September 23, 2025

𝐒𝐄𝐗𝐔𝐀𝐋 𝐓𝐄𝐍𝐒𝐈𝐎𝐍

𝐂𝐇𝐀𝐏𝐓𝐄𝐑 11

Jungkook uyga kirib kelarkan tunning sukunati ichida hamon to‘yxonada kòrgan manzaralariyu eshitgan sòzlari quloqlari ostida jaranglardi. Qadam tovushlari marmar zinalarda qarsillab yangrar, har bir tovush xuddi uning yurak urishini eslatardi.

Hejin uni eshik oldida kutib turardi. U ko‘zlarida ikkilanish, lablarida titroq bilan Jungkookka qaradi. Qo‘llarini bir-biriga qisib, sokin ohangda gap boshladi..

— Jungkook... men senga muhim gap aytmoqchiman. Men...

Jungkook Hejinni eshitmadi. Uning nigohlari sovuq, qadamlarida shoshilish bor edi. U hech ham to‘xtamay Hejinni yonidan kesib o‘tdi va to‘g‘ri otasining xonasiga kirib ketdi. Hejinning lablari ochiq qoldi, ichida aytilmay qolgan gaplari bo‘g‘ilib, ko‘zlariga yosh uyildi.

Janob Jeon òz kreslosida o‘tirar, qo‘lida sharob qadahi, yuzida esa o‘ziga xos sovuq tabassum bilan Jungkookni kutib oldi. Jungkook esa stol oldida to‘xtab, keskin ovozda so‘z boshladi..

— Nega ortimdan odam yubordingiz? O‘sha qizni o‘zim ham tinchita olardim.

Otasi kulimsirab, qadahni asta aylantirdi..

— Bu shunchaki ehtiyot chorasi edi. Senga ishonaman, ammo baribir, men uchun ishning xatosiz bo‘lishi muhim. Xo‘sh, uni tinchitdingmi?

Jungkook asabiy qoshlarini chimirdi. Ko‘zlari qorong‘u, ovozi esa sovuq va qat’iy edi.

— Ha. Nafaqat uni... balki yordamchingizni ham tinchitdim.

Bu so‘zlar otasining yuzidagi tabassumni bir lahzada tuntlashtirdi. Qadah stolga qo‘yildi. Xonaga og‘ir sukunat cho‘kdi. Jungkook esa bir og‘iz ortiqcha so‘z aytmasdan, otasini ortda qoldirib, xonadan chiqib ketdi.

Janob Jeonning sokin, ammo keskin nigohi Jungkookga ergashib qoldi. Shu payt hamon eshik oldida qotib turgan Hejinning ko‘zlari Jungkookga tushdi,ammo Jungkook go‘yo Hejinni ko‘rmagandek, to‘g‘ridan-to‘g‘ri zinapoyadan yuqoriga ko‘tarilib ketdi.

3 kundan sòng:

Eslatma: Janubiy Koreyada agar o‘lim sababi yuzasidan tergov o‘tkazilsa, jasad odatda 2–3 kun davomida morgda saqlanadi. To‘liq ekspertiza tugaganidan keyin dafn marosimi o‘tkazilishi mumkin.

Osmoni xira, havo g‘amginlik bilan to‘lib toshgan. Yomg‘ir tomchilari yerga asta sekin tushar, qora libosdagi odamlarning yuzlarida og‘ir sukunat hukm surardi. Harining jasadi tobut ichida, oq xirizantemalarga burkangancha yotardi.

Barcha tik oyoqda turgancha uni sòngi manzilga kuzatar,rasmiy uslubda kiyinib olgan politsiyachilarning qizargan kòzlarigina,ularni marxum bilan yaqin bòlganni kòrsatardi.

Jungkook marosim bolyotgan joyga sekin qadam tashlab kirib keldi. Nigohlari sovuq, yuzida biror tuyg‘u sezilmasdi. Lekin uning har bir qadami odamlarning nigohida xavotir uyg‘otardi.

Nega u bu yerda degan savol esa barchani yuragiga òt yoqib ulgurgan..

Shu payt dafn marosimi qatnashchilari orasida turgan Yoongi Jungkookning qiyofasini kòrib ĝazabga tòldi...

Qon bosimi birdan oshgan Yoongi, yon cho‘ntagidan qurolini chiqardi va hech ikkilanmay Jungkookning peshonasiga tiradi. Olomon vahima aralash nafasini ichiga yutdi.

— SEN! Sen qilding! To‘g‘rimi? Bizning dushmanligimizga Harini aralashtirding!

Jungkook bir zum jim turdi, ko‘zlarini pasaytirib, so‘z boshlashga og‘iz juftladi. Lekin orqa tomondan Jimin yugurib keldi.

— To‘xta! Bu joyda motam bòlyabdi, o‘zingni bos!

Yoongi uning gapini bo‘ldi.

—Kòzingni kattaroq och... Bu qonga to‘la o‘yinlarning barini u uyushtirdi!

Shu so‘zlardan keyin Jiminning ham yuzi òzgardi. Qo‘llari g‘azab bilan Jungkookning yoqasiga yopishdi.

— Haqiqatmi bu?! Haqiqatdan ham sen uni o‘ldirdingmi?!

Jungkook nihoyat javob bermoqchi bo‘ldi, ammo orqadan eshitilgan titroq ovoz hammani to‘xtatdi

— Bas qiling !

Jungkook orqasiga o‘girilib qaradi va yuragi bir zum to‘xtagandek bo‘ldi. Motam libosining etagini bir qòli yordamida biroz kotargancha horĝin qadamlar tashlab kelyotgan Yuri Jungkookning qarshisiga kelib tòxtadi.

Yuri sekin unga yaqinlashib tòsadan quchoqlab oldi. Qo‘llari titrasa ham, uni mahkam baĝriga bosdi.

— Meni qidirib keldingizmi, Jungkook?

Jungkook bir soniya nima deyishni bilmay ikkilandi.Biroq òylab-òylab ha degandek bosh chayqab tasdiq ishorasini qildi.

— Jungkook singlim ! uni òldirishdi - kòz yoshlar aralash.

Yuri sòzlarini yakunlarkan,qòl oyoqlari bòshashib xushidan ketti...

— Yuri...Yuri...hayotim...

Jungkook behush Yurining yuziga bir ikki marotaba yengil urib òziga keltirishga urindi biroq bundan foyda bòlmagach Yurini qo‘llarida ko‘tarib, hech kimga qaramasdan olomon orasidan chiqib ketdi.

Yoongi va Jimin esa korgan va eshitganlarini anglay olmay ularning orqasidan termulib qolishdi...

Jungkook palata derazasidan tushayotgan xira yorug‘lik ostida jim o‘tirardi. Yurining yuzi oqargan holatda, hushsiz yotardi. Uning yonida sokin shovqin bilan osilib turgan osma uqol asta tomchilar..

Jungkookning qo‘llari esa titradi. U qo‘ng‘iroq qilishga qaror qilib, cho‘ntagidan telefonini chiqardi va o‘ziga tanish raqamni terdi. Ovozini imkon qadar sovuq va qisqa tutishga harakat qildi.

— Komissar... Harining opasi bormi, shuni aniqlang!

Buyruq bergach, telefon uzildi. Lekin qo‘lidagi sovuq temir birdan og‘irlashgandek bo‘ldi. U Yurining nozik qo‘lini asta ushladi. Jungkook lablarini uning qòllariga bosib pichirladi..

— Iltimos... faqat uning opasi bo‘lib chiqma. Meni arosatda qoldirma...

Uning ovozi titrar, bu yalinish o‘zini ham larzaga solardi.

Oradan ko‘p o‘tmay telefon yana jiringladi. Jungkook qo‘ng‘iroqqa javob berdi. Narigi tarafdagi ovoz uni yuragini muzlatdi.

— Yosh xo‘jayin, aniqlandi. Yuri va Hari... opa-singil ekan.

Bu so‘zlarni eshitgan zahoti Jungkookning tomog‘iga nimadir tiqilgandek bo‘ldi. Nafasi to‘xtab qolgandek, bo‘g‘zida og‘ir tugun hosil bo‘ldi. U hech narsani demadi. Faqat beixtiyor qo‘lidagi Yurining kaftini qo‘yib yubordi. Qo‘llarining bo‘shashgani bilan Yurining kafti choyshab ustiga tushdi.

Bir zum Yuriga tikilib qoldi. Nigohida g‘azab ham, og‘riq ham, tushunarsiz iztirob ham bor edi. So‘ng birdan o‘girilib, xonadan chiqib ketdi. Qadam tovushlari koridor bo‘ylab uzoqlashdi.

Oradan yarim soat o‘tgach, Yuri asta ko‘zlarini ochdi. Palata shiftidagi oppoq chiroq kòzlarini qamashtirdi. Yonida nimanidir tekshirib turgan hamshirani ko‘rib, sokin ovozda so‘radi.

— Kechirasiz...men qayerdaman?

Hamshira jilmaygancha javob qildi.

— Xonim, bu yer shifoxona. Siz hushingizdan ketgansiz. Eringiz sizni bu yerga olib keldi. Keyin biroz turib ketib qoldi.

Yurining yuragi allanechuk hapriqib ketdi.

— Erim?..

— Ha... Biroq u biroz sabr qilganida, xush xabarni eshtib ketardi.

Yuri hayron bo‘lib qaradi.

— Qanaqa xush xabar?..

Hamshira jilmayib, qog‘ozlarni yig‘ishtirdi.

— Tabriklayman homiladorsiz xonim. Lekin qattiq siqilgansiz,bu bolga yomon tasir qilishi munkin.Òzingizni extiyit qilishingiz kerak.Ha darvoqea men birozdan keyin sizdan yana xabar olaman.

Shu so‘zlarni aytib hamshira palatadan chiqib ketdi.

Yuri esa to‘satdan titrab ketdi. Qo‘lini asta qorniga qo‘ydi. Juda kichkina, ammo uning hayotini butunlay o‘zgartiradigan mavjudlik u yerda barhayot edi. Ko‘zlaridan yosh oqib chiqdi, lekin bu safar bu quvonch kòz yoshlari edi.

— Nahotki shu yerdasan?chindanmi?Bu yolĝon emas tògrimi..

Yuri ko‘z yoshlari aralash jilmaydi. Yuragidagi iztirob va og‘riqlarga qaramay, ichida yangi umid uchquni yonib turardi.

Jungkook uyga kirar ekan, ko‘zlari darrov otasining xonasini izlab qoldi. Yuragidagi betinim savollar uni tinch qo‘ymayotgandi. Qadamlarini shoshiltirib o‘sha tomonga qarab borarkan, ortidan kelgan muloyim ovoz uni to‘xtashga majbur qildi.

— Hayrli oqshom, kichik janob… Otangiz maxsus topshiriq tufayli ketgan edilar.

Xizmatkor boshini egib, odatdagi hurmat bilan Jungkookga sòzladi.

— Qaytganida menga darhol xabar bering!

Shu so‘zlarni aytgach, oʻz xonasi tomon koʻtarildi. Biroq Ichida qandaydir qorong‘u tuyg‘u asta kengayib borardi. U otasini topa olmaganidan emas balki nimanidir yashirishayotgandek tuyilgani uchun bezovtalanardi.

Shubhalarini bartaraf eta olmasdi. Har qancha o‘zini tinchlantirishga urinmasin, ichidan ko‘tarilayotgan g‘alati g‘azab uni bo‘g‘ib kelardi. Sababi yo‘qday edi, lekin ichini kemirib borayotgan savollar uning yuragini tirnab tashlardi.

Xonasi eshigini ochib kirgan zahoti nigohi to‘xtab qoldi. Hejin stol yonida turardi. Qo‘lida kichkina oq quti, yuzida esa yashirib bo‘lmaydigan hayajon. U nimanidir pichirlab o‘ziga dalda bermoqchidek edi, biroq Jungkookning qadam tovushi uni dovdiratib qo‘ydi.

Qizning ko‘zlari katta ochildi, nigohi bezovtalanib qutiga qadalgandi. Hejin sekin burilib, uning kelganini ko‘rib yoqimli titroqni his qildi.

— Jungkook... men buni sizga bermoqchi edim...bu haligi..bu...

Hejin qutini ikki qo‘llab ko‘tardi, go‘yo shu kichik buyum butun taqdirlarini hal qiladigandek.

Ammo Jungkookning ichidagi g‘azab shiddat bilan portladi. Hech narsani eshitishni istamasdan, qo‘lidagi qutini tortib oldida, burchakka uloqtirdi.

— Bunday narsalar hozir ortiqcha !

Hejinning yuzlari oqarib ketdi. Ko‘zlari namlandi, yuragi qattiq qisildi. Alam ovozini titratib yubordi.

— Nima bo‘ldi sizga? Nega menga bunday qopollik qilyapsiz?

Hejinning so‘zlari xonada gumburlagandek yangradi, xuddi devorlarga urilib qaytgan sado kabi.

— Jungkook, siz xohlagandek rafiqa rolini o‘ynayotgan bo‘lsam, nega endi o‘zgarib qoldingiz?!

Ovozida alam, qo‘rquv va umidsizlik qorishib ketgandi.

Jungkook esa bir lahza jim qoldi. Uning yuzida sovuq nigoh qotib qolgandi, go‘yo hech qanday tuyg‘u unga ta’sir qilmaydigandek. Lablaridan chiqqan ohang atrofdagi qizĝin muhitni sovutdi.

— Keling yaxsgi boshqa vaqtda bafurja gaplashamiz.

Bu so‘zlar Hejinning yuragini parcha-parcha qildi. Nigohi xira tortdi, nafasi bo‘g‘ildi, lablari qaltiradi.

— Shundaymi... — bo‘g‘iq ovozda, ko‘zlaridan yosh quyilib. Men ham siz uchun ortiqcha bo‘lib qoldim, to‘g‘rimi?

Bu gap Jungkookning quloqlarida jarangladi, ammo u og‘iz ochmadi. Sovuqqon qiyofasi ortida yuragini ezayotgan tuyg‘ularni yashirishga urinardi.

Hejin esa unga javobini ham kutmadi. Shu bois ko‘z yoshlari bilan yuzini yashirib, shoshqaloqlik bilan yuvinish xonasiga yugurdi.

Hejinning eshikni qarsillatib yopishi va ichkaridan qulflash ovozi xonada aks sado berdi. Jungkook jim bòlib uning ortidan tikilib qotdi. O‘sha zahotiyoq yuragida g‘alati bo‘shliq sezdi. Bir oz oldin aytilgan so‘zlari quloqlarida jaranglab, o‘zining qanchalik qopollik qilganini asta-sekin anglay boshladi.

“Ortqicha…” — bu so‘zi endi kòksidagi betartib uryotgan yuragiga pichoqday botdi. Hejinning ko‘zlarida paydo bo‘lgan alam, qo‘rquv va iztirobni eslab, ko‘ksiga og‘ir tosh bosilganday bo‘ldi.

— Jin ursin lanati... Hammasi jonimga tegdi...

U chuqur nafas oldi. Jahli hali ham so‘nmagan bo‘lsa-da, ichida nimadir uni to‘xtatardi. E’tiborini burchakka uloqtirilgan qutiga qaratdi. Shunchalik muhim nima bo'lgan ediki Hejin shu darajaga keldi. Qadamlarini sekin tashlab, borib uni qo‘liga oldi va qutini ochdi.

Ko‘zlari ichkariga tushgan zahoti, yuragi bir lahzaga urmay qolgandek bo‘ldi. Homiladorlik testi… natija ijobiy edi.

Jungkookning qo‘llari qaltirab ketdi. Nafasi ichiga tiqilib, nigohi testdan ajrata olmay qoldi. Ichidagi bo‘shliq asta-sekin boshqa bir hissiyot bilan to‘ldi. Avvaliga tushunolmagan, keyin esa tobora ravshanlashib borayotgan hissiyot…

Bu — ota bo‘lish tuyg‘usi edi.

Ko‘ksini qandaydir iliq to‘lqin qamrab oldi. G‘azab, shubha, alam hammasi bir lahzada ko‘lankaday tarqaldi. Uning qo‘llari qaltirab ketdi. Bir zum avvalgi g‘azabi shamolday yòq bòldi. O‘rnini yuragini qamrab olgan, bo‘g‘ib yuboradigan hayrat, qo‘rquv va eng chuqur tubida sekin-sekin kurtak yozayotgan sevinch egalladi. U hech qachon tasavvur qilmagan, hatto orzu qilmagan, ammo hozirda yuragini titratayotgan bir haqiqat oldida qotib qolgandi.

Qo‘lidagi kichkina buyum unga hech kim bera olmagan kuchni berdi. Bir zumda butun dunyo o‘zgarib ketgandek bo‘ldi.

Ko‘zlari xira tortdi. Nigohida yumshoq nur paydo bo‘ldi. Bu hisni u hech kimga tan ololmasdi, lekin yuragi allaqachon fosh qilib qo‘ygandi, u endi ota bo'ladi.

Tezda oʻrnidan qoʻzgʻaldida Hejin undan arazlab kirib ketgan yuvinish xonasi tomon sekin eshik yoniga bordi. Ovozida odatdagidan mutlaqo boshqa ohang bor edi iltijo, pushaymonlik.

— Hejin… — past, sokin tovushda. Iltimos, eshikni oching. Men… meni kechiring...

Ichkaridan asta yig‘i ovozi eshitildi. Har bir titroq nafas Jungkookning yuragini teshib o‘tgandek bo‘ldi.

— Meni eshitayabsiz, to'g'rimi ? — titroq ohangda davom etdi. Men sizdan kechirim so‘rayman. Iltimos, eshikni oching..

Ammo javob bo‘lmadi. Faqat bo‘g‘iq yig‘i tovushi… Jungkook qo‘lini eshik tutqichiga qo‘ydi. Nigohi qat’iylashdi.

— Hejin… bu oxirgi marotaba so‘rashim, Eshikni oching !

Ichkaridan yana jimlik. Hejin gapirmadi, hech qanday javob bermadi.

Jungkookning sabri tugadi. Nigohi keskinlashdi, ko‘ksida to‘lqinday urayotgan hissiyot endi kuchga aylandi. Bir lahza sukut saqladi, so‘ng birdan zarb bilan eshikni tepdi. Qattiq zarbadan eshikning qulfi singan ovoz chiqdi.

Eshik chil-chil bo‘lib ochilganda, Jungkookning ko‘zlari darrov Hejinga tushdi. U burchakka cho‘kkalab olgan, yuzini kaftlariga yashirgancha yig‘lardi. Yelkalari titrardi, bo‘g‘iq ovozi esa xonani larzaga solardi.

Jungkook asta yoniga bordi. Bir zum nimadir uni to‘xtatib qo‘ygandek bo‘ldi, ammo yuragi chidamadi. Qizning yelkasidan sekin ushlab, o‘ziga qarata oldi.

Hejinning ko‘zlari qizarib ketgandi. U qarshilik qilmoqchi bo‘ldi, lekin Jungkook uni mahkam bag‘riga tortdi.

— Yetar… yig‘lamang! Mendan xafa bo‘lishga haqqingiz bor, lekin meni tinglang..

Hejinning qaltiragan qo‘llari asta Jungkookning libosini changalladi. Bu javob emasdi, lekin ishonch sari ilk qadam edi.

“Men… ota bo‘lyapman. Bu so‘zning og‘irligi bilan zavqini ham his qilyapman. Ota — faqat nom emas, mas’uliyat hamdir... Endi men uni himoya qilishim kerak. Hejinni ham, ichidagi kichkintoyimni ham… qanchalik qopollik qilsam ham, endi ularning qalqoni bo‘lishim shart. Chunki ular mening dunyom. Mening davomim...”

Jungkook Hejinni bag‘riga bosarkan, Hejinning bo‘g‘iq titragan ovozi eshtildi.

— Lekin… bu bolani hamma akangizniki deb o‘ylashadi.Hafa emasmisiz?

Bu so‘zlar Jungkookning ich-etini tirnab òtdi. Nafasi qisilib, xuddi butun dunyo uning yelkasiga og‘ir tosh bo‘lib tushgandek boldi. U Hejinning yuzini qo‘llari bilan tutib, ko‘zlariga tik qaradi.

— kim nima deb òylqshidan qatiy nazar bu bola mening zurriyodim.Unda mening qonim oqadi.Qolganlarga buni hisobini berishga majbur emasmiz. Qasam ichaman, Hejin… sizni va bolamizni har qanday kimsadan himoya qilaman. Hatto u otam bòlsa ham!

Hejinning lablari titradi, u yana ko‘z yoshlarini tiyolmay, Jungkookning libosini changallab yig‘ladi.

Jungkookning so‘zlari Hejinning qalbini larzaga soldi. Qizning qo‘llari uning ko‘ksida titrar, lablari nimanidir aytmoqchi bo‘lib ochilib-yopilar, lekin ovoz chiqmasdi.

Jungkook asta qo‘lini pastga tushirdi va qizning qorinni siladi. Uning barmoqlari ehtiyotkorlik bilan, xuddi dunyodagi eng nozik narsaga tegayotgandek edi.

— Endi òzingizga etiborli bòling..

Hejinning lablari qaltirab ochildi, lekin so‘z topolmadi. Jungkook esa uni sekin bag‘riga tortib, qizning ko‘z yoshidan nam bo‘lgan lablariga òz lablarini qo‘ndirdi. Boshida muloyim, keyin esa iztirob va ehtiros aralash chuqurroq bo‘sa oldi. Hejinning qarshilik qiladigan kuchi qolmadi, u faqat uning libosidan mahkam ushlab, ko‘zlarini yumdi.

Shu onda eshik ortidan ovoz eshitildi. Ularning yuragi bir zumda muzlab qoldi.

— yosh janob, otangiz uyga qaytdilar.

Hejinning ko‘zlari vahimadan keng ochildi, qo‘llari sekin Jungkookning qo‘lini siqib qoldi. Yigitning yuzida esa bir lahzada qat’iyat paydo bo‘ldi. Jungkook Hejinning yuzidan qo‘lini olmay, past ovozda pichirladi:

— men tezda qaytaman..

Xona og‘ir sukunat ichida edi. Jungkook xizmatkor aytganidan keyin qattiq nafas olib, otasining xonasiga yo‘l oldi. Eshikni ochib kirganida, otasi telefoneda kim bilandir past ohangda gaplashayotgandi. Yuzidagi sovuqlik va beparvolik Jungkookning qonini qaynatar, tomirlarini taranglashtirardi.

— Telefonni qo‘ying, gaplashib olamiz, — keskin ohangda.

Otasi esa xuddi uni eshitmagandek suhbatini davom ettirdi. Jkning sabri tugadi, u stol ustidagi hamma narsani bir siltashda yerga uloqtirdi. Shisha sinib, qog‘ozlar havoga sochildi.

— Yetarli dedim!- baqirdi Jungkook.

Otasi keskin burildi. Bir lahzada qo‘lini ko‘tardi va og‘lini yuziga ogir zarba berdi. Jk boshi bir tomonga ketib, devorga suyanib qoldi. U qo‘li bilan yuzini ushlab, asta jag‘ini tog‘riladi.

— Endi tushundim, — qat’iy ovozda.Nega birdan Hariga yopishib qoldingiz. Gap u Yoongining sobiq sevgilisi bo‘lganida emas… balki Yurining singlisi ekanid! Siz buni bilgansiz..shundaymi?

Jungkookning otasi qoshlarini chimirib, keskin javob berdi.

— Shunday bo‘lsa-chi? Sen nima qila olarding? Axir sen uni allaqachon o‘ldirding! Hohlaysanmi, bugunoq tomdagi suhbatlaringizning audio yozuvlarini o‘sha sevgilinga yuboraman? Xo‘sh, buni xohlaysanmi?

Jk kulimsirab, qon aralash lablarini tiliga tekkizib, otasiga tik qaradi.

— Shunday deb o‘ylaysizmi? Sizningcha men sizdan qo‘rqamanmi? Hohlaganingizni qiling. Yubormoqchimisiz yuboring! Bu yerda sizning soyangizda, vijdon azobida tilimni tishlab yashagandan ko‘ra gunohlarim uchun javob qilganim maqul.

Bir lahza sukut bo‘ldi. Jungkook otasiga yaqinlashib, ovozini yanada pasaytirdi, ammo so‘zlari o‘qday keskin chiqdi.

— Lekin bilib qo‘ying… men ketar bo‘lsam, Yoongi va uning telba ukasi sizni yo‘q qiladi. Ular menday mehribon emas bilsangiz agar.Sizni ayab o‘tirishmaydi. Hejinning qornidagi bolaga ham kòp ishonib yubormang uni ham yo‘q qilishmaydi, deb hech kim kafolat bera olmaydi? Tahdid qilishdan oldin o‘ylab ko‘ring, ota.

Jk qattiq qadamlar bilan eshikka yo‘naldi. Eshikni ochib, chiqib ketayotib, ortiga o‘girildi va baland ovozida sòzladi.

— Darvoqe… biz ketyapmiz. Endi bu uydan nafas olgim ham kelmaydi.

Erta tong mehmonxona derazasidan quyosh nurlari sekin kirib, xona ichini yoritardi. Kecha Jungkookning shoshilinch qarori bilan ular shu yerga kelib qolishgandi. Hejin tongda uyg‘onib, asta qo‘llarini yuziga surtib cho‘zildi. Yonida charchoqdan holdan toyib uxlab qolgan Jungkookni ko‘rdi.

Hejin mehmonxona telefonini olib, nonushta buyurtma qildi. Keyin esa yengil qadamlar bilan yuvinish xonasiga kirib ketdi. Oq pardalardan o‘tgan quyosh nuri xonaga sokinlik bag‘ishlardi.

Bir necha daqiqadan keyin Hejin qaytib chiqqanda, stol ustida patnoshda nonushta turganini ko‘rdi. Issiq choydan chiqqan tutun, yangi non hidi xonani to‘ldirib yuborgan edi. Ammo Hejinning nigohi birdan yonida turgan kichik qutichaga tushdi.

U avvaliga beparvo o‘tib ketmoqchi bo‘ldi, ammo ichidagi qiziqish uni tinch qòymadi. “Bu nima bo‘ldi ekan?” degan o‘y bilan asta qo‘liga oldi. Quti unga juda g‘alati tuyuldi. Hejin uni sekin ochdi va ichidan bir necha buklangan qog‘ozni ko‘rdi.

Qog‘ozni ocharkan, ko‘zlariga tushgan narsa uni hayratga soldi. Bu kichikgina ultratovush rasmi edi 2-3 haftalik homilaning boshlang‘ich ko‘rinishi. Hejinning nafasi to‘xtab qolgandek bo‘ldi. Yuragi tez-tez ura boshladi.

Hejin sekinlik bilan qog‘ozning orqa tomoniga qaradi. U yerda qalam bilan yozilgan satrlar bor edi.

Tongning sokinligi go‘yo birdan yo‘qolgandek edi. Derazadan kirib kelayotgan quyosh nuri ham endi sovuq tuyuldi. Hejin stol ustidagi kichkina qutini ochib, ichidagi buklangan qog‘ozni olarkan, qo‘llari qaltirab ketdi. Unga tushgan yozuvlarni ko‘rib, yuragi to‘xtab qolgandek bo‘ldi.

“Mening farishtamga!”

Satrlardan kelayotgan shivir-shivir ovoz xuddi qulog‘ining tagida kimdir o‘qib berayotgandek eshitilardi. Har bir so‘z tanasiga sovuq muzdek kirib, suyaklarigacha muzlatardi.

“Bilaman, meni juda sog‘ingansan… nega bunday qilyabsan azizam? Men seni qorningdagi bitta bolani sug‘urib olsam, yana bittasini tayyorlab qo‘yibsan...Hozir u shunday kattalikda bòlsa kerak adashmasam"

Hejin bo‘g‘ilib, qog‘ozni ikki qo‘li bilan changalladi. So‘zlar xuddi qon bilan yozilgandek, satrlar orasidan qo‘rquv yog‘ilib turardi.

“Farzandimizni asra, sevgilim.. hopmi? Men uyga qaytganimda uni shaxsan shu qo‘llarim bilan sug‘urib olaman.Seni sevib qoluvchi《D.Y》"

Hejin qattiq nafas olib, qog‘ozni qo‘ldan tushirib yubordi. Qog‘oz shuv etib pastga tushdi, lekin go‘yo yerga urilmasdan havoda erib ketgandek tuyuldi. U nima bo‘lganini ham sezmay qoldi. Ongida esa faqat bitta ism aylandi.

— Doyon...

Hejin vahimadan ko‘zlari kattalashib, lablari titradi. Yelkasiga sovuq ter urildi. Xuddi kimdir orqasidan kuzatayotgandek, xonaga qo‘rquv qalin tuman kabi yoyildi. U qichqirib yubormaslik uchun lablarini tishladi-da, oyoqlarini zo‘r-bazo‘r bosib, yugurib yotoqxonaga kirdi.

Jungkook tinch uyquda edi, ammo Hejin uni qattiq silkib, uyg‘otdi.

— Jungkook! Uyg‘oning, iltimos! — ovozi titrab, qo‘rquv bilan bo‘g‘ilib chiqardi.

Jk ko‘zlarini ochib, charchoq bilan unga tikildi, lekin Hejinning vahimali qiyofasini ko‘rib darhol o‘rnidan qo‘zg‘aldi.

— Nima bo‘ldi?

Hejin uni qo‘lidan sudrab nonushta turgan xonaga olib bordi. Nafasi bo‘g‘ilib, qo‘llari titrayotganidan deyarli so‘z aytolmasdi.

— Men… men sizga ko‘rsatishim kerak… hozir… bu yerda edi!

Ammo… stol ustida faqat choynak, krujkalar va non bo‘laklari bor edi. Hejinning ko‘zlari kattalashdi. U qog‘oz tushgan joyga egilib qaradi lekin polda ham, stolda ham, hatto yonidagi stulda ham hech nima yòq...

Xat… g‘oyib bo‘lgandi.

Hejin qattiq nafas olib, qo‘llarini labiga bosdi. Yonida turib qolgan Jungkook esa hayrat va xavotir aralash unga tikilar, ammo qizning ko‘zlarida ko‘rgan vahima uning yuragini muzlatib yubordi.

Go‘yo kimdir xatni ataylab qoldirib, keyin ataylab olib ketgandek edi… ammo kim? Qachon? Qanday qilib?

Fleshbek: 3 kun avval.

Rangli fonarlar ostida to‘yxonadan odamlarning shovqini asta tarqalayotgandi. Ammo bir chetda, qorong‘u yo‘lakda Harining deyarli tanib bo‘lmas darajada ezilib ketgan jasadi sovuq marmar ustida cho‘zilib yotardi. Havoga qotib qolgan qon hidi aralash spirt isi urilar, sokin tunda bu manzara yanada dahshatli ko‘rinardi.

Suga chetda turib, ko‘zlari sovuq, yuzida iztirob va alam aralash ifoda bilan unga tikildi. Qo‘lida tutatilgan sigaretni sekin labiga yaqinlashtirdi. Bir tortganda tutun ichiga kirib, yuragini ham kuydirayotgandek boldi.

Shu payt telefon tinimsiz jiringladi. Suga bir lahza ko‘zlarini yumdi, keyin og‘ir nafas olib, sekin chiqarib oldi. Ekranda ko‘ringan ism unga juda tanish edi. U qo‘lidagi sigaretni chetga tashlab, telefonni ko‘tardi.

— Ovvv, aka… ahvollaringiz qanday? — xotirjamlik bilan.

Suga qovoqlarini chimirdi.

— Doyon!

— Eshitaman — befarq ohangda.

Bir zumlik sukunatdan so‘ng, Suga tilga kirdi.

— Koreaga qaytishga nima deysan?

Doyon jim bo‘lib qoldi. So‘ng kulimsiragan ohangda javob berdi.

— Nima? Axir o‘zingiz: “Qaytma, sen uchun bu yer yopiq!” demaganmidingiz?

Suga ko‘zlarini Hari jasadidan uzmay, tishlarini g‘ijirlatdi. So‘zlari esa xuddi hukmdek yangradi.

— Qayt va o‘zingniki bo‘lganlarni tortib ol. Men endi yo‘lingni to‘smayman. Hohlasang qon to‘k!

Doyonning ovozi endi ehtiyotkorona, lekin shubhali jaranglab chiqdi.

— Nega birdan bunday deyapsiz, aka?

Suga yana bir bora chuqur nafas oldi.

— Bilishing shart emas. Tezda qayt…

Suga bir lahza qimirlamadi. Faqat lablari orasidan birgina sòz chiqdi...

— Endi navbat seniki… ukajon..

11- qism tugadi.