdi.

Jungkook esa unga bir lahza tikilib turdi… hech qanday hissiz, hech qanday iltifotsiz.

Go‘yo ikkalasi orasida sukutning o‘zi qattiq qurolga aylangandek.

Jungkook Yoongining o‘z o‘rnida bemalol o‘tirganini ko‘rib, zaldagi muzday havoni kinoyalai soʻzlari bilan battar sovutdi. U sekin yurib kelib, stulning orqasida to‘xtadi. Ko‘zlarida bir tomchi ham his yo‘q, ovozi xuddi pichoqning tig‘i kabi sokin, lekin keskin edi.

— O‘rnimni isitib turganingiz uchun rahmat… biroq endi uni bo‘shatsangiz.

Bu so‘zlar Yoongining yuziga urilgan zarbaga o‘xshab ketdi, lekin u hech qanday reaksiyasiz, asta-sekin o‘rnidan turdi. U Jeonlar qarorgohidagi o‘zining odatdagi joyiga qaytib o‘tirdi. Zalda esa darhol pichir-pichir ko‘paydi kimdir kulimsiradi, kimdir kinoyali labini tishladi, kimdir esa bu ikki odam o‘rtasidagi sovuq urushni his qilib, jim qolgancha tomosha qildi.

Jungkook nihoyat o‘z o‘rniga o‘tirdi. Qo‘llarini stolga qo‘yar ekan, ovoz juda baland eshitildi, xonadagi har bir odamni titratdi. U bir lahza sukut saqladi, keyin boshini ko‘tardi.

— Davom etinglar, — xotirjam, lekin keskin ohangda.

Majlis yana qayta boshlangandek bo‘ldi, biroq hech kim ilgari qanday so‘zlagan bo‘lsa, endi shunday gapira olmasdi. Chunki Jungkookning nigohi odamni o‘z ichidan tiriklayin muzlatib qo‘yardi. U har bir rahbarni tinglab bo‘lgach, sekin tomog‘ini qirib qo‘ydi.

Barcha jim bo‘ldi. Havo qotdi. Zalda faqat Jungkookning ovozi eshitildi.

— Bugundan Jeonlar kompaniyasi… va bu majlisni men boshqaraman. Barcha vakolatlar endi menga tegishli.

So‘z tugashi bilan zal portlab ketgandek bo‘ldi.

— Nima?! — Qanaqasiga?! — Bu… bu mumkin emas!

G‘ala-g‘ovur ko‘tarildi. Kimdir o‘rnidan turgudek bo‘ldi, kimdir bo‘g‘ilib qolganini his qildi. Shu payt Jungkook ularga yuzlandi. Ovozini biroz pastlatdi, lekin bu past ovozdan ham odamlarning ensasi qotdi.

— Otam… — bir zum o‘ylanib. Bir necha vaqt oldin yurak xurujiga uchradi. Afsuski, hozir bunday ishlar bilan shug‘ullana olmaydi.

Zal yana jim bo‘ldi.

Jungkook esa stul suyanchig‘iga sekin tiralib, davom etdi.

— Otamning ahvoli og‘ir. Shuning uchun kimdir uning bu axvolidan foydalanishga urinsa ,yoki bosh koʻtarsa men bu boshlarni bitta bitta uzaman,tushunarlimi?

Jungkookning nigohini butun zal bo‘ylab aylantirdi. Va nihoyat ko‘zlari Yoongida to‘xtadi.

— Tushunarlimi? dedim?

Yoongi ham Jungkookga qarab turdi. Ularning nigohi bir nuqtada to‘qnashdi. Zalda esa nafas olish ham qiyin bo‘lib qoldi ,go‘yo ikki odamning ko‘zlaridagi sovuq jang butun xonaga tarqalgandi.

Jungkook stuldan asta ko‘tarildi ammo uning o‘rnidan turishi oddiy harakat emas, butun zal uchun signal edi. Shundoq ham tarang bo‘lgan havo yanada taranglashdi. Birinchi bo‘lib eng oldindagi rahbarlar tik turishdi, keyin boshqalar ham birin-ketin o‘rnidan qo‘zg‘aldi. Natijada butun zal Jungkookning o‘rnidan turishi bilan baravariga saf tortib, unga hurmat bajo qildi.

Jungkook esa birortasiga qarab ham qo‘ymadi. Hech kimga bosh irg‘amadi. U shunchaki jimlik ichida eshik tomon yurdi. Har bir qadami g‘ishtdek og‘ir, ammo o‘ziga xos hukmronlik bilan chiqardi.

Eshikka yetganida, u to‘xtadi.Jungkook sekin ortiga o‘girildi. Nigohi o‘tkir, ammo yuzida birorta his belgisi yo‘q. U bevosita Yoongiga qaradi

— Ha, aytgancha… — juda sokin, lekin hammani titratadigan ohangda.Keyingi safar kech qolsam, o‘rnimni egallash haqida o‘ylab ko‘rmaysiz deb umid qilaman.

Zal yana jimlikka cho‘kdi. Bu so‘z ogohlantirish emas, hukm edi.

Shu bilan Jungkook eshikni ochib, xonadan chiqib ketdi.

Eshik ortidan asta yopildi.

Yoongi esa bir necha soniya qotib qoldi. Uning yonoqlari sekin taranglashdi, qo‘llarining kafti esa bilinmay musht bo‘lib qisildi. Ko‘zlari Jungkook chiqib ketgan tomonga qadalgandi, na g‘azab bilan, na qo‘rquv bilan, balki o‘sha sovuq kuchni tan olgan, lekin yon bermaslikka uringa bir shaxs sifatida turardi u....

Uning ichida sukutli jang boshlangandi.

Jeonlar uyi kechasi yanada ulug‘vor ko‘rinardi. Atrofda shamol yengil esar, lekin hovlining o‘zida sokinlik shunchalik quyuq ediki, go‘yo bu yerga hech qanday tashqi shovqin kira olmasdi.

Bog‘ning chetidan qora mashina ohista kirdi. Faralar o‘chgan zahoti, atrofiga yana o‘sha og‘ir jimlik yoyildi. Mashinaning eshigi ochildi va undan Jungkook tushdi.

Uning qadamlari ham atrofdagi sovuqlikni davom ettirayotgandek edi.Qo‘llarini cho‘ntagiga solganicha uyning keng, yorug‘ zinapoyalariga ko‘tarildi. Eshiklar oldindan ochilib, unga hech qanday to‘siqsiz yo‘l berdi xuddi uy o‘z xo‘jayini qaytganini sezgandek.

Jungkook hech kimga qaramasdan, salom bermay, to‘g‘ri yo‘lak bo‘ylab otasining xonasiga yo‘l oldi.

Bu xona uyning eng chekkasida joylashgandi. U eshikni ochib ichkariga kirganida esa havo birdan o‘zgardi, xonada dori hidi, metall sovuqligi va kasalxona sukunati aralashib ketgandek edi.

Xona torida esa katta karavot turardi. Karavot atrofida turli apparatlar chulg‘ab qo‘yilgan: yurak urishini o‘lchovchi monitor, kislorod ballonlari, nozik simlar va hokazo...

Karavotda esa Jungkookning otasi zaif holda yotardi.

Jungkook sekin yoniga bordi. U qarshida yotgan odamga uzoq, hissiz tikildi.

Keyin yengilgina boshini egib, o‘sha sovuq, keskin ohangda gap boshladi.

— Bugun ham o‘lmabsizmi?- Jungkook kulimsiragandek bo‘ldi.
Buncha jonigiz qattiq-a…

Xonada apparatlar jim ishlashda davom etdi. Otasining esa ko‘zlari yarim ochiq, ammo hech qanday javob qaytara olmasdi.

Jungkook esa yonida tik turgancha, jim o‘sha odamga qarab turardi.

— Yomonga o‘lim yo‘q… —Jungkook sekin boshini chayqadi. Sizdaylarga o‘lim katta mukofot, shunday emasmi, dadajon?

U stolning chetiga engashib, otasining yarim ochiq ko‘zlariga bepisand qaradi. Monitorning bip… bip... degan tovushi xonada yurak urishidek aks-sado berar, lekin Jungkookning ohangi bu tovushni ham muzlatib qo‘yardi.

— Lekin havotir olmang, — labining bir chetida sovuq tabassum bilan. Tez orada sizni shu ahvolga solgan sherigingizni topaman. Va uni ham sizning yoningizga joylayman. Ikkingiz birga yotsangiz yanada adolatli bo‘ladi, to‘g‘rimi?

Janob Jeonning ko‘zlari keskin ochildi, kuchi yo‘q tanasi qimirlamasdi, lekin nigohi… o‘sha nigoh o‘g‘ilga emas, xuddi dahshatga tikilgandek edi. U ko‘zlari bilan qichqirgandek bo‘ldi, lekin ovozi chiqmadi.

Jungkook esa bu nigohdan hech qanday ta’sir olmagandek, yoqasini to‘g‘rilab qo‘ydi.

— Endi ketishim kerak, — go‘yo oddiy suhbatni yakunlayotgandek. Xotinim kutib qoldi. Axir… yaqinda ota bo‘laman. Mas’uliyatli otalar singari uning yonida bo‘lishim kerak. Shunday emasmi?

U buni aytar ekan, ovozida kinoya aralash kulgu sezilib turardi.

Ammo shu so‘zlar Janob Jeonning yuzini yanada oqarib ketishiga sabab bo‘ldi. Uning ko‘zlari kattalashib, o‘g‘iliga qarab yutib yuboradigandek, vahimali, muzdek nigoh bilan tikildi. Bu nigohda qo‘rquv, tan olmaydigan haqiqat va alam bor edi.

Jungkook esa bir lahza ham to‘xtamadi.

U otasining o‘sha qo‘rqinchli nigohiga qarab turdi…

Va shunchaki jilmayib qo‘ydi.

Keyin esa orqasini o‘girib, hech qanday izohsiz, hech qanday shoshilmasdan xonadan chiqib ketdi.

15- qism tugadi