February 24

𝐅𝐈𝐀𝐌𝐌𝐀

𝐂𝐇𝐀𝐏𝐓𝐄𝐑 1

𝐌𝐔𝐀𝐋𝐋𝐈𝐅: 𝐒𝐇𝐈𝐍 𝐇𝐀𝐑𝐈
𝐂𝐇𝐀𝐍𝐍𝐄𝐋: @Bangtan_ff_shop

"𝐁𝐫𝐮𝐜𝐢𝐚𝐦𝐨 𝐝𝐢 𝐬𝐚𝐧𝐠𝐮𝐞 𝐞 𝐩𝐚𝐬𝐬𝐢𝐨𝐧𝐞"

𝐓𝐚𝐫𝐣𝐢𝐦𝐚𝐬𝐢: "𝐁𝐢𝐳 𝐪𝐨𝐧 𝐯𝐚 𝐞𝐡𝐭𝐢𝐫𝐨𝐬 𝐛𝐢𝐥𝐚𝐧 𝐲𝐨𝐧𝐚𝐦𝐢𝐳."

•
•
•
•

Seul "Hannam-dong"

•
•
•
•

Xonadan eshitilayotgan notekis, bo‘g‘iq tovushlar butun uy bo‘ylab yoyilardi. Go‘yo devorlar ham bu sirli lahzaning guvohiga aylangandek jimjit. Qiz boshini yostiqqa ko‘mgancha, nafasini rostlay olmay, titroq ovoz bilan nola qildi.

U qo‘llarini beixtiyor yostiq ostiga surdi. Barmoqlari kutilmaganda sovuq va qattiq bir jismga tegarkan, bu teginish yuragiga g‘alati bir xavotir solib, ichini junjitib yubordi.

Qiz sekin,boshini ko‘tardi. Yostiq ostiga sekinlik bilan qaradi… va ko‘rgan manzarasidan yuragi orqaga tortdi.

— Qurol.

Qiz qo‘rquvdan titragancha qarshisida turgan, kiyimsiz erkakka yuzlandi.

— Bu… bu nimasi?..

Yigit qurolga bir muddat tikilib qoldi. So‘ng kutilmaganda kulib yubordi.

— Nima bo‘libdi? — beparvo ohangda. Bu do‘stimniki bo‘lsa kerak. Soxtaligi, ko‘rinib turibdi. Balki oddiy yondirgichdir.

Qiz majburan jilmaydi, ammo yuragidagi g‘alati bezovtalik ketmadi.

— Lekin… juda haqiqiyga o‘xshaydi, — past ovozda.

— Nimasini aytasan…

Yigit beparvolarcha yuzini qizning yuziga yaqinlashtirdi. Qiz esa shu on qurolni yigitning ko‘ksiga tiradi...

— Balki ehtiyotkorroq bo‘larsiz…

Yigit qizning bu soʻzlaridan kulimsirab labining burchagini tishladi.

— Mendan buni kutma.

Qiz qurolni yanada mahkam ushlab ,yengil tabbassum bilan hazil aralash soʻz boshladi...

— Unday bo‘lsa… seni o‘ldiraman.

Yigit ham qurolni qo‘li bilan sekin yuragi ustiga surdi.

— Nimani kutyapsan, otaqol…

•
•
•

•
•
•

Qiz yigitning soʻzlarini eshtarkan nim tabbasum qildi,yigit qizning kulguchlari ustiga labini bosib soʻngra lablarini qizning lablari tomon turdi.Shu on oʻq ovozi butun xonani qurshab oldi.

Yigitning ogʻiz boʻshligidan otilib chiqqan qaynoq qon qizning tomogiga quyilarkan qiz qorquv aralash bir zum turgan joyida qotti.

Qiz qorquv arlash qarshisidagi yigitga qararkan uning nigohlaridagi oʻlim shulasini koʻrib nima qilganni anglay olmadi.Yigit yon tomonga butun gavdasi bilan qularkan qiz tomgida quyilgan qonni qayt qilishga tushdi.

Soʻngra sudralagancha yotoqdan qanday polga qulasganni anglay olmadi.Xona burchagiga borib qorquv bilan tizzalarini quchgancha yotoq ustidagi jasadga tikildi.

•
•
•

•
•
•

Oradan bir hafta o‘tdi.

Sud zalini bosib turgan og‘ir jimlikni sudyaning dag‘al, vazmin ovozi buzdi.

— Ayblanuvchi, o‘zingizni oqlash uchun nimadir ayta olasizmi?

Yigit qo‘llarini musht qilib siqdi. Ovozi avval titradi, keyin majburan barqarorlashdi.

— Janob sudya, men chindan ham Danielni o‘ldirmadim. Nega do‘stimni o‘ldirishim kerak?

Sudya ko‘zoynagini buruniga to‘g‘rilab, hujjatlarga qaradi.

— Uning jasadi sizning uyingizdan topilgan. Qurol ham sizga tegishli. Buni qanday izohlaysiz?

Zalda shovqin ko‘tarilarkan,sudiyaning bolganing qattiq urgan ovozini eshtilgach darhol yana bosildi.

— O‘sha kuni Daniel Amerikadan qaytgandi. Biz tungi klubga bordik. Qanday qilib uyga qaytganimni eslay olmayman… demak xushimda bo‘lmaganman. Xushimda bo‘lmasam, qanday qilib uni o‘ldiraman?

Sudya yigitga uzoq tikildi.

— Ayblovchi, ushbu bayonotga izohingiz?

Sudya gapini tugatishi bilan prokuror qiz sekin o‘rnidan turdi. Jingalak sochlari yelkasiga ham yetmaydigan darajada kalta, qaddi tik, har bir harakati dadil. U stol ustidagi hujjatlarga bir qarab chiqdi-da, keraklisini qo‘liga oldi.

Ovozi past boʻlsada, ammo zalning eng chetiga qadar aniq yetib bordi.

•
•
•

•
•
•

— O‘rtoq ayblanuvchi, sizning so‘zlaringizga ko‘ra, o‘sha kecha marhum bilan klubga borgansiz va so‘ng uyga qaytgach uxlab qolgansiz. To‘g‘rimi?

— Ha… xuddi shunday.

— Ammo sud-tibbiyot ekspertizasi xulosasiga ko‘ra, sizning qoningizda yuqori miqdorda narkotik modda aniqlangan.

Zalda yana shivir-shivir.

Qiz bir qadam oldinga chiqdi.

— Balki o‘sha kecha do‘stingizni chindan ham o‘ldirgandirsiz. Faqat… eslay olmayotgandirsiz?

Bu so‘zlar zal havosini yanada og‘irlashtirdi.

Ayblanuvchining tomog‘i quridi. Ko‘zlari bir lahza yerga qadalgach, yana ko‘tarildi. Endi unda faqat qo‘rquv emas, shubha ham bor edi.

Chunki ba’zan insonni eng ko‘p qo‘rqitadigan narsa qilgan jinoyati emas.Uni eslay olmasligidir.

•
•
•

•
•
•
Bir necha soat davom etgan sud jarayoni nihoyat yakuniga yetdi. Sudya qarorni e’lon qilishdan avval yordamchilari bilan zalni tark etdi. Eshiklar yopilishi bilan ichkarida g‘alati, bosimga to‘la sukunat cho‘kdi.

Ayblanuvchi yigit temir panjara ortida o‘tirgancha qarshisidagi ayblovchi qizga tikildi. Uning nigohi nimanidir anglashga urinayotgan odamnikiga o‘xshardi.

U yonidagi advokatga egilib, past ovozda nimadir dedi.

Advokat boshini yengil qimirlatib o‘rnidan turdi va prokuror tomonga yo‘naldi.

Qiz hujjatlarini tartiblab o‘tirar, tashqi tomondan mutlaqo sovuqqon ko‘rinar edi.

— Mijozim siz bilan qisqa gaplashmoqchi - vazmin ohangda.

Qiz bir lahza to‘xtadi. Nigohi ayblanuvchiga ko‘chdi.

U sekin o‘rnidan turdi va panjara tomon yurdi.

Posbon bir chetga surildi.

— Men bilan gaplashmoqchi ekansiz, o‘rtoq ayblanuvchi?

Yigit bir zum boshini egib turdi. So‘ng asta ko‘tardi.
Ko‘zlari charchagan, ammo ichida g‘alati bir qat’iyat uchquni bor edi.
•
•
•

•
•
•
— Khan Bora… shundaymi?

Qizning qoshi bilinar bilinmas darajada chimirildi.

— Ha. Ismimni bilishingiz ajablanarli emas.

Yigit yengil kulimsiradi.

— Siz meni qamashga juda qattiq harakat qilayotgandeksiz. Lekin… negadir siz ! bu jinoyatni men sodir qilmaganimni juda yaxshi biladigan odamdek tuyilyabsiz.

Zalda uzoqdan shivirlagan ovozlar eshitilardi.

Bora panjaraga yaqinlashdi. Uning ovozi past, ammo keskin chiqdi.

— Men faktlarga qarayman. Faktlar esa yolg‘on gapirmaydi.

Yigit bir lahza qizdan ko‘zini uzmadi.

— Balki faktlar ham kimdir xohlagan tomonga burilgandir?

•
•
•

•
•
•
— Bu gapingiz bilan nima demoqchi bo‘lyapsiz? — Bora, nigohini undan uzmay.

Yigit panjaraga yaqinlashdi.

— Shuni aytmoqchimanki… qurbon uchun juda noto‘g‘ri nomzod tanladingiz.

Boraning lab burchagi kinoya aralash ko‘tarildi.

— Shunday deb o‘ylaysizmi?

— O‘ylamayman, aniq bilaman !

Keyingi qismlarda:

Bo‘ra qarshisidagi alvon rang kastyum kiygan yigitga qorquv va hayrat aralash nigoh bilan tikildi. U past ohangda savol berdi.

— Qanday qilib bir kechada Milanda bo‘lib qoldim?
Yigit esa sekin jilmayib,javob qildi.

— Hoy, qiz, shukur qil. Bugun tongda qanday qilib o‘lib qoldim emas, qanday qilib bu yerdaman deb savol beryapsan.