January 18, 2023

Zanjabil haqida nimalarni bilasiz?

Buyuk hakim Abu Ali ibn Sino “Tib qonunlari” asarida koʻplab xastaliklarni davolashda qoʻllanadigan malhamlarni tayyorlashda ular tarkibiga zanjabil qoʻshish lozim, deb yozgan.

Qadim qadimdan zanjabil  “universal dori vositasi“ va ziravor sifatida keng qoʻllaniladi. Ayniqsa, virusli kasalliklarni davolashda, xususan, qadimda oʻlatning oldini olishda asosiy dori vositasi hisoblangan. U immunitetni oshirishi, mikroblarga qiron keltirishi bilan ham sarimsoqqa oʻxshab ketadi. Alloma  Ibn Sino zanjabilga piyoz va mingdevona urugʻlarini aralashtirib dudlatish yoʻli bilan kariyesni davolashni eng afzal vosita deb bilgan.

Zanjabil muqaddas oʻsimliklar qatorida Qurʼoni karimda keltiriladi. (Jannat ahli)u joyda aralashmasi  zanjabil boʻlgan qadahlarda – (jannatlardagi salsabil ataladigan chashma) bilan sugʻorilurlar. (Inson surasi 17-18 oyat).

ZANJABIL (Zingiber officinale) – bir pallalilar sinfiga, zanjabildoshlar oilasiga mansub, yo‘g‘on ildiz-poyali ko‘p yillik o‘t o‘simlik. Asosan, tropik va subtropiklarda tarqalgan. Janubiy va Janubiy-Sharqiy Osiyoda o‘stiriladi. Zanjabil yer osti tanasining hamma qismida efir moyi bor. Qurigan ildizi xushbo‘y hidli va mazali bo‘lib, efir moyiga boy. Maydalanmagan zanjabilning xushbo‘y hidi maydalanganiga nisbatan uzoq saqlanadi. Tuyib elaklangan talqoni tabobatda jigar, yurak, meʼda xastaligini davolashda ishlatiladi (asal bilan birga choynakka damlab ichiladi). Oziq-ovqat sanoatida konditer mahsulotlari ishlab chiqarishda va pazandachilikda baʼzi ovqatlarga (pishish oldidan) maydalangan holda ziravor sifatida solib ishlatiladi.

Zanjabil kishilarga ziravor va shifobaxsh vosita sifatida qadimdan maʼlum. Zanjabil ildizi xalq tabobatida bir necha ming yillardan beri ishlatilib kelinadi.

Shubhasiz, zanjabilning dunyodagi ko‘pchilik xalqlar o‘rtasida maʼlumu-mashhurligi uning shifobaxsh xossalari bilan bog‘liq, bu esa, uning kasalliklarning oldini olish va ularni davolashda universal tabiiy vositaligidandir.

Zanjabilning shifobaxsh xususiyatlari keyingi bir necha o‘n yilliklarda zamonaviy mutaxassislar tomonidan faol o‘rganilmoqda. Tarkibida biriktiruvchi moddalar va gingerol mavjudligi unga o‘ziga xos yoqimli hid berib turadi, qator foydali xossalarga egaligi ham shundan kelib chiqadi.

Bugungi kunda zanjabil ko‘pgina tabiiy dori-darmonlar tarkibiga kiritilib, organizmni turli illatlardan himoya qilishda va bir qancha kasalliklarga qarshi kurashda keng isteʼmol qilinmoqda.

Mutaxassislar zanjabilli choyga biroz dolchin qo‘shilsa, uning faolligi va taʼsirchanligi oshishini taʼkidlashmoqda.

Bunday choy bir bo‘lak zanjabil ildizi va dolchinning kichik tayoqchasidan qo‘shib damlanadi. Bu yo‘l bilan damlangan choy biroz o‘tkir mazasi bilan organizm uchun juda foydali bo‘lib, uni mustahkamlaydi.

Zanjabilli choyni muntazam ichish uning juda ko‘p foydali xossalari sababidan tavsiya etiladi:

Jigarni tozalab, undan zaharli moddalarni chiqarib yuboradi

Jigarni har yili bir-ikki marta tozalash zarur. Bu hayotiy muhim aʼzo qonni filtrlab turadi va qon-tomir tizimidan zararli va zaharli moddalarni chiqarib yuborish uchun xizmat qiladi.

Zanjabilli choy ichilganida undagi zanjabil va dolchin birikmasi jigarni himoyalab, tozalab turadi, buning natijasida u tozalanib, yengil tortadi va o‘z vazifasini faol bajarishga o‘tadi.

O‘t pufagini sog‘lomlashtiradi

Agar o‘t pufagingizda tosh paydo bo‘lgan bo‘lsa, bu choydan muntazam ichib yuring, bu nafaqat jigaringizni himoyalashda yordam qiladi, balki shu bilan bir qatorda o‘t pufagingizni ham sog‘lomlashtiradi.

Organizmni ichdan qizdiradi

Bunday qaynoq choy ichilganida qizdiradi va sovuqdan himoya qiladi, shuning uchun uni sovuq va nam havoli kunlarda ichish ayniqsa yoqimli.

Zanjabil organizmni qizdiruvchi taʼsirga ega, ortiqcha kaloriyaga ega bo‘lgan keraksiz energiyani chiqarib yuboradi, tanada meʼyordagi haroratni saqlashga yordam beradi.

Ovqat hazm qilishni yaxshilaydi

Ovqat hazm qilishda muammosi bo‘lgan kishilar oshqozon-ichak yo‘llari faoliyatini yaxshilash maqsadida bu choydan ichishlari mumkin.

Bu choy badanni yaxshigina qizdiradi, ichki aʼzolardagi shamollashlarni oladi, qorin dam bo‘lishidan hamda yeldan xalos etadi.

Immun tizimini mustahkamlaydi

Zanjabil ayniqsa kaliy, fosfor va vitamin В ga boy, bu moddalar immunitetni mustahkamlashda, grip va shamollash viruslariga qarshi kurashda muhim ahamiyatga ega.

Zanjabilli choy

Bu tabiiy choyni tayyorlash juda oson, buning uchun zarur mahsulotlarni topish ham qulay, har bir supermarketdan sotib olish mumkin.

Buning uchun: 1 bo‘lak zanjabil ildizi (2 sm atrofida), 1 bo‘lak dolchin, yarimta limon mevasi, 1 stakan suv (250 ml) kerak bo‘ladi.

Tayyorlash yo‘li:

Avval zanjabil ildizini yaxshilab yuvib, sochiq bilan artiladi.

Tayyorlangan 1 stakan suvni qaynatib, unga artilgan zanjabil va dolchin solinadi. Past olovda yana 10 minut qaynatiladi. aynatib, sochiq bilan artiladiulotlarni topish ham qulay, har bir miyatga ega. Qaynatmaga yarimta limon sharbati qo‘shiladi.

Qaynatmani dokadan o‘tkaziladi, bir necha minutdan so‘ng tayyor bo‘lgan choyni kuniga ikki-uch mahal ichiladi.

Zanjabilli choyni ichib bo‘lmaydigan holatlar

Zanjabil va dolchin oshqozonni ko‘p kasalliklardan himoya qilsa ham, ovqat hazm qilish aʼzolarida muammosi bor kishilarga bunday choy ichish tavsiya etilmaydi, chunki, zanjabil ham, dolchin ham kuchli qo‘zg‘atuvchi moddalardir.

Shuningdek, uni ichish homilador ayollarga, bolalarga va kuchli antikoagulyant dorilar qatoriga kiruvchi aspirin, varfarin, tiklopidin yoki geparin kabi dori-darmonlar ichib yuruvchi kishilarga tavsiya etilmaydi. Shubha tug‘ilgan yoki bunday choyni ichish natijasida ko‘ngilsiz reaksiya bergan hollarda davolovchi shifokor bilan maslahatlashing.

Manba: https://xalq-tabobati.uz/