January 18, 2023

Mosh haqida muhim faktlar

Mosh haqida muhim faktlar

Moshda koʻp miqdorda miya, yurak va asab tizimi faoliyatini qoʻllab-quvvatlab turuvchi barcha foydali moddalar ― magniy, fosfor, kaliy mavjud. Agar isteʼmol qilinadigan taomlar roʻyxatiga muntazam moshli ovqat qoʻshilsa, stress holatlarni osonlik bilan oʻtkazish va oʻzini yoʻqotmaslikka erishiladi, xotira va koʻrish qobiliyati yaxshilanadi, suyaklar va boʻgʻimlar yana-da mustahkamroq boʻladi. Moshda allergiya va astmani yengishda yordam berish kabi shifobaxsh xususiyatlar ham bor.

Moshdan foydali koʻkat-nihol undirib olish uchun uni yigʻib terib olinganidan ikki yildan koʻp muddat oʻtmagan boʻlishi lozim. Buning uchun namlik kirib turishi uchun tagida teshiklari bor idish olinadi. Idishning tagiga yupqa mato (masalan, marli-doka) solinadi, soʻng idishga mosh solinadi. Bu idishdan kattaroq boshqa idish olinib, uning ichiga birinchi idish quruq mosh bilan solinadi. Soʻngra mosh ustiga uni koʻmiladigan darajada suv solinadi. Quruq joyga qoʻyiladi. 4 soat oʻtgach, suv toʻkib tashlanadi va yangitdan suv quyiladi. Keyingi kun mosh unib, koʻkarib chiqqanini koʻrasiz. Shundan 3 kun oʻtgach, unib chiqqan koʻkat nihollarini tagidagi mosh urugʻlari bilan qoʻshib isteʼmol qilish mumkin. Faqat yeyishdan oldin ularni yuvishni unutmang. Baʼzi hollarda unib chiqqan urugʻlar achchiq taʼm beradi, buni toʻgʻrilash oson, ularni qaynoq suvda yuvib tashlansa bas.

Jannatmakon diyorimizda moshdan moshkichiri, moshxoʻrda va moshugra kabi turli lazzatli taomlarni tayyorlab, ularni xush koʻrib tanovul qilamiz.

www.muslim.uz