September 27, 2025

𝐒𝐄𝐗𝐔𝐀𝐋 𝐓𝐄𝐍𝐒𝐈𝐎𝐍

𝐂𝐇𝐀𝐏𝐓𝐄𝐑 14

Qiz qo‘rquv aralash hayajon bilan Yoongini yelkasidan ushlab, qadam-baqadam zinapoyadan yuqoriga olib chiqardi. Yoongi har qadamida to‘xtar, goh kulib, goh ko‘zlarini yumib, tanasini zo‘rg‘a tutib turardi. Nihoyat ular tepadagi xonaga yetib kelishdi.

Qiz eshikni ochib, Yoongini ichkariga kiritdi. Yoongi divanga cho‘kib o‘tirdi-da, birdan kulib yubordi. Uning kulgusi mastlik aralash, ammo shu qadar vahshiyona edi-ki, qiz tanasidan muzdek sovuq ter oqib tushdi. U qo‘rquvdan qimirlamay, Yoongiga tikilib qoldi.

Yoongi asta kulishni to‘xtatdi. Ko‘zlari birdan jiddiylashdi. U boshini qiyshaytirib, qizni kuzata boshladi.

— Isming nima? — keskin ovozda.

Qiz seskanib ketdi. Bir zumda tili kalimaga kelmadi, ammo sekin, ovozi titrab javob berdi.

— Mira....

Yoongi labining cheti bilan kulimsirab qo‘ydi. U ko‘zlarini qisib, qizga termuldi.

— Mira… — past ovozda. Bunday jasoratni qayerdan olding?

Qiz beixtiyor Yoongiga savol nigohi bilan tikildi. Yoongining nigohlari esa uni teshib yuboradigandek tuyilardi.

— Katta mafiya seni yoniga chaqirdi. Yetmagandek, u girt mast… va sen ikkilanmay rozi bo‘lding.Nega bunday qilding Mira?

Miraning yuragi qattiq urdi. U qanday javob berishni bilmasdi. Yoongi esa qimirlamasdan, uning ko‘zlariga mixlanib qarar, qizning har bir nafasini kuzatardi.

Shu payt xona ichida qattiq sukunat cho‘kdi. Faqat tashqaridan jazz musiqasining ohanglari xira eshitilib turardi.

Qiz asta lablarini ochdi…

Mira boshini egdi, ammo ovozi titramagan holda sekin gap boshladi..

— Menga siz… qo‘rqinchli insondek tuyilmadingiz.

Yoongi bir muddat jim qoldi. Ko‘zlari mastlikdan xiralashgan bo‘lsa-da, qizning so‘zlarini anglab, yuzida noaniq jilmayish paydo bo‘ldi.

— Nahotki… mendan qo‘rqmayapsan? — shubha va qiziqish aralash ohangda.

Mira chuqur nafas olib, unga to‘g‘ri tikildi.

— Avvaliga qo‘rqdim. Lekin o‘sha cholning yonida siz meni himoya qilganingizda… ichimdan qandaydir faxr va g‘ururni his qildim. Juda ko‘p joylarda ishlaganman, lekin birinchi marta o‘zimni kimdir tomonidan qadrlangandek sezdim.

Yoongi boshini biroz egdi, yuzida sirli tabassum paydo bo‘ldi. U qo‘li bilan yonimga òtir degandek ishora qildi.

— Kel...

Qiz bir zum ikkilanib turdi, lekin baribir sekin qadam tashlab yaqinlashdi. U Yoongining yon tomonidan joy oldi.

Yoongining yuragi tez ura boshladi. Miraning ko‘zlar unga kimnidir eslatib yuborgandi. Miyasi ichida eski xotiralar guvullab ketdi. Go‘yo shu nigohlar bilan u o‘tmishga qaytib qolgandek...

Bir lahza… faqat bir soniya ichida, Yoongi o‘zini yo‘qotdi. Miraning lablari bilan qisqa, ammo ta’sirli bo‘sa sodir bo‘ldi.

Qizning lablaridan kelgan shu bexos o‘pich Yoongining ongini chulg‘ab oldi. Bir lahzaga aqli butunlay susaydi. Yoongi birdan yana divanga o‘zini tashlab yubordi.

Mira esa òtirgan joyida muzlab qoldi, hozirgina nima bo‘lganini ham anglolmasdi.

Qisqa bo‘sa yakunlangan zahoti xona ichida noqulay jimlik cho‘kdi. Mira ko‘zlarini katta ochib, nafasi tiqilib qolgandek qotib qoldi. Yoongi esa lablari orasida qizning ta’mini sezib, mast ongida beixtiyor orqasidagi divanga cho‘kib qoldi.

U og‘zini ochib biror narsa demoqchi bo‘ldi, lekin so‘zlar tomog‘ida tiqilib qoldi. Faqat yarim titroq bilan qizga qaradi. Mira ham o‘zini yo‘qotib, qayerga qarashini bilmay, boshini egib turdi.

— Men… — Yoongi ovozi bo‘g‘ilib. — Bu…haligi...

Shu payt eshik kutilmaganda qattiq ochildi. Hatto qulfi ham “tars” etib singan tovush chiqardi. Xonaga og‘ir havo bilan birga kirib kelgan kishining kutilmagan tashrifi Yoongining ĝazablantirdi.

— Jimin… — Yoongining ko‘zlari keskin ochilib.

Jimin xuddi hech narsa bo‘lmagandek, yengilgina qosh uchirdi. Hech kimga parvo qilmay, sokin qadamlar bilan Yoongi o‘tirgan divanning ro‘parasidagi divanga joylashdi. Qo‘llarini orqasiga tashlab, qulay o‘tirarkan, ko‘zlari asta-sekin Miraga o‘tdi.

U qizni boshdan oyoq sinchiklab kuzatdi, so‘ng nigohini uzoq vaqt qizning ko‘zlarida to‘xtatdi. Mira qo‘rquvdan qotib qolgandek, nafasi qisilib ketdi.

Yoongi bu qarashni payqadi. Yalt etib qizga qarab, qo‘li bilan tezda “chiq” degandek ishora qildi. Mira darhol eshikka qarab yurdi. Lekin Jimin bir og‘iz so‘z bilan uni to‘xtatdi.

— Qizaloq… qamalishni istamasang, shu xonada qol !

Mira to‘xtab qoldi.

Yoongi qoshlarini chimirib, jim qaradi.

— Bu yerda senga nima bor, Jimin?

Jimin jilmayib qo‘ydi.

— Nima, kela olmaymanmi? Yoki kayfingning beliga tepdimmi? — ohista pichirlab.

So‘ng biroz sukutdan keyin qo‘shib qo‘ydi.

— Noqonuniy qimorxonalaringdan bittasini bosdim. To‘g‘riroĝi.. shunisini.

Yoongi qoshlarini yanada chimirdi, ko‘zlari o‘tkirlashib, lablari orasidan past ovoz chiqdi.

— Gapni ko‘paytirma… nega kelding?

Jimin yengil kulimsirab, boshini yonboshlatdi.

— “Casiyopeya”

Qimorxonaning nomini alohida ohang bilan talaffuz qilib.

— O'xshashlikni qara? Marhum rafiqam ham shu yulduzni yoqtirardi.

— xosh shunga nima bòlibdi?

— chindan ham nima bòlibdi shundaymi?qanday hudbinsana,òzingni sevganing òlimidan azobdadek tutasan,lekin aslida hayotingda zarracha ozgarish bolmadi.

— sen nimani ham bilarding?

— nimanidir bilishga majbur emasman.Qizaloq chiroyli ekan.

— xizmatlarim bilan ishing bolmasin Jimin

— xizmatchi?xizmatcgilarni sekin sekin quchoginga olaryabsanmi?..

Yoongi Jiminning sozlaridan keyin asabiy kòz yumdi.Jimin esa sozlarini.yakunladi.

— Eng birinchi seni,so'ng anavi lanati Jungkook va oxirida ilonni yoĝini yalagan ukangni bir yoqlik qilaman...

— ukam bilan nima ishing bor jin urgur?

— o'sha ukang kòp qilĝiliklar qilgan...

Jimin sozlarini yakunlash barobarida ornidan turdi.U eshik tomon yurarkan birdan toxtab Mira tomon yura boshladi.Qorquv sabab bir necha qadam ortga tirarilgan qiz Yoongi tomon nigoh tashladi.

— hoy undan uzoqroq tur — baland ovozda baqirdi Yoongi.

— noqonuniy qimoqxonada ishlagan,uniyqm ozim bilan olib ketaman.Bu qimorxona bevosita sening nomingda emas,seni qolga olganim bilan baribir odamlaring yordamida qutilib qolasan,biroq bu qizaloq bundan mustasno.Yoki nima jazmaning bilan tuningni bekor bolgani yoqmayabdimi?

Jimin ayyorona jilmayib Miraning qollariga kishan soldi.Mira Yoongiga "yordam ber" degandek tikilarkan,Yoongi unga "havotir olma" degandek nigoh tashladi.

Yomg‘ir tomchilari shahar yo‘llarini qora shisha kabi yaltiratib qo‘ygandi. Suyonning sochlari yuziga yopishib, ustidagi oq xalat namdan og‘irlashgandi. U kasalxona eshiklarini ochib ichkariga kirganda, sovuq shamol ortidan kirdi.

Ichkaridagi yorqin chiroqlar ko‘zini qamashtirdi. Bir zum nafasini rostlab oldi, so‘ng ataylab shoshilmay, xuddi bu joy unga tanishdek, sokin qadamlar bilan qabulxona tomon yurdi. Tomchilardan ivigan yelkalari oq xalat ichida kichik va nimjon ko‘rinardi, yuzida esa charchoq ortiga yashiringan qat’iyat bor edi.

Stol ortida o‘tirgan hamshira birinchi qarashdayoq uning shalabbo kiyimlariga ko‘zi tushdi. Bir lahza ikkilanib qoldi begona odammi, yo yangi kelgan shifokormi? Ammo oq xalatni ko‘rib, o‘zicha xulosa chiqardi. Ehtimol, kechki smenaga qo‘shilgan, hali tanishib ulgurmagan doktordir.

— Andrey Ivanovich joylashtirilgan palata qaysi? — Suyon sokin, ammo qat’iy ovozda.

Hamshira hamon kuzatib turarkan, shubhasini ichiga yutdi va daftarini varaqladi.

— 23-xona...

Suyon lab burchagini qimirlatib, yengilgina bosh irg‘adi.

— Rahmat.

So‘ng ortiqcha izohsiz burildi va sokin qadamlar bilan ko‘rsatilgan yo‘l bo‘ylab ketdi. Uning oyoqlaridan tomayotgan suv izlari uzun koridorda asta cho‘zilib borardi.

Suyon palata eshigini sekin ochdi. Oq devorlar orasida yotgan Andrey bir ko‘rinishda go‘yo uxlayotganday kòrinardi, biroq burunidan chiqqan naychalar va yonidagi monitorlarning ritmik tovushlari uni hushsizligidan darak berardi.

Suyon bir necha soniya unga jim tikilib qoldi. Qadamlarining ovozi palatada jaranglab chiqdi. U sekin Andreyning yoniga bordi, bemorning yuzida turgan apparatni kòzdan kechirdi. Nafas olish qurilmasi xuddi tiriklik ipidek uni hayotga bog‘lab turardi. Suyonning ko‘zlari bir lahzaga qotib qoldi, so‘ng lablari qimirladi.

— meni kechiring, — ovozi titragandek, ammo qat’iyatli chiqdi.Lekin men tinch yashashim uchun siz o‘lishingiz kerak...

Flashback: Bir necha oy avval.

Suyonning ko‘z qovoqlari og‘irlik bilan ko‘tarildi. U dastlab qayerda ekanini anglay olmadi. Qulog‘iga eshik shitirlab ochilgan tovush eshitildi, u tezda yana ko‘zlarini yumib oldi.

Xonaga ikki hamshira kirib keldi. Ulardan biri osilib turgan o‘qolini to‘g‘riladi, ikkinchisi esa qo‘lidagi shpritsni javob ustiga qoyib ozi divanga qilay joylashgancha sòz boshladi..

— Hoy, bu o‘sha gumondor qiz, shunday emasmi? — sekin.

— Ha, lekin otasini o‘ldirgan odamga o‘xshamaydi-ku. Tag‘in o‘sha mashhur mafianing yordamchisi jinoyat quroli bilan qo‘lga tushgan, qurolda ham uning izlari bor.

— O‘sha rus yigitini aytyapsanmi?

— Ha, o‘sha... ismi nima edi-ya? Anatolimidi?...

— Yo‘q, boshqacharoq... ha, esladim, Andrey. Andrey Ivanovich! U hozir vipdami?

— Ha shunday, o‘sha yigit, menimcha, bu qizning otasini o‘ldirgan. Dalillar ham shuni ko‘rsatmoqda.

— Lekin u hozircha o‘ziga kelmayapti. Balki hushiga kelsa, bu qiz jinoyatchi bo‘lib chiqar, kim biladi...

— Ha, balki...

Suyon ko‘zlarini qattiq yumib yotar, ammo har bir so‘zni yuragi bilan eshitardi.

Comeback.

Palatada yana hozirgi sukunat hukm surardi. Suyon o‘sha so‘zlarni eslab, yuragini siqib yuborgan alamni his qildi. Nigohi yana Andreyga qadaldi, lablari sovuq jilmayish paydo boldi.

— Sen uyg‘onsang, men qamoqqa tushaman — past ovozda. Shuning uchun, meni kechir...

Suyon asta qo‘lini nafas olish apparatiga cho‘zdi.

Suyonning barmoqlari asta-sekin nafas olish qurilmasining naychasiga yetib bordi. Bir lahzalik ikkilanishdan keyin nihoyat qo‘rquvni unitib, qurilmani uzib tashladi. Xonada birdaniga vahimali ovozlar yangradi.Yurak urishi pasaya boshlaganini ko‘rsatdi. Andreyning ko‘kragi zo‘rg‘a harakatlanardi, lablari ko‘karib, ko‘z qovoqlari titray boshladi.

Suyon qo‘rquv aralash shoshqaloqlik bilan ortga chekindi. U qochish niyatida eshikka yugurdi. Ammo eshikni ochgan zahoti qotib qoldi.

Eshik ortida, qop-qora kostyum kiygan, yuzida esa kinoya va g‘alati tabassum bilan Doyon unga qarab turardi. U Suyonga qarab, kulimsirab, qo‘llarini cho‘ntagiga soldi.

— Qayerga shoshilyabsan qizaloq?

Suyon eshik ortida Doyonni ko‘rgan zahoti yuragi qattiq ura boshladi. Qo‘rquvdan nafaslari qisilib ketgandi. Bir lahza ham o‘ylamay, yon tomonga yugurib ketdi. Uning oyoq tovushlari shifoxona devorlarida aks-sado berar, ko‘zlari esa faqat qocgish yo‘lini qidirardi.

Ammo ortidan kelayotgan Doyon osoyishta, o‘lja quvlayotgan yirtqichdek jimgina yurardi. Suyon bir burilishdan o‘tayotganida, birdan orqasidan kimdir sochlarini changanini his qildi.

— Ah! — og‘riqdan baqirib yubordi u.

Suyonning uzun sochlarini qattiq tortgan, Doyon uni ortga, o‘z tomoniga sudrab ketdi. Suyon tishlarini g‘ichirlatib, qo‘llari bilan qarshilik ko‘rsatdi, ozod bo‘lish uchun bor kuchini sarfladi. Ammo Doyon qudratliroq edi.

— Qo‘yib yubor! — xirillagan tovushda..

Doyon kulimsiradi. Birdan yon cho‘ntagidan qurolini chiqarib, uning sopi bilan Suyonning bo‘yin qismiga keskin zarba berdi.

— Aaaa... — Suyonning tanasi bo‘shashib ketdi.

Suyonning nafasi so‘ndi, ko‘zlari sekin yumildi.

— nihoyat uchrashdik...

Hozirgi vaqt:

Tongda yotoqda hushsiz yotgan Suyon asta ko‘zlarini ochdi. Uning qarshisida divanda sokin, ammo sovuq nigoh bilan kuzatib o‘tirgan Doyonga kòzi tushdi.
Qiz sekin jilmaydi va sokin ovozda so‘z boshladi.

— Meni kuzatish yoqib qoldimi?

Doyonning lablarida kinoya aralash tabbasum paydo bòldi.

— Ha… seni shu mayda jusanga qanday azob berishni o‘ylab o‘tiribman.

Suyonning jilmayishi yanada kengaydi, ammo ko‘zlari sovuq edi.

— Meni o‘ldira olaman, deb o‘ylaysanmi?

— O‘n sakkiz yoshli tentak qizni o‘ldirish qiyin emas. O‘lsang, murdangni itlarga tashlab yuboraman

Suyon yostiqqa suyanib, Doyonga nigoh tikdi. Ovozida esa g‘ayritabiiy xotirjamlik bor edi.

— Bu gaplarni men ilgari ham eshitganman. Lekin u odam hozir tuproq ostida chiriyapti.
Doyonning yuzidagi sovuq qiyofa biroz bo‘lsa-da o‘zgardi. U ko‘zlarini qisib, pichirladi.

— Otangni nazarda tutyapsanmi? Toza qotillik edi.

Suyonning ko‘zlari bir zumda chaqnab ketdi.Doyon esa davom etdi.

— Qutulish uchun yana qon to‘kmoqchi bo‘lding. Shafqatsizliging yuzingdan ham bilinadi…

Suyon qo‘llari bilan peshonasini qisib, yuzini chimirdi. Og‘riq bo‘yin sohasidan miya tomon urilib, boshi g‘alati bir shovqinga to‘lgandi. U qattiqroq nafas oldi, so‘ng nigohini Doyondan uzmay, sovuq ohangda so‘z boshladi.

— Axx... boshim. Nega bunchalik qattiq urding?

Uning ovozida og‘riq aralash kinoya bor edi. Doyon esa yonidan jilmasdan, divanga yonboshlaganicha labining chetini ko‘tardi.

— Men seni faqat hushidan ketkazdim rahmat dee...

Suyon uning sovuqqon ohangidan cho‘chimadi.

— Sen men haqimda qayerdan bilasan?

Doyon sekin kuldi.

— Senga aytsam, men sen haqingda... sendan ko‘proq bilaman. Sening jinoyatlaring, sen yashirmoqchi bo‘lgan sirlar, barchasi menga ayon.

U sekin o‘rnidan turib, deraza yoniga bordi.

— Hohlaysanmi? Bu yerlarni tashlab, uzoqlarga ketishinga kòmaklqshaman... Yangi hayot boshlaysan. Hech kim seni quvmaydi, hech kim sening jinoyatlaringni eslamaydi ham.

Suyonning lablarida sovuq jilmayish paydo bòldi. U yostiqqa suyanib tanasini rostladi.

— Men nega senga ishonishim kerak?

Doyon asta qadam tashlab, Suyonning yoniga bordi va sekin pichirladi..

— Chunki mendan boshqa hech kimga ishonolmaysan.

Suyon biroz sukut saqladi. Keyin sovuqlik bilan soradi.

— Mendan senga nima kerak?

Doyon bir zum jim qoldi. So‘ng labini tishlab, kutilmaganda o‘zini Suyonning yonidagi divanga tashladi. U shiftga qarab, kaftlarini ko‘kragiga qo‘ydi. Nafasi sekin, ammo og‘ir chiqardi. So‘ng ovozi butun xonani larzaga solganday yangradi:

— Shunchaki , akamni yo‘q qil !

Suyon qimirlamadi. Faqat sekin nafas oldi. Uning ko‘zlarida g‘azab va qiziqish qorishib ketdi.

— Akang ? sen nega undan qutulmoqchimisan?

Doyon boshini burib, uning ko‘zlariga tikildi.

— ishing bòlmasin! Uni yo‘q qilsang, men seni ozod qilaman.

Suyonning lablari qiyshayib, yana jilmaydi.

— Men seni ozod qilaman, deysanmi?... Lekin , odam òldirish ozodlik emas....

Doyonning yuzida kinoya aralash shafqatsiz jilmayish paydo bo‘ldi. U qo‘lini cho‘zib, stol ustidagi qahva idishini asta yon tomonga surdi, xonadagi sukunat esa tobora sovuqlashib borardi. So‘ngra Doyon sekin, ammo og‘ir so‘zlar bilan pichirladi.

— O‘sha kecha sen o‘ldirmoqchi bo‘lgan odam hozir tirik. Agar u o‘ziga kelsa, seni jinnixonaga emas, qamoqqa yuborishadi.

Doyon yengil kuldi.

— Seni olib ketishlarini xohlamasang, men bilan ishlashga majbursan.

Suyon bir zumga jim bo‘lib qoldi.U asta peshonasini kafti bilan artdi, lablari orasidan sovuq ovoz chiqdi.

— Demak, taxdid degin.

Doyon kulib bosh irg‘adi.

— Majbur qilmayman. Men shunchaki sening yagona yo‘lingni ko‘rsataman. Mendan boshqa hech kim seni himoya qila olmaydi.

Suyon asta to‘g‘rilanib o‘tirdi.

— Unda sening taklifingni eshitaylik, lekin shartlarimni men qo‘yaman.

Doyonning lablari yana egildi.

— Shartlaringni aytaver. Baribir oxir-oqibat sen menga kerakli ishni bajarasan.

Seul markaziy (Jungbu) politsiya boshqarmasi

Mira panjaradan tashqariga qarab, qaltirayotgan qo‘llarini mahkam qovushtirib o‘tirardi.

Qo'qistan ochilgan eshik uning hayollari parchalandi.

Ichkariga kirgan politsiyachi qisqa, qat’iy ohangda gapirdi.

— Mira, sizni ozod qilish haqida buyruq chiqdi. Ketishingiz mumkin.

Qiz ko‘zlarini katta ochib, shoshilinch nafas oldi. Uning yuzida shubha ham, qo‘rquv ham bor edi.

—qanaqasiga?

—bilmayman,men buyruqni bajaryabman holos.

Mira kòchaga chiqarkan boshqarma binosi oldida toxtagan qora mashina uning etiborini tortdi.

Mashina eshigi ochildi. Ichkarida o'tirilgan Yoongi ko‘zidagi qora ko‘zoynakni biroz pastga surib, Miraga qattiq ohangda murojaat qildi.

— Hoy, mashinaga o‘tir!

Mira qotib qoldi. U tezda mahkamadan uzoqlasgib, mashina tomon yurdi.

Mashinaning eshigi yopilishi bilan qora avtomobil shiddat bilan harakatga tushdi va shahar shovqinidan uzoqlashdi…

14-qism tugadi