December 28, 2022
Hayotdagi oltin qoidalar
- Agar birov seni deb boshqaga xiyonat qilsa, u bilan doʻstlashma, ertami-kechmi boshqa birov uchun senga ham xiyonat qiladi.
- Sevgi batareyalari namlikdan quvvatsizlanadi. Shuning uchun uni koʻz yoshidan asrash kerak.
- Bir-birini tushunish bu bir xil tilda so‘zlashish emas,bir-birini tushunish bu bir xil tuyg‘uni his qilishdir.
- Biror shaxsga boʻlgan ishonchning ketishi, oʻsha shaxsning oʻzining ketishidan ham ogʻirroqdir...
- Ba'zan shunaqa bo'lib turadi. Og'riqni his qilmoqdasan, ammo uning qayerda ekanligini bilmaysan...
- Ishonch, umid, muhabbat - bu hayotingizdagi uch ezgu hislat, muvaffaqiyatingizning uch tarkibiy qismidir.