Sening chegarang-menman_ep1
"Ba'zida qalbni tuzatadigan odam — eng ko‘p og‘riq keltiradi."
Seul. Kuz. Yilning jim-jit yig‘laydigan fasli.
Shahar o‘zining mungli, so‘nayotgan ohanglariga burkanayotgan edi. Bu mavsum xuddi bo‘g‘ilib qolgan insondek sukutda edi. Aynan mana shunday paytda, yana bir yurak og‘rig‘i bilan kimdir bu shaharga kirib kelayotgan edi.
Kim Soen — 24 yoshda. U iqtidorli va sezgir psixoterapevt. Uning nigohlari iliq, ammo charchoq bilan to‘la. Ko‘nglida — yuzlab bemorlarning izlari bor, ammo o‘z og‘rig‘i haqida hech kimga aytmaydi.
Avvallari u Pusandagi davlat klinikasida ishlagan. Og‘ir sharoitlar, og‘ir bemorlar, va faqat unga bog‘lanib olishni istagan odamlar. Bir kuni u o‘z bemorlaridan biri bilan ortiqcha hissiy yaqinlik his qila boshlaydi. Erkak unga qattiq bog‘lanadi, so‘ng esa uni “hissiy zo‘ravonlikda” ayblaydi. Dalil yo‘q, ishonch yo‘q — Soenning obro‘si qulab tushadi.
U ishdan haydaladi. Yuragida chuqur yara ochiladi, o‘ziga bo‘lgan ishonchi sinadi.
Shuning uchun u Seulga — yangi sahifani ochish umidida keladi. Elita darajasidagi xususiy klinikaga ishga kiradi. Yangi hayot... lekin eski og‘riq bilan.
Jeon Jungkook— yulduz, ammo ichkarida so‘nayotgan nur
Ammo ichkarida u boshqa inson.
U uyqusizlikdan, vahima xurujlaridan aziyat chekadi. Ilhom yo‘q, hayotga qiziqish so‘nayotgan. U yolg‘izlikda yonayotgan bir yulduz.
U bolaligidan sahnada ulg‘aygan. Ota-onasi talabchan, hissiy qo‘llab-quvvatlash deyarli bo‘lmagan. U doim o‘ziga: “Men yetarlimanmi?” degan savolni bergan. Javobi esa hech qachon “ha” bo‘lmagan.
Kompaniya uni majburiy tarzda psixoterapiyaga yuboradi. Shartnomaga ko‘ra. U esa buni masxara deb biladi. Psixoterapiya — bu soxta, odamlar esa — foydalanish uchun.
Serquyosh ertalab. Soen o‘zining shaxsiy psixologiya markazida ish kuniga tayyorgarlik ko‘rayotgan edi. O‘tmishini eslatuvchi sokin musiqa fonda chalinardi. Hamshira yangi bemor kelganini aytdi. Eshik ochildi va u yerdan niqob va kapyushon ostidagi tanish, biroq charchoq chehra ko‘rindi. Soen uni darhol taniydi. BTS guruhidan Jeon Jungkook — millionlarning sevimlisi, ammo bu yerda — charchagan, sinib qolgan inson. Yigit ko‘zlarini yerga qadadi. Uning uchun ko‘z ochish og‘ir, bosh ko‘tarish undan ham og‘irroq edi.
Kichik va sovuq xonada ular ilk marta yuzma-yuz bo‘lishadi. Soen uning ko‘zlariga qaraydi — va u yerda charchoq, g‘am va chuqur qulfni ko‘radi. U hayratda: butun bir davlat sevgan yulduz — aslida sinib ketgan bola.
Jungkook esa uning yumshoqligida bir turli qat’iyatni sezadi. Bu niqob emas — balki ichki og‘riqdan himoyalanish uchun qalqon.
Jungkook stolga o‘tirdi. Ko‘zlarida qora halqalar bor, ichida esa yig‘i yashiringan edi. U niqobini sekin olib, so‘zsiz qarab o‘tirdi. Uning qiyofasida bir paytlar sahnalarda porlagan quvonchdan asar ham qolmagan. Soen ko‘p xil bemorlarni ko‘rgan, ammo bu kabi ko‘zlar... ularning ichida tiriklik ham, umid ham, og‘riq ham bor edi.
Va ,Soen unga seans qoidalarini tushintira boshladi
“Bu yer xavfsiz joy. Barcha gaplar faqat ikkovimiz o‘rtamizda qoladi. Siz hech narsaga majbur emassiz, ammo rostgo‘ylik — davolanishning yagona kaliti,” — dedi Soen. Uning ovozi tinch, hatto biroz sovuq, lekin qalbida unga nisbatan allaqanday iliqlik sezilayotganini o‘zi ham payqadi. Jungkook boshini engil qimirlatib tasdiqladi.
Jungkook jim. Faqat nafas olish ovozi eshitilardi
Xonada og‘ir sukunat hukm surardi. Faqat Jungkookning sekin, lekin chuqur nafas olishi eshitilar edi. Soen unga tikilib o‘tirdi. Yuzma-yuz. Yigit gapirmasdi, lekin yuragi orqali yig‘lardi. Bu og‘riq — tanish edi. Uni Soen ham his qilgan
Soen: “Sizni bu yerga nima olib keldi?” — deb so‘raydi.
“Men sizni tushunishni xohlayman. Lekin bunga siz yordam bermasangiz, men faqat yuzaki qismni ko‘raman. Sizni bu yerga nima olib keldi, Jungkook?” — dedi Soen. Unga birinchi marta ismi bilan murojaat qildi. Bu sovuq devor ortidagi insonni chiqarishga urinish edi.
Jungkook ko‘zlarini pastga tikib: “Keta olmadim,” dedi. Bu so‘zlar og‘ir chiqdi, lekin hamma narsani anglatardi. U ketishni istagan. Yashashdan emas — o‘zidan.
Jungkook javob berib, Quloqchinlarini olib, qarab qo‘ydi.
U ko‘ylak yoqasi tagidan quloqchinlarini olib, stolga qo‘ydi. Yurak urishi tezlashgan, ko‘zlari hanuz sukunat ichida gapirardi. “Men eshitaman. Lekin siz birinchi bo‘ling,” degan ishora bor edi bu harakatda. Soen bu ishorani tushundi. Bu oddiy harakat unda umid uyg‘otdi — Jungkook hali ham aloqa qilmoqda. U butunlay uzilmagan.
U ko‘ylak yoqasi tagidan quloqchinlarini olib, stolga qo‘ydi. Yurak urishi tezlashgan, ko‘zlari hanuz sukunat ichida gapirardi
--Men eshitaman. Lekin siz birinchi bo‘ling,-degan ishora bor edi bu harakatda. Soen bu ishorani tushundi. Bu oddiy harakat unda umid uyg‘otdi — Jungkook hali ham aloqa qilmoqda. U butunlay uzilmagan.
Soen Jungkookning jimligi ortidagi og‘riqni his qiladi.
Bir necha daqiqa o‘tgach, Jungkook ovoz chiqardi
Ovoz past, biroz titroq, lekin aniq edi
--Men normal emasman,— dedi u. Ko‘p odam meni sevdi. Lekin men hech qachon o‘zimni sevolmadim.---Soen ko‘zlarini yumib, chuqur nafas oldi. Bu ruhiy yara — keng va chuqur. Unda tanish og‘riq bor edi.
Soen Jungkookning bolaligi va ilk ruhiy sinovi haqida so‘radi.
Soen uning ko‘zlariga to‘g‘ri qaradi. “Bolaligingizda o‘zingizni qachon birinchi marta yo‘qolgandek his qilgansiz?” — deb so‘radi. Jungkook ko‘zlarini yumdi. Xotirasida otasining sovuq, so‘zsiz nigohlari va sahnadagi birinchi xatosi jonlandi. “Men 9 yoshimda ko‘zlarimga qaramay tanqid eshitganman. O‘sha vaqtdan beri, men o‘zimni faqat ish orqali isbotlab yashadim.”
Soen: “Siz odamsiz, robot emassiz.” — dedi.
Unga qarab, Soen yuragining ustiga qo‘lini qo‘ydi. “Siz odamsiz, Jungkook. Mashina emassiz. Siz ham xato qilishingiz mumkin. Siz ham og‘riq his qilishingiz mumkin.” Jungkookning lablari titradi. Bu so‘zlar unga g‘alati ta’sir qildi. Chunki u bunga o‘rganmagandi. Besh yildan beri birinchi marta — uni tushunishdi.
~Kxm kxm mana birinchi qismi ham tugadi 🦦🦦
Hato va qamchiliqlar uchun uzur.~