Nafas olish usuli
Muallif: Steven King
Tarjimon : Abdulmalik
Birinchi qism
Klub
O'sha qorli , shamolli va ,aytishim lozimki , tashvishli kunda odatdagidan ko'ra tezroq kiyindim . 1970-yilning 23-dekabr kuni edi va o'ylashimcha klubning ba'zi a'zolari ham men kabi kechikishayotgandi. Nyu-Yorkda taksilarning bunday bo'ronli ob-havoda kelishi qiyin, shu sababli radio-keb chaqirib qo'ya qoldim. Radio-kebni 7:25 da chaqirdim , xotinim menga qarab qoshini chimirdi , lekin hech narsa demadi . Men Ellen bilan 1946-yildan beri birga yashab kelayotgan sharqiy 58-ko'chadagi binoning shiyponchasiga turib oldim. 7:45da ham keb kelavermagach u yoqdan bu yoqqa yuraverib betoqatlana boshladim.
Keb 8:10da keldi va men o'zimni mashina saloniga urdim . Keb ichida ekanligimdan hursand bo'lsam-da , haydovchidan qattiq jahlim chiqdi . Bu shamol Kanadadan bir kun oldin kirib kelgan sovuq havoning bir qismi bo'lib juda kuchli edi . U hushtak chalar , kebning derazalari ortidan uvvillar , ba'zida keb radiosidan chiqayotgan musiqa ovozini bosib ketar va uzun antennani chayqatardi . Do'konlarning ko'pi hali ochiq , ammo haridorlar ancha siyrak . Ular o'zlarini noqulay his qilayotganday , yuzlarida ga'mginlik borday tuyulardi. Shaharda kun bo'yi mayda qor yog'gandi , hozir qor yana boshlangan , oldimizdagi ko'chada shamolga aralashib yerga urilardi. O'sha tunda uyga qaytayotib faqat qorli ob-havo , taksi va Nyu-York haqida o'ylab ketsam kerak deb hayol surardim , lekin aslida nima haqida o'ylashimni aniq bilmasdim.
Uchinchi va qirqinchi shohko'chalar orasida nasroniy qo'ng'irog'ini bezash uchun ishlatilinadigan bantiklar shamolda arvohga o'xshab uchib yurardi .''Juda yomon tun '' dedi keb haydovchisi '' Bu ketishda ertalab o'likxona murdalar bilan to'lib ketadi . Bilasiz , ko'chada uysiz aroqxo'rlar-u boshpanasi yo'q ayollar ko'p.''
-''Balki shundaydir '' .
Keb haydovchisi o'ylanib qoldi . ''Yaxshi, gaplashgingiz kelmasa gaplashmang .'' dedi u nihoyat . '' Kayfiyatingiz yo'qqa o'xshaydi , shundaymi ? ''
''Sizning rojdestvo kayfiyatingiz esa '', - dedim men : " juda yaxshiga o'xshaydi '' .
Keb haydovchisi yana o'yga toldi . ''Siz odamlarning qonini ichadigan liberallardanmisiz deyman !?" so'radi u .
''Agar javobim o'zimni aybdor odamdek qilib ko'rsatadigan bo'lsa savolingizga javob bermayman '' dedim men .
Keb haydovchisi ''nega menga shunaqa hayolparastlar uchrayveradi-a '' degandek burnini pishqirdi lekin ortiq bir og'iz ham gapirmadi .
Ikkinchi va 35-ko'chalar oralig'ida kebdan tushib to'g'ri klub joylashgan ko'cha tomon burildim. Yo'lda uvvillayotgan shamolga qarshi boshimni egib qo'lqop kiygan qo'lim bilan shlyapamni ushlab yurardim.
Deyarli bir necha soniya ichida hayotiy kuchim tanamning eng tubiga kirib ketgandek bo'ldi, atrofimda esa qor oppoq olov singari tanamni ''kuydirardi'' . Kishi 73 yoshda sovuqni yana ham tezroq va qattiqroq his qiladigan bo'lib qolarkan.