When the star disappeared
*"Yolgʻizlik — bu tanlov emas, balki tanlangan yoʻl." "Yulduzlar ham gohida oʻchadi. Ammo ularning yorugʻligi qalbda abadiy qoladi." "Bir qarash, bir soʻz... va butun hayot oʻzgarishi mumkin."*
Fanfik tanishuvi: "When the Star Disappeared"
Ushbu fanfik sizlarni gʻam-hasrat va muhabbat bilan toʻla bir olamga chorlaydi. Jonli musiqalar, ogʻriqli xotiralar va yumshoq hislar bilan yozilgan bu asar Min Yoongi va Kim Soyonning qalbini ochib beradi. Ular ikki xil dunyodan kelgan boʻlishsa-da, taqdir ularni toʻqnash keltirdi. Bu qissalarda siz yolgʻizlik, muhabbat, tushkunlik va orzularga yoʻl izlashni uchratasiz.
Min Yoongi — Koreya musiqa sanoatidagi eng yirik yulduzlardan biri. U BTS guruhining aʼzosi, 32 yoshda. Hozirda u idol sifatida dunyoning eng katta sahnalarida chiqish qilgan, koʻplab mukofotlar sohibidir. Ammo bu shon-shuhrat ortida ogʻriq va charchoq pinhon. Uning qalbida hech kim bilmagan qorongʻu burchaklar bor. Yolgʻizlik unga yor, qoʻrquv unga doʻst boʻlib qolgan.
Yoongi koʻp gapirmaydi, soʻzlardan koʻra musiqaga koʻproq ishonadi. Uning musiqasi qalbni titratadi, chunki u yurakdan keladi. Har bir ritm, har bir satr — u hayotida kechgan ogʻriqlarning aksidir. Yoongi hech kimga ochilmaydi, ammo kimdir borki, u yopiq eshiklarni taqillatib, unga umid nurini olib keladi...
Soyon kitoblarga muhabbat qiladi, lekin hayotni faqat nazariya orqali emas, balki qalb orqali his qilishga ishonadi. U odamlarni tushunadi, ularning dardini tinglashni yaxshi koʻradi. Baʼzida uning oʻzi ham ogʻriqda yuradi, lekin buni hech kimga bildirmaydi.
Uning qobiliyati — insonlarni his qilish va soʻzlar orqali davolash. Falsafiy mulohazalari, qalbini ochish qobiliyati uni minglab odamlar orasida ajratib turadi. U Yoongiga butunlay boshqacha dunyo eshigini ochadi...
Bu fanfik orqali sevgi, tushkunlik, qalbdagi kurashlar va umid bilan toʻla bir dunyoga sayr qilasiz. Bu shunchaki muhabbat haqidagi hikoya emas — bu ikki insonning qalbi qanday qilib bir-biriga yetgani haqida. Sizni shu sirli, shodligu qaygʻu toʻla sayohatga taklif qilamiz.
"When the Star Disappeared" — yulduz oʻchgan kuni, qalb ochildi...