When the star disappeared_ep_2
"Ba’zan yurak biladi, ong esa unutadi. Lekin his-tuyg‘ular hech qachon yolg‘on gapirmaydi."
Kim Soyon tunda uyg‘ondi. Yuragi tez urardi. Yostiq ostidagi daftarchasini olib, chizishni boshladi. Uning qalamidan bir yuz chizila boshladi. Ko‘zlar... burun... lablar. Bu yuzni u bilmasdi, lekin ichida bir narsa bu inson unga tanishligini aytardi.
Uning har bir chizig‘i esdalik edi. Qog‘ozda paydo bo‘layotgan ko‘zlar chuqur, qayg‘uli edi. Go‘yo ming yillik sukunatni ko‘rgan, lekin uni unutmoqchi emasdek.
— Kim bu? — deb so‘radi xonadoshi, uyg‘onib ketgan holda.
— Bilmayman... — Soyon pichirladi. — Lekin bu yuz menga allaqachon tanish...
~Keying esa Soyon õqishga keti.
Soyon universitetdagi eski pianinoga yaqinlashdi. Beshinchi qavatdagi xona unutilgan, tashlandiq edi. Uning ichkarisida chang bosgan musiqiy asboblar va eski kasseta magnitofonlar joylashgan edi.
Pianinoni ochdi. Tugmalar changga botgan edi. Barmoqlarini tortinchoq bosib, u ohang boshlab yubordi. U qayerdadir eshitganini bilmasdi — ammo barmoqlari o‘zidan-o‘zi harakat qilardi. Ohang achchiq, ammo umidli edi.
U yozib oldi. Qiziq, bu musiqa unga tasalli berardi. Go‘yo kimdir uni o‘sha ohang orqali chaqirayotgandi.
Agentlikda Min Yoongi haqida hech kim gapirmasdi. Barcha u haqidagi materiallar g‘oyib bo‘lgandi. Faqat bir kishi — menejer — haliyam uning mavjudligiga ishonar, ammo buni isbotlay olmasdi.
Ular eski studiyaga bordi. Devorlaridagi rasmlar yo‘q edi. Monitorlar formatlangan. Faqatgina bir magnit tasma saqlanib qolgan.
U joylashtirdi. Tovush chiqdi.
— Bu kimning ovozi? — deb so‘radi texnik.
— Yoongi. Bu — u. Men uni taniyman.
— Ammo tizimda bunday ovoz ro‘yxatdan o‘tmagan. U nomushtarak.
Menejer o‘ziga o‘zi so‘ray boshladi: "Agar hamma unutgan bo‘lsa... men haqiqatdan ham eslayapmanmi?"
Pov Soyon: Soyon har kecha tush ko‘rardi. U qorong‘ilikda yo‘l yurar, uni chaqirayotgan tovushni eshitardi. Har safar u yuziga yaqinlashardi — lekin uyg‘onib ketardi. Shunda u har safar chizishni davom ettirardi.
U fakultetdagi psixologiya bo‘limiga bordi. Tushlarning ramziyligi haqida izlanishga qaror qildi.
— Siz bu insonni tanimaysizmi? — deb so‘radi professor, rasmga qarab.
— Yo‘q. Lekin yuragim uni unutmayapti.
— Balki bu kollektiv ongingizda saqlanayotgan arxetip bo‘lishi mumkin.
— Yo‘q. Bu real inson. U yo‘qolgan. Uni eslay oladigan yagona odam menman.
Soyon eski forumlardan, yozuvlardan iz qidirdi. Hech qaerda "Min Yoongi" nomi chiqmasdi. Faqat bitta joyda — bir fan sahifasida — yozilgan edi:
“Men bilgan eng go‘zal ovoz yo‘qoldi. Go‘yo u hech qachon mavjud bo‘lmaganday.”
— "Men uni eslayman. U mavjud. Men uni orzularimda ko‘ryapman."
Bir necha soatdan keyin xabarga javob keldi.
"Demak, siz ham u haqida tush ko‘rasizmi?.."
Soyon va noma’lum yozuvchi xat almashdi. Ularning tushlari deyarli bir xil edi. Har ikkisining tushida bir xil ohang eshitilardi. Ular bu ohangni yozishga kirishdi.
Soyon o‘zining eshitganlarini pianinoda ijro qildi. Boshqa inson esa gitara yordamida to‘ldirdi.
Oxiri, ular birgalikda qo‘shiq yozishdi. U qo‘shiq "Unutilgan yulduz" deb nomlandi. Ular uni internetga joylashtirishdi.
Tinglovchilar yozishni boshlashdi:
"Bu musiqa menga qandaydir yo‘qolgan xotirani eslatdi."
"Kim bu ovozni yozdi? U ichimni titratdi."
Qaytishga ilk qadam
Pov Yoongi:Qorong‘ulikdagi Yoongi endi allaqanday yorug‘likni his qila boshladi. Yuziga musiqaning iliqligi urilar, yuragi yana urishni boshlardi.
U asta-sekin qadam tashlay boshladi. Har bir tovush — uni orqaga, nur sari yetaklayotgandi.
Qayta bog‘lanish
Soyon qaysidir kuni uyg‘onib, telefoniga yangi ovoz yozuvi kelganini ko‘rdi.
Unda xuddi oʻsha eski ohangda, ammo endi bir erkak ovozi bor edi.
— "Men seni eslayman. Meni unutmaganing uchun rahmat."
Telefon yana jiringladi. Raqam noma’lum edi. Soyon javob berdi.
— Men hali butunlay ketmaganman.
— Kim siz? — Soyon ovozini his qilishga harakat qildi.
— Sen meni tanigansan. Har kecha orzularingda men bor edim.
Tushida Soyon qorong‘u xona ichida turardi. U yog‘du sari qadam bosdi. U yerda Yoongi kutib turardi. Unga tikildi, ammo ko‘zlari qorong‘ilik bilan to‘lgan edi.
— Sen... sen unutilganing. Lekin endi men seni qayta eslataman.
Yoongi asta unga yaqinlashdi. Qo‘lini uzatdi. Ularning barmoqlari tegdi va yorug‘lik chaqnadi.
— Qaytish boshlanmoqda... — deb pichirladi u.
"Agar taqdir seni unutgan bo‘lsa, yuraging eslab qoladi."
Soyon yana uyg‘ondi. Ortiq uyg‘onish unga eng og‘ir azob edi. Yuragida noma'lum og‘riq, xayolida esa uzluksiz takrorlanadigan bir soya. U buni chizishga harakat qildi — yana. Chiziqlar go‘yo o‘z-o‘zidan paydo bo‘lardi.
Bu safar uning chizgan yuzi aniqroq edi. Ko‘zlari. Tushkun, ammo chuqur. Go‘yo mingta dardni ko‘rgan.
— Men seni tanimayman... — dedi Soyon shivirlab, — lekin yuragim seni unutmagan.
Tongi so‘roq
Agentlikda muammo tobora chuqurlashardi. Arxivlarni tekshirishdi. Videolarni. Lekin Yoongiga oid hech nima qolmagan. Na ism, na surat, na sahna yozuvlari. Hatto u bilan ishlagan produserlar ham uni tanimasdi.
Faqat menejeri — Jinwoo — hali ham ishongan yagona odam edi. U Yoongining daftarchasini topdi. Bir betda birgina so‘z bor edi:
"Agar men unutilsam, sizlar ham unutasizmi — kim bo‘lganingizni?"
Tongda, qorong‘u ko‘chada u bir qizni ko‘rdi. Uning ko‘zlari tanish edi.
Soyon uni ko‘rib qotib qoldi. Yuragi birdan urib ketdi.
— Bu... — dedi u past ovozda. — Bu sizsizmi?
Yoongi javob bermadi. Ammo yuragi — go‘yo eshitdi.
Ular parkdagi skameykada jim o‘tirishardi. Soyon og‘ir nafas oldi.
— Men sizni har tunda tushimda ko‘raman. Sizni hech kim tanimaydi, hatto internet ham. Lekin... men sizni chizaman.
Yoongi ko‘zlarini yumdi. Birinchi marta... u kimdir tomonidan eslangan edi.
Soyon chizgan rasmlarni ko‘rsatdi. Har biri — Yoongining chehrasi. U hayratlandi. Qanday qilib? Uning o‘zi ham o‘zini unutayotgan edi.
— Nega men sizni tanlayapman? — so‘radi Soyon.
— Chunki sen meni yuraging bilan taniding, aqling bilan emas...
Pov Soyon: Yodingdagi musiqalar
Soat 23:00
Soyon kechasi pianino oldida o‘tirardi. U ilgari hech qachon notalarni bilmagan. Ammo bu kecha u barmoqlarini chertdi — musiqani Yoongi tanidi.
Bu — uning eski ashulasi edi. Endi hech kim uni eslamasdi. Faqat u — va Soyon.
Ular birga eski do‘konlar oralab yurdilar. Barcha joylar — bir paytlar Yoongi uchun muhim bo‘lgan edi. Ammo hamma narsa o‘zgargan. Go‘yo u hech qachon bu yerda bo‘lmagan.
— Men yo‘qolib ketayotganimni his qilyapman, Soyon, — dedi Yoongi. — Go‘yo dunyo meni asta-sekin o‘chirayapti.
Soyon uning qo‘lini tutdi.
— Men seni qayta chizaman.
O‘sha kecha Soyon yulduzlarga qaradi. Har birida Yoongining ohangi bor edi. Go‘yo osmonda ham uni unutishayotgan edi.
U yerga cho‘kdi va shivirladi:
— Unutish oson bo‘lishi mumkin... lekin yurak tanlaydi.
Pov author:Yozilmagan kundalik
Soyon kechasi daftarini ochdi. U yerga yozdi:
"Agar dunyo uni unutgan bo‘lsa, men uni qayta esga tushiraman. Rasmda. Musiqada. So‘zlarda. Yuragimda."
Yoongi tunda Soyon oldida paydo bo‘ldi.
— Men qaytmoqchiman. Sahnaga. Hayotga. Lekin bu safar, o‘zim bo‘lib.
— Unda, keling, seni qayta yozamiz. Yulduzlardan boshlab........
Mana 2 qismi ham tugadi 🦦🦦
Hato va qamchiliqlar uchun uzur.
Kopgina qilib yozdim va shunga yarasha reak va commet qutib qolaman
Commenta oz fikiringizni yozing davomi qanday tuz oradi deb oylaysizlar.
When the star disappeared~ yulduz qulagan kun~ikki qalb birlashdi