𝐅𝐈𝐀𝐌𝐌𝐀
𝐌𝐔𝐀𝐋𝐋𝐈𝐅: 𝐒𝐇𝐈𝐍 𝐇𝐀𝐑𝐈
𝐂𝐇𝐀𝐍𝐍𝐄𝐋: @Bangtan_ff_shop
Sud zalining og‘ir eshiklari yana bir bor ochildi. Hamma bir zumda o‘rnidan turdi. Sudya vazmin qadamlar bilan o‘z joyiga qaytdi.
Qo‘lidagi qog‘oz shitirladi , bu shunchaki oddiy qog‘oz emas, bu qogozda kimningdir kelajagi bor edi.
— 1997 yilda tug‘ilgan ayblanuvchi Jeon Jungkook… — sudyaning ovozi baland, bir tekis va hissiyotsiz jarangladi. Ayblanuvchi 1998 yilda tug‘ilgan Daniel Crossni o‘ldirganlikda aybdor deb topilsin. 10 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilinsin.
Zal ichida mayin shovqin ko‘tarildi. Kimdir chuqur nafas oldi, kimdir boshini quyi soldi.
— Biroq himoyachi tomonidan taqdim etilgan yengillashtiruvchi holatlar inobatga olingan holda. Jinoyat qasddan sodir etilmagani hamda ayblanuvchi voqea vaqtida narkotik modda ta’sirida bo‘lgani sababli, jazo muddati 6 yil 2 oy etib belgilansin.
Bora beixtiyor labini tishladi. Qog‘ozlar qo‘lida qattiqroq siqildi.
— Hukm e’lon qilindi. 10 kun muddat ichida apellyatsiya berish huquqi saqlanib qoladi.
•
•
•
Sud yakuniga yetgach, zal ichidagi shovqin asta-sekin pasaydi. Posbon Jungkookning qo‘llariga kishan solib, uni sud zalidan olib ketish uchun sudray bishladi. Jungkook esa eshik tomon borarkan, chiqishdan oldin bir lahza ortiga o‘girildi. Uning sovuq, muzdek nigohlari to‘g‘ridan-to‘g‘ri Boraga qadaldi. Bir zumlik qarash… lekin unda shunchalik nafrat va ogohlantirish bor ediki, Bora beixtiyor yutindi.
Oradan soniyalar o‘tib Jungkook zalni tark etdi.
Bora esa chuqur nafas olgancha o‘z ofisiga qaytdi. Xonaga kirishi bilan u og‘ir qadamlar bilan kreslosi tomon yurdi va unga cho‘kkancha boshini orqaga tashladi. Ko‘zlari shiftga qadalganicha xayollarga cho‘mdi.
Xona sukunatga to‘ldi.
Bora shu holatda qancha vaqt o‘tirganini o‘zi ham sezmay qoldi. Go‘yo vaqt o‘tmayotgandek edi. Faqat devordagi soatning mayin “tik-tak” tovushi eshitilib turardi. Nihoyat Bora yon tomonidagi kichik tugmani bosdi.
— Mina, men uchun achchiq qahva olib kel. Shakar shart emas.
Boraning ovozida charchoq yaqqol sezilib turardi.
Oradan o‘n daqiqacha vaqt o‘tgach, eshik sekin taqilladi va xonaga qo‘lida bir finjon qahva ushlab kirgan qiz ko‘rindi. U stolga yaqinlashib, finjonni ehtiyotkorlik bilan Boraning oldiga qo‘ydi.
Bora qahvani qo‘liga olib, bir zum unga tikilib turdi.
Ammo shu payt ko‘zi hali
ham xonani tark etmagan kotibasiga tushdi.
— Ketmaysanmi?
— Haligi… siz qahvangizni ichib olgach, sizga bir gapim bor edi, xonim…
— Qanday gap ekan? Hozirning o‘zida aytishing mumkin.
— Yo‘q, yo‘q xonim. Bu juda ham zarur gap emas. Bemalol qahvangizni ichib oling, men kutib turaman.
Bora uning so‘zlaridan biroz shubhalandi. Shunga qaramay, finjonni lablariga yaqinlashtirib, qahvadan bir-ikki ho‘plam ichdi. So‘ng finjonni stol ustiga qo‘ydi.
— Gapirsangchi. Buncha chaynalding?
Qiz birdan past ovozda sanay boshladi.
— "Hoy, nega sanashni boshlading?"
U shu so‘zlarni aytmoqchi bo‘ldi, ammo tiliga so‘z kelmadi. Bora hayratdan ko‘zlarini kattaroq ochdi. Negadir tanasi og‘irlashib ketgandek edi. Qancha urinmasin, na o‘rnidan turishga, na qo‘lini qimirlatishga kuch topa oldi.
Hatto tili ham yaxshi aylanmay qolgandi.
Kotiba esa mutlaqo xotirjam qiyofada stol tomon yurdi. U sekin stol chetiga o‘tirib oldi.
Kotibaning etagi ochilarkan sonlari yaqqol koʻzga tashlandi.
•
•
•
Bora qorachiqlarini zo‘rg‘a oʻsha tomonga burdi.
Qizning sonida ilgari umuman ko‘rmagan tatuirovka koʻzi tushdi. Qora rangda chizilgan ilon shakli, uning atrofida esa mayda harflar. Bora shu belgini ko‘rishi bilan yuragi muzlab qolgandek boʻldi. Bu oddiy bezak emasdi… u bu belgini qayerdadir ko‘rgan edi.
Kotiba esa bemalol stol ustiga suyanib o‘tirar, yuzida g‘alati kulgi paydo bo‘lgandi.
— Nihoyat ta’sir qildi, — past ovozda.
Boraning yuragi tez ura boshladi. U hamon gapira olmasdi, faqat ko‘zlari bilan qizga tikilib qolgandi.
— Xavotir olmang, xonim. Bu zahar emas, — qiz qahva finjonini barmoqlari bilan aylantirib qo‘ydi. Shunchaki tanangizni vaqtincha falaj qiladigan dori.
Boraning ko‘zlari kattalashib ketdi.
Qiz sekin boshini egib, Boraga yaqinlashdi.
— Bilasizmi, men sizning kotibangiz emasman.
U stol ustidan tushib, Boraning yoniga keldi. Qizning qadam tovushi xonada aniq eshitilardi.
— Men bu yerga faqat bitta sabab bilan ishga keldim…
Qiz Boraning qulog‘iga yaqinlashib pichirladi.
Boraning yuragi yana bir bor qattiq urdi.Kotiba esa sekin kulib qo‘ydi.
— Siz bugun sudda juda jasur ko‘rindingiz, xonim.Ammo o‘yin endi boshlanyapti.
U telefonini cho‘ntagidan chiqarib kimningdir raqamini terdi.
— Hammasi tayyor. U harakatlana olmayapti.
Bir necha soniya jimlikdan so‘ng qiz telefonni o‘chirdi va yana Boraga qaradi.
— Aytgancha… siz hozir o‘ylayotgan savolni ham bilaman.
U sekin egilib, Boraning ko‘zlariga tikildi.
— Jungkook qamoqda boʻlsa, unda buni kim buyurdi? shunday deb o‘ylayapsiz, to‘g‘rimi?
Qizning lablarida yana sirli tabassum paydo bo‘ldi.
— buni tez orada bilib olasiz,hozir esa uxlashni boshlang—kinoya aralash tabbasum bilan.
•
•
•
Ko‘zlarini zo‘rg‘a ochgan Bora avvaliga qayerdaligini anglay olmadi.U asta boshini ko‘tardi va atrofga alangladi. Bu joy u uchun mutlaqo begona.
Bora sekin o‘rnidan turdi. Oyoqlarini yotoqdan pastga tushirgan zahoti yalangoyoq ekanini payqadi. Bu holat uni bir lahzaga sergak torttirdi.
U shoshilmay tanasini paypaslab ko‘rdi, egnida hech qanday kiyim yo‘q.
— lanati — tishlari orasida yengil soʻkinib.
Bora yotoq ustida yotgan yengil yopinchiqni olib, tanasiga o‘rab oldi.
Shundan so‘ng u xonani sinchiklab ko‘zdan kechira boshladi. Vahima qilish o‘rniga o‘zini xotirjam tutdi. Uning birinchi maqsadi qayerda ekanini aniqlash edi.
Shu payt chap tomondan ozgina yorug‘lik nuri tushayotganini payqadi. Bora o‘sha tomonga asta yurdi. Pardani bir chetga tortgan zahoti yuziga tushgan quyosh nuri ko‘zlarini qamashtirdi. U ko‘zlarini qisib, oldidagi shisha eshik tutqichini ushladi va uni ochib, balkon tomon chiqdi.
Bora qarshisidagi manzarani ko‘rib, beixtiyor hayratdan qotib qoldi.
Bu joy Koreyaga umuman o‘xshamasdi.
•
•
•
Uzoqqa cho‘zilgan manzara xuddi kartinaga o‘xshardi. Tepaliklar orasida yoyilib ketgan yashil uzumzorlar quyosh nuri ostida yaltirab turardi. Qator-qator qilib ekilgan uzum toklarining ustidan yengil tong shabadasi esib, barglarini mayin shitirlatardi. Uzun, toshli yo‘laklar qadimiy villalar tomon olib borar, ularning devorlari och rangli toshdan qurilgan, tomlari esa qizg‘ish plitalar bilan yopilgandi.
Uzoqroqda esa mayin tumanga o‘ralgan Alp tog‘larining etaklari ko‘rinib turardi. Havo ham boshqacha qandaydir iliq, ammo uzumzorlar va zaytun daraxtlari hidiga to‘la.
Bora bir lahza bu manzaraga tikilib qoldi.
— Bu… Koreya emas, — pichirladi u o‘ziga.
U sekin balkon panjarasiga yaqinlashib pastga qaradi.
Pastda ulkan bog‘ yoyilib ketgandi. Bog‘ ichida avtomatlar ko‘targan qurollangan soqchilar tinmay aylanib yurar, ularning qiyofasi ham, kiyinish uslubi ham koreyslarga o‘xshamasdi.
Boraning yuragi tezroq ura boshladi.U nigohini boshqa tomonga burdi.
Bog‘ning o‘rtasida oq marmardan yasalgan stol qo‘yilib,uning usti kumush idishlar, qahva choynaklari, yangi uzilgan mevalarga toʻla edi.
Stol yonida alvon rang kastyum kiygan yigit xotirjam o‘tirar.
U har zamonda qo‘lidagi ciabattaga saryog‘ surtib, sekin tishlab qoʻyardi.
•
•
•
Bora bir muddat bog‘ o‘rtasida nonushta qilayotgan yigitga tikilib qoldi.
Oradan bir necha soniya o‘tdi.
Shu payt Bora yigitning nigohi allaqachon o‘ziga qadalganini sezib qoldi.
Yigit qo‘lidagi ciabatta nonining bir bo‘lagini murabboga botirib, sekin tishlar ekan, ko‘zlarini bir lahza ham Boradan uzmadi.
Uning qarashlari unchalik ham sovuq emas, xuddiki nimanidir kuzatayotgandek, sabr bilan tomosha qilardi.
Boraning ochiq yelkalariga tushayotgan tong nuri ularni yanada ravshan ko‘rsatib turarkan, qiz birdan o‘zining qanchalik himoyasiz holatda turganini anglab yetdi.
Yigit esa hali ham unga tikilib, nonni sekin chaynardi.
Boraning yuragi bir zum tezroq ura boshladi.U darhol balkon panjarasidan uzoqlashdi va tezda ichkariga qadam tashladi.
Xuddi o‘sha nigohdan yashirinmoqchi bo‘lgandek.
Bora xonaga kirishi bilan atrofga alanglab, shoshilinch ravishda nimadir qidira boshladi. Shkaf eshiklarini ochdi, tortmalarni birin-ketin tortib ko‘rdi, lekin ichlari mutlaqo bo‘sh edi.
Boraning asablari taranglashib borarkan, eshik tomon yurib, tutqichni bir necha bor tortdi. Metall tutqich hech ham qimirlamasdi. Yana tortdi,yana va yana bosib kordi...
U chuqur nafas olib, yana xona o‘rtasiga qaytdi. Yopinchiqni tanasiga mahkamroq o‘rab, o‘zini tinchlantirishga harakat qildi.
Vaqt asta sudralayotgandek o‘tar, xonada esa faqat sukunat hukm surardi.
Taxminan bir soatcha o‘tgach, eshik tomondan kalitning burilgan ovozi eshitildi.
Bora darhol o‘rnidan turdi.Eshik sekin ochildi.
Xonaga taxminan yigirma besh, o‘ttiz yoshlar atrofidagi bir yigit kirib keldi.
Boraning ko‘zi esa darhol uning kiyimiga tushdi.
•
•
•
Xuddi bir oz avval bog‘da nonushta qilayotgan yigitniki kabi.
Yigit eshikni ortidan yopdi va bir necha qadam oldinga yurdi. So‘ng Boraga oʻtkir nigohlar bilan tikilgancha, italyan tilida dedi.
— “Benvenuta a Milano, signorina.”(Milanga xush kelibsan, xonimcha.)
Bora bir lahza jim turdi. Yigit aytgan so‘zlar qulog‘ida yana jarangladi. U biroz o‘ylab, ehtiyotkorlik bilan savol berdi.
Qarshisidagi yigit esa javob bermadi. Bora uning yuziga sinchiklab tikildi. Shundan keyin Bora yana gap boshladi, bu safar ingliz tilida.
— Kechirasiz… siz koreyscha yoki inglizcha bilmaydimi?
Ko‘rinishingizdan koreysga o‘xshaysiz, lekin hozir nima deganingizni uncha tushunmadim.
Yigit qizning so‘zlarini xotirjam tinglab turdi. So‘ng nihoyat javob berdi.
Bora beixtiyor yengil nafas chiqardi.
— Hayriyat… demak koreys tilini bilasiz...
— Unday bo‘lsa… boya italyanchada nima dedingiz?
Yigit bir qadam oldinga yurdi. Nigohi hali ham Boradan uzilmagan edi.
— Milanga xush kelibsan, dedim.
Boraning qoshi darhol chimirildi.
— Hazilga o‘xshab ko‘rinyaptimi?
Bora boshini chayqadi. Ko‘zlarida tushunmovchilik va g‘azab aralashib ketgandi.
— Qanday qilib bir kechada Milanda bo‘lib qoldim?
Yigit uning savolini eshitib, lab burchagida sovuq kulgi paydo qildi.
— Shukur qil, xonimcha… Bugun tongda “qanday qilib o‘lib qoldim?” emas, “qanday qilib Milanda bo‘lib qoldim?” deb savol beryapsan.
Keyingi qismlarda:
— Prokurorlik huquqlaring va majburiyatlaringga tupurganim bor. Ukamni 6 yilga qamoqqa jo‘natib, tinchgina yashay olaman deb o‘ylayapsanmi?
— Xo‘sh, bu qilgan ishim uchun meni o‘ldirasanmi? Yoki zo‘rlaysanmi?
Yigitning qoshi darhol chimirildi.
— Nima, men senga shunaqa ongi past zo‘ravondek ko‘rinyapmanmi?
— Ha, juda ham. Meni bu yerga olib kelganingning o‘zi ham shuni ko‘rsatib turibdi.
Yigit bir lahza jim qoldi, so‘ng asta boshini qiyshaytirib Boraga tikildi.
— Men senga bundan ham yaxshiroq jazo o‘yladim.
Bora kinoya bilan kulib yubordi.
— Xo‘sh, shu kaltafahm miyang bilan menga qanday jazo o‘ylagan ekansan?
— Ukam singari jazo o‘tashga nima deysan?
Bora bir zumga indamay qoldi.Yigit esa gapini davom ettirdi.
— Shu uy senga zindon bo‘ladi. Jungkook qamoqdan chiqqan kun… sen ham ozodsan.